Today

STALKER ( yashirin nigoh )

5-qism

Ular endi bitta yoʻlakda edilar kunduzi begubor qoʻshnilar tunda esa bir birining nafasini poylaydigan ovchi va oʻlja ammo endi kim ovchi kim oʻlja ekanligi noma'lum edi

Ertasi kuni kechga yaqin Seul osmonini qora bulutlar qopladi va shiddatli yomgʻir quya boshladi. Derazalarga urilayotgan tomchilar ovozi studiyadagi tarang muhitni yanada quyuqlashtirardi. Yoongi kreslosida oʻtirgancha qoʻlidagi qalamni barmoqlari orasida aylantirib eshik tomonga tikilib oʻtirardi. U Jiminni kutayotgandi uzoq vaqt tinch oʻtira olmasligini u juda yaxshi bilardi taxmin qilganidek soat tungi 10 larga yaqinlashganda eshik qoʻngʻirogʻi mayin chalindi. Yoongi shoshilmasdan oʻrnidan turdi ustidagi qora ipak xalatining bogʻichini biroz mahkamlab eshikni ochdi

Qarshisida sochlari yomgʻirdan biroz xoʻl boʻlgan qoʻlida kichik bir likopcha ushlab turgan Jimin turardi. Uning ustida bu safar ham keng kiyim ammo bu safar och kulrang sviter edi Jimin pastga qarab biroz tortingandek jilmaydi

Jm: kechirasiz Yoongishi men boya pirog pishirgandim yangi qoʻshni sifatida sizni mehmon qilmoqchi boʻldim agar bezovta qilmagan boʻlsam

Yoongi Jiminni yuziga soʻngra uning qoʻlidagi gilosli pirog boʻlagiga qaradi havoga yana oʻsha tanish shirin hid taraldi. Yoongi eshikka suyangancha Jiminni boshdan oyoq sekin koʻzdan kechirdi bu qarashda mutloq hukmronlik va sinov bor edi Jimin bu nigoh ostida oʻzini noqulay his qilib beixtiyor likopchani mahkamroq qisdi

Yg: gilosli ekanda?

Yoongi ovozini pastlatib Jiminni koʻzlariga tikildi

Yg: meni eng yaxshi koʻrgan mevam ekanligini qayerdan bildingiz Jiminshiii?

Jiminni koʻzlari bir soniyaga miltillab ketdi u tuzoqqa tushganini sezdi lekin tezda oʻzini oʻnglab begubor ohangda javob berdi

Jm: shunchaki tasodif yoqtirishingizdan xuxursandm

Yg: tasodiflar mavjud emas biz buni yaxshi bilamizku

Yoongi bir qadam oldinga bosib Jimin bilan oradagi masofani butunlay yoʻq qildi u qoʻlini uzatib likopchani emas Jiminni sovuqdan biroz qaltirayotgan nafis barmoqlarini ushladi. Jimin elektr toki urgandek titrab ketdi lekin qoʻlini tortmadi u Yoongini qora koʻzlarida oʻzini koʻrib turardi. Yoongini barmoqlari Jiminni terisiga tegganda stalker oʻzining butun nazoratini yoʻqotayotgandek tuyuldi u Yoongini ojiz va qoʻrquvda koʻrishni rejalashtirgandi ammo hozir uning qarshisida uni yutib yuborishga tayyor boʻlgan ulkan bir kuch turardi

Yg: tashqarida yomgʻir yogʻyapti qoʻshni ichkariga kir birgalikda kofe ichamiz

Yoongi buyruq ohangida gapirdi va Jiminni barmoqlaridan ushlab uni oʻz xonadoniga tortdi. Jimin Yoongini ortidan ichkariga qadam bosarkan eshik orqasidan qulflangan ovoz eshitildi. Jimin oʻz makonida oʻzi ming martta kameralar orqali tomosha qilgan xonada edi lekin endi u kuzatuvchi emas toʻgʻridan toʻgʻri qurbon edi

Yoongi pirogni stolga qoʻydida ortiga oʻgirilib Jiminni oshxona peshtaxtasiga mahkam tiradi. Ikki qoʻlini Jiminni ikki yoniga qoʻyib uni butunlay qochib boʻlmas holatga keltirdi Yoongini issiq nafasi Jiminni yuziga urilib turardi

Yg: xoʻsh Park Jimin

Yoongi uning ismini shunday nafrat va ehtiros bilan aytdiki Jiminni nafasi ichiga tushib ketdi

Yg: endi menga aytchi mening uyimga yashirincha kirib yurish qanchalik zavqli edi? Liftni toʻxtatganingda nimalarni his qilding?

Jiminni yuzidagi begubor niqob nihoyat parchalanib ketdi u endi oddiy talaba emas edi. U lablarini tishlab Yoongini oʻta yaqinligidan koʻzlarini yumdi soʻngra ularni qayta ochib aqldan ozgan qorongʻu bir nigoh bilan Yoongini lablariga tikildi uning ovozi titrab lekin qat'iy chiqdi

Jm: siz meni haydab yubora olmaysiz Yoongishi siz men yozgan notalarsiz yangi musiqangizni tugata olmaysiz siz menga qaram boʻlib boʻlgansiz

Yoongi Jiminni bu soʻzlaridan gʻazablanmadi aksincha u Jiminni iyagidan mahkam ushlab boshini yuqoriga koʻtardi va uning quloqlariga pichirladi

Yg: toʻgʻri men senga oʻrganib qoldim lekin bu oʻyinni men boshqarayotganimni unutma mening kichkina soyam. Men seni oʻz uyingga qoʻyib yubormasligim mumkinligini oʻyladingmi?

Jimin Yoongini bu hukmronligidan ich ichidan titrab uning koʻkragiga qoʻllarini qoʻydi. U oʻzini har qancha kuchli koʻrsatishga urinmasin Min Yoongini jismoniy va ruhiy bosimi ostida butunlay erib borayotgan edi. Ovchi endi rasman oʻlja qopqoniga tushgandi

Oshxonadagi chiroq yomgʻir sababli biroz lipillab oʻchib yondi Jimin Yoongini baquvvat qoʻllari orasida qisilib turarkan uning yurak urishi butun oshxonaga eshitilayotgandek edi. U oʻzini bu vaziyatdan olib qochishi nimanidir bahona qilib chiqib ketishi kerak edi lekin iyagidagi Yoongini barmogʻi shu darajada mahkam ediki har qanday harakat foydasizligini anglatardi

Jm: qoʻyib yuboring

Jimin ovozini qat'iy chiqarishga urindi lekin shivirlashdan nariga oʻtolmadi

Jm: eshityapsizmi Min Yoongi?

Yoongi javob oʻrniga Jiminni yuziga yanada yaqinlashdi ularning lablari orasida bir necha millimetr masofa qolgan edi. U Jiminni qoʻrquv va ayni paytda aqldan ozdiruvchi ehtiros aralashgan qora koʻzlariga qaradi. Stalkerining bunday ojiz va unga butunlay taslim boʻlgan holati Yoongini ichidagi qorongʻu dominantlik hissini eng choʻqqisiga olib chiqqandi

Yg: agar qoʻyib yubormasamchi?

Yoongini ovozi boʻgʻiq va oʻta jozibali eshitildi

Yg: politsiyaga aytasanmi? Men o'z uyimda kameralarim orqali yashirin kuzatib yuradigan odamim meni oʻz uyida ushlab turibdi deysanmi?

Jimin labini tishladi u buni ayta olmasdi u Yoongini oʻziga bogʻlab olmoqchi edi lekin hozir oʻzi bu zanjirlarning ichida qolib ketgandi

Yoongi sekingina Jiminni iyagidagi qoʻlini pastga tushirib uning nafis barmoqlari orasiga oʻz barmoqlarini oʻtkazdi va ularni oshxona peshtaxtasiga mahkam mixladi. Soʻngra Jiminni boʻyniga aynan oʻsha gilos hidi eng kuchli anqib turgan joyga lablarini bosdi. Jimin hushini yoʻqotgudek boʻlib boshini orqaga tashladi va ingrab yubordi. U Yoongini har bir tegishidan jismonan erib borayotganini his qilardi. Uning butun tanasi Yoongini hukmronligiga uning oʻtkir va sovuqqon harakatlariga boʻysunishni istayotgandi

Uzoqdan kuzatish boshqacha edi lekin Min Yoongini nafasini bunchalik yaqindan his qilish Jiminni butun himoya tizimini parchalab tashladi

Yoongi Jiminni boʻynidan sekin koʻtarilib uning koʻzlariga qaradi Jiminni qarashlari butunlay xira tortgan u Yoongini keyingi harakatini oʻlim jazosini kutgandek intizorlik bilan kutayotgandi

Yg: sen meni pinhona kuzatayotganingda men seni oʻrganayotgandim Park Jimin

dedi Yoongi uning lablariga tegib tegmayotgandek shivirlab

Yg: endi bu o'yinni qoidalarini men yozaman sen esa faqat ularga amal qilasan

Jimin javob berish oʻrniga Yoongini barmoqlarini mahkamroq qisdi bu uning soʻzsiz roziligi oʻz ovchisiga butunlay taslim boʻlgan qurbonning ilk iqrori edi Yoongi boshqa kutib oʻtirmadi u Jiminni lablaridan shafqatsiz ehtirosli va hukmronlik bilan bosa oldi

U yomgʻirli tunda Seulning sokin osmoni ostida oʻyin taxtasidagi qirol va piyoda oʻz joylarini rasman almashtirgan edilar

Yomgʻir derazalarni shafqatsizlarcha savalar goʻyoki bu xonadondagi dunyoni tashqi olamdan butunlay uzib qoʻygandek edi

Oshxonadagi xira chiroq ostida vaqt toʻxtab qolgandi Yoongini har bir tegishi har bir nafas olishi Jiminni vujudini olovdek kuydirardi

Keyngi qism hot bo'ladi wekl😂😂
.
.
.
.
.
.
.
Morfius