QIYOFA
Yoongi ichida qoʻrquvni his qilsada tashqariga chiqarmaslikka harakat qildi
– Yg: men qochishni hali hayolimga ham keltirmadim
– Jm: bilaman sen qochadiganlar sirasiga kirmaysan.....
– Yg: mendan uzoq tur nafasim siqyapti
Yoongi Jimindan uzoqlashib ortga qadam tashladi
– Jm: qoʻrqyapsanmi?
Jimin uning qoʻrquvini sezib kulimsiradi
Yoongi dadil boʻlishga harakat qilib uning koʻzlariga tik qaradi
– Jm: unda nega nafasing siqyapti?
– Yg: chunki sen bilan bir hilvatdek joyda turish yoqmayapti
Jimin miyigʻida kulib unga yaqin keldi. Yoongini esa dami bu safar ichiga tushib ortga qadam bosaman deb liftning muzdek devoriga yopishib qoldi. Koʻzlarini zoʻrgʻa ochib yumib, nafas olishni unutib qoʻydi goʻyo.
– Jm: nahotki sen mendan qoʻrqyapsan?
Jiminni sovuq nafasi Yoongini yuziga urilib, ichiga battar gʻulgʻula solib qoʻydi.
Yoongi oʻzini qancha dadil tutishga harakat qilmasin, ichida baribir Jiminga nisbatan gʻalati qoʻrquv bor edi.....
Jimin yuzini Yoongi tomon yaqinlashtirdi. Yoongi chuqur nafas olarkan yuragi ham atayin qilgandek guppillab urardi.
Yoongi xozir oʻzini chorasiz qafasda qolib ketgan qushdek tasavvur qilardi. Eshik ochiq boʻlsa-da undan chiqib keta olmayotgan chorasiz qush..... Jimin ham atayin qilgandek Yoongini lablari yoniga labini yaqinlashtirib, uni battar qoʻrquvga solib titratardi.
Uning yurak urishi, qoʻrquv bilan nafas olishi, oyogʻigacha titrab ketganini Jimin sezib turardi. Ayni paytda Jiminga bular yoqayotgan edi. Shu paytda lift ham atayin qilgandek Yoongini foydasiga tepa qavatga yetib kelganlik belgisini berib ovoz chiqardi.
Jimin sekin Yoongidan uzoqlashib oʻz joyiga turib oldi. Yoongi esa huddi oldiga kelgan balodan qutulgandek chuqur nafas olib lift devoridan uzoqlashdi. ( Bizani qoʻrqoq geniy 😁😁).
Lift ochilishi bilan Yoongi Jimindan oldin chiqib chuqur nafas ola boshladi.
Ularga hayron qarab turgan hodimlarga esa sira etibor bermay, iloji boricha oʻzini odatdagidek tutishga harakat qildi.
Jimin esa doimgidek yuziga tabassum yugirtirib qoʻllarini choʻntagiga solib liftdan chiqdi. Yoongi tez tez yurib Jimindan uzoqlashdi. Lekin Jimin uning ortidan qolmay u tengi yurib Yoongini mazah qila boshladi.
– Yg: luğatingda bor soʻz shumi?
– Jm: ooooooo oʻzlariga keb qobtilarmi?
– Yg: liftda koʻnglim ayniyotgan edi
– Jm: shuning uchun lift devoriga yopishib qoldinmi? 😁😂
– Yg: meni nima qilishim bilan aslo ishing boʻlmasin
– Jm: endi bunga haqqim bor deb oʻylayman
– Yg: nima boʻlgan taqdirda ham oʻsha lanati kungacha meni tinch qoʻy
– Jm: lanati kunmi? Qaysi lanati kunni nazarda tutyapsan goʻzalim? Seni barcha kunlaring meni nazoratim ostida
– Yg: qarorimni hurmat qil va meni toʻy kunigacha tinch qoʻy. Hech boʻlmasa oʻsha kungacha yolgʻiz va tinch yashashni xohlayman.
Yoongi birdan yumshab Jiminning koʻzlariga boqdi. Jimin Yoongidan bunday muomalani kutmagani uchun koʻzlarini qisib unga biroz shubha bilan qaradi. Keyin oʻzini odatdagidek tutib javob berdi.
– Jm: senga ishonaman va qarorlaringni xurmat qilaman. Lekin ishonchimni suv isteʼmol qilsang......
Jimin Yoongiga jiddiy va sirli nigohlar bilan qaradi.
Yoongi ichida rejasi oʻxshaganini sezib hursandligini bildirmay javob qaytardi.
Undan keyin esa to'y. Men shu kungacha seni tinch qoʻyaman. Senga yana bir bor takrorlayman ishonchimni suv isteʼmol qilma!
Jimin qattiy ohangda shunday dedi.
Yoongi oʻzini yengil qushday sezib erkin nafas ola boshladi.