Yorug'lik va soya
Lekin o‘sha ko‘zlar asl Chimmy, ya’ni Jimin edi.
U uzoqdan hammasini ko‘rib turgan edi.
Halokatdan so‘ng Soxta Chimmy tirik qoldimi?
Woo tez yordam mashinalari bilan halokat joyiga yetib keldi.
– Jihye: Tez! Ichidagi odamni chiqarib oling! U hali tirik bo‘lishi mumkin
Brigada mashina eshigini kesib ochdi. Ichkaridan hushidan ketgan soxta Chimmy, ularning topgan aktyori chiqarildi.
U tirik lekin ahvoli juda ham og‘ir.
– Woo: agar bu yigit o‘lib qolsachi?
Jimin bo‘lsa qo‘llarini musht qilib turgancha, ko‘zlarini yumdi. Aybdorlik sezila boshlagan edi. Taejin qochdi. Ammo... kimdir uni kuzatib turibdi
Taejinni odamlari uni himoya qilishdi va Taejin qochib ketishga erishdi. Jihye va Wooni odamlari uni ortidan borib yarim yo'lda izini yo'qotib qo'yishdi.
Taejin o‘ziga ishonib kulib qochayotganida, atrofida kimdir borligini his qildi.
Kimdir soyadek ergashmoqda. Oyoq tovushi deyarli sezilmaydi.
Taejinni o‘zi ham bilmaydi u odam Jihyeniki emas, Wooniki ham emas unda kimning odami?
Bu kim bo'lishi mumkin?
Soxta Chimmy kasalxonaga olib ketilganidan so‘ng, Jimin ortga qaytmay, bir chekkada jim turardi.
Hamma reja ishladi u ota-onasini qotilini endi taniydi, lekin Jimin xursand emas edi.
Shu payt Jihye unga yaqinlashdi va
– Jihye: Siz yaxshi bo‘ldingiz O‘zingiz xavfga tushmadingiz Hamma narsa nazorat ostida
– Jimin: Yo‘q… nazorat ostida emas. Taejin o‘ylaganimizdan ko‘ra aqlli. U meni hali ko‘rmagan bo‘lsa ham sezadi.
Endi undan ham yomoni boshlanadi deb o'ylayman.
– Jihye: Nimani his qilyapsiz?
Jimin unga tik qaradi. Ko‘zlarida g‘azab bilan aralash qo‘rquv.
– Jimin: Halokatdan keyin men uni uzoqdan ko‘rdim. U yonida emasdi… lekin kimdir meni kuzatdi. O‘sha nigoh… u butunlay boshqa odamniki edi. Taejin emas.
– Woo: Demak Taejindan ham kattaroq dushman bormi? Shunday o'ylaysanmi?
– Jimin: Ha. Va u bizni biladi.
Lekin men uning ko'zlarini ko'rdim holos ko'zlarida nafrat emas qandaydir boshqa bir tuyg'u bor edi. Uni albatta topishimiz kerak.....
Taejin bazasiga yetib kelgach, odamlarini yig‘di:
— Taejin: Chimmy o‘ldi. Hamma tarqalsin. Yana bir raqibimizdan qutuldik.
Ammo qorong‘u burchakda o‘tirgan sirli odam kulimsiradi.
— Senga bir maslahat… o‘ylaganingdan ham katta o‘yin boshlangan. Chimmy o‘lsa ham bu o‘yin tugamaydi. Chunki uni o‘ldirish imkonsiz.
— Taejin: Nima demoqchisiz? U faqat oddiy poygachi ku.
Sirli odam uni shunday qilib qamrab oldiki, Taejin hatto qimirlay olmadi.
— U oddiy poygachi emas… u o‘sha odamlarning bolasi. Men uni qo‘lga kiritishim kerak xuddi boshqa biri kabi
— Tez orada bilasan. Endi Chimmydan osonlikcha qutula olmaysan undan faqatgina o'lib qutulishing mumkin. Chunki bu oddiy o'yin emas, balki yillar davomida to'planib kelgan qasos.
So‘ng sirli odam qorong‘uga singib yo‘q bo‘ldi.
Taejin endi Chimmydan qo'rqishni boshladi.
Halokatdan so‘ng bir necha soat o‘tib, Jihye va Woo kasalxonada turishardi. Shifokor chiqib:
— U tirik. Hushiga kelmoqda. Lekin juda qo‘rqgan.
Jimin ham yonida edi. U xonaga kirganida o‘sha soxta Chimmy (aktyor) titrab, ko‘zlari ochiq holda yotgan edi.
— Meni… o‘ldirishmoqchi bo‘lishdi…
— Jimin: Biz seni himoya qilamiz. Halokatni kim uyushtirganini ko‘rdingmi?
— Yo‘q… lekin… kimdir menga qarab turardi. Qora niqob… qiziq… nigohi huddi siznikiga o'xshardi
Jiminning yuragi muzlay boshladi.
— Qanaqasiga? Ishonching komilmi?
Yigit javob berishga ulgurmasdan, monitor pip-pip-pip qilib davolovchilar ichkariga yugurishdi.
Doktorlar uni axvoli yaxshiligini dam olishi kerakligini aytishdi. Ular bugun barbir o'ziga kelmasligini bilib uyga ketishdi.
Jimin uyga qaytgach, qo‘riqchilardan biri yugurib keldi
— Janob Jimin, eshik oldida siz uchun qoldirilgan paket bor!
Jimin uni ochib ko‘rdi. Ichida
qora qo‘lqop, Jiminning o‘zi haydab yurgan eski mashinasining sindirilgan yon oynasi va qog‘ozda bir nechta so‘z
– Chimmy, men seni ko‘rdim. Endi sen ham meni ko‘rishing kerak.
Qora Maska 🥷🏼
Jihye paketni qo‘liga olib diqqat bilan ko‘rdi
— Jihye: Bu professional qotillarning imzosi… u na Taejin, na boshqalar. Bu butunlay boshqa kuch.
— Woo: Demak Chimmy uchun o‘yin katta bo‘ldi. Biz tayyor bo‘lishimiz kerak.
Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozgan birinchi ff xatolari bosa tushunasila db umid qilaman
Reaksiya coment kutib qolaman
.
.
.
.
.
.
.
By ___ Jihyeee 🫶💜