April 23, 2025

HAUNTING ADELINE || asar 21+

5-bob || Translated by Yamazaki Mein

POV_Adeline : Zade qo‘limdan ushlab, meni asta orqaga olib bordi. Nafas olishim og‘irlashgan, ammo hech qanday qarshilik ko‘rsatayotganim yo‘q.
U menga yaqin turib, nigohini ko‘zlarimdan uzmadi.
— “Qorong‘ulik seni o‘zi ichiga tortyapti,” — deydi u past ovozda.

Men bunga rozi bo‘layapmanmi? Yoki allaqachon bu qorong‘ulik ichidamanmi?
U qo‘limni sekin lablariga bosdi, so‘ng yuzimni asta siladi. Uning qo‘llari sovuq, ammo ichidan yongan bir olovni sezaman.
— Sen menga tegishlisan, - dedi Zade qattiq ishonch bilan.
Bu so‘z meni titratib yubordi. Nafasim qisilib, lablarimni tishlab turardim.
— Menga hech qachon rahm qilmayapsan, - dedim pichirlab.
U sekin jilmayadi:
— Men seni himoya qilaman.. o‘zimdan ham.
Zade asta mening bo‘ynimga lablarini bosdi. Har bir harakati muloyim va bir vaqtning o‘zida xavfli.
Men his qildim, bu muhabbat emas, bu ehtiros, qorong‘ulik va taqiqlangan his-tuyg‘ular uyg‘unligi. Va men... bunga taslim bo‘lyapman.
POV_Zade : Adeline uxlab yotganida men uning yuziga qarab turdim. Uning ko‘rinishi osoyishta, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.
Lekin men bilaman, u ichkarida kurashmoqda. Men uni sevib qoldimmi? Yoki faqat o‘zimniki qilish istagi kuchlimi?
Uning lablariga qaradim va ichimda bir qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning yonida qolishim kerakmi yoki bu kechada uni o‘zimdan uzoqlashtirishim kerakmi?
U ohangda nola qilgandek tovush chiqaradi va men beixtiyor qo‘lini ushlab oldim.
— Seni yo‘qotishni istamayman... dedim pichirladim.
Ammo mening "himoyam" unga faqat qorong‘ulik keltirayotganini ham bilaman. Qattiq nafas olib, undan asta uzoqlashdim. Ichimdagi zulmat kuchaymoqda.
— Sen endi meniksan, Adeline...
dedim, lekin bu so‘zlar endi meni ham qo‘rqitadi.
Men bu kechada uni yolg‘iz qoldirdim, lekin tez orada yana qaytaman. Bu o‘yin tugamadi. Hali emas.
POV_Adeline : Uyg‘onganimda xona sovuq va huvillagan. Zade ketibdi. Lekin uning izlari haliyam shu yerda.
Uning qo‘llari, lablari, so‘zlari... u meni butunlay o‘z domiga tortdi.
Men o‘rnimdan turdim va oynaga qaradim. Oynadagi aksim tanish emas. Ko‘zimda qorong‘ulik, labimda esa Zade qoldirgan izlar bor.
— Men nima qilayapman? - dedim o‘zimga past ovozda. Unga bo‘lgan his-tuyg‘ularim juda chalkash: nafrat va ehtiros, qo‘rquv va ishtiyoq.
Derazaga qaradim, tashqarida qorong‘i va jimjit. Lekin yuragim sezadi, Zade yaqin atrofda. U meni hali ham kuzatyapti. Birdan ichimda vahima uyg‘onadi. Nega bu qorong‘u tuyg‘udan qutulolmayapman?
Men o‘zimga shunday dedim :
— Buni tugatishim kerak
dedim, lekin qalbimda boshqa ovoz pichirladi:
— Lekin sen buni xohlayapsan...
Ushbu ichki tortishuv meni sinishga yaqinlashtiradi.
POV:Zade : Adeline uyida qanchalik bezovta bo‘layotganini uzoqdan ko‘rib turibman. U meni his qiliyapti, bilaman.
Uning nigohlari derazadan tashqariga, qorong‘ilik ichiga qaraydi. Men u yerda yashirinib turibman. Uni kuzataman. U qanchalik menga qarshi kurashmasin, u meni xohlaydi. U buni inkor qilolmaydi. Men devorning soyasidan chiqib, uning derazasiga yaqinlashaman. Adeline bir zumda ko‘zlarimga qaradi. Nafasimiz bir zumda to‘xtaydi, ko‘zlarimiz qamashadi. Men past ovozda, ammo qat'iylik bilan dedim :
— Men seni tark etmayman.
U nigohini tushirib, so‘ng eshikka intildi. Men bilaman, u menga qarshi chiqishga tayyor emas.
Men unga kuchim bilan bosim o‘tkazayotganimni bilaman, lekin bu o‘yin ikkovimizga birdek kerak.
Ichimda qudrat va zulmat uyg‘onadi.
Men derazadan asta orqaga chekindim va pichirladim :
— Hali hammasi boshlanmagan... Men qaytaman, Adeline. Yana qaytaman.

POV_Adeline : Tashqaridagi shamol tun qorong‘usida ufurib, deraza oynalarini qarsillatdi. Yuragim bezovta, tanamda Zadening so‘nggi ko‘rinishidan qolgan izlar hanuz sezilib turibdi. Ichkarida yuragimda qarama-qarshi tuyg‘ular bor : unga bo‘lgan cheksiz ehtiros va qo‘rquv aralashib ketgan.
U kechagi tun menga tegdi, lekin qalbimdagi u qorong‘u tortishuv hali ham davom etyapti. Men undan nafratlanaman, lekin unga bo‘lgan qiziqishimni ham yashira olmayman.
Shu payt eshik qarsillab ochiladi va Zade kirib keladi. Ko‘zlari qattiq va sovuq, lekin nigohi meni o‘ziga tortadi.
— Seni yana ko‘rishga keldim!
dedi u qattiq ohangda.
Men hech narsa deya olmadim, yuragim shunchaki tez urmoqda.

POV_Zade : Adeline qaltirayotganini ko‘rib, yengil tabassum qildim. Men uni qo‘rqitishim kerak emas, lekin buni to‘xtata olmayman.
— Men sendan hech qayerga ketmayman, Adeline.
dedim ohangimda tahdid aralash sevgi bilan.
Men unga yaqinlashdim. U orqaga qadam tashlaydi, lekin qochmaydi. Biz ikkovimiz o‘rtasida hal qiluvchi bir tortishuv bo‘lyapti, lekin bu ichki kurashga o‘xshaydi.
Men yuzini siladim va pichirladim.
— Nega bunday titraysan? O‘zingga qara, sen ham buni istayapsan.
POV_Adeline : Uning qo‘llari meni tebratdi. Men uni nafrat bilan itarishga urinsam-da, tana tilim boshqa narsani gapiryapti.
Zade meni devorga bosdi va lablarimiz qovushdi. Boshim aylandi. Nafas ololmayman, lekin undan ajralishni ham xohlamayman.
Bizning o‘rtamizda endi hech qanday to‘siq qolmadi.
Men uning qulog‘iga pichirladim:
— Bu to‘g‘ri emas...
Lekin u labimni yana bosib, fikrlarimni butunlay yo‘q qildi.
Bu nafaqat ehtiros, bu charchagan yuraklarning o‘yinidir.
POV_Zade : U taslim bo‘ldi. Endi Adeline o‘zi ham buni biladi, u meniki.
Men uni quchoqladim, lekin bu mehr emas, bu o‘zimdagi zulmatni unga berishdir.
Adeline bir zumda ko‘zlarini yumdi, labida ko‘zyoshlar seziladi.
— Men seni ozod qilolmayman, Adeline,
dedim ohangimda og‘riq aralash haqiqat bilan.
U faqat bosh irg‘adi va jim qoldi. Biz ikkovimiz buni yaxshi bilamiz bu o‘yin juda uzoqqa ketdi.
POV_Adeline : U meni qanchalik egallamasin, ichimda kichikgina nur bor. Balki, men undan qutulishim mumkin.
Zade ketgach, xona bo‘m-bo‘sh qoldi, lekin hali ham havoda uning izlari bor.
Derazaga qarab, sekin o‘zimga shivirlab dedim:
— Buni to‘xtatishim kerak.
Lekin yuragim boshqa narsani pichirlayapti.
POV_Zade : U menga qarshi kurashyapti, lekin men uni to‘liq nazorat qilyapman.
Lekin bu kechada bir narsa o‘zgardi. Adeline yuragining bir chekkasida menga qarshi turgan bir kuch bor. Men oynaga qarab pichirladim :
— Biz Meadowslar hech qachon taslim bo‘lmaymiz. O‘yin tugamadi. U endi boshlanmoqda.

POav_Adeline : Uzoq tunlardan keyin nihoyat ertalab quyosh nurlari xonamni yorita boshladi. Ammo, tanamda kecha Zade menga yetkazgan izlar qolgan. Yuragim qattiq urmoqda. Uning so‘nggi ko‘z qarashlari, lablaridagi sovuq tabassum hanuz ko‘z oldimda. O‘zimni dushmanimga aylanayotgan his qilaman. Chunki u men uchun faqat zulmat emas, balki noma’lum kuch hamdir. Balki u meni kuzatayotgandir? Yoki hatto… atrofimda yashirinib yurgandir? Derazaga qarab, qorong‘ilikni kuzataman.
Qorong‘i, lekin jozibali tovush ichimda jarangladi :
— Hali tugamadi, Adeline.
Tana hushtak chalib, hozirgi sokinlik ortida yana bo‘ron yashiringanini sezadi.