June 13

STALKER ( yashirin nigoh )

2-qism

Jm: men qoʻrqmayapman Yoongi men faqat eng zoʻr lahzani kutyapman. Sen menga butunlay bogʻlanib qoladigan o'sha lahzani

deb pichirladi Jimin

Ertasi kuni soat milining har bir harakati Yoongini asab tolalarini chertayotgandek tuyuldi

13:45

13:52

13:58

Yoongi studiyadagi divanda oʻtirgancha qoʻlidagi soatiga tikilib turardi telefoniga kelgan xabarda roppa rosa soat ikkida uydan chiqishi va ovqatlanishi buyurilgandi. Uning qorni ochlikdan ogʻriyotgan oshqozoni ovqat talab qilayotgan boʻlsada Yoongi qaysarlik bilan joyidan qimirlamadi. U bu koʻrinmas stalkerning oʻyinchoqlaridan biri boʻlishni istamasdi agar u aytilgan vaqtda koʻchaga chiqsa bu oʻsha soyaga taslim boʻlganini uning qoidalarini qabul qilganini anglatardi

Soat 14:00 boʻldi Yoongi joyidan jilmadi u mazahli tabassum bilan burchakdagi koʻrinmas kameraga qarab qoʻydi xuddi xoʻsh endi nima qilasan? degandek

Besh daqiqa oʻtdi oʻn daqiqa oʻtdi atrof sukunat ichida edi Yoongi oʻzini gʻolibdek his qila boshlagan ham ediki toʻsatdan butun kvartirada chiroq oʻchdi monitorlarning xira chiroqlari ventilyatsiya tizimining past ovozi hamma narsa bir soniyada soʻndi. Xona mutloq qorongʻulikka va dim havolikka burkandi

Yoongi oʻrnidan turmoqchi boʻlganida choʻntagidagi telefoni ketma ket titray boshladi

– Men senga oʻzingni qiynama degandim Min Yoongi sening bu qaysarliging menga yoqadi lekin sogʻligʻingga zarar yetkazishingga yoʻl qoʻymayman agar hozir koʻchaga chiqmasang men ichkariga kirishga majbur boʻlaman va bu safar faqat kofe bilan cheklanmayman

Xabarlarni oʻqir ekan Yoongini yuragi tomogʻiga kelib qoldi bu inson uydagi elektr tokini ham boshqara olardi. Eng dahshatlisi oxirgi xabar tahdid emas balki shirin bir va'da kabi jaranglagandi „ichkariga kiraman..."

Yoongi oʻzini bu qorongʻu qulflangan uyda butunlay himoyasiz his qildi u chuqur va asabiy nafas olib qora kurtkasini kiydida eshik tomon yurdi zanjirlarni yechib yoʻlakka chiqdi. Lift ishlamayotgani sababli u zinadan pastga tushishga majbur boʻldi

Yoongi binodan chiqib yaqin atrofdagi kichkina va sokin restoranga kirib burchakdagi stolga oʻtirgancha oʻziga shoʻrva guruch buyurtma qildi

Ovqatlanayotganda ham uning ko'zlari eshikda edi u har bir kirgan odamga shubha bilan qarardi biroq u restoranning qarshisidagi binoning ikkinchi qavatida oynani ortida oʻtirgan yigitni sezmadi

Jimin qoʻlidagi issiq choyni hoʻplab pastda restoranning oynasi ortida ovqatlanayotgan Yoongini zavq bilan kuzatardi Jiminni yonida Yoongini uyidagi barcha tizimlarni chiroqlarni va elektron qulflarni boshqaradigan planshet yoniq holatda turardi

Jm: mana shunday mening aqlli mushukcham ovqatingni oxirigacha ye

Jimin barmoqlari bilan oynani chizib Yoongini yuzini goʻyoki silagandek boʻldi uning koʻzlarida shunchalik sof va shu bilan birga dahshatli muhabbat bor ediki bu har qanday odamni qoʻrquvga solar edi

Yoongi ovqatini tugatib hisobni toʻlash uchun hamyonini ochdi ammo ofitsiant yigit jilmayib javob berdi

Ofit: sizning hisobingiz toʻlangan janob Min

Yoongi qotib qoldi

Yg: kim toʻladi?

Ofit: bir necha daqiqa oldin bir yigit pullarni qoldirib ketdi judayam chiroyli mayin ovozli yigit edi sizga buni berib qoʻyishimni aytdi

Ofitsiant Yoongiga kichkina qora qogʻozga oʻralgan shokolad va tanish oppoq konvertni uzatdi. Yoongi konvertni yirtguddek qilib ochdi ichida yana oʻsha polyaroid surat bu safar Yoongi hozirgina restoranda ovqatlanib oʻtirgan holatda koʻcha tomondan olingan edi orqasida esa

„ shoʻrva senga yoqqanidan xursandman endi uyingga qaytishing mumkin men chiroqni yoqib qoʻydim va unutmang bugun tunda men seni tushingda ham kuzataman ”

Yoongi xatni gʻijimlab restorandan otilib chiqdi va atrofga qaradi koʻchada odamlar koʻp edi lekin ularning ichida gilos isi keladigan oʻsha qora soya yoʻq edi. Yoongi oʻzini ulkan bir oʻyin katagidagi piyodadek his qila boshladi uning har bir qadami har bir qarori bu koʻrinmas stalker tomonidan avvaldan hisoblab chiqilgan edi

Yoongi xonadoniga qaytib kelganida haqiqatan ham chiroqlar yonib turardi ammo endi bu uy unga xavfsiz boshpana emas balki har bir burchagida koʻrinmas koʻzlar yashiringan ulkan qafas boʻlib tuyuldi. U divanga oʻtirib gʻijimlangan xatga tikildi

„ Bugun tunda men seni tushingda ham kuzataman ”

Bu gap Yoongini sabr kosasini toʻldirgan soʻnggi tomchi boʻldi. U daho bastakor boʻlishi mumkin edi lekin u oʻyinchoq emasdi u kimningdir qorongʻu xayollari markazida yashashni rad etdi

Yoongi oʻrnidan turib shkafni ochdi va katta yoʻl sumkasini oldi u bir necha kunlik kiyimlari noutbuki va eng muhim musiqiy yozuvlari tushirilgan fleshkalarni shoshilib sumkaga joylashtira boshladi. Rejasi oddiy edi seul chekkasidagi hech kim bilmaydigan kichik bir mehmonxonaga borish telefon raqamini oʻzgartirish va bu aqldan ozgan stalkerdan butunlay uzoqlashish edi

U sumkasining zanjirini tortayotganida studiyadagi karnaylardan (kolonkalardan) toʻsatdan juda past mayin lekin odamni titratadigan pichirlash ovozi eshitildi

– qayergadir ketyapsanmi Yoongi?

Yoongi joyida tosh qotdi ovoz uning uyidagi audio tizimiga ulangan mikrofondan kelayotgandi bu oʻsha stalkerning oʻz ovozi edi nihoyatda mayin goʻyo ohista kuylayotgandek ohangdor lekin ayni damda juda sovuq

Yg: meni sendan qochib keta olmaydi deb oʻylayapsanmi?

Yoongi sumkani yelkasiga ilib karnay tomonga qarab baqirdi

Yg: men bu ahmoqona oʻyiningdan chiqyapman

— sen mendan qochib keta olmaysan

ovoz yanada yaqinroqdan eshitilgandek boʻldi goʻyo u bino yoʻlagida turgandek

— sening butun hayoting menman agar bu uydan chiqsang oʻzingni koʻchada xavfsiz his qila olasanmi? Men hamma joydaman

Yoongi karnay simlarini shafqatsizlarcha yulib oldi xonaga yana sukunat choʻkdi. U sumkasini mahkam ushlab eshik tomon yurdi qulfni ochdi va yoʻlakka otildi. U ortiga qaramay lift tomon yugurdi xayriyatki bu safar lift ishlayotgan edi

Yoʻlakning narigi chekkasida qorongʻulik ichida turgan Jimin Yoongini qadam tovushlarini eshitdi uning yuzidagi doimiy jilvakor tabassum yoʻqolgan koʻzlari sovuq va jiddiy tus olgandi. Jimin qoʻlidagi planshet ekraniga qaradi Yoongini har bir harakati uning gʻazabini keltirayotgan edi lekin shu bilan birga uni yanada koʻproq hayajonga solardi

Jm: qaysar mushukcham demak jazolanishni xohlayapsan

deb pichirladi Jimin va planshetidagi bitta qizil tugmani bosdi

Yoongi liftga kirdi shiklar yopildi va lift pastga qarab harakatlana boshladi

5-qavat...

4-qavat...

Toʻsatdan lift shiddat bilan silkindi va mudhish bir ovoz chiqarib toʻxtab qoldi ichkaridagi chiroqlar oʻchdi faqatgina avariya holatidagi xira qizil chiroq yondi. Lift ikki qavatning oʻrtasida qolib ketgan edi Yoongi lift devoriga urilib nafasini rostlashga harakat qildi. Klaviatura panelidagi qoʻngʻiroq tugmasini bosdi lekin hech qanday signal ketmadi u tuzoqqa tushgandi toʻrt devor ichida havosiz va qorongʻu liftda qolgandi

Uning telefoni titradi bu yana oʻsha raqam edi

„ Senga aytdimku mendan qochib ketolmaysan liftda havo faqat 30 daqiqaga yetadi Min Yoongi endi aytchi hali ham ketishni xohlayapsanmi yoki uyingga men sen uchun yaratgan xavfsiz dunyoga qaytasanmi? ”

Yoongi devorga suyangancha yerga oʻtirib qoldi uning nafas olishi qiyinlashib borardi. U bu stalker nafaqat uning hayotini kuzatishini balki uning yashash yoki oʻlishini ham hal qila olishini tushunib yetgandi

.
.
.
.
Morfius