December 11

β„šπ•€π•π•†π”½π”Έ

𝐡𝑦 ___ π½π‘–β„Žπ‘¦π‘’π‘’π‘’

2-π”½π”Έπ•Šπ•ƒ 8-π•’π•šπ•€π•ž

Ammo kutilmaganda belidan kimdir quchdiyu Yoongini ko'tarib o'zi ketayotgan dengiz tomonga 2 qadam bosib uni yerga otib yubordi. Yoongi oyoqlarini yerdan uzilganini tushunib ulgurmasidan o'zini qor ichida ko'rdi. Ko'zlariga qor kirmasligi uchun kipriklarini pirpiratarkan o'zidan 2 metr uzoqlikda o'zini kulgudan tiyib turgan Jiminga yuzida g'azab bilan qaradi

Yg: esini yegan ovsar shiball

Yoongi qorni ustidan turib kiyimini qoqishni boshladi

Jm: birinchi qor muborak

Jimin Yoongini tabriklab yana qor bilan siyladi

Yg: Jimin

Paltosining endi qoqib tozalagan joyiga yana qor tekkanini ko'rgan Yoongi Jiminga jaxl bilan qaradi. O'zi ham qo'lida qor olib Jiminni qor bilan siyladi.

Yg: jaxlimni chiqarma

Yoongi zaxrini sochib ketishga chog'langandi bir xovuch qor kelib boshiga tegdi. Yoongini bundan jaxli chiqib bir muddat joyida to'xtab qoldi. Keyin u ham qo'lini musht qilib to'g'risida turgan Jiminga qorni ayamay ota boshladi. Jimin unga qarata otilgan qorlarga chap berib kularkan Yoongiyam unga kulib qor otardi. Yana 2 ta qor to'pi otganidan so'ng qo'li muzlab to'xtab qoldi. Bu esa Jiminga qo'l keldi

Jm: endi meni galim

Yoongini qo'llari muzlab qolgani sabab uni gapiga parvo qilmay qo'lini labiga yaqin olib kelib isita boshladi. Shu onda Jimin Yoongini yuziga qarata qor otdi. Bu kutilmagan voqeadan Yoongi cho'chib baqirib yubordi. Yuziga tekkan qor sekin yuzidan suvga aylanib tushib kelarkan Jimin unga yana qor otdi

Yg: sen atayin qilyapsanmi?

Jm: kayfiyatni ko'tarsangchi

Jimin shunday deb qo'lidagi qorni yana unga otdi

Yg: endi o'zingdan ko'r

Yoongi Jimin otgan qorlarga chap berarkan o'zi ham Jimindan qasd olish maqsadida qor to'p yasab ota boshladi. Ikki yosh ancha vaqt dengiz bo'yida qorbo'ron o'ynashdi.

Yoonmin

Yoongining ham kayfiyati ko'tarilib Jimin bilan kulib qorbo'ron o'ynadi. Ikkisining kulgusi hamma joyga tarqaldi.

Yoonmin

O'tib ketayotganlar ular ham havas ham hasad bilan qarab o'tib ketishardi. Ayrimlari sevishganlar deb havas qilsa ayrimlari jinni deb kamsitib ketishardi. Ammo bularning hech biriga na Jimin na Yoongi etibor bermadi. Ikkisi qor o'ynash barobarida yerga yiqilib bir birini qorga ko'mishdi. Oxiri ikkisi ham qor o'ynab charchab qor ustiga yotib olishdi. Bu orada qor yog'ishi to'xtagandi. Ikkisi osmonga qarab tinmay kulishardi

Yg: axmoqsan bilasanmi?

Jm: men seni oldingdagina shundayman

Yg: ya'ni?

Jm: seni oldingda xushchaqchaqman. Boshqalar oldida bundayman deya olmayman

Yg: ikkiyuzlamachiman de gapimni ko'nglinga olib yurma yana

Jm: unday emas

Yg: yaxshi...

Yoongi nigohini osmonga qaratib kulishdan to'xtab sekin o'ylanib qoldi. Shu payt hayoliga restorandagi qiz kelib birdan homush tortdi

Yg: men seni 2 kun oldin restoranda bir qiz bilan ko'rgandim. U kim edi?

Yoongi savol nazari bilan Jiminga qaradi. Jiminni kulib turgan yuzi ham birdan nimanidir eslagandek jiddiylashdi

Jm: klubdagi qizlardan biri

Yg: qo'lini ushlaganingga qaraganda unda ko'ngling bor shundaymi?

Jm: yo'q! Qayerdan olding bu gaplarni? Men u bilan shunchaki vaqt o'tkazdim

Yg: baribir ham qo'lidan ushlashga haqqing yo'q edi

Yoongini jaxli chiqib o'rnidan turib ketdi
( O'zi yemas birovgayam bermas xilidande bu Yoongi dganlari πŸ˜πŸ˜‚)

Jm: Yoongi sen noto'g'ri tushunding

Yg: hammasini to'g'ri tushundim

Jm: noto'g'ri o'ylayapsan

Yg: unday emas. Sen uyalmay o'sha qizni qo'lidan ushlading xudo biladi o'rtalaringda yana nima bo'lgan

Jm: oshirib yubording men u qizni faqat qo'lidan ushladim xolos. U bilan o'rtamizda hech qanday jiddiy narsa bo'lgani yo'q. Sen ketganingdan keyin alamimni nimadan olishni bilmadim. Bir ikkita qizni klubdan chaqirtirib ular bilan ko'ngil yozmoqchi bo'ldim lekin hech biri qo'limdan kelmadi. Hattoki bu narsani erkaklar bilan ham sinab ko'rmoqchi bo'ldim lekin mening hayotimda erkaklardan faqatgina sen bo'lishing mumkin boshqa hech kim

Jimin ishonch bilan shu so'zlarni aytdi. Yoongi uni gaplarini jim tinglab turarkan Jimin gapida davom etdi

Jm: men xiyonatga xiyonat bilan javob beradiganlar xilidan emasman. Bu gapimni ikkala qulog'ing bilan ham eshitib ol. Men faqatgina bittasiga sodiqman va bu umrimning oxirigacha davom etadi. Men uchun yaxshi yo'l bu sevgingga erishish yoki qafasga qamash

Yg: menu shu darajada sevasanmi?

Jm: sen o'ylaganingdan ham kuchliroq

Yg: boshida menga sevgi izxor qilganingda sen otamni pullari uchun ortimdan yuribsan deb o'ylagandim

Jm: buni bilganman. Sen menga boshidan ishonmagansan lekin menga seni otangni pullari ham martabasi ham kerak bo'lmagan menga sen keraksan. Hech narsang bo'lmasa ham yonimda bo'lsang shuni o'zi kifoya

Jimin shularni aytar ekan Yoongi o'ylanib qoldi. Jimin uni yuziga qarab

Jm: bo'ldi xozir seni majburlamayman lekin qaniydi meni yaxshi ko'rib qolsang bizdan zo'r juftlik chiqqan bo'lardi

Yg: buni vaqt ko'rsatadi

Jm: demak umid bor

Yg: qanday umid yana rozi bo'lganim yo'qku

Jm: lekn rad javobiniham bermading. Avvallari bu mavzu ochilsa eshitib o'tirmasdan rad etarding

Yg: xali ham shunday

Jm: unda mayli seni umrimning oxirigacha kutishga tayyorman

Yg: bunga ishonching komilmi?

π‘†π‘–π‘§π‘™π‘Žπ‘Ÿπ‘”π‘Ž π‘¦π‘œπ‘žπ‘Žπ‘‘π‘– π‘‘π‘’π‘”π‘Žπ‘› π‘’π‘šπ‘–π‘‘π‘‘π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›π‘…π‘’π‘Žπ‘˜π‘ π‘–π‘¦π‘Ž π‘π‘œπ‘šπ‘’π‘›π‘‘ π‘˜π‘’π‘‘π‘–π‘ π‘žπ‘œπ‘™π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›.....𝐡𝑦 ___ π½π‘–β„Žπ‘¦π‘’π‘’π‘’ πŸ« πŸ’‹