STALKER ( yashirin nigoh )
3-qism
Yoongi devorga suyangancha yerga oʻtirib qoldi uning nafas olishi qiyinlashib borardi. U bu stalker nafaqat uning hayotini kuzatishini balki uning yashash yoki oʻlishini ham hal qila olishini tushunib yetgandi
Lift ichidagi qizil xira nur Yoongini yuziga oʻlim sharpasidek urilib turardi havo daqiqadan daqiqaga ogʻirlashib har bir nafas olish tomogʻini kuydirayotgandek tuyulardi. U sumkasini chetga otib yoqasini boʻshatdi Yoongi daho edi lekin kimsasiz qorongʻu qutida nafas qisilishidan oʻlishni istaydigan darajada telba emasdi. Uning telefoni yana bir bor titradi bu safar xabar qisqa edi
„ Menga iltimos deb yoz Min shunda eshiklar ochiladi ”
Yoongini gʻururi ich ichidan toʻlgʻondi tishlarini shu darajada qattiq gʻijirlatdiki jagʻlari ogʻrib ketdi u hayotida hech kimga yalinib yolvormagan edi lekin hozir bu koʻrinmas devor ortida uning hayot ipini qoʻlida ushlab turgan odam bor edi. Yoongi qaltirayotgan barmoqlari bilan ekranga yozdi
Xabar ketishi bilan goʻyo sehrlangandek lift yana bir bor silkindi chiroqlar yondi va lift sekin yuqoriga Yoongi qochib chiqqan beshinchi qavatga qayta boshladi. Eshiklar ochilganda Yoongi oʻpkasini toʻldirib toza havodan nafas oldi. U magʻlub boʻlgandi toʻliq va soʻzsiz taslim boʻlgandi. U ogʻir qadamlar bilan oʻz xonadoniga qaytib kirib sumkasini yerga tashladi va eshikni qulfladi endi u tushundi bu bino uning uyi emas uning qamoqxonasi edi
Lift voqeasidan keyin Yoongi tushundi u qafasda edi lekin bu qafasning qoidalari oʻzgargandi. Stalker endi yashirinishni mutloq yigʻishtirdi u Yoongini hayotiga shafqatsizlarcha suqilib kira boshladi
Ertasi kuni ertalab Yoongi oʻzini tirik murdaday his qilib uygʻondi u burchaklardagi kameralarga qarashni ham bas qildi chunki buning foydasi yoʻq edi. Yoongi studiyasida yangi ohang ustida ishlayotganida uning shaxsiy noutbuki kamerasi oʻz oʻzidan yoqildi ekrandagi qora oynada yozuvlar paydo boʻla boshladi bu chat edi
Unknown: kecha seni juda qoʻrqitib yubordim shundaymi? Meni kechir mushukcham. Lekin mendan qochishga urinma bu menga ogʻriq beradi
Yoongi klaviaturaga tikilib barmoqlarini titratdi u endi baqirmasdi gʻazablanmasdi u shunchaki bu koʻrinmas maxluq bilan gaplashishga majburligini his qildi
Yoongi: mendan nima xohlaysan? Pulmi? Musiqami? Kim san oʻzi?
Unknown: menga sening borligʻing kerak seni har bir nafasing har bir ohanging faqat meniki boʻlishini xohlayman
Yoongi habarni o'qib boshqa javob yozishni xoxlamadi
O'sha kuni tushdan keyin Yoongini uyiga kompaniya prodyuseri va uning yaqin doʻsti Namjoon keldi ular yangi albom taqdimotini muhokama qilishlari kerak edi. Namjoon divanga oʻtirib Yoongini yelkasiga qoʻlini qoʻydi
Rm: Yoongi ranging judayam oqarib ketibdi yaxshi ovqatlanyapsanmi oʻzi? Kel bugun studiyani yopib birorta barga boramiz?
Yoongi endi javob bermoqchi edi lekin toʻsatdan uning telefoni aqldan ozgandek ketma ket titray boshladi u ekranga qaradi va nafasi tiqildi. Unga Namjoon bilan oʻtirgan holatining surati kelgandi lekin rasmda Namjoon o'tirgan qism yirik planda olingan va uning boʻyniga qizil siyoh bilan Xavfli zona deb xoch chizilgan edi ketidan xabarlar keldi
– uni qoʻlini yelkangdan oldir u senga judayam yaqin oʻtiribdi Yoongi bu menga yoqmayapti uni hoziroq haydab yubor aks holda u bu uydan sogʻ chiqmaydi
Yoongini yuragi vahimali urdi bu rashk edi oʻta xavfli qonli rashk. U stalking qilayotgan inson Namjoonga zarar yetkazishi mumkinligini oʻylab birdan oʻrnidan turdi
Yg: Namjoon kechir bugun boshim qattiq ogʻriyapti muhokamani keyinga qoldirsak iltimos hozir ket
dedi Yoongi ovozi qaltirab Namjoon hayron boʻldi lekin Yoongini koʻzlaridagi haqiqiy qoʻrquvni koʻrib ortiqcha savol bermay uyidan chiqib ketdi eshik yopilishi bilan telefonga soʻnggi xabar keldi
– yaxshi bola seni faqat men bilan gaplashishingni yaxshi koʻraman
Bu ularning to'g'rirog'i stalkerning oxirgi yozgan xabari edi
Oradan ikki hafta oʻtdi Yoongi endi har daqiqada oʻsha koʻrinmas soyani kutishga u bilan chatda gaplashishga uning dogʻligʻingni asra bugun qora kiyim kiyma senga oq yarashadi degan buyruqlariga boʻysunishga koʻnikib qolgandi. Dahshatli boʻlsada bu daxshat uning hayot tarziga hatto... ilhom manbaiga aylangandi. U oʻzini yolgʻiz his qilmay qoʻygandi lekin kutilmagan voqea yuz berdi
Dushanba kuni Yoongi uygʻonganida telefoniga hech qanday xabar kelmadi u kofe tayyorladi stol ustida tayyor stakan yoʻq edi. U ataylab Namjoonga qoʻngʻiroq qilib uni uyiga taklif qildi va atrofga qaradi telefon jim edi. Hech qanday surat hech qanday rashk xabarlari kelmadi
Bir kun oʻtdi ikki kun oʻtdi besh kun oʻtdi
Butun kvartirada mutloq ogʻir sukunat hukmron edi noutbukning kamerasi yoqilmasdi gilos hidi havoga aralashib butunlay yoʻqolib ketgandi
Yoongi oʻzini gʻalati his qila boshladi avvaliga u erkinlikdan xursand boʻlishi kerak edi lekin ich ichidan dahshatli bir boʻshliq uni yutib borayotgandi. U soatlab kompyuter qarshisida oʻtirib oʻsha chat oynasini ochar lekin u yerda faqat Offline degan yozuv turardi
U tunda pianino chaldi ataylab notalarni xato qildi xuddi kimdir uni toʻgʻrilashini kutgandek shiftga qaradi hech kim unga javob bermadi
Yoongi xonaning burchagiga qarab pichirladi uning ovozida gʻazab emas chorasizlik bor edi
Yoongi tushundi u endi oʻz stalkeriga kasallik darajasida bogʻlanib qolgan edi. U oʻzini kuzatadigan uning hayotini boshqaradigan oʻsha qorongʻu soyani qumsayotgandi u aqldan ozib stalkerini qidirishni boshladi
Aslida esa... Jiminni universitetida (raqs akademiyasida) juda muhim xalqaro musobaqa chiqib qolgandi va u jamoasi bilan chet elga Parijga uchib ketishga majbur boʻlgandi. U Yoongini bir soniya ham esidan chiqargani yoʻq edi
Parijdagi mehmonxona xonasida Jimin charchagan boʻlsada planshetini ochdi va Yoongini studiyada yolgʻiz parishonxotir boʻlib oʻtirganini dori qidirayotganini va uning chat oynasiga tikilib turganini koʻrdi
Jiminni lablarida gʻolibona aqldan ozdiruvchi goʻzal jilva paydo boʻldi
Jm: sogʻindyapsanmi meni mushukcham?
Jimin ekrandagi Yoongini ma'yus yuzidan oʻpdi
Jm: yana bir necha kun... Men qaytganimda sen mendan hech qachon ajralishni xohlamaysan men senga butunlay yaqin boʻlaman