Mafia King
Ayni vaqtda Jungkook xonaga bir qiz bilan kirib keldi. Qiz darhol qo‘llarini Jungkookning bo‘yniga o‘radi, uning ko‘zlariga qarab jilmaydi. Jungkook qo‘llarini uning beliga yaqinlashtirdi, ammo to‘satdan...
Kookie...
Jungkookieee...
Men senga ishonaman
Men seni sevaman, iltimos, menga xiyonat qilma....
Men o‘zimdan ham ko‘proq senga ishonaman.
Bu so‘zlar xayolida yangradi. Jungkook boshini qattiq silkitdi, bu fikrlardan qutulmoqchi bo‘ldi. Qiz esa allaqachon uning ko‘ylagining tugmalarini yechishni boshlab yuborgan edi.
Jungkook birdan uning qo‘lidan mahkam ushlab, orqaga itardi.
— "ruxsatimsiz menga tegma!" — deb baqirdi u, qahr bilan. So‘ng orqasiga burilib, ko‘ylagining tugmalarini qaytadan taqib xonani tark etdi.
Taehyung esa ayni vaqtda Parijdagi pentxausda o‘tirar, hali samolyotdayoq Jiminning aytganlarini xayolidan o‘tkazardi.
— “Nega u bilan gaplashishni o‘ylamading, malikam...” — deya pichirladi Taehyung, Seoyun dam olayotgan xona tomon nigoh tashlab.
— “Tayyormisan, seo?” — deb so‘radi Taehyung, xonadan chiqqan Seoyunga qarab.
— “Unda ketdik,” — dedi Taehyung, va ikkalasi Parijni kashf qilish uchun yo‘lga tushishdi.
Ular savdo markazlariga borib, Seoyunga universitet va kundalik hayot uchun kerakli barcha narsalarni xarid qilishdi. Garchi Taehyung ilgari ham Parijga ko‘p marotaba kelgan bo‘lsa-da, bu safar o‘zgacha edi — u oddiy insondek yashadi, kuldi va dam oldi.
Soat 5 ga yaqinlashgandi va deyarli hamma narsa sotib olingan edi.
— “Malikam, agar charchagan bo‘lsang, seni kvartirangga olib boray,” — dedi Taehyung, ko‘chada yurib mashinalariga qarab ketarkan.
Seoyun unga qarab jilmaydi va bosh irg‘adi. Ular mashinaga o‘tirishdi va kvartiraga yo‘l olishdi.
O‘n besh daqiqalik yo‘ldan so‘ng, ular juda ham chiroyli va zamonaviy binoning oldida to‘xtashdi. Ikkalasi ham mashinadan tushib, binoga kirishdi.
Resepsiyadagilar bilan barcha rasmiy ishlarni hal qilgach, ular nihoyat Seoyunning kvartirasiga — aniqrog‘i penthausga kirdilar. Kvartira juda katta edi: uchta yotoqxona, mehmonxona, ovqatlanish xonasi, zamonaviy oshxona, chiroyli balkon — va eng ajoyib tomoni, u tomga chiqish imkoniyatiga ham ega edi!
Kvartira to‘liq jihozlangan, Seoyunning barcha buyumlari ham allaqachon ichkariga joylashtirilgan edi. Taehyung esa ehtiyot chorasini ko‘rib, har bir burchakni tekshirib chiqdi — garchi u bu yerda xavf bo‘lmasligiga amin bo‘lsa-da.
— "Bu joy ancha xavfsiz va universitetingdan ham unchalik uzoq emas. Mashinang to‘xtash joyida, mana kalitlari," — dedi Taehyung, kalitlarni Seoyunga uzatar ekan.
— "Afsuski, men bir necha soat ichida Seoulga qaytib ketishim kerak. Ba’zi ishlar chiqib qoldi. Ertaga seni universitetga qo‘riqchilar olib borishadi, xavotir olma. Nima kerak bo‘lsa, shunchaki menga qo‘ng‘iroq qil" — dedi Taehyung.
Seoyun Taehyung ketishini eshitib biroz xafa bo‘ldi, .
— "yaxshi...," — dedi Seoyun, Taehyungni quchoqlab.
Seoyun bezovta ohangda ingradi, quloqlarini bezovta qilayotgan budilnik ovozi uning shirin uyqusini buzdi. Ammo birdaniga hushyor bo‘lib, yotog‘idan sapchib turdi — bugun uning universitetdagi birinchi kuni edi. Tezda ko‘rpasini polga uloqtirib, vannaxonaga yugurdi.
U taxminan o'ttiz daqiqa issiq dush qabul qildi, so‘ngra yangi kunni boshlash uchun oshxonaga yo‘l oldi. Birinchi dars 10:00 da boshlanardi, lekin u erta borishga qaror qilgan edi — universitetni aylanib, atrof bilan tanishib olishni istadi.
U juda hayajonda edi. Uning ichki dunyosi, introvert tabiati unga xalaqit berayotgandek edi. Nonushta paytida u boshidan o‘tishi mumkin bo‘lgan barcha vaziyatlarni tasavvur qildi:
“Agar o‘qituvchilar yoqmasamchi"
“Agar hammaning oldida yiqilib tushsam-chi?”
“Agar kimdir meni mazax qilsa-”
Seoyun birdan to‘xtadi. Maza qilish... U darhol o‘sha voqeani esladi. Jungkook — uni bezorilardan qanday himoya qilganini. Nigohlari namlandi, yuragi siqildi. Ammo u tezda ko‘z yoshlarini to‘xtatdi va tabassum qildi.
Universitetga kirar ekan, Seoyun hayratdan lol qoldi — binoning go‘zalligi, turli xil gullar bilan bezatilgan bog‘, gilamdek yastanib yotgan maysalar… hammasi o‘ziga xos jozibaga ega edi.
Binoga kirgan Seoyun dekanatni izlay boshladi. Ammo birdan bir qiz kelib unga urilib ketdi.
— "hoy lanati...kozingga qarab yur..." — dedi qiz jerkib, ko‘zini olaytirib.
Seoyun hali og‘zini ham ochishga ulgurmadi, o‘sha qiz allaqachon nari ketgandi.
Awwww... Namuncha qopol— deb o‘yladi Seoyun, yelka qisib, yo‘lida davom etdi.
O‘n besh daqiqa aylanib yurgach, dekanatni topa olmagach, u charchadi va taslim bo‘ldi.
Nihoyat, biroz jasorat to‘plab, yonidan o‘tayotgan bir qizga murojaat qildi:
— "salom, dekanat qayerda ekanligini ayta olasizmi?"
— "Ha, albatta! Keling, men sizga ko‘rsataman," — dedi qiz samimiy tabassum bilan. Ikkalasi birga yo‘l oldilar.
— "Siz ham Janubiy Koreyadansiz shekilli?" — dedi qiz Seoyunga qarab.
Seoyun tabassum qildi-da, bosh irg‘adi.
Bir oz yurgach, ular bir eshik oldida to‘xtashdi. Qiz Seoyunga qarab dedi:
— "Bu — dekanning ofisi! Men shu yerda kutib turaman, axir bir yurtdanmiz. Balki do‘st bo‘lib ketarmiz!" — deya xushchaqchaq ohangda gapirdi.
Seoyun unga minnatdorlik bilan qarab kuldi va ofisga kirib ketdi.
Ko‘p o‘tmay, ular universitet kafesida bir stolda o‘tirishar edi. Suhbat chog‘ida qiz hazilomuz dedi:
— "Xo‘sh, tanishib olaylik! Mening ismim Kaylin Bae, sizniki-chi?"
Seoyun biroz tortinchoq ohangda javob berdi:
Bu ismdan so‘ng Kaylin qiziqib ketdi va kulib so‘radi:
— "Voooy, Jeon Jungkook bilan qarindosh emasmisiz? 😂"
Bu so‘zlarni eshitib, Seoyun qotib qoldi. Quloqlari tinglashni to‘xtatgandek, yuragi esa tez ura boshladi…
"N-nima? Yo'q!" — Seoyun kulib javob berdi, Kaylin bilan birga kulishga majbur bo‘ldi.
"Men hazillashgandim! Juda jiddiy bo‘lib ketding!" — dedi Kaylin, ammo Seoyun boshini silkitdi.
Ular deyarli bir soat suhbatlashib o‘tirishdi va g‘alati bo‘lsa-da, Seoyun u bilan juda tez ochilib ketdi.
Yaxshiyamki, qiz Seoyunning oilasi haqida hech narsa so‘ramadi, bu esa unga taskin berdi. Aksincha, Kaylin o‘zining oilasi haqida gapirib berdi:
— "Mening dadam Janubiy Koreyada mehmonxonalar tarmog‘iga ega, Jeon Jungkook bilan hamkorlik qiladi! Dadam Jungkook oppani uch marta ko‘rgan! O‘zimni o‘sha paytda juda omadli his qilgandim!" — dedi u hayajon bilan.
“Odamlar uni uch marta ko‘rgani uchun hursand bo'lishadimi? Rostanmi…”
— "Sen... Jeon J-Jungkookni har tomonlama mukammal inson deb oylaysanmi?" — deb so‘radi Seoyun ehtiyotkorlik bilan.
Kaylin esa “jiddiy gapiryapsanmi?” degan ifoda bilan qaradi:
— "Qizaloq, HAMMA unga qoyil qoladi! Men shunchaki o‘sha millionlardan biriman! Hattoki bu yerda — Parijda ham u mashhur, chunki u eng hashamatli mehmonxonalar va klublarning egasi! Shunda ham sen uni mukammal inson deb oylamaysanmi?" — deb so‘radi Kaylin qoshini ko‘tarib.
Seoyun tezda boshini silkitdi.
— "Y-yo‘q, yo‘q! U rostan ham eng mukam....mal inson!" — dedi u shoshilinch tarzda, bu esa Kaylinni kuldirdi.
Ko‘p o‘tmay birinchi ma'ruzalari vaqti yetib keldi va baxtga qarshi emas — Kaylinning dars jadvali ham Seoyunniki bilan bir xil edi.
— "Nihoyat!" — Seoyun chuqur nafas olib, universitetdagi charchoqli kundan keyin o‘zini to‘shakka tashladi.
Garchi bu birinchi kuni bo‘lsa-da, u o‘zini juda charchagan his qildi. Vaqtga qaradi — soat 15:00 bo‘lib qolgan edi. Demak, mehmonxonaga borish uchun hali uch soat vaqti bor edi. Seoyun yotog‘idan erinchoqlik bilan turdi, dush qabul qilib, ozgina tetiklashmoqchi bo‘ldi.
Lekin vannaxonaga kirayotganida birdaniga telefoni jiringladi. U to‘xtadi.
— "Alo, malikam! Bugungi birinchi kuning qanday o‘tdi?" — telefonni olishi bilan Taehyungning ovozi qulog‘iga chalindi.
— "tariflashga til ojiz, Tae oppa! Hatto birinchi kundan dugona ham topdim!" — dedi Seoyun quvonch bilan, bu esa Taehyungni kuldirdi.
Ular atigi besh daqiqa gaplashdilar, chunki Taehyung yig‘ilishga ketayotgan edi. Qo‘ng‘iroq tugagach, Seoyun yengil xo‘rsinib, vannaxonaga kirdi.
Seul, Janubiy Koreya
Soat 21:28
Hammayoq Jeonlar oilasining ulkan majlis xonasida yig‘ilgan, yosh voris — Jungkookning kelishini kutishardi. Taehyung va Jimin ham shu yerda edilar, chunki bu loyiha ularning uch kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan edi. Yig‘ilish soat 21:30 ga belgilangan va barchaga ayonki, Jungkook aynan bir daqiqa oldin keladi — u hech qachon erta ham, kech ham kelmaydi.
Birdan eshik ochildi va undan Jungkook, ortidan esa kotibasi kirib keldi. Jungkook o‘z o‘rniga o'tirdi. U gapira boshlashi bilan xona ichidagi havo zudlik bilan tarang va qo‘rqinchli tus oldi, bu esa hammaning belini tik tutib, hushyor bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
— “Boshlaymiz,” — dedi u sovuq ohangda.
— “Janob Jeyk o‘z g‘oyalarini taqdim etadi, iltimos, o‘rningizdan turing,” — dedi Jungkookning kotibasi.
Janob Jeyk zudlik bilan o‘rnidan turdi va fayllarini proyektorga uladi.
Majlis ikki soat davom etdi va nihoyat yakunlandi. Barcha odamlar chiqib ketdi, faqat uch do‘st — Jungkook, Taehyung va Jimin o‘z joylarida qolib, telefonlariga ko‘z yugurtirishdi.
"Jimin-ah, bugun Seoyunning universitetdagi birinchi kuni edi, ilk kunidanoq dugona top—" Taehyung gapira boshladi, ammo birdan jim bo‘lib qoldi, chunki u xonada Jungkook ham o‘tirganini tushundi.
Ham Jimin, ham Jungkook boshlarini ko‘tardilar. Jimin — "Endi sen tamomsan" degan qarash bilan, Jungkook esa — butkul hissiz nigoh bilan.
Jungkook hech narsa demadi. Faqat o‘rnidan turib, kurtkasini oldi va xonani tark etdi. Orqasidan ikkala do‘st ham bir-birlariga tikilib qolishdi.
— "Xudoyim, men bir kun kelib shu bolaning qarashlaridan o‘lib ketaman!" — deya Taehyung dramatik ohangda aytdi, bu esa Jiminni kuldirib yubordi.
Bu orada, Seoyunning ishdagi birinchi kuni ham yaqinlashmoqda edi. U sumkasini oldi va uydan chiqdi — parkingda haydovchisi uni kutayotgan edi.
Senga oxirgi marotaba qaraganimga ham 8 oy bo‘ldi. Odamlar uzoqlashgani sari ularning izlari asta-sekin yo‘qoladi, deyishadi. Lekin... nega men seni yanada ko‘proq sog‘inyapman? Nega har kuni sening yoningda bo‘lish istagi kuchayib boryapti? Men bu holat bunchalik ta’sir qiladi, deb oylamagandim, ammo har kuni go‘yoki qorong‘ulik meni tobora yutib yuboryapti.
Men seni televizorda ko‘raman — har doimgidek jozibali, ammo sovuq va qo‘rqinchli nigohlaring bilan hammaga titroq solyapsan.
Biz bir-birimiz uchun yaratilgan edik... lekin men taqdirga qarshi chiqdim, senga qarshi bordim.
Kechir meni.
Parij chiroyli, Kaylin bilan yanada yaqinlashdik; u doim otasining seni uchratgani haqida maqtanib yuradi. Mehmonxonadagi ish ham yomon emas, lekin xodimlar go‘yoki men yo‘qdek munosabatda bo‘lishadi. Hech kim menga gapirmaydi, menejer esa faqat topshiriq beradi va ketadi.
Dadam, Amakim, Tae va Jimin oppa tez-tez meni ko‘rgani kelishadi. Oyda ikki marta yig‘ilib, birga kechki ovqat qilamiz. Lekin sen hech qachon kelmaysan, va men nega kelmasligingni so‘rashga ham jur’at qilolmayman.
Sen ham meni sog‘inasanmi, men seni sog‘inganim kabi?
Bilaman, qilgan ishim to'g'ri emas edi... lekin hech bo‘lmasa bir marta uzr so‘rashga ijozat ber.
Hech bo‘lmasa, bir marta seni ko‘rishimga ruxsat et.
Har kuni seni qo'ng'irog'ingni kutaman...
Men seni sevaman.
Seoyun kunlik daftariga shunday yozdi va ko‘z yoshlaridan siyohli sahifalar ho‘l bo‘lib ketdi. U tezda ko‘z yoshlarini artib, daftarini yopdi.
"Axir o‘zing tark etding uni, axmoq! Endi yig'lashdan foyda yo'q!" — dedi o‘ziga, yig‘i ichra nafrat bilan.
Biroq birdan fikrlari telefondagi qo‘ng‘iroq bilan bo‘lindi. Bu Kaylin edi. Seoyun qo‘ng‘iroqni ko‘tarib javob berdi.
"Seoyun, bugun biznikiga kel iltimos! Dadamning muhim mehmonlari kelishyapti, menga yordam kerak! Onam boshqa davlatda edi!" — dedi Kaylin yig‘loq ohangda. Bu Seoyunni kuldirib yubordi va u rozilik berdi.
Time skip ⏩
"Xudoga shukr, ertaroq kelding! Kechirasan, yakshanba kuni chaqirdim, juda charchagam ko'rinyapsan...."
"Ah, hich qisi yo'q....men yaxshiman" — javob berdi Seoyun, bu esa Kaylinning yuzini yoritdi.
"Rostdanmi? Unda ishni boshlaylik! Mehmonlar soat 7 da kelishadi va bizda to‘rt soat bor!"
Shu bilan, ikki qiz ishga kirishdi. ularga yordam beradigan xizmatkorlar bo‘lsa ham, Kaylin aytdiki, otasi mehmon uchun bu ishni shaxsan o‘zi bajarishini xohlabdi — chunki bu safar mehmon juda muhim odam edi.
Ikki soat o‘tgach, ular uyni tayyorlab bo‘lishgach, oshxonaga kirib mehmonlar uchun ovqat tayyorlashga kirishishdi. Seoyun menyuga qaraganida ko‘zlari kattalashib ketdi — bazi taomlarning nomini u hatto eshitmagan ham edi.
Shunga qaramay, Kaylin va Seoyun xizmatkorlar hali tayyorlamagan ovqatlarni qilishga kirishdi.
— "Xonim, ular yetib kelishdi," — dedi ularga yordam berayotgan xizmatkor ayol.
— "Voy rostdanmi? Seoyun, hammasi tayyormi?"
Ikkalasi ham o‘n besh daqiqa kutishdi, shunda oshxonaning eshigi ochilib, Kaylinning otasi ko‘rindi.
— "Kaylin, borib mehmonlarni kutib olasanmi? Do‘sting xizmatkorlarga yordam berishga qarshi bo‘lmasa kerak?" — dedi u, Seoyunning yuragi qattiq urib ketdi.
— "Seoyun, sen qarshimasmisan?"
Seoyun bosh irg‘adi, Kaylin esa unga rahmat aytib otasi bilan chiqib ketdi. Yana besh daqiqadan so‘ng xizmatkorlar ovqatlarni aravachaga joylab, birin-ketin olib chiqishdi va Seoyun ham ularga ergashdi. ular mehmonxona tomon yo‘l olishdi va...
Taq.
Taq.
Taq.
Bu u edi. Jeon Jungkook. Stulda o‘tirgan. Uning nigohi Seoyunga tushdi. Va... hech qanday hissiz. Qovoqlari uyilgan...
Har doimgidek.
Seoyun, titrayotgan holatda taomlarni stolga qoyin xizmat qilayotgan edi. Jungkook butun vaqt davomida unga qarab turdi — o‘sha qarash... uni o‘ldirishga qodir edi. Jungkook yolg‘iz edi, faqat yonida qo‘riqchilari turardi, ularning orasida Kevin ham bor edi. Seoyun uni tanidi.
Orqasiga o‘girilib chiqib ketayotganida esa Kaylinning otasining gapini eshitdi:
— "Janob Jeon, umid qilamanki, sizga qizim Kaylin yoqadi. U mening vorisim bo‘ladi va sizlar birgalikda ajoyib hamkorlik qilasizlar."
— "bu Meni qiziqtirmaydi," — dedi Jungkook ovqatdan bir luqma olib, albatta oldin uni qo‘riqchi tatib ko‘rgach.
Seoyun tezda xonadan chiqdi va oshxonaga kirib, og‘zini kaftlari bilan berkitdi — u ovoz chiqarib yuborishdan qo‘rqayotgan edi, ammo yig‘isini to‘xtata olmadi va ho‘ngrab yig‘lay boshladi. Yaxshiyamki, hech kim yo‘q edi, shuning uchun tinchgina yig‘ladi.
— "Seoyun! Bugungi kun uchun katta rahmat! Men sendan qarzdorman!" — dedi Kaylin, Seoyunni quchoqlab.
— "Ha, albatta! Haydovchini chaqirib beraman?" — deb so‘radi Kaylin, ammo Seoyun boshini chayqadi va xayrlashdi.
U tashqariga chiqdi va yuragi yanada og‘irlashdi — Jungkook’ning mashinalari hali ham o‘sha yerda edi, demak u hali ketmagan.
Seoyun sekin yurib uzoqlashdi, ko‘zlaridan yana yosh sizib chiqdi. Lablaridagi tabassum esa xuddi yuragi kabi — xafa va yolg‘on edi.
U avtobus bekatiga borib o‘tirdi, haydovchini chaqirgisi kelmadi. Shunchaki jim o‘tirib avtobusni kutdi.
O‘n daqiqa o‘tdi. U soatga qaradi. Soat 22:00.
Avtobus keladimi o‘zi?..
Seoyun tizzalariga tikilib, jim o‘tirardi. Yuragi shiddat bilan ura boshladi — yuragi unga allaqachon xabar bergandi. To‘satdan uchta hashamatli, qora mashina uning oldida to‘xtadi.
U boshini ko‘tarmadi, lekin… uning ovozini eshitdi.
Seoyun joyida qotib qoldi. Boshini ko‘tarmadi. Bu tush deb o'yladi.
"Jeon Seoyun, sen bilan gaplashyapman. Mashinaga chiq."
U asta boshini ko‘tardi.
U… u edi. Jungkook. U haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan, rulni mahkam ushlab, bevosita uning ko‘zlariga qarab turardi. Ko‘zlarida hech qanday hissiyot yo‘q edi — faqat chuqur, sovuq sukunat.
Seoyun yutinib, eshikni ochdi va asta mashinaga o‘tirdi.
Derazalar ko‘tarildi. Mashina harakatga tushdi. Old va orqadagi mashinalar unga ergashdi.
Seoyun derazadan shahar manzarasiga qarab o‘ylardi:
U menini qayerda yashashimni biladimi?
"Menga tegishli mehmonxonaga ketyapmiz."
Seoyun hech nima demadi, faqat tizzalariga qarab, jim turdi.
Mashina to‘xtadi — bu o‘sha mehmonxona edi. U har kuni ishlaydigan joy. Ko‘zlari keng ochildi.
Jungkook eshikni ochib tushmoqchi edi, lekin Seoyun titrab uning qo‘lidan ushlab qoldi. Bu harakat ikkisining ham harakatini to‘xtatdi.
— "M-men... bu yerda ishlayman. S-sizda... niqob bormi?" — u shivirladi, cho‘chib.
Jungkook jag‘ini qisdi, ko‘zlari qizg‘in, ammo hech narsa demay boshini qimirlatdi. U mashinadan qora kepka va niqob chiqardi va unga uzatdi. Seoyun shosha-pisha ularni taqdi. Jungkook esa o‘z eshigidan tushib, eshikni qattiq yopdi, bu esa Seoyunni seskantirdi.
Keyin u tomonidagi eshik ochildi. Jungkook hech narsa demasdan uning qo‘lidan ushladi. Ular birga mehmonxonaga yo‘l olishdi.
Seoyun yon tarafdan odamlarning hayrat bilan shivirlashayotganini eshitdi. Chunki Jeon Jungkookning mehmonxona lobbidan kirishi juda qiziqarli holat edi. U doimo maxfiy, shaxsiy kirishdan foydalangan.
Seoyun ko‘z qiri bilan menejeri va bir nechta hamkasblarini ko‘rdi — barchasi hayratda, og‘zilar ochiq, ko‘zlari unga qadalgan.
Jungkook hech birini pisand qilmasdan, uni sudrab liftga olib keldi. Lift oldida to‘xtashdi.
Uning qo‘li haligacha Seoyunnikida.
Lift yuqoriga ko‘tarilar ekan, Seoyun yuragi bo‘g‘ziga tiqilib kelayotgandek edi. U hech narsa demasdan jim turganicha, yuragining urishini eshitayotgandek bo‘ldi.
Pentxaus eshigi ochilishi bilan Jungkook uni ichkariga olib kirdi va eshik yopilishi bilan birdan orqasiga o‘girilib, uni devorga tirab qo‘llarini yuqoriga bosdi. U nafasini og‘ir chiqarar, ko‘zlari g‘azab bilan yonar edi.
Uning yuzi Seoyunki bilan juda yaqin edi, lablari deyarli tegay-tegmas masofada to‘xtadi. Qo‘lidagi siqib turish kuchi, ehtimol, ko‘karishga olib kelgan bo‘lsa ham, Seoyun hech qanday og‘riqni his qilmasdi. Faqat yuragi qattiq urayotgandi.
— "Seni orzuying, boshqalar uyida hizmatkor bo'lib ishlashmi?"
Ko‘zlari Seoyunning ko‘zlariga tik qarar, o‘sha ko‘zlarda o‘sha — “Mafiya qiroli qiyofasidagi Jeon Jungkook” yashardi.
Seoyun ko‘zlarini katta ochib, dahshat aralash hayrat bilan unga qaradi.
— "Yo'q...yo'q Jungkook, men shunchaki...dugonam...." — u zo‘rg‘a tovush chiqardi, ko‘zlaridan yosh quyilib tushdi.
— "Men bilan ishlamoqchi bo‘lgan odamlar xuddi o‘zi bo‘lganini bilishi kerak. U qiz do‘stingmi yoki yo‘qmi, menga farqi yo‘q. Men seni boshqa birovning uyida xizmat qilayotgan holda ko‘rishni xohlamayman, Jeon Seoyun."
Seoyun unga qarab qotib qoldi. Na yig‘lashi to‘xtardi, na yuragining og‘rig‘i kamaydi.
— "Men seni xafa qilishni xohlamagan edim..." — dedi Seoyun asta, ovozi titrab.
— "Men esa xafa bo‘lishni xohlamagandim..." — Jungkook javob berdi.
Bir zum jimlik cho‘kdi.
«Bae va qizi bilan aloqani uz. O‘sha qari axmoq o'z o‘rnini bilishi kerak.»
«Jim bo‘l!» — Jungkook gazab bilan baqirib yubordi.
Seoyun ko‘zlarini pastga qaratdi, ularda yosh qalqib chiqa boshlagan edi. Lablarini tishlab, yig‘lamaslikka harakat qilardi, ammo bu Jungkookdan yashirin qolmadi.
Jungkook chuqur nafas oldi va Seoyunning bilaklarini qo‘yib yubordi. Jungkook seoyunning qo'lidan shunchalik qattiq qisgandiki. qo‘llari qizarib qattiq og‘rirdi.
Jungkook hali ham g‘azabda edi. Seoyunni o‘sha uyda xizmat qilayotganini, do‘sti esa bemalol ovqatlanib o‘tirganini ko‘rgan on yana-yana ko‘z oldiga kelardi.
U Seoyunga bir qaradi, so‘ng uning qo‘lidan tutib, yotoqxonaga yetakladi.
— «Borib dush qabul qil va uxla», — dedi u sovuq ohangda, unga o‘zining qora futbolkasini uzatarkan. Futbolka Seoyunning sonlarigacha tushardi.
Seoyun jimgina ko‘ylakni oldi va hammomga yo‘l oldi. Jungkook esa, xonani tark etdi.
U mehmonxonaga chiqdi va burchakdagi bar oldiga borib, ichimlik icha boshladi.
"U Parijda yashagan vaqt ichida uning har bir harakatini bilmoqchiman. Har. Bitta. Harakatini!" — dedi Jungkook qo‘riqchisiga va qo‘ng‘iroqni tugatdi.
"Jin ursin....men usiz yashay olmayman!" — deb g‘azab bilan pichirladi va ichidagi spirtli ichimlikni bir yutumda ichib yubordi.
Seoyun hammomdan chiqqach, balkon tomon yurdi va u yerdan Parij manzarasiga tikildi.
Ertasi kuni ertalab, Jungkook soat 7:00 da uyg‘ondi, chunki uni muhim uchrashuvlar kutardi. Hammomdan chiqib, kiyinib bo‘lgach, to‘g‘ri Seoyunning xonasiga yo‘l oldi. Xonaga kirib, yotoqda yostiqlaar orasiga kirib ketgan seoyunning yuziga qarab turdi.
To‘satdan Seoyunning telefon jiringladi, bu osoyishtalikni buzdi. Jungkookning jag‘i qattiqroq qisilib ketdi, ammo ekranga qaragach ko‘zlari yanada qorong‘ilashdi.
Hech nimani o‘ylamasdan, telefonni ko‘tardi.
"Seoyun! Yaxshimisan? Sen bilan gaplashib olishimiz kerak!" — dedi Kaylin shodon ovozda,
Jungkook esa ko‘zlarini olaytirib, sukut saqladi...
“aloo? Seoyun?”
“Bugun uni bezovta qilma.” – Jungkook javob berdi.
“Kechirasiz? Siz kimsiz? Men Seoyun bilan gaplashishim ke—”
“Men uni eri bo‘laman bugun uni bezovta qilma!”
Shu so‘zlar bilan Jungkook qo‘ng‘iroqni tugatdi va telefonni o‘chirib qo‘ydi. So‘ng yana bir bor Seoyunga qarab qo‘ydi va xonani tark etdi.
Seoyun cho‘zilib esnadi, chuqur uyqudan uyg‘ongan edi. Uning qo‘li telefon tomonga cho‘zildi, biroq telefon o‘chirilganini ko‘rib, hayron bo‘ldi.
U soatga qaradi va birdan o‘rnidan sapchib turdi.
Lanati! Universitetga kech qoldim😩
U hammomga qarab yurdi, dush qabul qilmoqchi edi. Ammo... Toxta, unga tashqariga chiqishga ruxsat bormi?
Dush qabul qilgach, hali ham Jungkookning ko‘ylagini kiygancha, ehtiyotkorlik bilan eshikni ochib, tashqariga mo‘raladi. Hech kim yo‘qligini ko‘rgach, sekin tashqariga chiqdi.
Qorni och edi — axir u kechadan beri, balki tushlikdan beri ham hech narsa yemagan axir.
Seoyun oshxonaga yo‘l oldi, umid bilan biror nima topmoqchi edi, lekin… oshxona mutlaqo toza, go‘yoki hech kim ishlatmagandek edi.
Seoyunda Jungkook raqami ham yo‘q edi. Mehmonxona xodimlariga qo‘ng‘iroq qilishga ham jur’at eta olmasdi — menejeri yoki tanish birortasi chiqib qolishidan qo‘rqardi.
To‘satdan bir fikr keldi: u tezda telefonini olib haydovchisiga qo‘ng‘iroq qildi.
“Ha, salom... Jungkookning raqami sizda bormi?” – dedi Seoyun barmoqlarini chalishtirib.
“Menga raqamini yuboring iltimos” – dedi Seoyun quvonch bilan.
Seoyun yuragida shivirlardi: “Qila olaman, qila olaman...” Raqamni olganiga o‘n besh daqiqa bo‘lgandi, lekin u hali ham unga tikilib o‘tirardi. Nihoyat, yana o‘n daqiqadan so‘ng, qo‘ng‘iroq qilishga jur’at topdi — biroz qo‘rqdi, ehtimol Jungkook javob bermas deb o‘yladi.
"Janoblar, o‘ylaymanki—"
Jungkookning nutqi telefon jiringlaganida to‘xtadi, u chuqur xo‘rsinib, javob berdi:
"Allo?" – dedi u, besh soniya kutgach, narigi tomondan jimlik bo‘lgani uchun.
"Kim bo‘lsang ham..."
"J-Jungkook?" – dedi Seoyun shoshib, uning jahli chiqqanini sezgach.
"Seoyun?" – dedi u, endi sal yumshoqroq ohangda.
"J-Jungkook... m-meni qornim ochdi – dedi u shivirlab va darrov qo‘ng‘iroqni uzdi.
Jungkook joyida qotib qoldi, lablarining cheti biroz ko‘tarilgandek bo‘ldi, lekin u tezda o‘zini to‘g‘rilab oldi — axir u hali uchrashuvda edi. U bu holat haqida soqchisiga aytdi va uchrashuvni imkon qadar tez yakunlab, mehmonxonaga qarab yo‘l oldi.
Bu orada Seoyun yostiqqa boshini urdi, yuzini berkitdi va qichqirdi:
“Odam shunchalik ham tentak bo'ladimi....aaaa😩!”
Seoyun o‘sha holatda yarmi soatcha yotdi. Birdan eshik qiq etib ochildi — kimdir kirdi. Seoyun shoshib o‘rnidan turdi, ammo qotib qoldi — Jungkook eshikdan kirib kelayotgandi, qo‘lida ovqat solingan aravacha bilan.
"Mana, ovqating," — dedi u sovuq ohangda, aravachani Seoyunning oldiga qo‘yib, kiyimlarini almashtirish uchun yotoqxonasiga yo‘l oldi.
Seoyun o‘zini uzoq o‘ylashga majbur qilmay, ovqatga yopishdi. Juda och edi — hatto Jungkook bu ovqatni o‘zi uchun ham olib kelgan bo‘lishi mumkinligini ham o‘ylamadi.
Qornini to‘ydirgach, asta o‘ziga keldi:
“Nima hammasini men yedimmi...jin ursin balki u ham ovqatlanmoqchidir" deb oziga ozi gapirdi seoyun
"Ko‘rinib turibdi, juda och ekansan."
Jungkookning to‘satdan aytilgan gapi Seoyunni cho‘chitdi. U o‘ziga salohiyat bilan qarab, ro‘parasidagi divanga o‘tirgandi.
Seoyun javob bermadi. U tizzasiga qarab, Jungkookning futbolkasini barmoqlari bilan o‘ynay boshladi.
Fuck.
U hanuz mening ko‘ylagimda yuribdimi? — deb o‘yladi Jungkook, yuragi birdan qizib ketgandek bo‘ldi.
"Men kvartiramga qaytsam bo‘ladimi?"
"Yo‘q," — dedi Jungkook bir daqiqa ham o‘ylamasdan, bu javob Seoyunning qoshlarini chimirtirdi.
"B-biroq kiyimlarim... Universitetga borishim kerak, ishga ham."
"Shunchaki bu yerda dam ol. Men senga yangi kiyimlar olib beraman, universitetga o‘zim olib boraman. Va... Seoyun, nega ishlaysan o‘zi?" — deb so‘radi Jungkook.
Seoyun?
U bu chaqiruvdan beixtiyor yuragi titrab ketdi, ammo o‘zini tutdi va unga tik qaradi.
"Hosh univerdan keyin butun kun nima qilaman? Kvartiramda zerikib o‘tirishdan charchadim," — dedi u biroz dadilroq ohangda.
" sen zerikib qilayotgan ish — kimdirlar uchun tirikchilik . Senda yiyish- ichishga, hohlagan narsangni olishga yetarli pul bor. Ammo boshqa bir kishi oilasini boqishi kerak," — dedi Jungkook jiddiy va sokin ohangda.
Bu gaplar Seoyunni lol qoldirdi. U nima deyishni bilmay, lablarini chimdib qoldi.
"Ishdan bo'sha. Joyingni muhtoj bo‘lgan odamga bo‘shat. Endi tur, ketdik. Senga kiyimlar sotib olamiz."
“L-Lekin… mening kvartiramda kiyimlarim bor,” — dedi Seoyun, past ovozda.
Jungkook unga bir og‘ir qarash tashladi — bu qarash yetarli edi. Seoyun darrov jim bo‘lib, o‘rnidan turdi.
“J-Jungkook… aslida men o‘tgan hafta ham kiyinlar sotib olgan edim. Yangi kiyimlarim bor, shunchaki kvartiramdan olib kelsak bo'lmaydimi…” — dedi u xijolatli, Jungkookning yarim yopiq, sovuq nigohlari uni yana ham asabiylashtirayotgan edi.
Jungkook hech nima demay eshikka yo‘l oldi va uni ochdi. Orqasidan sekin yurib ketayotgan Seoyunni kutdi. Penthouse binoning eng yuqori qavatida joylashganligi sababli bu yerga faqat tozalovchilar chiqardi.
Liftga qarab yurishayotganida, Seoyunning ko‘zlari keng ochildi — ro‘parasidan ishdagi tanish odamlar chiqib kelayotgan edi. U nima qilishni bilmay, tezda orqasiga o‘girildi… va bexosdan Jungkookning qattiq ko‘kragiga urildi.
Ishchilar Jungkookni ko‘rishgach, ko‘zlari kattalashdi va darhol egilib salom berishdi, ammo Seoyunning yuzi hanuz uning ko‘ksiga yashiringan edi.
Jungkook og‘ir nafas olib, egilib so‘radi:
"J-Jungkook, ular meni taniydi," — Seoyun pichirladi, hali ham uning ko‘ksiga yashiringan holda.
Jungkook nigohini tepaga ko‘tarib, ularga qaradi. Ishchilar darrov ko‘zlarini erga qadashdi, Jungkookning sovuq qarashidan yuraklari hapriqib ketgan edi.
U chuqur nafas olib, bo‘yin mushaklarini cho‘zdi.
"Rafiqam begona nigohlardan noqulay bo'lyapti. Tezroq bu yerdan ket," — dedi u sovuq, buyruq ohangida.
Jungkookning tovushidan titrab ketgan ishchilar bir og‘iz so‘zsiz orqalariga o‘girildi.
Jungkook Seoyunga qaradi — qiz hali ham ikkala qo‘li bilan uning kostyumining etagini mahkam ushlab turgan, yelkalari engashgan edi. Seoyun sekin boshini ko‘tarib, orqasiga qaradi, keyin esa yuzini hanuz uning kostyumiga yashirgancha Jungkookga qaradi. O‘zini tutolmay, tezda uning kostyumini qo‘yib yubordi va orqaga chekindi.
Ko‘zlari Jungkookning kostyumiga tushdi — u ushlagan joylarida g‘ijimlangan edi. Seoyun yutindi va oldinga yurib, qo‘llari bilan yengilgina silliqlay boshladi, go‘yoki barchasini joyiga keltirmoqchi edi.
Jungkook uff tortib , hech nima demasdan uning qo‘lidan ushladi va uni o‘zi bilan liftga olib kirdi. Parking tugmasini bosdi.
Ikkalasi ham mashinaga o‘tirishdi, haydovchi qayergadir haydab ketdi, lekin birdan Seoyun o‘z kiyimlariga qarab, nima kiyganini anglab yetdi — u Jungkookning yupqa qora futbolkasini kiyib olgan edi.
"Jungkook, meni kvartiramga olib bor," — dedi u qat’iy ohangda.
Bu gap Jungkookni kampyuteridagi ishdan chalg‘itdi, u boshini ko‘tarib qoshlarini ko‘tarib unga qaradi.
"Bitta gapni qaytarayverma. Men nima dedim senga " — dedi jungkook
"Kiymimga qara…" — dedi Seoyun past ovozda, noqulay holda.
Jungkook nigohini uning oyoqlaridan to bo‘ynigacha yuritdi — uzun, silliq oyoqlar, bo‘sh turadigan futbolka uning yoqalarini ochib qo‘ygan, suyaklari yaqqol ko‘rinib turardi. U tishlarini g‘ijirlatdi. "Ahh lanati yodimdan chiqibdi?" Dedi u, ko‘zlarini Seoyundan uzmasdan.
Darrov haydovchiga seoyunning kvartiraga borishni buyurdi.
Oradan o‘n daqiqa o‘tgach, Seoyun muzlab qolgandek bo‘ldi. Chunki u yupqa kiyimda edi, mashinadagi konditsioner esa sovuqni battar kuchaytirgan edi. U titray boshladi.
Buni payqagan Jungkook yengil ohangda indamaygina o‘zining kostyumining olib, unga uzatdi. Seoyun esa uni minnatdorlik bilan oldi.
"Hamma narsalaringni ol, endi men bilan yashaysan va bu yerga qaytib kelish haqida o'ylama,"
— dedi Jungkook, Seoyun bilan uning kvartirasiga kirarkan.
Seoyun bosh irg‘ab, tezda o‘z xonasiga kirib ketdi. Jungkook esa mehmonxonadagi divanga o‘tirib, kutishga tushdi. U boshini orqaga tashlab ko‘zlarini yumdi — uzoq oylardan keyin ilk marta shunday sokinlik his qilar edi.
O‘n besh daqiqadan so‘ng Seoyun chiqdi. U qulay kulrang hoodie va qora shim kiygan edi. Qo‘lida kichik chamadon ushlab, uxlayotganga o‘xshagan Jungkook yoniga keldi.
U yengil yo‘talgandi — Jungkook ko‘zlarini ochdi va unga qaradi. Hech nima demay chamadonni olib, kvartirani tark etdi. Seoyun esa ortidan yurdi.
Mashina ichiga o‘tirgach, Seoyun o‘zini bir oz noqulay his qildi — Chunki Jungkook dabdabali kostyumda edi, u esa oddiy kiyimida.
Yana o‘n besh daqiqalik yo‘ldan so‘ng, ularning mashinasi bir hashamatli binoning oldida to‘xtadi. Seoyun ko‘zlarini katta ochdi.
Bu mashhur savdo markazi edi, hashamatli brendlarning barchasi shu yerda joylashgan bo‘lib, odatda faqat boy insonlar bu yerga kelishardi.
Seoyun yutinib qo‘ydi va noutbukini yopayotgan Jungkookka qaradi. Jungkook noutbukni yon tomonga qo‘ydi va Seoyunga qarab, uning hayratlangan yuziga qoshini ko‘tardi.
Jungkook:
"Menda 3 soatlik uchrashuv belgilangan, xarid davomida senga xodimlar yordam beradi."
"J-Jungkook, lekin bu joy juda qimmat mallga o'xshayapti, menda kiyimlarim yetarli," dedi Seoyun titrab, Jungkook mashinadan tushmoqchi bo‘lganida uning qo‘lidan ushlab.
"Men bunga e’tibor beraman deb o‘ylaysanmi? Eslatib qo‘yaman, men ham unchalik kambag‘al emasman", dedi Jungkook beparvo ohangda va javob kutmasdan mashinadan tushdi.
Bu orada, Seoyun tomoni ham qo‘riqchi tomonidan ochildi va u ham mashinadan tushib, Jungkook yoniga o‘tdi. Jungkook uni kutayotgan edi. U unga bir qarab qo‘ydi va ikkalasi birgalikda o‘sha hayratlanarli binoga kirishdi.
Seoyun Jungkookning keng yelkalari ortidan deyarli ko'rinmayotgan edi.
Jungkook yon tomoniga qarab Seoyunni ko‘rmoqchi bo‘ldi, lekin uni orqasida, deyarli ko‘kragi uning beliga tegay deb turganini ko‘rib oh tortdi. U muloyimlik bilan Seoyunning qo‘lidan ushlab uni yoniga olib chiqdi.
Shu payt bir ayol ularning qarshisiga chiqdi, yuzida iliq tabassum bilan ikkovini ham qarshi oldi.
"Salom janob Jeon, men sizning yordamchingiz bo‘laman. Mening ismim Bekki," dedi u kulimsirab.
Seoyun unga qarab jilmaydi, lekin Jungkook o‘zining mashhur sovuq ifodasi bilan unga hatto bir qarash ham qilmadi.
"Biz bu yerga xotinim uchun kiyimlar sotib olish uchun keldik, uni sizga topshiraman." Jungkook qat’iy ohangda javob berdi, nigohi Seoyunda edi. Seoyun esa uning nigohini sezib, atrofga qarab ketdi.
"Xo‘sh, xonim Jeon, siz bilan tanishganimdan xursandman. Bugun sizga ko‘rsatadigan kiyimlar sizga manzur bo'ladi degan umidaman," dedi Bekki va ularni savdo markazi bo‘ylab yetakladi.
Deyarli bir soat o‘tdi va ular hali ham Bekki ko‘rsatayotgan kiyimlarga qarashar edi. Ular juda ko‘p do‘konlarga kirishdi, ba’zilarini Seoyun hatto ilgari eshitmagan ham edi, va u yerda kiyimlar tanlashdi.
Bekki haqiqatan ham juda yoqimli inson edi. U Seoyunga kiyimlarni ko‘rsatarkan, ba’zida hazil qilib, zerikarli vaqtlarda Seoyunni kuldirib yuborardi. Uning kiyim tanlovi ham juda zo‘r edi — ba’zi kiyimlarni hatto Seoyunga ko‘rsatmasdan, bu unga yarashadi deb ishonch bilan tanlardi.
Jungkook esa ularni yolg‘iz qoldirib, shaxsiy xonaga o‘tib ketgan edi. U yerda ishlari bilan band bo‘lib, haydovchisidan noutbukini olib kelishini buyurgan edi.
Ko‘p o‘tmay, Seoyun ham xonaga kirdi, uning orqasidan Bekki va kiyimlar ko‘targan bir nechta xodimlar kirishdi. Jungkook boshini ko‘tarib ularga qaradi, keyin esa ko‘zlarini Seoyunga tikdi. U jilmayayotgan edi — ehtimol Bekki qilgan hazilga kulib yuborgan bo‘lsa kerak.
Xodimlar chiqib ketishdi, xonada endi faqat Bekki, Seoyun va ishiga qaytgan Jungkook qoldi.
"Xonim, iltimos, mana bu kiyimni kiyib ko'ring," dedi Bekki va ilgichdagi kiyimni Seoyunga tutqazib, uni kiyinish xonasiga yo‘lladi.
Seoyun kiyimni kiyib, oynaga qaradi. U ajoyib ko‘rinardi.
Bu safir rangdagi go‘zal libos edi — oq kristallardan iborat naqshlar bilan bezatilgan, tizzagacha yetadigan uzunlikda. Bu libos Seoyunni xuddi ertaklardagi malika kabi ko‘rsatardi, aynan Jungkook uni ataganidek — “malikam”. U libos bilan uyg‘unlashgan oq poshna tuflilarni kiydi va xonadan chiqdi.
Bekki hayratda qoldi va Seoyunni boshdan-oyoq kuzatib, ko‘zlari porlab ketdi.
“Oh Xudoyim! Men bu libos sizga juda yarashadi deb o‘ylagandim, Mrs. Jeon, lekin sizning ko‘rinishingiz men tasavvur qilganimdan ham a’lo. Siz ajoyib ko‘rinyapsiz!” — deb hayajon bilan aytdi Bekki, so‘ngra ko‘z qiri bilan Jungkook tomonga qaradi. U ham Seoyunga qarayotgan edi, ammo ko‘zlarida hech qanday hissiyot yo‘q edi.
Seoyun yangi kiyimlarning bir nechta modelini kiyib ko‘rdi va anchagina charchagan edi. Buni Bekki ham sezdi.
“Mrs. Jeon, kiyib ko‘rgan kiyimlarning barchasi sizga juda yarashdi, qolganlari ham shunga mos bo‘ladi deb o‘ylayman. Bu esa oxirgi libos — bu cheklangan nashrdagi ko‘ylak, faqat sakkiztasi bor. Shu oxirgisini ham kiyib ko‘ring, men esa shu paytgacha tanlangan kiyimlar uchun hisob-kitobni tayyorlab kelaman. Bu orada Mr. Jeon sizga o‘z fikrlarini aytib beradilar” — dedi Bekki, libosni Seoyunga uzatib, Jungkookga qaradi. U esa boshini qimirlatib rozilik bildirdi.
Seoyun kiyim almashtirish xonasiga kirib chuqur nafas oldi. “Bu oxirgisi,” — o‘ziga taskin berdi va avval kiygan libosni yechdi. Keyin esa yangi ko‘ylakni olib, fermuarini ochdi va ko‘zlari katta ochilib ketdi — bu libos juda qisqa, yonida kesimi bor edi va porlab turuvchi iplar bilan tikilgan. Bu libos go‘yoki ichki kiyimga o‘xshab ketardi, faqat bir oz uzunroq edi. U bilan birga porloq sumka va o‘sha uslubdagi poshnali tuflilar ham bor edi.
Seoyun bo‘g‘zidan yutindi. Libosni kiyarkan, o‘ziga: “Bu menga sig‘adimi o‘zi?” — deb shubhalandi, chunki u ko‘rinishidan juda tor edi. Ammo libos tanasiga mukammal tarzda mos tushdi — har bir egri-bugrisi, hatto ko‘krak chizig‘i ham yaqqol ko‘rinib turardi. U tuflilarni kiydi, sumkani oldi va chuqur nafas olib, xonadan chiqishga tayyorlandi.
Jungkook ishiga sho‘ng‘igan holda poshnalarning shiqillagan tovushini eshitdi va erinchoq tarzda boshini ko‘tardi. Ammo ko‘tarishi bilan nigohi Seoyunga tushdi… va u o‘sha zahotiyoq qotib qoldi. Seoyun unga qaramas, polga tikilib turgan edi, lekin Jungkookning og‘ir nigohi ostida o‘zini juda noqulay his qilardi.
Jungkook chuqur, eshitilarli nafas chiqardi va noutbukini bir chetga qo‘yib, sekin oyoqqa turdi. Uning charmdan yasalgan poyabzali yog‘och pol ustida yurarkan, sekin, salobatli tovush chiqardi. U asta sekin eshik tomon bordi.
Seoyun yuragi qattiq ura boshladi — eshikning g‘ijirlab yopilganini eshitdi. “U eshikni qulfladimi?” deb o‘yladi. Va asta boshini ko‘targanida — nafasi ichida qoldi.
Jungkook to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga qarab kelyapti edi. Nigohi qorong‘i, jiddiy va xavf soluvchi. Seoyun shoshib yutindi, hali ham joyidan qimirlamay, libosining chetidan ushlab, noqulaylik bilan matoni o‘ynay boshladi. Biroq tezda to‘xtadi — Jungkookning qora tuflilari endi uning porlab turgan poshnalariga juda yaqin edi.
U bilmasdan bir qadam orqaga chekinib qo‘ydi.
U yana chekinmoqchi bo‘ldi, ammo birdan orqasi devorga urildi .
Jungkook esa hali ham unga tikilgancha yaqin turar edi.
“Aein,” — dedi u past, ohangdor va chuqur ovozda, Seoyunning yuragini battar urdirdi.
(Aein — koreyscha “sevikli”, “yurak egasi” degani.)
Jungkook belini egdi, qo‘li sekin Seoyunning belidan o‘tdi — bu harakat Seoyunni beixtiyor “ah” deya qattiq nafas olishga majbur qildi. Jungkookning nafasi avval lablari ustida, keyin qulog‘i atrofida aylanib yurardi. Xonadagi muhit tobora kuchaygan, kuchli joziba ularning atrofini qamrab olgandi. Ularning tana isisi, hidlari — hammasi birlashgan, havoga to‘lib ketgan edi.
"Xotinjon..." — Jungkook shivirladi, Seoyun esa joyidan qimirlamay qoldi.
Uning lablari Seoyunning yuziga juda yaqin edi, biroq tegmasdi — faqat nafasi har bir nuqtaga iliqlik olib kelar, hushini o‘g‘irlayotgandek edi. Lablari endi og‘ziga juda yaqin edi.
"Aein..." — dedi u juda yumshoq, deyarli ohangdor pichirlab.
"Aein..." — yana takrorladi, tanasini sekin oldinga tortdi. Endi ularning badani deyarli to‘qnashgan edi — bir necha millimetr, xolos.
Seoyun asta-sekin, chuqur nafas ola boshladi. Ko‘zlarini yummoqda edi — Jungkookning erkaklarga xos, kuchli isi uni butkul o‘ziga tortgandi. Uning lablari endi bo‘ynida — nafasi u yerda aks-sado berardi.
"Aein..." — bu safar past ohangda, ammo yoqimsiz emas — ehtiros bilan to‘la ohangda ohangdor g‘o‘ldiradi u. So‘ngra boshini ko‘tardi, to‘g‘ri Seoyunning yarim yumulgan, titrab turgan ko‘zlariga tikildi.
Qorong‘i, ehtirosli nigohi — faqat u bilan, faqat hozir yashayotgan tuyg‘ular bilan to‘la edi.
"H-hmm?" — Seoyun nihoyat pichirlab javob bera oldi, o‘zini yo‘qotmaslik uchun harakat qilib.
"Aein, seni bu ko'ylakda butun dunyo ko'rishini hohlamay", deb shivirladi Jungkook, uning lablari endi Seoyunning lablariga tegishiga sal qoldi.
Jungkok to'satdan uning bo'ynini so'riy boshladi Seoyun esaa ko'zlarini yumdi. Ularning ikkalasi ham bu holatdan zavqlanar edi, lekin birdan eshik taqilladi va bu ularning harakatlarini to'xtatishga majbur qildi. Jungkook eshikka qaradi, kim taqillagan bo'lsa ham o'ldirishga tayyor edi va tezda Seoyunga qaradi.
— Borib, kiyimingni almashtir--. U g'o'ldiradi va eshikni ochish uchun eshik tomon ketdi.
Bekki xonaga do'kon menejeri bilan kirdi va u Jungkook bilan salomlashdi, lekin u Jungkookga hisob haqida aytib ulgurmasidan cho'ntagidan qora kartasini chiqarib, menejerga uzatdi.
Seoyun esa kiyinish xonasida ozini galati his qilar edi. U ko'ylakni hech qanday muamosiz alishtirdi ham , lekin muammo shundaki, u gormonlari bilan kurashayotgan edi.
Jin ursin! Men hirslanib ketyapman!!! La'nati Jungkook...
U boshini changalladi, sochlarini yulib tashlamoqchidek bo‘ldi, chunki hozirgi his-tuyg‘ulariga o‘zi ham ishonolmasdi. Seoyun tezda sochini tartibga soldi, libosini to‘g‘riladi va xonadan chiqdi. U Bekkyga tabassum bilan qaradi va Jungkookning oldiga bordi, o‘y-xayollari esa chigal edi — ayniqsa unga tikilganida.
Jungkook ham qiynalayotgandi, lekin Seoyundek emas — u xuddi issiqlik holatidagi omega kabi ko‘rinar, yuragi do‘ppillab urardi. Seoyun asta nafas oldi, o‘zini bosishga harakat qildi. Chunki Jungkook ko‘ziga ko‘ringan zahoti, miyasi nazoratni yo‘qotayotgandi.
U ichida bu holat tezroq tugashini, mashinaga o‘tirib, yengil tortishni istardi. Jungkook to‘lovni amalga oshirgach, ikkalasi pastki qavatdagi avtoturargohga yo‘l olishdi. Xarid qilingan kiyimlar keyinroq pentxausga yetkazib berilishi kerak edi, shuning uchun hech qanday sumka bilan emas, qo‘llari bo‘sh holda chiqib ketishdi.
Mashina ichiga o‘tgan zahoti, Seoyun chuqur nafas oldi, o‘zini bosishga urindi — hatto o‘ziga tegishni istadi, lekin o‘zini tiydi. U asta-sekin Jungkook tomonga qaradi, u esa odatdagidek noutbukiga tikilgan edi. Seoyun lablarini chapillatib, jahl aralash xo‘rsindi, yuzida esa norozilik bilan ajinlangan qiyofa paydo bo‘ldi.
"O'zi meni shunaqa holatga olib kelib, endi hech narsa bo‘lmagandek noutbukda ishlayaptimi jin ursin"
U qo‘llarini ko‘kragiga chirmab, derazadan tashqariga qarab o‘y surib o‘tirardi. Oradan ko‘p o‘tmay ikkalasi pentxausga yetib kelishdi. Jungkook o‘z xonasiga qarab ketayotgan edi, lekin bir lahzaga to‘xtab, Seoyunga qaradi.
"Ovqat o‘ttiz daqiqada keladi, bu vaqtgacha xohlasang dush qabul qil," dedi Jungkook va darhol xonasiga kirib ketdi.
Seoyun g‘azab bilan xo‘rsindi va o‘z xonasiga yurdi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri hammomga kirib, suvni yoqdi — hanuz kiyimda edi va suv butun tanasini ho‘l qilayotgandi. U chuqur nafas oldi, kiyimlarini yechib, iliq suv ostida turdi. Nihoyat, yuragidagi o‘sha “issiq” hislar asta-sekin bosilib borardi.
Ovqat yetib kelgach, Seoyun va Jungkook ovqatlanish stolidan joy olishdi. Seoyun soatga qaradi — 21:00 edi. Bu uni ishini eslatdi. Ish vaqti hanuz tugamagan edi va bu birinchi marotaba ishga bormayotgan kuni bo‘ldi. U xo‘rsindi va ovqatni yeya boshladi, Jungkook esa ovqatlanayotganda hujjatlar bilan band edi.
"O‘n besh daqiqadan so‘ng bu yerga odamlar keladi, sen ovqatingni yeb bo‘lib, xonangga qayt," dedi Jungkook.
Seoyun ovqatni chaynayotgancha boshini qimirlatib tasdiqladi.
Seoyun xonaga qaytib ketganidan so‘ng, soat 21:20 bo‘lganda eshik taqilladi. Ichkariga bir nechta odam kirdi, ularning qarashlari yerga tikilgan, hech biri boshini ko‘tarmasdi. Ular Jungkookning oldida tizilib turishar, uning sovuq nigohi esa xonadagi haroratni yanada pasaytirayotgandi. Uning qo‘riqchilari ham shu yerda edi, bu esa muhitni yanada bosim ostiga solayotgandi.
"Har bir guruhda o‘n ikki kishidan bo‘lishi kerak, bu yerda esa o‘n bir nafar. Nima uchun?" — dedi Jungkook sovuq ohangda.
Boshqaruvchi Jungkookning ovozini eshitib, titrab ketdi va tomog‘iga tiqilib qolgan bo‘g‘zni yutishga urindi.
"B-boshliq… b-bugun bir ishchi k-kelmagan…" — deb u.
"Keyin nima qilding? Nega ishga kelmagani sababini bilish uchun telefon qildingmi?" — Jungkook qoshlarini baland ko‘tarib so‘radi.
Boshqaruvchi boshini chayqadi.
"Yo‘q…"
Jungkook:
"Nega?"
Boshqaruvchi:
"B-bizda u ayolning telefon raqami yo‘q…" — deb pichirladi u, bu esa atrofdagi xodimlarni ham tarang holatga soldi. Chunki Jungkook endi o‘rnidan turgan edi — bu esa juda yomon .
Jungkookning jag‘i qattiq siqdi:
"Senda ishchilarni raqami yo'qmi?" — u xirillab chiqayotgan, g‘azabdan titrayotgan ovozda so‘zladi. Xodimlar joyida qotib qolishdi.
"B-boshliq..." — chap tomondan nimadir dedi kimdir, Jungkook darhol o‘sha tomonga qaradi.
Titroq oyoqlarda bir qiz ilgari chiqdi. Unga savol nazari bilan tikilgan Jungkook uning gapini kutdi.
"B-boshliq... o‘sha qiz suhbatdan o‘tmagan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilingan... U K-Kim janob bilan kelgan edi va b-bir kecha shu yerda qoldi... E-ertasi kuni ishga olindi... C-hunki u qisqa yo‘lni tanladi v-"
"MEN TAEHYUNG BILAN YOTMAGANMAN!"
To‘satdan zal bo‘ylab jaranglagan qichqiriq hammani cho‘chitdi. Barcha boshlarini ovoz tomonga burishdi va... Seoyunni ko‘rishdi. U divan orqasida turgandi. Xodimlarning ko‘zlari kattalashdi, shokka tushgan yuzlar bilan unga qarashardi.
Jungkook esa — o‘z joyida qotib qolgancha, faqat unga tikilardi. Hech qanday harakat, hech qanday mimika — faqat chuqur, jiddiy nigoh.
Seoyun qoshlarini chimirdi, oldinga bir qadam tashladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha qizning oldiga bordi. Lekin og‘iz ochishga ulgurmadi — menejer undan oldin harakatga keldi.
U Seoyunning qo‘lidan ushlab, bosh egdi va Jungkook tomonga tortdi:
"Uzr so‘rayman boss, men uni darrov olib chiqaman—"
"Qo'lingni ol undan." Jungkookning sovuq, buyruq ohangi xona havo haroratini birdan pasaytirdi. Jungkook Seoyunning qo'lidan ushlab o'ziga tortdi.
"U — mening rafiqam. Va sizlar u haqda hech qanday toqima mish mishlarni tarqatishga haqqingiz yo'q."
Uning ovozi sokin edi — ammo undagi sovuqqonlik, tahdidga to‘la ohang barcha xodimlarning jonini muzlatib yubordi.
Seoyun esa haliyam tebranayotgan ko‘ksini bosolmasdi. Uning yuzida g‘azab, iztirob va endi endi kelayotgan ko‘z yoshlari yaltirardi.
Jungkook qattiq oh tortdi. U qo‘lidagi plansheti ustiga yengilgina urdi:
"Ularni olib chiqing. Va shu bugundan boshlab, hech kim Seoyun haqida gapirmaydi. Aks holda... men javobgarlikni o‘zim zimamga olaman."
Uning gardishidagi soqchilar darhol ishorani tushunib, xodimlarni muloyimlik bilan chiqarib yuborishdi.
Xona bo‘shaganidan so‘ng, Jungkook yuzini Seoyunga burdi. U asta qo‘lini uning yelkasiga qo‘yib, jimlikda tikildi.
"Sen... shular bilan ishladingmi, Aein?"
Seoyun hech nima demadi. Faqat ko‘zlaridagi yosh yana bir marta yuzasidan dumalab tushdi.
Jungkook sekinlik bilan uni bag‘riga oldi.
Seoyun:
"Nega hamma meni odamlar bilan yotadi deb o'ylaydi." U pichirladi, ko'zlaridan yosh oqib tushdi.
Jungkook xo'rsindi, qo'li uning yuziga yurgiza boshladi, uni o'ziga burib, yuzidagi ko'z yoshlarini artdi. Jungkook egilib mayin bo'sa oldi ikkalasi ham jimgina bir-birlariga tikilishdi.
Seoyunning ortiq bardoshi yetmadi qo'llarini uni bo'yniga aylantira boshladi. Jungkookning qo'li esa allaqachon uning belida edi, uni yuqoriga tortdi va tizzasiga o'tirgizdi. Ularning ikkalasi ham o'pishni chuqurlashtirdilar va Seoyunning qo'llari endi Jungkookning yumshoq jigarrang sochlarida edi, u ularni bir oz tortdi. Jungkook to'satdan tortilganidan Seoyunning lablarini tishladi, ikkalasi ham ingrab yubordi.
Ikkovi ham o‘pichdan chiqib, bir-biriga shahvatli nigoh bilan tikilishdi. Seoyun kutmadi, u yana lablarini Jungkookning lablariga qo'yib, qattiq bosa ola boshladi. Jungkook seoyun kotardi , lekin ikkalasi hamon o'pishayotgan edi, u yotoqxonasiga bordi va Seoyunni kravatga yotqizdi.
Aslida bu final bo'lishi kerak edi ammo sigdira olamdim 😅. Ff davomi haqida biror taxminlar bormi?🌝