QASAM 🌺 8- QISM
Mashinada ketayotgan ikki juftlik bir biriga bir ogiz ham gapirmasdi. Ikkisi ham 1 insonni òylardi. Farqi shundagi Namjoon Mira uni tashlab ketishi mumkinligi haqida òylardi. Chunki u hozirgacha Mira bn deyarli kop gaplashmagan va doim ozini undan olib qochardi. Mira esa endi nima bòlishi haqida òylardi. Qachonlardir telbalarcha sevgan insoni bugun uning qarshisiga chiqdi ammo endi unga sevaman deya olmasdi. Hatto qòlidan ham ushlay olmasdi. Endi bu tuyģu bu harakatlar u uchun harom. Uning òz oilasi, eri, garchi òz onasi bòlmasada onasi va jajji òģli bor. U endi yaxshilanib kelayotgan hayotini sevishi gumon bòlgan inson uchun qurbon qila olmaydi. U hech qachon amakisiga bergan qasamini buzmaydi. Vanihoyat uyga ham yetib kelishdi. Hayollar bn tezda mashinadan tushgan qiz, eriga ham e'tibor bermasdan uyga kirib ketdi. Uning orqasidan mashinadan tushgan erkak ayolining bu ishidan ranjidi. Yanada hayollari chalgidi.
RM 🌟 Naxotki Mira meni tashlab ketsa? Nahotki urtamizda bòlib utkanlariga qaramasdan hammasidan vos kechsa? Men xato qildim. Boshidan unga yaxshi gapirishim, kunglini olishim kk edi. Ushanda balki bu qadar mendan ranjimasdi. Rostan ham men hato qildim 🌟
Mira uyga kirishi bn xonasiga kutarildi. Negadir yiģlagisi kelardi. Ichidan nimadir otilib chiqayotgandek bolardi. Xonasiga kirishi bn eshikni zarb bn yopgan qiz yiģi aralash kiymini tezda yechib odatiy kiymini keydi. U kiyinib bòlishi bn RM ham xonaga kirdi. Mira Namjoonni yuziga ham qaramasdan yonidan utib xonadan chiqib ketdi. Namjoon yana hayollar oģushida qoldi. Mira kòz yoshlarini zòrģa tiyib chuqur chuqur nafas oldi. Oģlining xonasiga kirib uxlayotgan jajji farishtasini kòrib hamma dardlarini bir zum unutdi. Oģlini oldiga kelib sekin boshini siladi va asta pishonasidan updi. RM xonada bir necha daqiqa qimirlamay qotib turdi. Nima qilishi yoki qilmasligini bilmasdi. Shuni bilardiki hozir bu yerda bòlgani bn befoyda. Vaziyatni chilkashtirgani qoladi. Shu sabab u ketishni xoxladi. Mira xonadan chiqqanida Namjoonni zinalardan tushib ketayotganini kõrdi. Izidan asta bordi va uydan chiqib ketgani kòrib boshini egdi va hursindi. Uy suv quygandek jim jid edi. Hatto pashsha ochgani ham eshitilmasdi. Mira bir on tongda qayinonasi bergan zanjirni esladi. Darrov bòynidagi zanjirni ushladi. Zanjir joyida edi. Mira huh tortgancha sekin zanjirni yechib kaftiga oldi. Zanjirga tikilib turarkan qaynonasi òzi taqib qòyganini esladi. Mayin tabbassum qildi. Keyin zinalardan kutarilib qaynonasini xonasiga bordi. Eshikni 3 marta taqillatdi.
Kim: Kir Mira... - Mira sekin qaynonasini xonasiga kirdi. U har gal qaynonasini xonasiga kirganda doim hayratda kòzlari porlardi. Chunki qaynonasi dezayinlik bn shuģullanardi. U juda ajoyib liboslar yaratardi. Shu bn birga uylarni dazayini va shunga uxshash narsalar bn ham shuģullanardi. Uning xonasi juda chiroyli edi. Devorlar pushti rangga bo‘yalgan va bunga mutanosiblik bn qora e oq ranglar moslashib uziga hos uslubni paydo qilgandi. Deraza oldida shaxsiy ish stoli turardi. Stol ustida esa har hil chizmalar ham bor edi. Stolning chap tomonida manikin va uning buyniga osilgan QORA rangli mato ham bor edi. Xonaning boshqa tomonida katta yotoq va bosh uchining ikki tarafida javonchalar ustida ajoyib tungi chiroqlar ham bor edi. Qisqa qilib aytganda xonaga gap yòq. Kim xonim ish stoliga utirgancha boshini qotirib alla qandaydir libos rasmini chizardi ammo uxshamayotganidan asabiylashardi. Mira asta qaynonasi tomon yaqinlashdi.
Mira: Oyijon haligi, zanjiringizni olib keldim.
Kim xonim: Òzingda olib qolishing mumkun. U menga kk emas!
Mira: Nima? Rostanmi? Axir u juda qimmat zanjirku...
Kim xonim: Agar o‘zingda olib qolishni istamasang chiqindiga tashlab yubor. Men òzimga boshqa olaman! - Mira qaynonasini gapidan hayron qoldi. Ochiģi u buni kutmagandi. Kaftidagi zanjirga tikilib uni chiqindiga tashlab yuborish axmoqlik ekanligini aniq bilardi.
Mira: Unday bòlsa zanjirni ozim uchun estalikka olib qolaman. - Mira sekin qaynonasini ish stoliga qaradi. Kim xonim lisdagi chala chizilgan rasmga tikilib turardi.
Mira: Menimcha uning qòllarini olib tashlab, ko‘krak qismiga biron bir bezak qo‘yish kk. - kelinini gapidan so‘ng hayronlik bn Miraga qaragan Kim xonim chizmasiga tikilib rostan ham shular yetishmayotganiga amin bòldi.
Kim: Seningcha bel qismini tor qilganim yaxshimi? Yoki keng qilib biron bir aksisuvar qushsammi? - Mira sekin qaynonasiga yaqin kelib chizmaga yaxshiroq tikildi.
Mira: keng bòlgani yaxshi ammo kalta bòlgani yaxshi emas. Chizmadagi libosga tikilib huddi mashuqasini kutayotgan ayolni kòrgandek bòlganman. Agar uning etaklarini tizzadan 2 qarch tushurib, beliga ajoyib bezak bersak va shu bn birga ochiq yilkalarini birini yashirish uchun aksisuvar qoysak juda ham ajoyib boladi. Shunga yarasha libosning rangi binafsha rang bòlsa òzgacha kòrinardi. Chunki binafsha rangli kiyimlarni qachonlardir faqat qirol oylasigina kiygan. Bu rang libosga shoxonalik ruxini bergan bolardi. - Kim xonim libosga tikilgancha Mirani gaplarini eshitar ekan uning uslubi rostan ham oziga hos ekanligini his etdi.
Kim xonim: Fikring menga ma'qul. Senda uziga hos uslub bor Mira. Bu yaxshi albatta... - Mira ilk marta qaynonasi uni maqtaganidan hursand boldi. Keng tabbassum qilgancha gapirdi.
Mira: Unda menga ruxsat. Qiladigan ishlarim bor edi.
Kim xonim: Mayli boraver. Ora orada Sojinga qarab qòy!
Mira: Hop boladi oyijon - Mira xonadan chiqib ketdi. Kim xonim òz xonasida hayollar va fikrlar oģushida yolģiz qoldi.
Soat 00: 45. Namjoon sekin uyga kirib keldi. Har doimgidek chiroqlar uchirilgan hamma uxlayabdi. Namjoon qorni ochqagani uchun sekin oshxonaga kirdi. Muzlatkichni ochib Mira u uchun tayyorlagan ovqatni olib isiddi va mazza qilib yedi. Qorni tuygach asta xonasiga chiqdi. Mira yotoqda har doimgidek ikki bukulganca uxlab yotardi. RM sekin Mirani bezota qilmasdan javon oldiga kelib ochdi va tungi liboslarini olib yuvunish xonasiga kirib ketdi. Oradan 10 daqiyqa utgach yuzinib xonaga chiqdi. Mira hali ham uxlardi. RM Miraga tikilgancha nimadirlar haqida òyladi. Mirani ustiga choyshabni yaxshilib yopib kutubxonaga bordi. Eng ohirgi qatordagi usha kitobga uxshash kundalikni olib ochdi. Kundalik ning ohirgi varaqini ochib o‘qiy boshladi.
Mira: Bugungi kunimning boshlanishi juda ajoyib boshlandi. Men ilk marta erim bn kuchaga chiqdim. Boshida qaynonam yòl qoymaydi deb uylagandim ammo bari boshqacha bòlib utdi. Biz bir muhum uchrashuvga bordik. Bu uchrashuvni Muhum degan nomi bor ekanu aslida shunchaki ģiynatnashish uchun yiģilishar ekan. Men u yerda juda ajoyib ikki inson bn tanishdim. Jisoo va Lisa. Ular juda ajoyib edilar. Quvnoq, hazilkash, qitmir va ayyor. Ammo juda ajoyib edilar. Men 1yil deganda kimdirlar bilan tanishdim va ular menga juda ham yoqdi. Biz uzoq gaplashdik. Ketish vaqti bòlganida negadir hafa bòldim. Ulardan ajralgim kelmadi. Ular ketgach Namjoon bn 6 oydan beri uchun ni orzu qiladigan akrasiyonda uchdik. Boshida undan sòrasam qarshi bòladi deb uylagandim ammo uning uzi uchishni taklif qilganida juda hursand boldim. Men ģirt axmoqsan. Hozirgi kungacha oylab qarasam erimning qòlidan 1 marta ham ushlamagan ekanman. Uchayotgan paytimizda uni qòrqayotganini kòrib qòlidan ilk marta ushladim. Ichimda alla qanday hayajon paydo bòldi. U ham meni qòlimdan tutganda tanam titrab ketgandek bòldi. Bu holat juda ajoyib edi. Hamma hammasi pastga tushganimizdan keyin boshlandi. U keldi. Usha qachonlardir telbalarcha sevgan insonimga duch keldim. Uni kòrishim bn qòrquvdan titrab ketdim. Erim bn kòrishyotganda yuragimni hovuchlab turdim. Meni quchganida esa tanam butunlay muzlab qoldi. Men bu quchoqlashishni qancha kungandima. Uni kelishini meni quchishini va sevgi ishor qilishini orzu qilardim. U meni mehir bn quchib turardi. Usha payt hamma narsani unutdim. Keyin amakimga bergan qasamni esladim. Uni uzumdan uzoqlashtirdim. Erim belimdan quchgancha unga gapirgan paytida uning kòzlariga qarab faqat afsuslanayotganimni his qildim. Men utgan 1 yil ichida chekmagan azobim qolmadi. Qaynonam doyim meni kamsitatdi. Erim bòlsa ozini men yòqdek turardi. Mana endi hammasi uzgargandek bòlgandi. Erim menga yaxshi muomila qilayotgandi, qaynonam esa bugun ilk marta mani maqtadi. Men bu maqtovdan sòng juda hursand bòldim. Hullas hammasi shular edi. Ertaga nima bòlishini bilmayman ammo endi orzularimdagidek hayotga erishganimda bulardan ajralib qolish niyatim yoq.
Namjoon sungi qatorlarni òqib bòlgach kundalikni joyiga qoydi. So‘ng òz xonasiga bordi va Mirani quchgancha uyquga ketdi.