April 2, 2025

THE FUCKER🔞

6-qism || alvido

Buyerda meni ham aybim bor. Agar oʻsha aksiyalarga o'ch boʻlmasdan osha kuni toʻyni buzganimda, 1-bolam boshqa odamdan boʻlardi va balki sogʻlom ham bo'lardi. Bolamni oldidan ketgim kelmasdi, yuragimda nimadir jiz etsa boshqasi bolam xasta boʻlmagan derdi.. Vijdonim men bilan necha kundan buyon urushmoqda, men nima qilishim kerak? Bolamni mitti yurakchasiga nega bunday boʻldi? Hammasi meni aybim edi, boshidan..
Qiz xoʻrsinib yigʻlardi, Taehyung Mein oldida yigʻisini koʻrsatmasada, ichidan nima oʻtiyotganini bilardi. Men suv olishga chiqgandim, Taehyung esa ichkarida edi ammo qaytishda Taehyungni operatsiya yoʻlakchasida koʻrdim.. yuragim urushdan toʻxtagandek edi, boʻshliq yeb bitirardi.. koʻnglim nima boʻlganini tan olgisi kelmas ammo miyam allaqachon sezgandi.. 9 oy birga boʻlgan bolam, meni 9 kun demasdan tashlab ketdi.. bu juda ogʻir, ayniqsa adolatsizlik va hammasi oʻzingni aybing sabab boʻlganini yaxshi bilsangda..
Dadam tezda yetib keldilar, men esa yerning bir chetida holsiz va madorsiz boʻlib devorga suyanib oʻtiribman. Ichimdagi urushlar meni kemira boshladi, men boshqa chiday olmayman deb oʻylagandim har bir soniyada. Oradan oʻtgan bir soniya ham men uchun bir asrga tengdek oʻtdi. Nega hali ham chiqishmadi? Qiz sochlarini tortib oʻzini qobigʻida oʻrangan holda yerga oʻtirib olganini koʻrgan Taehyung oldiga bordi va oʻzining issiq taftiga bosdi. Qiz Taehyung ekanligini iforidan sezib, oʻzidan itardi. Taehyung qizni borib sochlarini qulogʻi ortiga qilib sochini tartibladi va qizni yuzidan ushlab oʻziga qaratdi.
— hammasi yaxshi boʻladi, men bolamizni davolataman.
Ammo Taehyungni gapirgan gaplari shifokorniki bilan toʻgʻri kelmadi. Shifokor chiqqanda bizga judayam noxush xabarni yetqazdi.. endi bolam yoʻq..
Men qanday odamman? Bitta bolani taqdirini barbod qildim, u mendan ketib adashmadi. Mendek ona yoki Sunadek onaa.. uni hayotini zindon qilardi.. ammo u meni 1-farzandim edi.. uni oʻzimda olib qolish xohishi menda tugʻilgandi bolamni koʻrganimda. Qiz yigʻidan shunchalar qizil boʻlib ketgandi-ki, yonidagi Taehyung ham koʻz yoshlarini jilovlay olmadi. Dadam kelib meni bagʻrilariga bosdilar ammo meni yuragimda isyon hamon hukm surmoqda. Bolamni oxirgi bor koʻrish maqsadida uni yoniga kirdim, belanchak ichida jonsiz yotarkan meni qalbim ming parcha boʻlib qolgandi..
— Bolammm...
Qiz tinimsiz koʻz yoshlarni artardi, shunga qaramasdan yuzlarini koʻz yoshlaridan artib tashlay olmasdi.
Men bolamni xokini kul qilishdan koʻra uni qabrga dafn qilishni afzal koʻrdim. Qabr kovlash eskicha usul boʻlsada men shuni xohlagandim.
Mein bor kuchi bilan dafn marosimida bolani oxirgi manzilga joʻnatdi va oʻsha kundan soʻng boshqa davlatga koʻchib ketishni xohladi.
*
Oradan 1 hafta oʻtdi, Taehyungni yuziga qaramadim o'sha dafn marosimidan soʻng har kuni qabristonga boradigan boʻldim. Ahvolim yomon boʻlsada, bolam bikan borib gaplashardim. Uni bevaqt oʻlimiga men sababchi boʻldim degan oʻylar meni hali hanuz kemirardi. Bugun negadir bora olmadim, dadam Taehyung bilan ajrashiyotganimizni sababini soʻrab meni ancha charchatgandilar, men esa shunchaki hammasidan vos kechib hozircha keta olmasdim chunki ajrim va dadam bor edilar. Bugun dadam eshikimni qulflab qoʻyibdilar, qanday qilib bugun bora olmayman? Boe ovozim bilan dadamni chaqirdim, dadam esa hali hanuz eshikni ochmadi. Men telbaman va aytganim boʻlishini xohlayman. Xonamdagi bakalni yerga otib sindirdim va bor ovozim bilan baqirdim va albatta tabiiyki dadam tezda xonamga yugurib keldilar.
— Mein, Mein.. buni oʻylama ham!
Toʻgʻri oʻshanda yomon ish qildim, yoshi katta odamni havotirga qoʻyib choʻchitdim ammo o'shanda biz gaplashib olgandik.
Dadam xonaga kirib meni sogʻligimni koʻrdilar va chiqib ketmoqchi hoʻlganlarida ularni tutib qoladigan gapim, ularni men tomon burilishga majbur qildi.
— Taehyung bilan bolamni oʻlimini deb ajrashmayapmiz. Buni boshqa sababi bor. Bilishni xohlaysizmi? Ammo bilganizdan soʻng men USA ga koʻchib ketaman, Californiaga men bilan yashashga nima deysiz?
Dadam boshida bergan savolimga diqqat qaratdilar.
— Taehyung seni o'ldirdimi? Yoki urdimi?

Uning gaplaridan koʻzlarim namlandi.
— dada toʻy kuni dugonam.. yoshligimdan mening singlim deb bilgan dugonam bilan Taehyung don olishib yurishlarini bilgandim.. buni aytmoqchi emasdim, rosti hammasidan qasd olmoqchi edim. Taehyung meni sevmaydi, ota-onasi sabab men bilan yashadi, ammo oʻshanda ham biz bilan Suna birga edi.
Dadam mening gaplarimni oxirigacha eshta olmadilar, yuraklari qisilib dorilarini qidira boshladilar.
— dada.. dada!! Doringizmi? Doringiz qayerda??!!
Dadamni xonalariga tushib tezda dorilarini olib keldim va o'zlariga kelishlarini intiqlik bilan kutarkanman, bolam ham yurak hastaligi sabab oʻlgani yana yodimga tushdi. Telefonimni 1 haftadan beri ishlatmagandim, yoqqanimda menga shunchalar ko'op odamlad yozgandi-ki ularni koʻpini tanimasdim. Sunghoon menda 1000 marotaba qoʻng'iroq qilgan ammo u bilan ham gaplashishga holim yoʻq edi.
Minho degan odamdan ham habar kelgan ammo uni boshida oʻqimadim, koʻzim tushgani esimda qoldi va qolgan habarlarni ochib qarasam, koʻplar menga hamdardlik bildirgan. Men 1 haftadan buyon instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda rekda yurganimni bilmasdim. Birini smsida aniq qilib yozilgandi va oʻshandan soʻng tezda Minho ismli odamlarni qidirdim ammo ularni ichida "Minho's wife", "Minho's girlfriend", "Minho is my life " degan akkauntlar ham chiqqanidan hayratda qoldim.
[ yozilgan habar ]
Salom, yaxshimisiz deya soʻrash joizmi yoʻqmi bilmayman. Bolangiz dunyodan koʻz yumganini instagramdan bildim, kechirasiz boshida Lee Minho sizni tugʻruqxonaga olib borganini men rasmga olgandim va butun ijtimoiy tarmoqlarga joylagandim. Ammo hozir qilgan ishimdan ancha pushaymonman. Fandom siz haqingizda toʻliq ma'lumotga ega, shaxsiy ma'lumotingizni tarqatgan boʻlsam kechiring. Iloji boʻlsa koʻrisha olamizmi? Sizdan uzur soʻrash va sizga kichik taklif borasida?
Bu xabarni yozgan odam aniq afsusdaligi bilinib turardi, men esa tezda haqiqiy Minhoni smslarini topdim.
" salom Mein, sizga hamdardlik bildiraman. Mening toxic fandomim sabab sizni shaxsiyatingiz buzildi, bolangiz haqida ham oʻsha habarlardan eshitdim. Ochigʻi siz bilan gaplashib olishim kerak. Oʻsha bola haqida. Agar xohlamasangiz, mayli men sizni majburlamayman. Umid qilaman ahvoliz ancha yaxshilangan deb. Xurmat bilan Minho.
Bu smsni oʻqib Minhoni qanday qilib tanimaganimga hayron qoldim. Oʻshanda oʻzimda emasdim ammo qanday ma'lumot bermoqchi u menga Teo haqida?
Dadam oʻziga keldi va men bilan gaplashishni xohlardi. Men esa boyna sodir boʻlgan voqea qaytarilmasligi uchun ba'zi narsalarni tashlab ketdim.
— qizim nega toʻy kuni aytmading? Nega meni kuydirding?
Ko'zim namlandi, dadamni qoʻllariga bosh qoʻyib gapirishni boshladim.
— oʻsha kun hech nimani qabul qila olmagandim. Butun dunyo goʻyo ustimga agʻdarilgandek edi ammo.. ammo men qasos olishni xohlagandim. Taehyung yaxshi odam faqat biz xato vaqtda uchrashdik. To'gʻri inson ammo xato vaqt.
Mening boshimni silab bagʻriga bosdi.
— senga qiyin boʻlgandir-a?
Sizni bagʻrizda hammasi unutildi..
Dadam Taehyungga aniq zarar yetqazardilar. Buni bilardim ammo hech nima qilmadim. Oʻz jazosini olsin. Kech tushdi, men esa telefonimdagi habarlarni hammasiga javob berdim. Instagram sahifam esa portlay derdi. Yaqindagina 100+ obunachim borligini eslayman ammo hozir bu 100k boʻlgan. Shunchalik ham omadli qiz edimki mashhur amerika producerlaridan ham taklif tushdi. Ammo qalbimga hozir hech qanday film sigʻmasligini aytib keyinchalikka oʻylab koʻrishimni aytdim. Instagramda shunchalar koʻp odam menga yozgandiki ularni hammasiga javob bera olmasdim. Shunchaki bir story bilan hammasiga javib berishni afzal koʻrdim
Qoʻngʻiroqlrga oʻtsam pastda Taehyungni telefon qilganini koʻrib qoldim. Yuragim jiz etdi, ammo unga javob yozmayman ham qoʻngʻiroq ham qilmayman. Balki ichimdagi xohish va sevgi uni hali ham istar ammo men emas!
Minho uchrashivni aniqlab menga mashina yuborishini aytdi. Qisman biz Minho bilan oʻxshash ekanligimizga biroz hayron qolardim. Mening oʻtmishda akam boʻlgan, uni dushmanlari tomondan oʻldirilgan deb haligacha eslayman. Ammo o'sha akamning nigohlari Minhonikiga oʻxshaydi.

Akam meni qutqarishni rostan ham xohlagandi, oyim ham bunga chiday olmagandilar. Har tun-u kun yigʻlardi. Hatto men akamni ismini bolamga qoʻygandim, ammo u ham oʻldi.
Minho bilan ertaga uchrashadigan boʻldik. U bilan gaplashar ekanmiz, u bilan akamni ancha o'xshash tomonlari borligini sezdim. Bir kunda va bir yilda tugʻilish, akam mendan 2 yosh katta edi ammo afsuski u hozir biz bilan emas.
— Minho menga yoshliging haqida aytib bera olasanmi?
— yoshligim? Bu.. judayam qorongʻu edi.. men qattiq qoʻrqqanim sabab bor xotiralarim oʻchirilgan. Faqat meni ota onam dengiz sohiliga tashlab ketishganini bilaman.
Mein ancha tushkunlikka tushdi.
— ularni izlab koʻrmaganmisan?
Minho tezda koʻzini olib qochib gapirdi.
— Meni choʻktirib oʻldirmoqchi boʻlgan ota onamni 1 marta boʻlsa ham qidirish istagi tugʻilmadi. Meni Lee'lar oilasi boqib olishdi va mana hozir mashhur aktiyorman. Aytishlarida akamdan soʻng bolali boʻlisha olmagan ekanlar va meni asrab olishgan.. Mein buni faqat fandomlar bilishmasin. Men xohlamayman orada hate olishni..
— Ha albatta hech kim bilmaydi. Siz menga ishonishingiz mumkin. Men ham hayotomni kuydirgan bir qizman. Ehh
— akam ham bolali boʻldilar oʻsha kuni. Sizniki bilan bitta tugʻruqxonada tugʻilgandi. Oʻsha kun juda qiyin boʻlgandi men uchun. Men nima boʻlganini bilaman. Eshtishga tayyormisiz?
— aynan?
Mening nigohlarimga kuyinish va baxtsizlik bor edi.
— tugʻruqdan keyin bola sogʻ - salomat deb hamshira mendan suyunchi olgandi, meni bolani dadasi deb oʻylab. Sizga esa qon yetmagandi, qon ketish kuchaygani va qon yoʻq boʻlgani sabab men qonimdan bergandim. Qonimiz bir xil ekan.
Minhoni bilmasdan gapirgan gapi meni koʻzimga yosh keltirdi. Bolam deb kuyinaymi yoki akam? Akamni 5 yoshimdan soʻng koʻrmaganman, maktabga boradigan yoshida oʻgʻirlangan, ammo bolamchi? Bolam sogʻlom tugʻilganmidi? Men hisob soʻrashim kerak!
— Minhoo... bola tugʻma kasal bilan tugʻildi deyishgandi menga.. qaysi hamshira oʻshani topib bera olasanmi? Iltimos.. balki biron anglashimovchilik boʻlgandir? Buni tagiga yetmasdan keta olmayman.
— Mein men sen uchun odam yollayman. Seni oʻrningga koʻrib beradi. Sen borsang barbir berishmaydi. Meni tanishlarim bor hammasini aniqlab beradigan.
Minho bilan uchrashuvdan soʻng meni uni soch tolasini oldim, u meni akam boʻlishi mumkin chunki agar u oʻlganda dadam butun dunyoga oʻt qoʻyardilar. Bu uchrashuvdan soʻng koʻchada yursam hamma meni qoʻli bilan koʻrsatishni boshlardi va biz meni tanitgan fanat qiz bilan uchrashdik.

Keyingi qismida :

— Nahotki akam shunday qilgan boʻlsa? Ishonching komilmi? Buni Mein bilmasligi kerak!

— Sening madel boʻlishing menga yoʻqmayapti, yigʻishtirasan!

— Biz u bilan yaqinda oila quramiz!!!

- Keyingi qism uchun +350 reak va 100+ fikr kutaman! -