Bad boy in love
Ko‘zlarimni asta ochishim bilan qorong‘u, sovuq joyda ekanimni angladim. Atrof jimjit emasdi — qizlarning yig‘isi, ingrayotgan ovozlari butun xonani to‘ldirardi. Ularni ko‘rib yuragim hapriqdi: hammasining qo‘llari qattiq bog‘langan, yuzlarida qo‘rquv aniq ko‘rinib turardi. Qayerda ekanimni tushunishga ulgurmayoq yana ko‘zlarim xiralashib, hushimni yo‘qota boshladim.
Biroz vaqt o‘tib, yuzimga sovuq suv sachraganini his qildim. Birdan seskanib, ko'zlarimni ochdim.
To‘g‘rimda bir ayol turardi. Uning yuzi sovuq, ko‘zlari esa o‘tkir edi. Yoshi taxminan 45 lar atrofida, ammo nigohidan yosh emas, balki yillar davomida to‘plangan shafqatsizlik sezilib turardi.
Ayol:
— Hosh… menga qaranglar. Agar tirik qolishni xohlasalaring, sizlarga aytilgan har bir buyruqni so‘zsiz bajarishlaring shart. Oldindan ogohlantirib qo‘yaman: kimdir qochishga yoki qarshilik ko‘rsatishga urinsa, bu umuman kechirilmaydi
Shunday deb ayol asta-sekin qizlarni kuzata boshladi. Uning nigohi birma-bir bizning yuzimizda to‘xtab o‘tar, kimnidir tanlagandek qarar edi.
— Sen… sen… sen… va sen, o‘rningdan tur! — dedi qat’iy ovozda.
Men esa dahshatdan ichimda pichirlab o‘yladim:
(Nima?.. Meni ko‘rsatdimi?.. Yo‘q, iltimos, meni emas…)
Atrofga qarab, qizlarning sekin-sekin o‘rinlaridan turayotganini ko‘rdim. Navbat menga kelganda yuragim tez ura boshladi. Nima qilishni bilmasdim, oyoqlarim titrab, ammo baribir asta o‘rnimdan turdim.
Ayol bizni sovuq nigoh bilan kuzatib turdi va:
— Yaxshi… endi ortimdan yuringlar, — dedi-da, og‘ir qadamlar bilan ortiga o‘girilib yo‘l boshladi.
Biz ham jimlikda, sekin yurib unga ergashdik.
Bir necha daqiqadan so‘ng u bizni katta yuvinish xonasiga olib kirdi. Xona qadimiy saroy hammomlariga o‘xshardi: baland devorlari eski naqshlar bilan qoplangan, hidi esa namlik va zang aralash edi. Go‘yo o‘tmishda qolib ketgan joydek tuyulardi.
Ayol ortiga o‘girilib, sovuq ovozda gap qildi:
— Yaxshilab yuvinib olinglar. Sizlarga 30 daqiqa vaqt. Kiraveringlar.
Qizlar yuvinib bo‘lgach, kiyimlarini kiyib chiqishdi. O‘sha ayol esa ularni eshik oldida kutib turgan ekan. So‘ng sovuq qiyofasini o‘zgartirmay, ularni oshxona tomon boshladi.
Ayol qo‘llarini qovushtirib, keskin ohangda gap boshladi:
— Hamma ish qilishni biladi, deb o‘ylayman. Kiyimlaringizdan ham shuni anglash mumkin. Sizlar bu uyda xizmatkor sifatida xizmat qilasizlar, tushunarlimi? Agar omadlaringiz kelib, katta xo‘jayin yoki uning o‘g‘illariga yoqib qolsangiz… — ayol biroz sukut qildi, labining bir cheti masxara ohangida qimirladi. — Qolganini o‘zingiz tushundingiz...
Bu gapni eshitgan Seoyunning yuragi siqilib ketdi. Qo‘rquv bilan aralash asab uni butunlay bosib oldi. Umid qilgan ozgina nur ham go‘yo o‘chib ketgandi. Chunki yana o‘sha dahshatli ishlar takrorlanayotgan edi.
Ayol ularga oshxona ishlari bo‘yicha vazifalarni birma-bir tayinlab chiqdi va chiqib ketdi. Atrof esa qo‘riqchilar bilan to‘lib-toshgan, har bir burchak qattiq nazorat ostida edi.
Shu payt bosh oshpaz kirib keldi va qattiq ovozda buyruq berdi:
— Bu nonushtalarni tezroq olib boringlar!
Seoyun ajablanib pichirladi:
— Nima, hozir ertalabmi?..
Qizlar esa bir-birlariga qarashdi-da, sekinlik bilan taomlarni olib chiqishga majbur bo‘lishdi.
Seoyun atrofga qaradi mehmonxona judayam katta edi hashamatli bezatilgan. U yerda hech kim yoq edi. Qizlar nonushtalarni olib stolga qoya boshladi va endi chiqib ketmoqchi edi biz ayol shu yerda qolishlarini aytishdi. Qizlar bir biriga qarab hayron qolishdi. Bir qiz seoyunga qarab:
--Biz qayerdamiz ozi ?
Seoyun:
--Bu mengayam qiziq --dedi . Qiz esa hayron bolib yana gap boshladi:
--ahh judayam qorqib ketayapman..
Seoyun:
--Tinchlan...baribir ortga yo'l yoq. Seni qanday ogirlashdi?
Qiz:
--Men dokonim ichida otirgan edim. Yani dokon ota onamniki. Keyin tashqaridagi bir qizga kozim tushdi. U dokon ichidagi shirinliklarga qarab otirgan edi. Unga rahmim keldi va shirinlik olib uni oldiga bordim. U menga qarab oyisi kasalligini va tezda uni oldiga birshim kerakligini aytdi va men axmoq ham uning izidan bordim jin ursin..- deb gapini yakunladi. Qolgan ikki qiz ham bu qizning gapini eshitim:
--Nima sizlar ham osha qizchani kordinglarmi ? --Deya qizlar bir biriga hayron qolishdi.
Va tosatdan bir ayol kelib gapirayotgan qizni yuziga urdi va qizlarga qarab:
--Gap sotishni tugatiylar va xojayinlar kelganda kozlaringni yerdan uzmalaring.. -dedi va chiqib ketdi. Yuziga urilgan qiz kozidan yosh chiqib ketdi. Seoyun u qizni korib gapirmaslikka qaror qildi. Va birozdan song xona eshigi oshilib qadam tovushlari eshitildi. Qizlar darxol tazim qilib turishdi.
Birinchi bo‘lib ikki erkakning ovozi eshitildi. Ovozlariga qaraganda, ular taxminan o'ttiz yoshlar atrofida edi.
— Uff, nega o‘zi keldi bu yerga?.. — dedi biri jahl bilan.
Ikkinchisi ham norozi ohangda javob berdi:
— Men ham tushunmayapman. Har safar kelganda asabimga tegadi.
Shu payt yana eshik sharaqlab ochildi. Birinchi bo‘lib bir erkak kirib keldi, ortidan esa yana biri. Qizlar yerga qarab turishardi. Seoyun esa qiziqishi ustun kelib, sekin boshini ko‘tardi. Uning yuragi bir zum to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ne ko‘z bilan qarasinki — bu Jungkook edi.
U og‘ir qadamlar bilan stol yoniga kelib, beparvo o‘tirib oldi. Shundan so‘ng taxminan ellik yoshlardagi katta erkak gap boshladi…
Jungkookning amakisi qo‘lidagi kosasini stolga qo‘yib, xotirjam ohangda gap boshladi:
— Xo‘sh, yigitlar, bugun qanday rejalaring bor?
Katta o‘g‘il darrov javob berdi:
— Menda bugun qilichbozlik mashg‘uloti bor.
Kichik o‘g‘il esa yelka qisdi:
— Men hali o‘ylab ko‘rmadim, nima qilishni bilmayman.
Amaki Jungkook tomonga yuzlandi:
— Jungkook, sen-chi? Kecha otang bilan gaplashdim...
Jungkook yuzini burib, zerikkan ohangda gapini bo‘lib yubordi:
— Uff... xo‘sh, nima qilishimni aytdi?
— Tezroq o‘zingga qiz topishingni, — dedi amaki kulimsirab. — Men senga allaqachon nomzodlar tayyorlab qo‘yganman. — Shunday deb u qizlar tomon qaradi.
Uch qiz ham yerga qarab, ko‘zlarini yashirishardi. Faqatgina Seoyun Jungkookdan nigohini uzmasdan qarab turardi.
Katta o‘g‘il kulib yubordi:
— Oho, yangi qizlarmi?! — dedi u qiziqish bilan.
Shu zahoti hammaning nigohi qizlarga qadaldi. Seoyun esa darrov yerga qarab oldi, yuragi tez ura boshladi.
Jungkook labining chetini biroz tishlab qo‘ydi va sekin gapirdi:
— Shoshma... bu...
Amakisi qiziqib so‘radi:
— Nima bo‘ldi? Yo yoqdimi?
Jungkook qisqa va sovuqqina javob berdi:
— Yo‘q...
Katta ogil: (jungkook ga qarab ensa qotirdi)
--Uff namuncha nozlanadi qiz bolaga oxshab
Jungkookning amakisi (xotirjam ohangda):
— Nima, yoqmadi shekilli? Xo‘p, unda boshqa qizlarni ham ko‘ramiz…
Kichik o‘g‘il (Jihun) jilmayib:
— Agar unga yoqmagan bo‘lsa, menga yoqdi…
Amakisi tosatdan telefon qilib qolishdi, u asta o‘rnidan turdi va xonadan chiqib ketdi. Jungkook esa telefonidan ko‘zini uzmas, go‘yo hamma narsadan befarq edi.
Katta o‘g‘il birdan stolga qattiq urdi. Qattiq zarbadan kosalar chinqirab ketdi. Bu hol Jungkookning e’tiborini tortdi.
Katta o‘g‘il (g‘azabli ohangda):
— Tezroq ishingni tugatib, bu yerdan tuyog‘ingni shiqillat!
U shunday deb xonadan chiqib ketdi. Jungkook esa indamay yana telefoniga tikildi.
Shu payt Jihun jirkanch kulib, sekin qizlarga yaqinlashdi. Qizlar uning qarashidan seskanib, qo‘rqa boshlashdi.
Jihun (birin-ketin qizlarga qarab):
— Hm… sening isming nima? — dedi u Seoyunning yonida o‘tirgan qizga tikilib.
Qiz titrab javob berdi:
— B-Bak Song-ah…
Jihun jilmaydi:
— Song-ah… chiroyli ism. Sen-chi?
Keyingi qiz boshini egib:
— K-Kim Dal…
Jihun nigohini yana Song-ahga qaytardi va yovuzona kulib dedi:
— Song-ah, sen men bilan yur, go‘zal…
Song-ahning ko‘zlari kattalashdi, yuragi tez ura boshladi. U qizlarga umidsiz qarash tashladi.
— Nega? Qayerga olib borasiz? — dedi u ovozi titrab.
Jihun (yuzida yomonona tabassum bilan):
— Senga sovg‘am bor…
Shunday deb uning qo‘lidan qo‘pol ushlab, xonadan olib chiqib ketdi. Song-ah esa qo‘rqinchli qarashlar ostida qizlarning orasidan yo‘qoldi.
Seoyun Song Ah olib chiqib ketilayotganini ko‘zlari bilan kuzatib qoldi. Yuragi qattiq urar, ammo tilidan so‘z chiqmasdi. Birdan nigohi beixtiyor Jungkookka tushdi. U esa telefonini o‘chirib, beparvo holda o‘rnidan turdi va eshikka qarab yurdi. Hatto qizlarga bir qarash ham qilmadi.
Seoyunning ichini vahima bosdi. U lablari qaltiragancha shoshilib gapirdi:
Jungkook qadamlarini to‘xtatdi. Boshini sekin burib ortiga qaradi. Seoyun esa uning nigohiga to‘g‘ri boqolmay, tezda ko‘zlarini yerga qadadi.
U sekin qizlarning oldiga qaytib yaqinlashdi. Nigohi sovuq, ovozi past va xavfli eshitildi:
Qizlar bir-birlariga qarab qoldi. Nihoyat, barchaning nigohi sekin Seoyunga qaratildi. Seoyun yutunib, ko‘zlarini ko‘tarishga majbur bo‘ldi va sekin dedi:
Jungkook qoshini chimirib, bir qadam oldinga intildi:
— Meni bunday chaqirishga qanday hadding sigdi?
Seoyun lablarini tishlab jim qoldi. Ichida ming xil gap girdob bo‘lsa-da, tilidan faqatgina bitta savol chiqdi:
Jungkook qattiq qarab turdi. Ko‘zida hech qanday hissiyot yo‘qdek edi. Sovuq ohangda javob berdi:
Seoyunning bo‘g‘ziga bir narsa tiqilgandek, ovozi chiqmay qoldi. Nigohi asta yana yerga tushdi.
Jungkook seoyunga qarab ensa qotirdi va ortiga qarab ketdi. Seoyun esa boshqa bunday fursat bolmasligini bilib bor kuchini yigdi va jungkookning oldiga yugurdi.
Seoyun:
--janob Jungkook iltimos To'xtang..
--va gapini tugatmasidan bir ayol uni sochidan ushlab tortdi : nimalar deyapsan axmoq qiz...
Jungkook yana toxtadi lekin rotiga qaramadi:
Seoyun:
--men u bilan gaplashishim kerak..--dedi ayolga qarab.
Ayol esa jahl bilan:
--Nimani gaplashasan kir ichkariga - deb uni tortib ketdi.
Jungkook esa chuqur nafas olib ortiga qaradi. U xotirjam:
--qoyib yubor uni
Seoyun toxtab qoldi. Ayol esa uni qoyib yubordi. Seoyun bir ayolga bir jungkookga qaradi. Va jungkook ga yaqinlashdi.
Seoyun jungkookning oldida turarkan biroz jim bolib qoldi.
Jungkook:
--Hosh qulogim senda..
Seoyun:
--Meni rostan ham tanimadingmi?
Jungkook:
--Nima bu safar haloskoring qutqarmadimi?
Seoyunning kozlari kattalashib qandaydir hursand boldi.
Seoyun:
--Demak...sen meni taniding...
Jungkook labini tishlab:
--seni qanday unitish mumkin...🫦
Seoyun buni korib tabassumi sondi keyin:
--Menga qochishimga yordam ber iltimos
Jungkook:
--Menga bundan nima foyda?
Seoyun:
--Hohlagan narsaning beraman. Aytgan ishingni qilaman iltimos..
Jungkook kulib:
--Senimi? Seni qolingdan kelishiga ishonmayman
Seoyun:
--Qilishga harakat qilaman iltimos ...faqat sen yordam bera olasan...otinaman
Jungkook kulib yubordi va sekin ortiga o'girilib ketdi. Seoyun buni korib
--Hey iltimos qilaman....ketma...
Jungkook orqadan qolini kitardi va tepaga xonasiga chiqib ketdi. Seoyun ortidan chiqmoqchi edi ammo osha ayol uni yanada qattiqroq tortib joyiga qaytardi.