November 11

Yorug'lik va soya

By ___ Jihyeee

11-ep............. 11-qism

– Jimin: qiziq men kechasi bilan u qiz haqida o'yladim. Undagi nimadir meni o'ziga tortyapti. Menda odatda bunday narsalar bo'lmas edi. Bu menda ikkinchisi Black Rose bilan gaplashganimdan so'ng ham menda huddi shunday hislar paydo bo'lgandi. Lekin nega yana aynan shunday his. Axir bu ikki qiz ikki olam degani emasmi? Nahotki men shuncha qizlar orasidan qidirgan ko'zlarimni topgan bo'lsam? Yo'q bu imkonsiz... Bunday bo'lishi mumkin emas

Nihoyat majlislar honasiga shoshilmasdan qattiyat bilan Jihye kirib keldi.

Majlislar xonasi

– Jihye: Salom hush kelibsz

– Jimin: Sizga ham salom xushvaqt bo'ling

Ular iliq salomlashishdi.

– Jihye: men gapni cho'zib o'tirishni xushlamayman yaxshisi maqsadga o'ta qolamiz. Nima deysiz?

– Jimin: mayli men roziman

– Jihye: siz suratga tushdingiz bu bizning jamoaga ham menga ham yoqdi. Biz sizni brendimiz yuziga aylantirish qaroriga keldik. Siz bunga nima deysiz rozimisiz?

– Jimin: albatta roziman

– Jihye: unda siz bilan shartnoma shartlarini muhokama qilamiz

– Jimin: albatta shartlar aniq bo'lsa hammasi osonlashadi.

Ular stol atrofida o‘tirib, professional ohangda suhbatni boshladilar.

Ammo har bir savol, har bir javob, bir-birini kuzatishlarida kichik signal bo‘lib turardi: ko‘zlaridagi e’tibor, jilmayishi, hatto sovuq ohang ostidagi qiziqish.

Jihye qahvasini ko‘tardi va shoshilmay, stolga qo‘ydi:

—Jihye: Sizga savol berishim mumkinmi?

Jimin boshini ko‘tardi, xotirjam:

— Jimin: Albatta

— Jihye: Sizga hech qachon kimdir juda tanish tuyulmaganmi?

Jimin bir zum jim qoldi. Ichida biroz hayajon paydo bo‘ldi, lekin yuzida hech qanday iz qoldirmadi.

— Jimin:Nega shunday so‘rayapsiz?
sovuq, lekin tinglayotgan ohangda javob berdi.

Jihye jilmaymadi, faqat kichik pauza bilan dedi:

– Jihye: bazida odamlar ko'zingizga juda tanishdek tuyuladi. Sizga bir narsani oshkor qilmoqchiman men sizning muxlisingizman lekin buni hammadan sir tutaman. Sizlarni hamma konsertlaringizga boraman lekin bu tanishlik boshqacha qandaydir. Sizni sahnada emas boshqa joyda ko'rgandek tuyulyapti menga negadir yoki ........

– Jimin: nima yoki nimadir esngizga tushdimi?

Jihye Jiminga tikilib qoldi

– Jihye: yo'q hech narsa men shunchaki adashdim.

Shu lahzada ikki professional yuz ostidagi sovuq yuzlarda ichki tortishuv va sirli etibor paydo bo'ldi.

Ular shartnoma shartlarini kelishib bo'lishgach Jimin ketishga chog'landi.

Jimin o'rnidan turib chiqib ketayotgan payt Jihye unga tasodifan turtilib ketdi va shu payt Jiminning qo‘lidan bilak uzuk tushib ketdi. Bilaguzukda “Black Rose” belgisi bor edi.

Jihyeni bilak uzugi

Jihye buni ko'rib hayron qoldi, chunki bu belgini faqat mafia dunyosidagi sirli ayol Black Rose ishlatardi.

Ular uchrashgan o'sha yomg'irli tunda Black Rose bitim imzolaydigan joyga ketayotganda Chimmy bilan tasodifan to'qnash keladi va shoshilib ketib qoladi. Shundan so'ng uning bilak uzugi tushib qolgandi.

Bilakuzukni Chimmy topb olgan va har doim yonida olib yurardi. U black uzuk Black Rosega tegishli ekanligini boshida bilmasdi, chunki unda hech qanday yozuv yo'q edi. Faqatgina qora atirgul shakli bor edi xolos. Jihye o'zi maxsus yasattirgan edi. Shuning uchun Jihye bilak uzukni osonlikcha tanidi. Chimmy uni kimmiki ekanligini bilmagan va keynchalik qora atirgul shaklli braslet Black Rose ga tegishli ekanligini tushunib yetgandi. Jihye buni ko'rib avvaliga hayratlandi,
lekin u hech narsa demadi. Lekin uning brasleti qanday qilib Jiminning qo'liga tushib qolganiga qiziqyotgandi.

Ertasi kuni Jimin mashg‘ulotda edi. Ammo kechqurun unga noma’lum raqamdan xabar keldi.

–“Agar men haqimda bilmoqchi bo‘lsang, tungi soat 12:00 da Seul minorasiga kel kutaman”.
Yana o'sha nomalum raqam faqatgina oxirida 🖤🌹 shu emoji bor edi xolos.

Seoul minorasi

Qorong‘u tungi Seul minorasi atrofi jimjit edi. Shamol osmonni qirib, yaproq va changni havoga ko‘tarar, shaharning yorug‘liklari masofada titrab turardi. Jimin qadamlarini sekinroq qo‘ydi, yuragida bir aralash hislar: hayajon xavotir, lekin bir tomondan ichki chaqiriq.

Jimin dastlab bu o‘yin deb o‘ylaydi, lekin baribir borishga qaror qiladi.

U yerda qorong‘u ko‘chada niqob taqqan ayol paydo bo‘ladi. U — Black Rose.

Ammo Jimin bu ayolning nigohidan yuragi hapriqib ketadi bu nigoh unga juda tanishdek edi... Nahotki u o'ylagandek bo'lib chiqayotgan bo'lsa?

Niqob taqqan ayol allaqachon minoraning tepasida kutib turardi. Uning qadamlarini eshitib, Jimin asta unga yaqinlashdi. Ko‘zlarining nigohi tanish, ammo sirli.

– Jimin: Sen bilan yana uchrashdik va nihoyat
dedi Jimin ovozida biroz shubxa bor edi.

Ayol jim turib, shunchaki unga qaradi. Shundan so‘ng u bir qadam oldinga chiqdi, niqobini biroz tushirdi. Jiminning yuragi tez urdi u bu nigohni tanidi.

– Jimin: mening yuragim buni sezgan ekan men buni yolg'on deb o'ylagan edim, lekin to'g'ri chiqdi. Men seni bu nigohingni hamma joydan izladim lekin topa olmadim. Mana yana qayta uchrashdik.

– Jihye (Black Rose): men sizni kechaning o'zidan tanigan edim. Endi yuzingizdagi niqobni yechib tashlasangiz ham bo'ladi. Endi uning keragi yo'q. Men sizni shundoq ham yaxshi tanib turibman.

Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozga birinchi ff xatolari bosa tushunasila

Reak coment kutib qolaman

By ___ Jihyeee 🫶💜