Marilyn Monro tariflagn kabi tutish qiyin kapalak bo'lsam, meni tuta olasanmi..?
3-epizod | Mein uchun ziyofat
Tong otishi hammani sekinlik bilan uyg'otar, qushlarning ovozi atrofni egallagan ko'yi uyquni yanada qochirardi. Tong endigina otib, soat 7ga yaqinlashayotgan bo'lishiga qaramay allaqachon uyg'oq bo'lgan Mein, kitob o'qish bilan band edi. Oddiygina pijama kiygan, sochlari tepaga yig'ilgan, yuzida hech qanday pardoz bo'lishiga qaramay, qizning go'zalligi kamaymagan. Kresloda bemalol o'tirgancha kitob o'qiyotgan Meinning hayollari aniq kitobda deya olmayman. Kitobni o'qiyotgan bo'lishiga qaramay, hayollari allaqayerlarda uchib yuribdi. Nima qilarini bilmay, asabiy holda kitobni yonidagi kichik stolchaga qo'ygan Mein, labi atrofida qo'lini asabiylik bilan yurgizardi.
- Yana hammasini tuyg'ularim sabab barbod qilsamchi? - Mein past ovozda o'ziga-o'zi so'zlarkan, yuzidagi xavotir negadir kamaygandek, yuzi bo'shasha boshladi, - 7 yilimni rad etilgan sharmandali Meinning nomini oqlash uchun sarfladim. Hammasini bir necha kunda buzishga haqqim yo'q! Son-sanoqsiz psixologlar, son-sanoqsiz meditatsiya mashg'ulotlari, son-sanoqsiz go'zallik salonlari, son-sanoqsiz dizaynerlar... Hammasini o'zimni o'zgartirish uchun qildim. Endi barbod qila olmayman... Eva bilan bog'lanishim kerak, u meni tinchlantira oladi.
Mein atrofga o'tirgan o'rnidan alanglab, telefonini nigohlar orqali qidirdi. Ko'zi o'ng tomonidagi krovatida turgan telefonga tushganidan so'ng, qiz darrov krovatiga o'tirib, telefonini oldi.
Oxirgi qo'ng'iroqlar bo'limidan "xaloskorim Eva๐" deya saqlangan raqamga qo'ng'iroq tugmasini bosdi. Bir necha signal tovushlaridan so'ng, shirali ovoz telefon ortidan jarangladi...
* * *
- Xayrli tong malikalardek go'zal opajonim, - Xonaga so'roqsiz kirgan Soobin bunday ishni opasi yomon ko'rishini bilgan holda tirjaygancha opasi tomon kelardi.
- Xayr Eva. Ertagacha, seni o'pib qolaman, - Soobinning tashrifi sabab Mein Eva bilan qo'ng'iroqni yakunlagancha, krovatga, uning yoniga o'tirgan Soobinga burildi.
- Eva kim? - Tabassum aralash tirjayishda davom etdi Soobin.
- Meni do'stim, - Mein qisqa javob bilan cheklanib, Soobinni quchdi-da, darrov yana o'z holiga qaytdi.
- Mehringiz jo'shib ketdi shekilli opa, - qah-qah otib kulgan Soobin, tabassumini jiddiylikka alishtirgan Meinga qaragancha jimib qoldi.
- Seni juda sog'inibman, - Mein yana tabassumga qaytib, Soobinning biroz do'mboq bo'lgan yuzini kaftlari orasiga oldi.
- Men ham, - Soobin unga ko'rsatilgan mehrga javoban quchoq hadya etdi, - aytgancha, bugun sizga atab katta ziyofat uyushtirishadi, tayyorgarlik ko'ravering. Shuni aytish uchun kelgandim, - Soobin o'rnidan turib, eshik tomon yo'naldi.
- Jeonlar ham keladimi? - O'ylana-o'ylana savol bergan Mein, savolidan o'zi g'alati bo'lib ketdi, - Yani.. otamning ular bilan aloqasi hali ham yaxshimi? - Gapi manosini o'zgartirgan bo'ldi Mein.
- Ha, kelishadi, - Soobin shunchaki xonadan chiqib ketdi.
* * *
Soat kechki 19:00 atrofida aylanar ekan, quyosh deyarli botgan edi. Osmon alvon ranga bo'yangan, har xil tabiat jonzotlarining ovoziga aralashgan bu manzara rosmana go'zallik edi. Ryular xonadonida mehmonlar yig'ila boshlagan, qo'shimcha chaqirilgan ishchilar va doimiy xizmatkorlar atrofda izg'ib yurishibdi. Mehmonlar deyarli yig'ilib bo'lishgan. Eng so'ngi bo'lib Jeonlar oilasi ziyofatga qadam ranjida qilishdi. Albatta kutilgan inson, Jungkook ham bor edi mehmonlar orasida. Har yoqda qo'yilgan baland va kichik stollar atrofida odamlar yig'ilishgancha suhbat qurib har turdagi ichkiliklarni ichish bilan band. Doimgidek oqsuyaklarning zerikarli bazmi boshlandi. Bu muhit shunchaki zerikarli... ancha vaqt o'tgach, Markazga qadah ko'targancha Janob Ryu chiqdi. Kutilgan maruza edi.
- Hammangiz xush kelibsiz azizlar, - Janob Ryuning ushbu baland notali so'zlaridan so'ng hamma etiborini unga qaratdi. Seokmin tayyorlangan kabi yo'talib oldi, - Bu ziyofatni tashkil etishimiz va barchamizning yig'ilishimizdan sabab, mening qizim Ryu Meinning koreyaga 7 yil deganda qaytishi. Barchangizga malum, qizim odamovi, tortinchoq va oddiy edi. Ammo u butunlay boshqa inson sifatida koreyaga qadam qo'ydi.
U hozir har tomonlama yetuk, go'zal, aqlli, tartibli, hammaning orzusidagi ayol. Keling, ko'p gapirmay, qizim Meinni qarshi oling! - Seokmin bo'sh qo'lini o'ngdagi zinalar tomon yo'naltirdi, zinalardan soniya o'tishiga qo'ymay Mein kela boshladi. Olovrang va o'rtacha sochlar tepaga yig'ilgan holda. Qimmat brendning qora ko'ylagi egnida, bo'ynida yashil rangi jilolanib turgan toshlar qo'yilgan ajoyib taqinchoq. Qizning yuzi quyosh kabi porlaydi, pardoz ko'p bo'lmasada mukammal yuz. Xuddiki Mein xonaga kirishi bilan xona porlab ketgandek, hammaning ko'zi Meinda va ko'zlar undan uzila olmasdi. Nozik oyoqlar bilan zinadan to'la qonli tushib kelgan Mein otasining yonidan joy oldi.
- Ajoyib nutq so'zladingiz, - Mein jilmayib otasini kichik quchoq ila siyladi. So'ng odamlarga yuzlangan bo'ldi, - Hammangizga xayrli kech. Men uchun tashkillashtirilgan ziyofatga kelganingizdan xursandman. Umid qilamanki ziyofat sizlarga yoqmoqda. Buncha odam men uchun ziyofatga keladi deb o'ylamagan edim, - Mein kuldi, - Men koreyani juda sog'inibman. Hattoki shunchalar sog'inganimdan, charchagan bo'lsamda uxlay olmadim.. - Mein mavzuni o'zgartirib yuborgani uchun to'xtaldi, - Ziyofat uchun tashkillashtirgan ajoyib syurprizim bor, ko'rishga nima deysiz? - Atrofda rozi odamlarning ovozi yangragach, Mein tabassum qildi, - Keling unda uni siz bilan yuzlashtiraman, - Mein xonaning o'ziga qarama-qarshi turgan tomoniga yurdi, so'ng esa eshikni ochdi. Eshikdan, bo'yi baland, kelishgan, qora ko'zli, judayam ajoyib auraga ega yigit kirib keldi. Odamlar shunchaki hayron edi... ayni dam bu yerda asosan moda va go'zallikka aloqador insonlar yig'ilgani uchun bu yigit ularni hayratga solgani tayin edi.
- Uni tanisangiz kerak, - Mein yigitga yo'naldi, so'ng yana qayta odamlarga yuzlandi, - Koreyaning eng mashhur modellaridan biri, eng ajoyibi Lee Dongmin, - Meinning so'zlaridan so'ng, hamma qarsak chalib yubordi.
- Hammaga salom, - Dongmin kichik tazim qilgach, hammani ko'z qirida tomosha bilgan bo'ldi, - Sizlarni ko'rib turganimdan xursandman, umid qilamanki, sizlar ham xursandsiz, - Dongmin uyalchan jilmaydi, - Men Meinning taklifi sabab, 5 yil deganda koreyaga qaytdim. Endi uning otasini kompaniyasida model bo'lib ishlamoqchiman. Bugun hammangiz Mein sabab yig'ilgan ekansiz, - Meinga qarab ko'z qisdi yigit, - U haqida bir necha so'z aytmoqchiman.. Ryu Mein, mening hayotimda uchratgan eng yaqin insonim. U juda ham ajoyib, chiroyli, o'ziga ishongan, dadil va aqlli qiz. Meni hayotim davomida chin do'stlarim bo'lmagan. Hammasi pul yoki mansab uchun yonimda edi. Ammo bir kuni juda qiyin ahvolga tushib qolganimda, u menga shunchaki yordam berdi. Shunchaki.. u meni yaqindan tanimasdi, men ham. Men unga raxmat aytmiqchiman, hammasi uchun. Va.. meni haqiqiy do'stim bo'lgani uchun! - Dongmin so'zini yakunlashi bilan, qarsaklar yomg'iri yog'ildi go'yo. Hamma yana o'zi bilan mashg'ul bo'la boshlarkan, atrof pichir-pichirlarga to'ldi go'yo. Mavzu esa aniq. Butunlay o'zgargan Mein va hech kim tuta olmaydigan kapalak kabi Dongminning koreyaga qaytishi.
Mein va Dongmin, Kun birgalikda suhbat qurisharkan, ziyofatga biroz kechikib kelgan Seolhwa ularning orasiga qo'shildi. Deyarli hamma katta yoshda bo'lgani uchun o'lgudek zerikkan Jungkook ham nihoyat yoshlar orasiga qo'shildi.
- Xayrli kech, xonimlar va janoblar, - Jungkook nim tabassum bilan kichik stol atrofidan joy egalladi.
- Salom, - Dongmin yoniga joylashgancha vino ichayotgan yigitga burildi, - Lee Dongmin, - yigit qo'lini Jungkook tomon tutdi.
- Jeon Jungkook, tanishganimdan xursandman, - Jungkook o'ziga tutilgan qo'llarni javoban siqib, vino ichishda davom etdi.
- Siz Meinga kim bo'lasiz? - Dongminning Jungkookga to'satdan berilgan savoli sabab, Seolhwa Dongminga g'alati qaradi, - Yani ziyofatga faqat yaqinlar chaqirilgan, shunday emasmi? - Dongmin hammaga ko'z qiri bilan qarab chiqdi.
- Men.. Jeonlar oilasiga tegishli, "Sulwhasoo" kosmetik brendi kompaniyasining merosxo'riman, - Jungkook burun uchiga tegindi, - siz ham bir necha bor fotosessiyalarimizda chiqqansiz adashmasam?
- Mm.. To'g'risi eslay olmayman. Bu juda ko'p fotosessiyalarda bo'lganim uchun bo'lsa kerak, - Dongmin istehzoli nigohlarini Meinga tashlab, ko'z qisib qo'ydi. Suhbatni jim kuzatayotgan Mein, Kun va Seolhwa Dongminni tushunishmadi va jim o'tirishda davom etishdi.
- Axir mashhur modelsiz, bu tabiiy bo'lsa kerak, - Jungkook noaniqlikka tushib qolgan kabi titradi.
- Qisman shunday, - Dongmin yigitga etiboe bermay Kun va Seolhwaga burildi.
- Dongmin, qachon bizga aytmay Koreyaga kelishga ulgurding? - Suhbat tugashini kutgandek, Seolhwa savol bilan Dongminga burildi.
- Men sizlar bilan bir samolyotda edim, shunchaki sezmadingiz, - Dongmin kulgancha vino ho'pladi.
- Mein ikkingiz xuddi sirli qutiga o'xshaysiz, - Seolhwa xafa bo'lgan kabi ensa qotirdi-yu, telefoniga qarab qo'ydi.
- Shunday bo'lsa qiziqarliroq, to'g'rimi? Mein? - Seolhwaga javob tarzda Dongmin Meinga kulgancha hazil qildi.
- Ha, - Mein jiddiy ohangda javob qildiyu, qo'lidagi vinoni stolga qo'ydi, - Men hozir kelaman, - Mein ortga burilgancha chetdan ko'rinib turgan yo'lak tomon ketdi, bu ayni ziyofatlar uchun mo'ljallangan ommaviy xojatxona edi.
- Qiziq, Mein nega bunday bo'lib qoldi ekan-a oxirgi paytlar? - Har zamonda telefoniga qaraydigan, suhbat payti qayergadir ketadigan Meindan shubhalangandek Kun Meinning ortidan qarab qoldi.
- Birortasi bilan uchrashyapti shekilli, - Seolhwa kulgi.
- Nega biz bilmaymiz unda? - Dongmin g'alati qarash qilarkan Kun hayron edi.
- Men taxminimni aytdim. Lekin shunday bo'lganda biz bilar edik. Buni ustiga Meinni didiga tushadigan yigit topish qiyin, - Seolhwa ayni Jungkookga tekkizib gapirib, ko'z qirini unga tashladi.
- Men hozir kelaman, qo'limni yuvishim kerak, - Jungkook ham Mein ketgan tomonga yo'naldi. Uchlikning suhbati esa davom etdi.
* * *
Telefonida allakim bilan tabassum ila yozishayotgan Mein ommaviy xojatxonada yolg'iz edi. Toki Jungkook kirib kelguncha. Jungkookni ko'rib ham ko'rmaganga olib xabar yozishda davom etgan Mein Jungkookning so'zidan so'ng to'xtab qoldi.
- Mendan qasd olmoqchi bo'lsang adashasan Ryu Mein! - Jungkook oynaga qaragancha qo'lini yuvarkan, uning yonidagi Mein ham oyna orqali Jungkookga burildi.
- Qasd? Keraksiz odamlar uchun qasd olishimdan nima ma'no? O'zingni hali ham menga qiziq deb o'ylaysanmi? Aslida sen adashasan Jeon Jungkook, - Mein ham qo'lini yuva boshladi, - Men bilan aslo o'ynasha ko'rma! Oyoqlarim ostida ezilishingni xohlamasang albatta! - Mein so'ngida istehzo bilan Jungkookga burulib qarab, so'ng telefonini olib chiqib ketdi.
* * *
Asabiylikni xojatxonadan chiqishi bilan o'zidan ajratgan Mein, xotirjamlikni davom etgancha davraga qayta qo'shildi.
- Meni kutib qolmadingizmi? - Qo'llarini keng yoyib keldi Mein.
- Sen haqingda g'iybat qilyapmiz, - Meinning ustidan kuldi Seolhwa, - Nega qolib ketting?
- Qo'ng'iroq bo'lib qoldi, shuning uchun, - Mein telefonini stol ustiga qo'ydi.
- U senga nimadir demadimi? - Seolhwa Mein kelayotgan tomonga qarab ishora qildi.
- Umi? - Mein ham o'sha, ort tomoniga burildi, - Baliq qarmoqqa ilindi Seolhwa, - Mein jilmayib qo'yarkan chidab tura olmay Seolhwa bilan birgalikda kulib yubordi.
- Rejalaring bir necha kunga bormay ish berishini kutmagan edim, - Seolhwa kulishdan to'xtay olmasdi.
- U xuddi uyini yo'qotib qo'ygan bolaga o'xshaydi, - Mein qiqirlab kuldi, - Qayerga desang borishga tayyor.
- Xonimlar, shaytonga dars o'tsangiz ham ajoyib bo'lardi menimcha? - Suhbatni chetdan kuzatib turgan Dongmin qizlarni ustidan kuldi, oraga Kunning ham kulgu ovozi qo'shildi.
- Menimcha bu zo'r biznes bo'ladi, - dedi Kun qo'shimcha qilgancha.
* * *
Kun o'tib, tun ham kirdi. Soat 22:00dan o'tib borarkan, ziyofat tugashga yaqin edi. Yakunga yetib borayotgan ziyofat sabab o'ylab turgan taklifini aytish yoki aytmaslik haqida o'ylayotgan janob Yugyeom oxiri qarshisidagi janob Ryuga yuzlandi.
- Seokmin.. senga bir narsa aytmoqchiman, - G'o'ldiradi Jeon xuddi tortinayotgandek.
- Nega tortinasan? Bemalol aytaver, - Ryu do'stining ustidan kulgandek, istehzo qilgancha ayoli va Jeonning xotiniga qarab qo'ydi.
- Qayta hamkor bo'lishga urunib ko'rsakchi? - Jeon eski ishlar sabab xijolat tortardi.
- Nima? Qanday tarzda? - Kulimsiragan Ryu biroz hayratda edi.
- Bu shunchaki hamkorlik. Hech qanday turmush bilan bog'liq emas. Bir birimizning kompaniyalarimizda vakillarimiz ishlasin?! - Jeon tez-tez gapirgancha nafasi tiqilib qolgandek qiyofa aks ettirdi.
- Qiziq taklif.. - Kuldi Ryu barmoqlarini yuzida o'ychan harakatlantirgancha, - Vakil aynan kim bo'lishi kerak?
- Bizga Mein, sizlarga Sarang vakil sifatida borsin, - Jeon iymanishda davom etdi, - Jiyanim Sarangni aytyapman, - Qo'shimcha qildi Jeon.
- Nima deyishga ham hayronman, buni oilaviy maslahat qilib ko'rishimiz kerak nazarimda, - Ryu ayoliga qaradi, - To'g'rimi azizam?
- Menimcha ham shunday, - Ryu xonim eriga qo'shildi, - Mein rozi bo'lmasa bizda boshqa tajribali inson kam, sizda ham Sarang eng yaxshisi.
- To'g'ri Ryu xonim, - oraga qo'shildi Jeonning ayoli, - Jungkook shundoq ham kompaniyadan ketgan. Sarang bilan ham gaplashish kerak.
- Biznesni yaxshi tushunmaysizlar deb o'ylardim, - Miriqib kuldi Jeon, - Mendan ham yaxshi biladigandek gapiryapsiz, - kulishda davom etdi.
* * *
Ziyofat yakunga yaqinlashgan sari mehmonlar soni kamayib borardi. Sanoqli mehmonlar qolganidan so'ng, hamma bir davraga yig'ildi. Burun uchiga teginib, salmoqlanayotgan janob Ryu, nihoyat chamalab qo'ygan gaplarini aytish uchun hammani etiborini o'ziga chorladi. Suhbat orasida bo'lingan gaplar va kutilayotgan so'zlar sabab hamma hayajon ichida qolgandek edi go'yo.
- Biz qayta hamkorlikni yo'lga qo'ymoqchimiz, - to'xtaldi Ryu, - Do'stim Jeon Yugyeon bilan bir shartnoma haqida kelishdik. Unga ko'ra kompaniyaning yarim aksiyalari bir-birimizga o'tadi. Kattaroq merosxo'rlar hamkor kompaniyalarda ish yuritadi. Biz vakil sifatida Mein va Sarangni tanladik. Albatta ular rozi bo'lsa? - Ryu qiziga imoli qarash qildi, - Mein, bunga nima deysan?
- Mein rozi bo'ladi deb umid qilaman, - To'xtalib turgani sabab, Mein norozi bo'ladi degan fikrga kelgan Jeon oraga suquldi, - Seni kompaniyamda ko'rish ajoyib bo'lardi Mein qizim, - Tabassum bilan bo'lishdi Jeon.
- Bilmadim.. bu qiyin masala, - Salmoqlana boshladi Mein, - Sarang bilan gaplashishim kerak. Ammo men rozi...