QIYOFA
Yoongi ming qarshilik qilib Jiminni gap bilan yedirmasin Jimin o'z gapida turib uyiga ketdi. U ketishi bilan ko'zini og'ritib yuborgan ko'zoknakni yechib tashladi. Ko'zlarini yumib boshini ushlab yotarkan anchadan beri qo'lini chalishtirib o'tirgan Jhope gap boshladi.
β Jh: u sezib qolganda nima bo'lardi? Suga baribir senga o'xshay olmaydi
β Jh: men senga yo'q dedim! Sen kelmasingdan oldin Suga qanday yuragini hovuchlab o'tirganini bilasanmi?
β Jh: bu reja 100% salbiy oqibat bilan tugaydi. Sen o'z ukangni olovga otishdan boshqa narsani o'ylamayapsan. Jimin buni bilib qolsa uni o'ldiradi yoki sotib yuboradi. Bir insonni hayoti senga shunchalik o'yinchoqmi?
β Yg: tushunmadim seni nima jin urdi?
β Jh: seni bu ishlaring menga yoqmayapti
β Yg: sevib qoldim degin.... Tushunarli
β Jh: bu rejang baribir ish bermaydi
β Yg: rejang emas rejamiz degin. ... Bu fikr faqat meni hayolimga kelmagandir. Men undan bor yo'g'i 1 soatgagina foydalanaman. Undan keyini bilan ishim yo'q, xoxlasang o'aha kuniyoq to'y qilib unga uylan. Bunday muomilangni esa menga qilma Jhope meni uqtingmi?
β Jh: sen hudbinsan. Faqat o'zini o'ylaydigan manmansan. Bilib qo'y agar unga Jimin tirnog'ini uchini tekkizadigan bo'lsa
β Yg: nma Yoongi nma Yoongi.... Sen ham do'stmisan nega menga zaxringni sochyapsan?
β Jh: chunki sen faqat o'zingni o'ylayapsan. Sen ketib Jimindan qutulasan lekin u nima qiladi?
β Jh: sen nega ishonch bilan gapiryapsan-a? Sen uni mendan yaxshi bilasanmi gapir? Yaxshi bilasanmi? Yaxshilikcha hammasini shu yerda to'xtat
β Jh: o'z boshingni o'zing yeyapsan
Jhope past ovozda gapirib, ortiq Yoongini gaplarini eshitishni xoxlamay mexmonxonadan chiqib ketdi. Chiqish eshigi tomonga shahd bilan ketarkan zina tepasida uni yashirincha kuzatib turgan bir juft ko'zlarni ko'rmasdan uydan chiqib ketdi.
Yoongi sudralib xonasiga kirdiyu, o'zini keng va yumshoq yotoqqa otdi. Shiftga termulib yotarkan bugun qishloqqa borgani hayoliga kelib ko'zlarini achchiq yumdi......
Tog' etagidagi kichkina qishloq. Yo'llari o'nqir cho'nqir havosi toza atrof jimjit. Yoongi mashinasida atrofni kuzatib ketarkan negadir bu yerga nisbatan qalbida iliqlik sezdi. Sugani malumotlaridan uni yashash manzilini bilib olgandi. Kichkina qog'ozchani qo'liga olib qararkan u to'g'ri yo'ldan ketayotganini stalbadagi yozuvlardan ko'rib tushundi. Yoongi mashinasini to'g'riga qarab haydab ketishda davom etdi. Yo'lda dalada ishlayotgan odamlar qimmat mashina va ichidagi yigitga hayrat bilan tikilishardi. Yoongi esa ularga parvo qilmay nihoyat o'zi qidirgan manzilni topdi. Mashinani darvoza oldida to'xtatib undan tusharkan qarshisidagi o'rta xol uyga hayron tikildi.
Darvozalari yangi, uy oldi ham tamirlangan Yoongi chuqur nafas olib uy tomon qadam tashladi. Darvoza oldiga yetib uni taqqillatarkan ichida bir g'alati hayajon uyg'ondi. Darvoza ochilishini kutib turar ekan ichkaridan xozir degan bir yigitning ovozi eshitildi. Yoongi ovozni eshitib bu Sugani ukasi ekanligini tushundi
β Yg: to'xta axir u faqat Sugani ukasi emas
Eshikni novcha bo'yli bola ochdi. U qarshisida β Suga β ni ko'rib qotib qoldi.
Yoongi endi gapirmoqchi edi kutilmaganda ukasi uni quchoqlab oldi.
β Sizni sog'inib kettim akajon..
Yigit shunday degancha Yoongini quchoqlashda davom etdi. Yoongi unga tikilib qararkan qalbida qandaydir tuyg'ular uyg'ona boshladi
β Akajon o'zgarib ketibsizmi?
Yigit akasini quchishdan to'xtab unga hayrat bilan tikildi. Ustiga qora kastyum shim kiygan yuzida jiddiy qiyofa ortida esa qimmatbaxo mashina turardi.
β akajon shaharga o'qishga ketib tomiz ketdimi? Hazllashmen
β Yg: bu hech qanday hazil.....
Yoongi gapini oxirgacha davom ettira olmadi. Ichkaridan ko'zlari yoshga to'lgan ayol chiqib keldi.
Buni ko'rgan ukasi hayron qaradi. Yoongi esa joyida tosh qotgandi. Yuragi allanechuk urib ayol tomonga o'zgacha nigohlar bilan qaradi. Ayol o'g'lini yoniga yetib kelarkan ko'zlarida yosh bilan
β Sera: Yoongiyim keldingmi? bolajonim
Yoongini quchoqlab yig'lay boshladi. Yoongi esa shokda bir bag'ridagi ayolga bir dovdirab qarab turgan ukasiga qarardi.
β Sera: sen bizni toptingmi bolam? Suga ham sen bilanmi?
Ayol Yoongini orqasiga qarab Sugani qidirdi, lekin topolmadi.
β Sera: sizlar uchrashibsizlarda
β tushunmadim oyi nimalar bo'lyapti? Qanaqa Yoongi? Bular Suga akajonimku axir
Ayol bir o'g'liga qarab yana Yoongiga qaradi.
β Sera: ostonada turma bolam ichkariga kir
Ayol kichik o'g'liga ichimlik va yana yeguliklar olib kelishi uchun jo'natib yubordi. Ayol Yoongi qo'lini ushlab unga termula boshladi.
β Yg: men haqiqatni bilish uchun keldim
β Sera: qanday haqiqat bolam?
β Yg: men nma uchun o'zga oilada ulg'ayganm haqida
Yoongi ayolni yosh to'la ko'zlariga qaradi. Ayol shu payt indamasdan o'rnidan turib boshqa xonaga chiqib ketdi. Yoongi ayolni bu odatidan hayratlanib turganda boyagi yigit qo'lida narsalar bilan keldi
β siz o'zi kimsiz? Nega akajonimga judayam o'xshaysiz?
Yoongi ham uni gapiga javob bergisi kelmay shunchaki bosh silkib qo'ydi. Bu orada boyagi ayol qo'lida surat bilan chiqdi. Yoongini oldiga joylashib gapira boshladi
β Sera: bu rasmdagi sen bilan ukang. Manabu chapdagi sen o'ngdagisi esa ukang Suga.
Yoongi suratni ko'rib ayolga savol nazari bilan qaradi. Buni tushungan ayol suratni Yoongini qo'liga tutqazdi.
β Sera: biz juda nochor axvolda qolgandik sen va Suga endigina 1 yoshga to'lgan edingiz. Biz qishloqda yashardik, juda kambag'al edik. 1 kun qornimiz to'ysa 3 kun och qolardik. Bir kuni bir yosh oila yozda dam olish uchun bizni qishlog'imizga keldi. Ular juda baxtli edi. Ular bizga qo'shni bo'lib yashashdi. Ayolni qo'lida tillalar egnida esa qimmatbaxo kiyimlar edi. Ayolni ko'rib rosa xavasim kelgan eri uni judayam sevardi, lekin ularning farzandi yo'q edi. Ayolni aytishi bo'yicha unga tug'ish mumkin emas ekan. Lekin eri uni qattiq sevgani uchun buni bilsada unga uylangan ekan. Ularning sevgisiga va baxtiga havasim kelardi. Bir kuni o'sha ayol bizni uyga nimadir ish bilan chiqdi. Sen va Suga bog'da o'ynayotgan edingiz men esa sizlardan salgina uzoqroqda edim. U ayol seni ko'rdiyu qo'liga ko'tarib erkalay boshladi.
Men bechorani yuragi o'ksigandir deb o'ylagandim, lekin adashibman u seni ko'rdiyu bizning ahvolimizdan foydalanmoqchi bo'ldi. Bizga ko'pgina pul berishini evaziga seni unga sotishimizni aytdi. Shu onda o'sha ayol ko'zimga iblisdek ko'rindi. Jaxl bilan uni qo'lidan seni tortib olib uni uydan haydab chiqardim. Axir sota olmasdim sen mening yuragimni bir parchasi eding. Kechqurun dadangga bu gaplarni aytganimda u nafsiga osonlikcha yengilib qo'ya qoldi. Qancha yalinishimga va dod solishimga qaramay seni o'sha oilaga katta pul evaziga sotib yubordi.
Ayol o'z hikoyasi aytib yig'lab yubordi.