June 17

STALKER ( yashirin nigoh )

4-qism

Jm: yana bir necha kun... Men qaytganimda sen mendan hech qachon ajralishni xohlamaysan men senga butunlay yaqin boʻlaman

Oradan roppa rosa bir hafta oʻtdi bu yetti kun Yoongi uchun goʻyo yetti asrdek tuyuldi u yangi albom ustidagi ishni butunlay toʻxtatgan uyidagi sukunat uning miyasini parchalab tashlayotgan edi. U oʻzini xuddi narkotik qaramlikka tushib qolgan bemordek his qilardi unga oʻsha koʻrinmas nigoh oʻsha shirin tahdidlar va gilos isi hayotiy zarur edi

Yoongi soatlab noutbuk qarshisida oʻtirib oʻsha noma'lum chat oynasining yorishishini kutdi lekin u yerda hamon offline degan sovuq yozuv turardi

Yg pov: men haqiqatan ham aqldan ozdim

deb oʻyladi Yoongi yuzini qoʻllari bilan toʻsib

Yg: u meni tashlab ketdi oʻyin tugadi

Aynan shu tunda soat tungi ikkida Yoongi charchoqdan divanda koʻzi ketib qolgan mahalda studiyadagi barcha monitorlar bir vaqtda miltillab yondi. Kalonkalardan yengil deyarli eshitilmas darajada mayin pichirlash sadosi keldi Yoongi koʻzlarini ochib sakrab oʻrnidan turdi. Monitor ekranida o'sha tanish yozuv paydo boʻlgandi

Unknown: meni sogʻindingmi Yoongi?

Yoongini yuragi koʻkragidan otilib chiqqudek boʻlib urib ketdi u qoʻrqishi kerak edi lekin uning yuzida tushunarsiz telbanoma bir tabassum paydo boʻldi. U shoshilib klaviatura tugmalarini bosa boshladi

Yoongi: qayerda eding? Nega gʻoyib boʻlding?

Unknown: seni menga qanchalik muhtojligingni koʻrmoqchi edim va men buni koʻrdim... Sen mensiz yashay olmaysan meni musiqachim endi oʻyin tugadi men senga yanada yaqinroq boʻlish vaqti keldi deb hisoblayman

Yoongi xabarni oʻqib boʻlishi bilan tizim butunlay oʻchdi chat oynasi gʻoyib boʻldi. Yoongi xonaning oʻrtasida turgancha nafasini yutib kuta boshladi

Yg pov: yanada yaqinroq? Bu nima degani?

Ertasi kuni ertalab Yoongi bir necha kundan beri birinchi marta oʻzini tetik his qilib uygʻondi u oshxonaga oʻtib oʻziga kofe damlayotganida eshik qoʻngʻirogʻi chalindi

Jring... Jring...

Yoongini tanasi muzlab qoldi u sekin oshxonadan chiqib eshik oldiga keldi va tashqariga qaradi yoʻlakda qoʻlida bir nechta karton qutilar koʻtargan keng oq sviter kiygan bir yigit turardi. Uning sochlari mayin qora koʻzlari jilvakor yuzi esa mutloq beg'ubor edi. U qutilarni koʻtarishga qiynalayotgandek devorga suyanib nafas rostlayotgandi Yoongi qulfni ochib eshikni bir oz qiya qildi

– xayrli kun

yigit Yoongini koʻrishi bilan zudlik bilan shirin jilmaydi koʻzlari xuddi jajji bolalarnikidek qisilib ketdi

– kechirasiz sizni bezovta qildimmi? Men roʻparangizdagi 404-xonadonga koʻchib keldim yuklarim judayam ogʻir ekan liftda arang olib chiqdim... Ismim Pak Jimin yaxshi qoʻshni boʻlamiz degan umiddaman

Yoongi yigitning yuziga tikilib qoldi Jimin oʻzini shunchalik tabiiy shunchalik begubor tutardiki undan hech qanday shubha yoki xavf sezish mumkin emasdi. U shunchaki yaqin atrofdagi universitetning oddiy talabasiga oʻxshardi lekin shu soniyada ochiq eshikdan kirgan yengil shabada Yoongini burniga oʻsha tanish haftalar davomida qumsagan iforini olib keldi. Shirin oʻtkir gilos gullarining hidi

Yoongini koʻzlari birdan kengayib ketdi uning nigohi beixtiyor Jiminni oppoq nafis barmoqlariga tushdi oʻsha barmoqlar oʻsha nafis chiziqlar ichkaridagi daho bastakorning hushyor instinktlari bir soniyada hamma narsani birlashtirdi

U qarshisida turgan bu farishta qiyofasidagi yigit uni tunu kun kuzatgan hayotini nazorat qilgan liftda qoldirib aqldan ozdirgan oʻsha qora soyaning aynan oʻzi ekanligini anglab yetdi. Jimin uning dunyosiga niqob taqqan holda rasman kirib kelgandi

Jimin esa Yoongini koʻzlaridagi bu dahshat va anglash hissini koʻrib ich ichidan sarmast boʻlar yuragi gʻalaba zavqidan titrardi. U Yoongiga bir qadam yaqinroq keldi koʻzlarining tubida oʻsha dahshatli aqldan ozgan qorongʻulik miltillab ketdi ovozini biroz pasaytirib deyarli pichirlab gapirdi

Jm: tinchlikmi Yoongishi rangingiz oʻchib ketdi yoki meni koʻrishni kutmaganmidingiz?

Jiminni savoli havoda muallaq qolib ketdi Yoongini miyasida soniyalar ichida million xil oʻy aylandi. Uni hozir boʻgʻib tashlasinmi? Politsiya chaqirsinmi? Yoki uydan haydasinmi? Yoʻq Yoongi oddiy odam emasdi u daho edi. Eng asosiysi u bu yigit yoʻqligida qanchalik aqldan ozganini va unga qanchalik oʻrganib qolganini esladi. Bu oʻyin endi qiziq tus olgandi kim birinchi boʻlib taslim boʻladi? Kim top (yetakchi) boʻladi?

Yoongi yuzidagi hayratni tezda yashirdi u eshik dastasini mahkamroq ushlab labining chetida sovuq ammo jozibali bir tabassum paydo qildi u Jiminni begubor koʻzlariga toʻgʻridan toʻgʻri oʻtkir nigoh bilan tikildi

Yg: shunchaki yangi qoʻshnim judayam goʻzal yigit ekanligidan hayratda qoldim

dedi Yoongi ovozini ataylab past va boʻgʻiq qilib u bir qadam oldinga bosib Jimin bilan oradagi masofani minimal darajaga keltirdi

Yg: yuklaringiz ogʻir boʻlsa ichkariga olib kirishga yordam beraymi Jiminshi?

Jimin bu javobni va Yoongini bunday dadilligini kutmagan edi u Yoongini qoʻrqib ketadi yoki baqiradi deb oʻylagandi Yoongini yaqin kelishi va uning koʻzlaridagi oʻsha oʻtkir hukmron prinsiplarni koʻrib Jiminni tomogʻi quridi. U beixtiyor bir qadam ortga chekindi lekin oʻzini yo'qotmaslikka harakat qilib jilmaydi

Jm: yoʻq rahmat Yoongishi oʻzim eplayman faqat... bu bino biroz qorongʻu va sirli ekan ayniqsa liftlari ba'zan buzilib turarkan toʻgʻrimi?

Jimin buni ataylab Yoongiga kechagi voqeani eslatish uchun pichirladi Yoongi past ovozda kuldi u endi qoʻrqmayotgandi oʻyin maydoni uning uyi edi

Yg: ha liftlar xavfli lekin men xavfni yaxshi koʻraman

Yoongi Jiminni qoʻlidagi qutilardan birini shartta yulib oldi va Jiminni koʻzlariga tikilib turgancha uning xonadoniga (404-uyga) qarab yurdi. Eshikni ochib qutini ichkariga qoʻydi

Yg: agar biror narsa kerak boʻlsa tortinmay so'rayvering men doim uydaman meni yaxshi bilasizku shundaymi?

Jimin Yoongini ortidan qarab qoldi uning yuragi gʻalati urib ketdi bu safar qoʻrquvdan emas balki Yoongini bu kutilmagan dominantligidan (kuchliligidan) edi

Jimin oʻz xonadoniga kirib eshikni yopdi va qulfladi uning nafas olishi tezlashgan qoʻllari titrayotgan edi. U devordagi monitorlar tizimini yoqdi Yoongi oʻz uyiga qaytib kirgan va mutloq xotirjamlik bilan oʻsha oʻzi yoqtirgan kofeni ichayotgan edi. U kameraga qarab goʻyo Jiminni koʻrib turgandek qadah koʻtargandek harakat qildi Jimin planshetni mahkam qisdi

Jm: sen hali meni oddiy bola deb oʻylayapsanmi Min Yoongi?

Jiminni koʻzlarida oʻsha aqldan ozgan rashk va ehtiros qayta yondi

Jm: koʻramiz meni qarshimda qanchalik kuchli tura olarkansan

Ular endi bitta yoʻlakda edilar kunduzi begubor qoʻshnilar tunda esa bir birining nafasini poylaydigan ovchi va oʻlja ammo endi kim ovchi kim oʻlja ekanligi noma'lum edi

....Morfius