QIYOFA
2- πΉπ΄ππΏ 4-ππ
Jimin uni ovozidan tanib qaramadi.
Yuna shunda ham bo'sh kelmadi. Yoongi bir yutinib qo'yarkan Jimin avval Yunaga keyin uning yonidagi odamga qoshlarini chimirib qararkan Yoongini ko'rib to'xtab qoldi
β Jm: sen bu yerda nima qilyapsan?
Jimin Yoongiga boshdan oyoq qarab asabiy savol berdi. Yoongi nima deyishini bilmay o'ylanib qoldi. Nima deydi shuncha odamni oldida zerikkanimdan kelgan edim deydimi? Zerikkan bo'lsang boshqa joylar ko'pku deyishi aniq. Hozirgi vaziyatda Jimin bilan gap talashish no o'rin aslida. Yoongi shularni o'ylab hayol surib turganida qayerdandir Tesun paydo bo'ldi. ( esilada bosa kompaniya hamkori )
β T: salom Yoongi bu yerda nima qilyapsiz?
U ham kutilmaganda paydo bo'lib Yoongidan javob kuta boshladi.
β Jm: sen yana nega oyoq tagida o'ralashyapsan?
Jimin qo'lidagi karta va sigaretni tashlab o'rnidan turdi.
β T: men Yoongiga gapirdim senga emas Jimin
Tesun yana katta ketishni boshladi.
β Jm: yaxshilikcha bu yerdan qorangni o'chir
β T: o'chirmasam nima bo'ladi?
Tesunni bugun yegan kaltagi esidan chiqib Jiminni oldiga borib turib oldi. Yuna hozir urush bo'lishini sezib Yoongini ortga tortdi.
Tesun o'zidan o'zi kelib Yoongini qo'lidan ushlagandi hamki, Jiminni battar g'azabi qaynab uni bir qo'li bilan itarib yubordi. Tesun o'zini o'nglab ulgurmasidan narigi stulga urilib o'tirib qoldi. Shovqin chiqqanini eshitgan atrofdagilarni jammasi bir zumga jimib qoldi.
β Jm: Uni qo'lidan ushlashga seni nima haqqing bor?
Jimin o'rnidan turayotgan Tesunga musht tushirdi. Tesun yana bir bora yiqilib belidan sovuq qurolini olib Jiminga to'g'irladi. Jimin ham unga javoban qurolini Tesunga qaratarkan stullarda o'tirgan boshqa mafialar ham o'rnidan turib qurolini Tesunga qaratishdi. Bechora Tesun boshqalardan bunday munosabatni kutmagani uchun qo'llari titrab ketdi.
Yoongi uning qurol ushlagan qo'lidan tutdi. Ammo Jiminni qahrli nigohiga duch kelib qo'lini undan tortib oldi.
β Jm: senga so'nggi bora aytaman Tesun. Nafaqat senga balki boshqalar ham ikki qulog'i bilan meni gapimni eshitsin. Min Yoongiga qo'l tekkazish tugul yaqin yo'lashga hech kimning haqqi yo'q. U mening bo'lajak turmush o'rtog'im. Kimda kim shu hatoni takrorlasa mendan shavqat kutmasin.
Jimin baland va qattiy ohangda gapirib atrofida qurol ushlab turgan mafialarga qaradi.
Tesun qo'rqib qurolini tushirdi. Jimin jaxl bilan unga oxirgi bor qaradiyu qo'lidagi qurolini beliga qistirib yonida turgan Yoongini qo'lidan ushlab tashqari eshik tomon sudray boshladi. Bardan chiqib Yoongini o'z mashinasiga joylashtirib o'rmon tomon haydab ketdi.
β Yg: meni o'zimni mashinam bor
Nihoyat Yoongi tilga kirib asabiy baqira boshladi
β Jm: odamlarimga aytaman uyingga yetkazishadi
β Yg: yo'q sen nega meni hayotimga aralashyapsan? Bo'lajak turmush o'rtog'im deganing nimasi menga tushuntirib ber
β Jm: seni o'sha so'tak bilan uyingga jo'natishim kerakmidi?
β Yg: Ha shunday qilishing kerak edi
β Jm: Sen atayin asabimni buzyapsanmi yoki aqlsizlik qilyapsanmi?
β Yg: bu hech qanday asab buzish ham aqlsizlik ham emas. Sen meni tinch qo'yishga vada berganding
β Jm: o'zing oyog'im tagidan chiqyapsan
β Yg: baribir seni sevmayman
β Jm: sendan sevasanmi deb so'ramadim
β Yg: yo'q sen nega meni tinch qo'ymayapsan? yopishib olganing olgan. Xozir ham shuncha taniqli odamlar orasida bo'lajak turmush o'rtog'im deb meni uyaltirding shu adolat.........
Yoongi gapini oxirigacha tugatib ulgurmasidan Jimin uning labiga labini bosib mashina oynasiga kuch bilan tiradi. Yoongini butun tanasini hayajon hissi egallab oldi. Lekin yuragidan chiqayotgan tuyg'ularga yengilmay Jiminni o'zidan itarishni boshladi. Jimin esa bu harakatdan 1 sm ham jilmay Yoongini ikki qo'lidan ushlab mashinaning sovuqdan nam bo'lib muzlashga ulgurgan oynasiga bosdi.
Yoongi nafas ololmay zo'rg'a ovoz chiqardi
β Yg: men seni o'yinchog'ing emasman
Yoongi qimirlab boshini o'ng tomonga burib oldi. Jimin unda uzoqlashib yuziga tikildi lekin qo'lini qo'yib yubormadi
β Jm: seni o'yinchoq qilish niyatim yo'q. Avval ham aytganman xozir ham aytaman. Meni niyatim jiddiy va sen qancha desang ham kutishga tayyorman.
πππ§πππππ π¦πππππ πππππ π’ππππππππ
π
ππππ ππ¦π ππππππ‘ ππ’π‘ππ πππππππ
.
.
.
.
.
π΅π¦ ___ π½πβπ¦πππ π« π