April 30, 2025

THE FUCKER 🔞

7-qism | men sendan soʻng..

7-qism || 1-bob

Uchrashuv juda samimiy boʻldi, oldimdagi yosh qiz Minhoni katta muhlisasiligi bilinib turardi.
— Mein onni siz Minhoni koʻrgansiz, u hayotda maftunkorroqmi?
Mein tabassum bilan kulib javob berdi, qiz rostan ham juda mehrobon va Meinni qanday qilib xursand qilishni yaxshi bilardi.
— ha u judayam yoqimtoy, aytgancha isming nima?
— Yena, Kim Yena. Maktabni yaqinda tugatganman.
Qiz judayam yosh edi, u menga bloger boʻlish va koʻplab kampaniyalar yuzi boʻla olishim haqida aytdi ammo meni dardim hozir umuman boshqa. Yena bilan xayrlashib uyga bordim. Dadam mening uyda koʻp oʻtirganimni koʻra olmay, men bilan "shopping" qilishga chiqdilar.
— Californiaga borsang, senga yangi narsalar kerak boʻladi. Men sen bilan bora olmayman. Bundan afsusdaman ammo buyerda meni bogʻlovchi narsalar juda koʻp.
— Dada, siz men bilan bora olasiz, shuni xohlasangiz boʻldi.
Erkak kulib qizini gapiga javob berdi.
— yoʻq, men shuyerda tugʻildim va shuyerda omonatimni topshirishni xohlayman.
Dadamni gaplaridan oʻshanda uncha tushkunlikka tushmagandim, ammo yillar oʻtib dadam meni yolgʻiz tashlab ketishlarini kim ham bilibdi?
Biz shopping mallgan kirib narsa harid qilishni boshladik, oldimizdan bolalar kiyim doʻkoni chiqdi. Odamlar eri bilan bolalarini yetaklab oʻyinchoqlar va kiyimlar olishardi. Mening koʻnglimda shuv etib nimadir oʻtdi, dadam menga qarab turardilar. Men qotib qolgandim. Ichkaridan chiqqan odam meni butunlay hayratga soldi, Taehyung.. bolalar doʻkonida Suna bilan kulishib chiqishardi. Nahotki ular bola kutishiyotgan boʻlsa?
Dadam Taehyungni koʻrib unga jahl qildilar, yuziga tarsaki tushirdilar. Men esa koʻnglimni singanidan haligacha qiynalardim. Bu judayam qiyin edi men uchun.
— Seni qanday hadding sigʻdi, meni qizimni hayotini barbod qilishga? Sen qanday jur'at etding uni xafa qilishga?
Dadamni kuyib yonib gapirgan gaplaridan soʻng oʻzimga keldim, Taehyung mutahamdek yerga qarab uzur soʻrardi.
— Dada ketaylik.
Mening yigʻi toʻla gaplarim sabab dadam Taehyungga yomon koʻz qarash qilib ketdilar. Bu degani yana gaplashadilar.
Uyga keldim, shoppingdan hech nima olmadim. Tezda bilet olib uchib ketishni xohlardim va dadam bilan maslahatlashib ertaga tongda uchadigan samalyotdan joy band qildim.
— dada siz ham men bilan ketsangiz edi, yangi hayot boshlardik. Menga amerika filmiga taklif tushdi, balki aktrisa boʻlib ketarman.
— qizim buyerda chala ishlarim bor, sen bor men ortingdan biron kun borarman.
Men kiyimlarimni yigʻishtirar ekanman, kiyimlarimni har birida Taehyungni uyida boʻlgan xotiralarim meni taqib qilardi. Koʻz yoshlarimni jilovlay olmasdim va yana yigʻlab oldim.
— Nega rozi boʻlgandim..?
Erta tongdan turgan qiz uydan chiqishda dadasini turganini koʻrdi. Soat hali endi 6 va bahor boʻlgani sabab toʻliq yorugʻ boʻlmagan.
— dada siz nega turdingiz? Men oʻzim bora olardim.
Dadam haydovchi bilan meni airportgacha olib borishdi, oxirgi marotaba ularni koʻrarkanman koʻnglimda urush hukumronlik qiliyotgandi.
— yigʻlash yoʻq. Dada sizni sogʻinaman. Sizsiz hayot judayam qiyin boʻlsa kerak.
Dadam meni qattiq bagʻrilariga bosdilar men ularning quchoqlarida 12 yoshli qizchaga oʻxshab qolardim.
Mana uchish vaqti keldi, men ijtimoiy tarmoqimga istoriya joyladim. Hayotni boshqattan boshlashni oʻylab koʻrganman ammo buni qila olamanmi?
Samalyot uzoq uchib mana nihoyat Californiaga qoʻndi, bu hayotimni boshlanishi. Mening istoriyamni koʻrgan Sunghoon menga ming marta qoʻngʻiroq qilgandi, ammo uni hayotida boshqa boʻlishni xohlamayman. Bu juda alamli, ammo men bilan bir necha daqiqalarda oʻsha producer bogʻlandi.
— Miss Mein Californiaga xush kelibsiz. Xohlasangiz sizga bergan taklif boʻyicha gaplashib olamiz.
Men ikkilandim, hozir mashhur boʻlsam, mening kelajakim porqloqroq boʻladi.
— Roziman
Unga bergan javobim menga qimmatga tushishini bilmasdim. Oradan kunlar shu tarzda oʻta boshladi, men dardlarimni unutib yangi hayotga moslashgandim. Ammo suratga olish jarayoni tugagandan soʻng bu safar guruh bilan hechki ovqat qilish mavzusi koʻratildi. Menga uncha yoqmadi ammo hamma qoʻshilgani sabab men ham majbur boʻlgandim.

Kechki ovqat vaqtida producer menga teginib yubordi, men boshida uncha e'tibor bermadim ammo qoʻllarini meni ortimdan oʻtqazgan on men uni yuziga ichiyotgan ichimligimni toʻkdim.
— Sen iflos chol qanday hadding sigʻdi menga teginishga?
Oldimdagi hamkasblarim meni tinchlantorardi.
— Mary bu unday emas, u ichib olgan. Nima qiliyotganini sezmaydi ham.
— Sen iflos chol bilan ertaga gaplashamiz.
Oldimda kiyimini dardi bilan oʻtirgan menga baqirmoqchi edi ammo hamkasblarim uni toʻxtatishdi.
— Men unga nimaman? Aktrisa bo'lsam ham foxsha* emasman!
Men asabiylashib oʻzimga oʻzim gaplashib borarkanman oldimda bir yigitga urilib ketdim. Uning ichimligi kiyimimni rasvo qilgandi. Syomkadan keyin boʻlgani uchun kiyimim juda ochiq va oq rangda edi va ichki kiyimim* yaqqol koʻrinib turardi. U menga qaysidir tilda gapirdi ammo gapini tushunmay yuziga boʻqrayib qarab turardim.
— kechirasiz, siz turkchani tushunmaysizmi? Kiyimingiz, kechirasiz meni xatoyim.
Kiyimimga qaradim va tezda oldimni qoʻllarim bilan yopdim.
— hech qisi yoʻq.
Men ketishga shaylangandim, ammo erkak menga kastumini tutqazdi.
— buni oling, oldingiz.. meni aybim
Qiz erkakga qarab turardi. Qoʻlidagini olsa qaytarishni ham oʻyi bor.
— raxmat
Uning kiyimini oldim va u menga tashrif qogʻozini ham tutqazdi.
Boshida notogʻri tushungandim ammo kastumni qaytarish uchunligi uchun indamadim. Boʻylari uzun turk erkaki judayam gentleman edi.
Tezda uyga borib, kiyimimni almashtirdim. Menga qoʻngʻiroq boʻliyotgandi, Minhodan.
Ancha oldin Koreada.
— Aka, nega boshqani bolasini hayotini buzdingiz? Aka uni oyisi qanday qiynalganini bilasizmi? Yagona umidi o'sha bola edi.
— Minho sen buni qayerdan bilding?
Minho kulib akasiga gapirdi.
— Hamshirangiz qoʻrqsa gullab qolarkan, aka sizdan buni kutmagandim. Bu ishni tagiga Meinni ozi yetganda biz hate tagida qolardik.
— buni kelin oying bilmasin! Agar u bilsa sendan koʻraman. Senga yaxshilik qilib boqib olganmiz, endi yaxshilikni qaytarish seni navbating. Oʻlgan ota onamiz xurmati!

Minho akasiga bola haqida gapirmaslikka va'da bergandi va Mein qiziqmasin deb o'sha doktor aytgan gaplarni takrorladi. Mein bor umidi puchga chiqqani va bugungi bor mojarolarni deb yigʻlashni boshladi. Uning ovozini eshitgan Minho oʻzini ich etidan yeb bitirishni boshladi.
— Mein.. Mein! Yigʻlama hayoting oldinda.
Minhoni gaplarini toʻliq eshitmasdan oʻchirib qoʻydim, egnimni alishtirdim va oʻsha kastyumni ham kir yuvish mashinasiga solgandim. U qimmat va noodatoy ekanligi uchun uni boshqa yoʻl bilan yuvish kerakligini bilmasdim, mashinadan olganimdan soʻng esa kastyum dab dalasi chiqqan. Boshida judayam xavotirlandim ammo biroz oʻtib buni narxini internet magazinlardan qidirdim. $892,500 ming dollarga ham kastyum kiyadimi odam zoti?
Bu dunyoda faqat 3 dona tikilgani uchun ham yangisi sotib olib bera olmayman.. uni internetdan izohini oʻqib men u odamga nimani topshirishni bilmay qoldim.. «Bu kostyumlar Stuart Hughes va Richard Jewels hamkorligida yaratilgan bo‘lib, 480 dona yarim karatli olmoslar bilan bezatilgan. Faqat uch dona mavjud bo‘lgan ushbu kostyumlar eng qimmat erkaklar kiyimlari qatoriga kiragan »
Qiz qoʻlidagi vayron boʻlgan narsaga qarab nima qilishga hijolat boʻlib qoldi

Oʻsha kastyum

Jur'atsizlarcha oʻsha bergan varoqini qidirdim. Ustida Serkan Bolat yozilgandi nima boʻlganda ham hozir qoʻngʻiroq qila olmayman chunki soat allaqachon 1 boʻlgandi. Uni chetga qoʻyib uxlashga tayyorgarlik koʻrdim

Yangi tong va bugun buni egasiga berishim kerak, ammo buni barbod qilib qoʻyganim va biroz hijolatman. Bugun meni tasvirga olish jarayonidan chaqirishdi, kecha boʻlgan voqeadan beri borishni xohlamayman ammo majburman. Oldimda producerim mendan uzur soʻradi ammo men uni betini umuman koʻrishni xohlamayman. Sudga berib sharmanda qilmoqchi edim, ammo mening guruhim yoʻlimdan qaytardi.
— Men shu serialingiz tugasa, sizni ko'rishni ham xohlamayman. Bu guruhim nomidan shunga rozi boʻldim.
Men uchrashuvdan chiqib kettim, qoʻlimda men vayrona qilib qoʻygan narsa bilan Serkan Bolat degan erkakka qoʻngʻiroq qiliyapman. Mashinamga oʻtirdim va aytgan shirkatiga yetib bordim. Mashhur kampaniyalardan biri edi va oʻsha kampaniya bilan anchadan beri dadam ham hamkorlik qilishni xohlardilar. Bu taqdir edi chunki dadamni aytishlaricha Taehyung bir necha marotaba uchrashuv tashkil qilishga harakat qilgan ammo har safar rad javobini olgan.
Meni qoʻllarim qaltirardi chunki bu judayam qimmat va toʻlashga hozirni ozida buncha pulim yoʻq. Dadamni aksiyalarini sotib toʻlash... bu ahmoqlik!
Eshikdan kirib bordim va meni bir xodim olib kirdi, qabul xonada oʻtiradigan qizga ismimni aytganimdan soʻng, tezda meni mehmonxonaga olib kirdi. Oldimga coffee va shirinlik olib keldi. Men buni koʻrib biroz hotirjamroq boʻldim.
Oldimga Serkan kirib keldi, uni har qanday holatda kelishgan va yaxshi fe'l atvor egasi deya olaman.

Serkan Bolat

Serkan oldida qoʻllarimni oʻynatib hijolat boʻlib turibman. U menga nima boʻlgani haqida ancha qiziqdi.
— aytgancha menga oʻzingizni ismingiz koʻproq yoqdi, Maryni oʻrniga Mein.
— Ha.. lekin men sizga aytadigan gapim bor. Kecha bergan kastyumingiz, uni yuvmoqchi edim va..
Serkan allaqachon tushundi nima demoqchiligimni va meni tinchlantirdi.
— Mein u dunyoda faqatgina 3 ta chiqqa va 3 tasi ham menda.
Uning gapidan soʻng hayron ohanagda hayron qolib savol berdim.
— Nima?
U shunday odam ediki, u kiygan, u haydaydigan narsalar hech kimda boʻlishini xohlamasdi. Men unga barbir pulini qaytarishim kerakligini bilardim.
— menga narxini bersangiz, toʻlovini qilardim. Oddiy kastum emas har holda.
— kerakmas, Mein. Bu shunchaki kiyim.
Eshik birdan ochilib sohibjamol bir qiz kirdi va Serkanga turkchada bir nimalar deb jahl bilan eshikni bor kuchi bilan yopib ketdi.
" — Serkan, men boshqa sizni talablarizga chidab sizni kampaniyangizni yuzi boʻla olmayman. Men Turkiyaga qaytaman. Bu kampaniya hech qachon meni mashhur qila olmaydi! "
Serkan jahlini nazorat qildi oldimda mushaklarini qattiq qisib asabiylashdi.
U bilan umumiy tilimiz ingliz tili edi va men yoshligimdan oʻrganganim sabab menda hech qanday aksent ham yoʻq.
Undan nima boʻlgani va nega u qiz chiqib ketgani haqida soʻradim u esa boricha aytib berdi. Aytishicha u qiz bilan ancha odam ishlashni xohlagan, ammo bu kampaniyani tanlab adashgan.
— Mr.Bolat bundan juda xafaman, hisob raqamingizni tashlab bersangiz, men pullaringizni ham tashlab berardim.

— Mein sen aktrisasan adashmasam, oʻshanda nima boʻlgandi? Nega buncha asabiy eding?
Men juda ochiq odamman. Hammasi hayotimni Taehyung bilan vayron qilganimdan boshlangani haqida aytib berdim. U mening yoshligim va oʻylamasdan ish qilganim haqida gapirdi. U mendan naqt 10 yil katta edi.
— Shu bilan uni bugun kechirimini qabul qildim, serialni finalidan soʻng u bilan boshqa koʻrishmayman.
Serkan oʻylab oʻtirdi va menga kutilmagan taklif berdi.
— Mein men bilan ishlashga nima deysan? Oʻsha toʻlov oʻrniga. Yaxshi haq toʻlayman.
— Men kampaniya yuzi boʻlamanmi?
— ha
Serkan menga umid qilgancha qarab turardi. Va men ham taklif qoʻshishga harakat qildim.
— Serkan, men sizni ishingizga qoʻshilmoqchimasman, ammo meni dadamni kampaniyasi siz bilan anchadan beri hamkorlik qilishni xohlashadi. Agar sizga maanifatli boʻlmasa mayli rad eting ammo oʻziz tomonizdan koʻrib chiqilganiga biroz shubham bor.
Unga dadam aksiyaner boʻlgan kampaniya haqida ma'lumot berdim va u koʻrib chiqishi haqida aytdi.
Men rozi boʻldim. Oradan yillar oʻtdi men bilan Serkan xuddi 10 yillik tanishlardek juda yaqin boʻlib ketgandik.
Bugun Serkan bilan kechki ovqatga chiqmoqchi edik. Men faqat u bilan men deb oʻylagandim ammo adashdim.. 1-erim Kim Taehyung ekanligini bilmasdi va Korea bilan hamkorlikda ishlash haqida gaplashish uchun kechki ovqat tashkil qilgan edi. Bu judayam katta loyiha boʻlgani uchun ancha online ishlashdi va yaqinda halqaro boʻlib oʻtadigan kastingda yutishsa bu loyiha Mein Serkan va Taehyungga judayam foydali boʻlardi. Meinga minnatdorchilik uchun Meini ham chaqirishgandi.
Mening ochiq va ajoyib kiyimimni zoʻrgʻa eplardim.
Telefonimda boʻlgan qoʻngʻiroq meni o'ziga tortdi, Serkan meni olib ketosh uchun kelgandi. Men esa tezda pastga tushib mashinaga oʻtirdik. Bizni haydovchi olib boriyotganda biz yoqimli suhbat qurgandik. Uning sobiq xotini bor edi va undan bitta bolali edi.. qiz va ismi Melek edi. Serkanga 1:1 oʻxshardi. Biron kun u bilan kunimni oʻtqazishni xohlardim!
Serkan bilan ish masalasida suhbat qurib bordik va manzilga yetib ham keldik. Serkanni qoʻlidan qoʻllarimni oʻtqazib ichkariga kirdik. Men unga ko'ngil qoʻygandim va bunday kiyinishimdan sabab, menga boʻlgan his tuygʻularini aytadi deb oʻylagandim ammo ishlar men kutgandek bo'lmadi.
Ichkariga yangi er xotindek kirdik va oldimdagi stolda 3 kishini koʻrdim. Kim Taehyung, Kim Suna va kichkina qizcha.. ularni ko'rib toʻxtab qoldim. Ish boʻyicha boʻlgan uchrashuv bu bir bahona boʻlgan. Serkan turk va uning odatlari boshqacha. Ular oldida menga his - tuygʻularini ochmoqchi edi va men ularni oldida ichimdagi bor boʻronni toʻxtatishga harakat qilardim.
— Mein nimani kutiyapsan? Kel.
Serkan qoʻlimdan tortib stolga oʻtirishim uchun stulni men uchun togʻrilab berdi.
Taehyungdan hech qachon bunday e'tiborni kutmaganman va Taehyung ham nigohlarini mendan uzmasdi.
Bir necha kun oldin :
— Taehyung men bir qiz bilan boraman, unga his tuygʻularimni aytishni xohlayman. Sen ham oilang bilan kelsang yaxshi boʻlardi.
Zoomda boʻliyotgan suhbat ancha davom etdi.
— Serkan, sen uchun xursandman ammo buni oʻzingiz qilsangiz, yaxshoroq boʻlmaydimi?
— Mein ham dugonali boʻlardi. Agar biz birga boʻlsak xalqaro tanlovdan ham o'tamiz. Sen Caloforniaga kel tezroq.
Suna meni oldimda bolasini erkalatardi.. bu qanday azob-a? Hammasini boshqattan boshladim deganda yana shu azob..
Serkan bizni tanishtirishga harakat qilardi, ammo biz bir - birimizni judayam yaxshi bilardik.
— Mein bu Kim Taehyung va Kim Suna.
— men ularni taniyman.
Mening gapimdan soʻng Taehyung menga imo ishorali koʻz qarashi qildi. Agar bu haqida Serkan bilganda sevgan ayolini eski va noinsof sobiq eri bilan hech qachon ishlamasdi.
Meinni oxirgi gapi Taehyungni butun sarmoyalariga zarar yetqazardi yoki unga katta foyda olib kelardi, agar hozir Taehyung kasotga uchrasha, dadasini ham ishlari chappasiga ketishini yaxshi bilardi.
— U dadamning hamkori, dadam ham shu kampaniyada aksiyanerku.
Meinni gapidan soʻng Serkan bunga uncha e'tibor bermadi va ovqatlanib boʻlib shirinlik yeyiyotganda choʻntagidan jozibali uzukni chiqardi

Oʻsha uzuk.

Ikki marotaba qarsak soldi.
Ortidan bitta kameraman va ajoyib ramantik qoʻshiqni chaliyotgan erkak keldi ramantik chiroqlar va shamlar oldida Serkan qoʻlidagi uzuk idishchasini ochdi. Restaranda ulardan boshqa hech kim yoʻq. Mein buni koʻrib koʻziga yosh keldi, chunki u bunday sevilmagan. Olarga jahl bilan qarab turgan Taehyungga koʻzi tushdi va uni Suna zoʻrgʻa tinchlantirardi.
— Mein, men seni ancha yillardan bilaman. Bilaman birinchi uchrashuv yaxshi boʻlmadi. Lekin oʻsha kuni ehtiyotsizlik qilganim uchun judayam xursandman. Senga nisbatan his tuygʻularim bor. Seni xafa boʻlishingni xohlamayman. Mening hayotim mazmuni boʻlishga rozimisan?
Uning taklifidan koʻzimga yosh keldi, men ham unga befarq emasdim va boshim bilan "xo'p" ishorasini qildim va u mendan yengil boʻsa oldi. Bizga qarab turgan Taehyung oʻrnidan turib ketdi.

Episode 7 tugadi.