CRIMINAL 🔞
"Qon izlari orqasida qolgan bolaligim"
Yoshligimdan otasiz ulg‘aydim. Maktabda ota-onam haqida insholar yozilganda, har safar qog‘ozimda faqat bitta ism bo‘lardi va bu ham onam. Dadam haqida esa bir og‘iz so‘z yozolmasdim. Chunki yozishga qo‘rqardim. Chunki dadam o‘zini har bir begunoh odam uchun qurbon qilgan politsiyachi edi.
U bir telbani ushlashga chiqqan. Yonida onam ham bo‘lgan. O‘sha paytda ular politsiyaning eng ishonchli sheriklari edi. Ammo o‘sha jinoyatchi... u dunyoning eng xavfli odamlaridan biri edi, u telba yoshligidan bolalarni qiynab rohatlangan Jungkook.
U odam emasdi. U zo‘ravonlik bilan nafas olardigan mahluq. Dadam uning bir bolani garovda ushlab turganini eshitganida, hech ikkilanmay unga qarshi chiqqan. Hamma ortga qaytganda, u oldinga intilgan. Shunday qilib... mening dadam qutqarilgan bola evaziga hayotini bergan.
Jungkook esa... qo‘lga olinmagan. Yo‘q uni oilasi uni himoya qilgan. Uni keyinchalik onamning o‘zi tuzoqqa soldi. Jinoyatlarni isbotladi. Qamoqqa tiqdi. O‘shanda onam bir ofitser emas, qasosga chanqagan beva ayol edi.
Endi esa men 17 yoshdaman. Ismim Mein. Va men onamni yomon ko‘raman. Biz har kuni janjal qilamiz. U menga hech qachon mehr bermagan. U har doim meni himoyalashdan ko‘ra, qonunni himoya qilishni afzal ko‘rdi. Meni yo‘q odamdek ko‘radi. Uning nazarida men unga dadamni eslatuvchi yagona jazodirman.
Ammo bu hayotning eng qora hazili shundaki... men hozir aynan o‘sha jinoyatchining atrofida aylanib yuribman.
Jungkook hozir qamoqda. Lekin u yolg‘iz emas. Uning katta akasi bor ya'ni meni sevgilim Kim Taehyung.
Taehyung men uchun ilgari ideal yigit edi. U meni kutib olar, kuldirar, meni dunyodagi eng baxtli qizdek his qildirardi. Ammo men bilmagan narsa shuki Taehyung mening onamni yomon ko‘radi. Unga ko‘ra onam Jungkookni soxta ayblov bilan panjara ortiga tiqqan. Taehyung meni sevmasdi. U meni onamdan o‘ch olish uchun tanlagan.
— Agar onang yana birovni panjara ortiga tiqsa seni avval men panjara ichiga tiqaman. So‘ng... o‘zimni.
degan edi u kechalardan birida, lablarini qulog‘imga yaqin tutib.
Shundan beri u meni tark etmaydi. U meni majburlaydi va yaqinlashadi. Meni o‘zini eslatadigan sovuq mehr bilan quchadi ammo men jimman chunki uni sevaman! Chunki men unga bog‘lanib qoldim. Chunki men undan ayrila olmayman.
Men bilaman bu noto‘g‘ri. Ammo bu yerda hech narsa to‘g‘ri emas. Bu shahar yolg‘onlar, jinoyatlar va xiyonatlar bilan to‘la. Shu shahar meni otamdan ajratgan Men politsiyachining qiziman. Ammo yuragim jinoyatchining og‘ushida.
Va buni bilganimda... ichimda nimadir sinib tushadi. Chunki men dadamni o‘ldirgan oilaning bir parchasiga aylanib bormoqchiman.m Ammo bu hali boshlanishi. Chunki qamoqxona devorlari orqasida Jungkook jim o'tirmagandi. U menga xat yo‘lladi juda ko'p marotaba. U menga aytmoqchi bo‘lgan haqiqat bor. Onam bergan haqiqat... yolg‘on bo‘lishi mumkinmi degan o'y meni tinch qo'ymaydi.
So‘nggi uch kun ichida pochta qutisiga beshta xat tushdi. Hammasi bir xil qog‘ozda, bir xil yozuvda va oxirida bitta ism "Jungkook"
Men har safar xatni qo‘limga olganimda, yuragim shunchalik tez urardiki, go‘yo u odam hali ham bu yerda mening orqamda turib, xatni o‘qishimni kutayotgandek edi. Bugun esa xatlarda eng og‘iri edi.
— Mein.Senga haqiqatni hech kim aytmagan. Onang seni yolg‘onda katta qilgan. Men sening otangni o‘ldirmaganman. U o‘sha bolani qutqaraman deb o‘z ixtiyori bilan jonini fido qilgan. Meni esa onang buni tan olmaslik uchun tuhmat bilan qamadi.
Biroq men jim qolmayman. Chunki senday qiz yolg‘onda yashamasligi kerak.
Men xatni qo‘limda ushlagancha xona devoriga suyanib qoldim. Nafasim qisildi va shu vaqt eshik ochildi. Onam men tomon keldilar.
— Yana u senga yozayapti, shundaymi?
ovozida na g‘am, na hayajon bor edi.
— U yolg‘onchi, Mein. U seni manipulyatsiya qilayapti. Qizim ishonma!!
birinchi marta oyimga baqirdim. Meni ruhiy holatim yaxshi emasdi. U jim bo‘ldi. Nigohlari o'tkir edi. Keyin yurib kelib xatni qo‘limdan oldi, yirtib, polga tashladi.
— Senga ularning oilasida faqat yomonlik bor. Taehyung ham shunday. U seni faqat o‘ch olish uchun ishlatadi! Yoki men yoki u! Tanla!!
Men uning ko‘zlariga qarab kuldim.
— Kech qoldingiz. Men allaqachon ishlatildim..
Onamning yuzidan rang ketdi. Balki u tushundi. Balki u allaqachon sezgan edi. Men esa to‘xtamay davom etdim.
— Taehyung meni sevmasligini bilaman. Ammo u meni tark etmaydi. Chunki men endi unga qurolman. Va siz meni xohlab bergansiz.
Bu so‘zlardan keyin onam menga birinchi marta qattiq tarsaki tushirdi. O‘sha kecha men uyimni tark etdim. Ko‘chaga chiqdim. Yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Qorong‘ilik va sovuq meni o‘z bag‘riga oldi. Telefonimda faqat bitta ism yoritildi. U ham albatta Taehyung
— Qayerdasan?
Ovozi allaqachon jahldan yirtilgancha menga savol berdi. U meni telefondan kantrol qilardi. Uydan chiqsam, 00.1 sekundda telefon qilib so'rardi.
Men jim qoldim, ichim butunlay tuyab bitgandi..
— Menga haqiqat kerak. Sen meni faqat onamdan qasos olish uchun ishlatyapsanmi?
U jim bo‘ldi. Sekin nafas oldi.
— Ohuyim, men avval seni ishlatmoqchi edim. Ammo endi... endi men o‘zim ham nima qilayotganimni tushunmayapman. Chunki men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman.
Yuragimni bir og‘riq bosdi. Ammo bilardim bu yolg'on ekanligini. Bu og‘riq meniki emasdi. Bu dadamniki edi. U yuragimni hech qachon og‘ritmasdi. Ammo men bu og‘riqni his qilib turibman. Chunki men jinoyatchilar orasida jinoyatni sevib qoldim. Va endi orqaga yo‘l yo‘q. Chunki ertalab panjara ortida bir inson meni kutyapti. U Jungkook. Va men u bilan ko'rishaman.
Taehyung mashinasi bilan tezda kelib meni uyiga olib bordi. Uni uyiga oldin ham borgandim. Ota onasi o'lishgan ammo amakisi bor ularni. Ular alohida tashashadi, ota onasini o'limidan so'ng amakisi ularni balolardan saqlab katta qilgan. Va 2 ta jodugardek amakivachchasi hama bor edi.
Tunda uyga kirdik, uni xonasiga kirib o'zimni yotoqqa tashladim. U meni eshitdi, oyim bilan bo'lgan muammolarni.
– Men senga ko'p marotaba aytaman. Oying shunday ayol deb. Oilam ham undan aziyat chekadi. Agar oying bo'lmaganida bu dunyoda bo'lmasdi hozir.
Uni gapi qattiq ta'sir qildi. U ayol nima bo'lganda ham meni 1 o'zi boqqan. Tug'ib katta qilgan. Taehyungni o'zimdan uzoqlashtirdim.
Taehyung yotoqni ko'rsadi, va nigohlaridan biroz cho'chir edim.
Bu gapidan so'ng men u bilan bir xonada qola olmasligimni bildim. Uy katta ammo Taehyung ikkalamizni bir xonada uxlashimizni xohlayaptimi?
— Yo'q.. yaxshisi men.. men boshqa xonada uxlayman..
Taehyung jilmayib qo'ydi va gapirdi.
Qiz bu gapdan keyin ham zo'rg'a dush qabul qilib chiqdi, yomg'irda ho'l bo'lgan kiyimini kiya olmasdi va Taehyung unga o'zining keng fudbolkasini berdi. U qizni tizzasidan birozgina teparoqda yetib turardi
Mein yotoqni chetida uxlab qoldi, Taehyung esa qizni kuzatardi. Yarim tunda qiz tushida yig'lay boshladi
— Iltimos.. iltimos menga teginmang.. oyimga borishni xohlayman..
Qizni 15 yoshida bir to'da jinoyatchilar o'girlab ketib zo'rlashmoqchi bo'lishgan ammo bu haqida onasi va o'zidan boshqa hech kim bilmasdi, ya'ni aytadigan odami ham yo'q edi. Onasiga tahdid qilingan va qiz tezlikda qutqarilgan bo'lsa-da, unda travma bor edi.
Taehyung o'rnidan turib yoritgichni yoqdi, qizni tushida yig'layotganini ko'rib yni tezda uyg'otdi.
Qiz birdaniga nafasi qisilib uyqusidan turdi. Erkak unga tezda suv berdi va bag'riga mosmoqchi ekanligida Mein cho'chiyotganini sezdi.
— qara.. menga qara.. hech kim yo'q buyerda. Men ham hozir chiqaman..
Taehyung o'rnidan turayotganida qiz uni qo'lini tutib qoldi.
Bu qiz yosh boshida qancha sinovlarni boshidan o'tqazdi. Bu ham kamdek, hozirda undan foydalanishganlarini bila turib gapirmaydi.
— Mayli unda qo'rqma, men shuyerda bo'laman.
Qiz ustini yopib ko'zini yumdi ammo uyquxi kelmasdi. Telefonini olib onasini rasmini tomosha qilib uxlab qoldi.
Nima bo'lganda ham onasi, ertaga undan kechirim so'rab uyiga qaytishni niyat qilgandi. Jungkook oldiga ham borishi kerak ammo Taehyungga bildirmasdan.
Ko‘zlarimni ochganimda, quyosh hali chiqqan emasdi. Tanam og‘ir, yuragim esa... og‘ir emas, bo‘sh edi. Men uydan yashirincha chiqa ham olmasdim chunki qo'riqchilar bor edi.
Bir oyog‘im jinoyatda, bir oyog‘im haqiqatda ammo qayerga qarasam, yolg‘on edi.. Telefonimda onamning raqamini izladim. Bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishni xohlab to‘xtadim. Ammo oxiri bosdim.
— Mein?
uning ovozi charchagan, ammo iliq edi. Jim turdim. Faqat yig‘lab yubordim.
— Omma..
dedim zor zor yig‘lab
— men sizni yomon ko‘rganim uchun emas, tushunmaganimg... uchun... kechirasiz...
Ona yuragi baribir hamma narsani unutadi. U hech narsa demadilar, aytgan gaplari faqat shu bo'ldi.
Taehyungga ketishimni ertalabdan aytdim nonushta qilib o'zi olib borib qo'ydi. Men uni o'zimni yaqinimdeb o'ylardim chunki bu hayotda menda yaqin inson faqat onam bo'lganini kevh angladim.
Uyga qaytdim, ichkarida jimjitlik. Faqat oshxonada choy qaynayotgan tovush. Onam stolda o‘tirgan. Men yoniga o‘tirdim. U menga qarab qo‘ydi va bag'riga bosdi.
— Jungkook senga nima degan bo‘lsa ham, eshit. Ammo o‘z xulosangni o‘zing chiqargin.
— Dadam... qanday o‘lgan? Faqat haqiqatni ayting.
Onam chuqur nafas oldi. So‘ng o‘rnidan turib, eski shkafdan bitta fayl olib chiqdi. Ichida politsiya hisobotlari, suratlar, guvohliklar. U fayldan bitta suratni oldi. Suratda yonayotgan omborxona. Ustida “№707-OLOV” degan tamg‘a bor edi.
— Bu operatsiya "Uch olov" deb nomlangan edi. Dadang u yerga bomba qo‘yilgan degan xabarga ko‘ra birinchi bo‘lib kirgan.
— Taehyungning ukasi. Jungkook.
Dilim ezilib tushdi. Yuragim tilka pora bo'ldi.
— Ha. Ammo telba emas edi. Shunchaki... uni kimdir yo‘ldan ozdirgan. Va... sening otang u bolani o‘limga tark etishni istamadi. Boshqalar chiqib ketishga buyruq berdi. Ammo dadang "bir bolani tashlab ketolmayman" deb ichkariga kirdi. O‘sha payt portlash bo‘ldi.
Ko'zim to'la yosh, nafas qisilishi bilan savol berdim.
— Hech kim bilmaydi. Ammo bir kishi biladi. U ham bo'lsa Jungkook!
Men o‘sha damda bitta narsani tushundim. Onam meni yolg‘on bilan himoya qilgan. U mendan haqiqatni yashirgan emas faqat yuragim chidamasligini bilgani uchun.
Men onamning qo‘lini ushlab, unga qaradim.
U meni yana quchoqladi. O‘sha bag‘ir har doimgidek issiq, himoyali edi.
Ammo ichimda boshqa olov yonayotgan edi. Endi mening vazifam otamni o‘sha olovda o‘ldirgan haqiqatni topish edi.
1-qism tugadi | @yzkficc
Written by Yamazaki Mein.