June 18

𝕆ℕ𝕃𝕐 𝕄𝕀ℕ𝔼

26-𝕖𝕡

Tae: nahotki sen bo'lsang Jimin?

Jimin muzlab qoldi bir necha soniya ikkalasi ham qimirlamadi Taehyung asta o‘rnidan turdi

Tae: yo‘q yo‘q bu tush

Jimin ko‘zini olib qochdi va aynan shu hammasini isbotlab qo‘ydi Taehyung birdan uni oldiga bordi

Tae: SEN TIRIKSAN?

Atrofdagi odamlar ularga qarab qolishdi Jimin past ovozda gapirdi

Jm: Tae iltimos sekin gapir

Lekin Taehyung allaqachon titray boshlagandi ko‘zidan yosh oqib tushdi

Tae: hammamiz seni o‘ldi deb o‘yladik Taemin yaqin do'sting juda yomon ahvolga tushdi seni o'ldi deb eshitgach men ham shokka tushib qoldim nega unday qilding? Taeminni yonida ustoz Jhope bo'ldi u hozir sal bo'lsa ham o'zini qo'lga olgan lekin ustoz Yoongini ahvoli yaxshi emas. Seni o'ldi deb qabrga qo'ydik o'sha kundan so'ng u qabr boshidan ketmadi hozir esa hech kim bilan gaplashmaydigan sovuq odamga aylangan go'yoki o'z qobig'iga o'ralib olgandek

Jimin Yoongi ismini eshitishi bilan yuzi oqarib ketdi u asta stulga o‘tirdi qo‘llari titrardi

Jm: Yoongi hali ham meni unutmaganmi?

Taehyung jahl bilan kulib yubordi

Tae: sen jinnimisan sevgan odam shunchalik oson unutib yuboradi deb o'ylaysanmi? bir yil Jimin bir yil davomida hamma azob chekdi

Jimin indamay boshini egdi ko‘zidan yosh tomdi

Jm: bilaman men ham qiynaldim

Tae: unda nega qaytmading? Nega o'zingni o'ldiga chiqarding?

Jimin uzoq jim qoldi keyin juda past ovozda gapirdi

Jm: men qayta olmasdim Yoongi mensiz baxtli yashashini xoxlayman bu haqida juda ko'p o'yladim onam kasal bo'lganmi yoki yo'qmi bu menga qorong'u lekin uni kechira olmayman. Yoongi bilan birga bo'lsam har doim onamni ko'rishga majbur bo'lardim bu men uchun oson emas o'zimga qo'shib Yoongini ham qiynashni xoxlamayman

Taehyung Jiminni gaplarini eshitib bir necha soniya so‘zsiz tikilib qoldi. Uning yuzidagi g‘azab va hayrat o‘rnini chuqur bir og‘riq egalladi Jiminni har bir so‘zi Taehyungning yuragiga pichoqday sanchilayotgandi.
​Sirlar ochilganda
​Taehyung asta Jiminning qarshisidagi bo‘sh stulga o‘tirib unga gapira boshladi uning ovozi endi baland emas balki pichirlash darajasida siniq chiqdi

​Tae: seni deb Yoongi o‘zini tiriklayin go‘rga ko‘mganini bilsang edi Jimin buni baxt deb o‘ylaysanmi?

​Jimin yuzini qo‘llari bilan to‘sib o‘ksib o‘ksib yig‘lay boshladi restorandagi mayin musiqa va atrofda beparvo suhbatlashayotgan odamlar ovozi ularning orasidagi bu og‘ir sukunatni battar bo‘g‘ardi

​Jm: men shunchaki hammasidan charchagandim Tae onamning o‘yinlaridan har safar Yoongini ko‘ziga qaraganimda o‘sha o‘tmishni onam sababli ko‘rgan azoblarimni eslashdan charchagandim. Agar men butunlay g‘oyib bo‘lsam Yoongi vaqt o‘tib meni unutadi va yangi hayot boshlaydi deb o‘yladim

​Taehyung alamli jilmaydi u qo‘llarini stol ustiga qo‘yib Jiminni titrayotgan barmoqlariga qaradi

​Tae: sen uni umuman tanimas ekansan ustoz Yoongi seni unutadigan odam emas. U sen uchun maktabga o'qituvchi bo'lib kelgandi faqat sen uchun seni o'ldi deb bilgach maktabdan butunlay ketdi hozir tirik murdaga aylangan. Agar hozir uning ahvolini ko‘rsang bu qaroring qanchalik xato bo‘lganini tushunarding onang seni qanchalik sindirgan bo‘lsa sen ham Yoongini shunchalik yakson qilding

​Jimin boshini ko‘tardi ko‘zlari qizarib yoshga to‘lgandi uning nigohida nafaqat aybdorlik balki Yoongiga bo‘lgan cheksiz azobli sog‘inch ham bor edi

​Jm: u... u hozir qayerda? Ahvoli chindan ham shunchalik yomonmi?

​Tae: u har kuni har kech soxta qabring boshiga boradi u yerdan chiqib mast bo'lguncha ichadi va odamlari uni uyiga mast holatda olib kelishadi. Bugun ham... ehtimol u hozir ham o‘sha yerdadir

​Jiminni yuragi urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi

Jm: 1 yil butun 1 yil davomida u men sababli jahannamda yashabdi

deb o‘yladi u ichida Jimin o‘zining qochishi bilan Yoongini qutqardim deb hisoblagandi lekin aslida uni eng fojiali azobga mahkum qilganini endi anglab yetayotgan edi

​Taehyung o‘rnidan turdi u ko‘z yoshlarini artib Jiminga qat’iy tikildi

​Tae: seni ko‘rganimga hali ham ishonolmayapman lekin bir narsani bilib qo‘y Jimin men buni sir saqlay olmayman. Taeminga ustoz Jhopega va eng muhimi ustoz Yoongiga bu haqida aytaman

​Jimin vahima ichida Taehyungni qo‘lidan tutdi

​Jm: yo‘q Tae iltimos shoshilma menga ozgina vaqt ber agar u hozir meni birdan ko‘rsa nima bo‘lishini tasavvur qilolmayman. Uni o‘zim ko‘rgani boraman faqat... menga biroz vaqt ber

​Taehyung Jiminni qo‘rquv va umid to‘la ko‘zlariga qarab chuqur nafas oldi. U do‘stining qo‘lini asta qo‘yib yubordi

​Tae: xop senga vaqt beraman yaxshilab o'ylab ol lekin unutma ustoz Yoongi bu ahvolda yashayversa o'ziga biror narsa qilib qo'yishi mumkin

Jm: ha albatta bu haqida yaxshilab o'ylayman lekin sen o'zi bu yerda nima qilyapsan?

Tae: shu yerda o'qishimni davot ettiryapman

Jm: faqat iltimos xozir Jungkook keladi dema

Jiminni hayoliga birdan Jungkook kelib o'rnidan turdi

Tae: yo'q o'tirishing mumkin u kelmaydi Jungkook Koreada qolgan

Jm: nega sen o'qishga kelishingni aytganingda qarshilik qilmadimi?

Tae: u meni qayerda ekanimni bilmaydi biz hozir birga emasmiz

Jm: lekin nega?

Tae: u uylanyapti Jimin meni sevgimni o'yin qilib u boshqasiga uylanyapti

Jm: unday bo'lmasa kerak balki noto'g'ri tushungandirsan

Tae: yo'q shunday kel boshqa narsalar haqida gaplashamiz

​* * * * * *

Jimin qanchalik yashirinishga urinmasin taqdir o‘yinini boshlab yuborgandi Yoongi mafia olamining yetakchisi edi uning quloqlari va ko‘zlari hamma joyda bor edi. Ko‘p o‘tmay Yoongini odamlari chet elda Jiminni tashqi ko‘rinishiga juda o‘xshash yigitni ko‘rishgani u o‘limini soxtalashtirib qochib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maxfiy xabarni yetkazishdi. Yoongi bu xabarni eshitgach aqldan ozayozdi ko‘zlarida ham umid ham dahshatli g‘azab yondi. U Jiminni chindan ham tirikligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun zudlik bilan yo‘lga tushdi. U Jimin yashirinib yurgan go‘zal va qadimiy o‘lka Italiyaga qarab uchdi

Ayni shu paytda Jungkook ham Taehyung italiyada o'qiyotgani haqida habar topdi va italiya tomon ketdi. Yoongi airoportda ro'yxatdan o'tarkan Jungkookni ko'rib qoldi

Yg: Jungkook sen bu yerda nima qilyapsan?

Jk: italiyaga ketyapman

Yg: men ham

Jk: qanday ajoyib tasodif lekin nega biror ishing bormi?

Yg: ha odamlarim Jiminga o'xshash odamni Italiyaga ko'rishganini xabar qilishdi bu rostmikan deb aniqlash uchun ketyapman o'zingchi?

Jk: Taehyung italiyada o'qiyotganini aniqladim uni yoniga ketyapman lekin bu oddiy tasodifga o'xshamayapti balki rostdan ham tirikdir Taehyung ham aynan o'sha yerda o'qishi Jiminga o'xshash odam ham Italiyada topilishi menimcha bu oddiy tasodif emas ikkisi yaqin do'st bo'lganini bilamiz to'g'rimi?

Yg: balki borganda bilamiz endi

Paq etib tugab qoldi yana😂😂

Sizlarga yoqadi db umid qlaman
.
.
.
★ Morfius ★