August 23, 2025

Bad boy in love

Avtor: Park Seoyun

Kanal: rubyjanefanfic

Bad boy in love

Janob Park jilmayib:
— Qo‘lingdan keladimi, bolakay?

Jungkook sokin ohangda, ammo qat’iyat bilan:
— Bunaqa axmoqona ishlarga kuch sarflashni hohlamayman. Shunchaki qizni bering boldi.

Janob Park esa unga javob qaytarmadi. Faqat yonida turgan bahaybat yigitga ko‘z qisdi. Bu ishora yetarli edi. Yigit bir qadam oldinga chiqib, Jungkookning yuziga qattiq musht soldi. Kutilmagan zarbadan Jungkook orqaga uloqib tushdi, labidan va burnidan qon oqib ketdi.

U bir zum yerda cho‘kib qoldi, qo‘li bilan burnini bosarkan, jahl bilan tishlarini g‘ijirlatdi:
— Ahh… endi sen o‘zingdan ko‘r, lanati!

Shu deya, u og‘riqqa qaramay, oyoqqa turib, g‘azab bilan yirik yigitga tashlandi.
Ular bir-biriga tashlanishdi. Bahaybat erkak yana zarba bermoqchi bo‘ldi, lekin bu safar Jungkook uning qo‘lini qayirib, qorniga tizzasi bilan urdi. Erkak og‘riqdan orqaga tislandi.
Erkak yana hujum qilmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkook ort cho‘ntagidan qurolini chiqarib, o‘q uzdi. Xonada jimlik cho‘kdi. Bahaybat erkak yuragiga tekkan o‘qdan yerga quladi.

Janob Park qarsak chalib jilmaydi:
— Yomon emas… barakalla.

Jungkok hansirab, qovog‘ini uyib Seoyunning qo‘lidan ushladi va indamay eshik tomon yurdi. Buni ko‘rgan Parkning rangi o‘zgardi. U qoriqchilariga buyurdi:
— Kattalarning ruxsatisiz chiqib ketish odobdan emas. Sizlar uchun dasturxon tayyorlab qoyilgan. Kechki ovqatni yeb ketasizlar.

Jk tishlarini g‘ijirlatib, past ovozda g‘uldiradi:
— Bu chol asabimga tegyapti…

Park o‘rnidan turib, jilmayganicha Jk tomon yurdi va qo‘li bilan oshxona tarafni ko‘rsatdi

Jungkook noiloj rozi bo‘lib, ular oshxonaga yo‘l olishdi. Ichkariga kirishlari bilan ularning ko‘z oldida mazali taomlar bilan bezatilgan katta dasturxon ochildi. Barchasi did bilan tayyorlangan edi.

Janob Park jilmayib:
— Qani, o‘tiringlar, — dedi.

Seoyun biroz ikkilanib Jungkookka qaradi. Jungkook unga ko‘zi bilan “o‘tir” degandek ishora qildi-da, o‘zi yuzini yuvib kelish bahonasida chiqib ketdi. Shunday qilib dasturxon atrofida faqat Janob Park va Seoyun qolishdi. Seoyun biroz uyalib, ko‘zini yerga qadagancha jim o‘tirardi.

Janob Park ohista so‘z boshladi:
— Jungkook bilan qachondan beri birgasizlar?

Seoyun dovdirab qoldi, ovozi past chiqdi:
— Nima?.. , taxminan… bir oycha bo‘lib qoldi.

Janob Park:
— Hm, yaxshi. Qanday tanishib qolgansizlar?

Seoyun biroz gap topolmay qolgandi, shunda eshik ochilib Jungkook qaytib keldi. Bu savol javobsiz qoldi.

Janob Park jilmayib:
— Xo‘p, qani, taomdan olinglar, — dedi.

Jungkook Seoyun yonidan joy oldi. Shu payt oshxonaga qo‘lida keks ko‘targan Hwasa kirib keldi.

Hwasa quvnoq ohangda:
— Hammaga salom! Sizlar uchun keks pishirdim, — dedi va uni stolga qo‘ydi. So‘ng Jungkookga yuzlanib, tanish ohangda gapirdi:
— Ancha bo‘ldi ko‘rishmaganimizga ancha ozgarib ketibsan Jungkook?

Jungkook uning ovozini eshitib boshini ko‘tardi. Hwasa ko‘rinishidan ancha o‘zgargan, yanada chiroy ochgan edi. Bir lahza unga qarab qoldi. Hwasa ham jilmayib, sochlarini quloq ortiga surib qo‘ydi.

Seoyun bu holatni payqab, Jungkookni yengilgina turtdi:
— Sen ovqatlanmaysanmi?

Jungkook biroz egilib past ovozda:
— O‘zing yeyaver, — dedi. Ammo ko‘zini yana Hwasadan uzmadi.
Hwasa seoyunga qaradi song otasiga:
--Bu kim?
Park:
--Bu jungkookning sevgilisi
Hwasa seoyunga boshdan oyoq qarab chiqdi. Seoyun juda ham oddiy kiyingan sochlari tozgib ketgan edi. Hwasa biroz jirkangamday qarab chiqdi.
Hwasa endi Seoyunga qaradi:
— isming nima? — dedi muloyim jilmayib.

Seoyun biroz uyalgandek, boshini egib javob berdi:
— Men… Park Seoyunman.

Hwasa:
— Vay, isming ham, o‘zing ham juda chiroyli ekansan, — dedi samimiy ohangda.

Seoyun jilmayib qo‘ydi, ammo ko‘zining uchi bilan Jungkookni kuzatardi. Jungkook esa hamon Hwasaga qarab o‘tirgan edi.

Hwasa

Hwasa qiziqib davom etdi:
— sizlar qanday tanishib qolgansizlar?
Seoyun og‘ziga solgan ovqatidan tiqilib qolganday bo‘ldi. Suvdan bir ho‘plam ichib, o‘zini o‘ngladi. Shu payt Janob Park aralashdi:
— Qizim, ovqatlangandan keyin gaplashsanglar ham bo‘ladi, — dedi.

Hwasa kulib:
— Ha, mayli, dadajon, — dedi-da ovqatlanishga kirishdi. So‘ng yana Jungkookka qarab qo‘ydi:
— Sen nega yemayapsan?

Jungkook jiddiy ohangda Janob Parkka yuzlandi:
— Biz ovqatlanib bo‘ldik, endi ketamiz, — dedi va Seoyunga qarab turishni ishora qildi.

Seoyun ham noiloj joyidan turdi. Shu payt Hwasa shoshilib o‘rnidan qo‘zg‘alib, Jungkookning qo‘lidan ushlab qoldi:
— qayerga shoshilyapsan axir shuncha yil deganda korishdik biroz suxbatlashaylik— dedi.

Jungkook bir zum Hwasaning qo‘liga, so‘ng yuziga qaradi. So‘ng chuqur nafas olib, ortga bir qadam tashladi.

— Xo‘p, — dedi past ovozda.

Ular uchun eng qimmat ichimlik olib kelishdi.
Ular ichishni boshlashdi. Hwasa hammaga quyib chiqdi. So‘ng stakanni ko‘tarib:
— Sog‘ligimiz uchun! — dedi.

Hamma stakanlarini bir-biriga urdi. Seoyun ichmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkook stakanni qo‘lidan tortib oldi:
— Mast bo‘lib boshimga balo bo‘lma, — dedi.

Seoyun unga jahl bilan qaradi. Jungkook esa oddiy suv quyib berdi. Buni ko‘rgan Hwasa ayyorona jilmayib qo‘ydi.

Jungkook sekin cho‘ntagidan telefonini oldi va ekranga qaradi. So‘ng Seoyunni yengilgina turtib, pastga qarashga ishora qildi.

Telefon ekranida yozilgan edi:
— Kechki soat 1 larda Taehyung bizni olib ketgani keladi. Har daqiqa tayyor bo‘l.
Vaqt o‘tdi, yarim kechgacha ichishdi. Soat 00:30 bo‘ldi. Hamma mast edi. Jungkook esa boshini ko‘tarolmay qolgandi. Seoyun esa esankirab unga qarab kutardi. Shu payt Janob Park unga qarab dedi:
— Qizim, sizlar uchun xona tayyorlatganman. Xizmatkor senga yo‘l ko‘rsatib yuboradi.

U yonida turgan xizmatkor ayolga ishora qildi. Seoyun unga qaradi va Jungkookni turtib o‘rnidan turg‘izmoqchi bo‘ldi. Buni ko‘rib Janob Park dedi:
— Sen o‘zing borib dam olaver. Jungkookni ortingdan oborishadi, havotir olma.

Seoyun sekin o‘rnidan turib, xizmatkor ayol ortidan ergashdi. Xizmatkor uni xonasiga kuzatib qo‘ydi.

Hwasa sekin boshini ko‘tarib otasiga qaradi:
— Men Jungkook bilan bo‘lishni xohlayman, dada.

Janob Park:
— Lekin uning sevgilisi…

Hwasa gapini bo‘ldi:
— Menga farqi yo‘q! Jkni qandaydir tagi past qizga berib qoymayman! U Faqat va faqat meniki — deya yosh bolalarcha injiqlana boshladi.

Otasi xorsinib, indamay turdi-da:
— Yaxshi, o‘zing tanlading. Keyin afsuslanma, — dedi va xonasiga chiqib ketdi.

Xonada faqat Hwasa va Jungkook qoldi. Hwasa eshik oldiga borib, qorovulga nimadir pichirladi va eshikni yopdi. Keyin sekin Jungkookka yaqinlashdi. Uni ko‘tarib divanga yotqizdi va asta tugmalarini yecha boshladi.

Lekin to‘satdan Jungkook uning qo‘lini ushlab oldi:
— Menga yaqinlashma… — deb pichirladi.

Hwasa shunchaki jilmaydi va qulog‘iga yaqinlashib:
— Shunchaki biroz ko‘ngil xushlik qilamiz, — dedi va boynidan o‘pib qo‘ydi.


---

POV: Seoyun
Seoyun kravatda o‘tirib nimanidir o‘ylayotgan edi. Shu payt eshik ochildi va ichkariga bir yigit kirdi. U mast ko‘rinardi. Buni ko‘rgan Seoyun cho‘chib ketdi:
— Jungkook qayerda?! — dedi u.

Yigit unga yaqinlashib:
— Qizaloq, bu yoqqa kel… — dedi.

Seoyun tezda kravat ustiga chiqib oldi. Yigit ham uning oldiga chiqdi. Seoyun atrofiga qaradi va ko‘ziga tungi chiroq tashlandi. O‘ylab ham o‘tirmay uni qo‘liga oldi-da, yigitning boshiga kuchli zarba berdi. Yigit karavatga qulab tushdi.

Seoyun yugurib xonadan chiqib ketdi. U oshxona tomon chopdi va eshikni qattiq ochib kirdi.

Bu paytda Hwasa Jungkookning ustiga chiqib, uning kiyimlarini yechayotgan edi. Seoyun baqirdi:
— HEY!

Hwasa tezda ortiga qaradi va Jungkookning ustidan tushdi.
Seoyun stakanga suv oldi va asta Jungkookning yoniga bordi. Uning boshini tizzasiga qo‘yib, stakanni labiga tutdi, ammo Jungkook ichmadi. Shu payt bir chetda turgan Hwasa sekin jilmayib:

— Bilasanmi, qizaloq, Jungkook aslida... — deb gap boshladi.

Seoyunning yuragi hapriqib, jahli chiqdi. U suvni o‘z og‘ziga oldi-da, yuzini Jungkookga yaqinlashtirdi. Labini uning labiga qo‘ygan zahoti, Jungkook instinktiv ravishda suvni ichdi. Ammo ichishdan ko‘ra ko‘proq, u Seoyunning labidan ajralishni xohlamayotganday, uni sekinroq sorib qoldi.

Hwasa ularni ko‘rib, yuzida g‘ashlik bilan tishlarini g‘ijirlatdi. Seoyun esa asta boshini ko‘tardi va ortidan pichirladi:
— Tomosha qilib turmoqchimisan?..

Hwasa jahli bilan xonadan chiqib ketdi.

Seoyun yana Jungkookning yuzini silab, mayin ovozda dedi:
— Hey, o‘zingga kel...

Jungkook sekin ko‘zlarini yumgancha g‘o‘ldiradi:
— Menga... sovuq vanna kerak...

Seoyun ohista jilmayib, uning yuzidan sochini surib qo‘ydi va xo‘rsinib, uni quchoqlagancha vannaxonaga olib bordi. Vannani suvga to‘ldirib, unga mehr bilan qarab turdi.


Jk vannada o‘tirganida uning telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. U darhol javob berdi va tezda kiyimlarini kiyib, Seoyunning oldiga chiqdi.

Jungkook:
— Vaqt bo‘ldi, — dedi.

Seoyun ham o‘rnidan turdi. Ular sekin xonadan chiqib, tashqariga yo‘l olishdi. U yerda Taehyung mashinada kutib turgan edi. Jungkook va Seoyun tezda mashinaga o‘tirdilar va katta tezlikda yo‘lga tushishdi.

Taehyung mashina oynasidan Seoyunga qarab:
— Ahvoling yaxshimi, Seoyun?

Seoyun:
— Ha.

Taehyung:
— Sen uchun bolangni yo‘qotishing eng katta fojiya bo‘ldi... sabr tilayman.

Seoyun indamadi, faqat oynadan tashqariga qaradi. Shu payt Jungkook sekin ko‘zini ochib Taehyungga tikildi:
— Jim ketishni iloji yo‘qmi?

Seoyun esa Jungkookdan nimadir deyishini kutgandi, ammo sukut cho‘zildi. Bir ozdan so‘ng Seoyun asta Jungkookni turtdi:
— Ko‘p savol berganim uchun uzr... Lekin o‘sha qizdan nega ko‘zingni uzolmay qolding?

Jungkook: hatto kozini ham ochmasdan
— Rashk qilyapsanmi?

Seoyun kulib:
— Yo‘g‘e, shunchaki qiziqdim.

Jungkook biroz sukutdan so‘ng sekin dedi:
— U... mening birinchi muhabbatim.

Shu payt Taehyung to‘satdan tormozni bosib yubordi. Jungkook boshini oldinga urib oldi:
— Ahmoq! NIMA QILYAPSAN?!

Taehyung:
— Birinchi muhabbatim dedingmi?

Jungkook:
— Senga nima qizig‘i bor? Tezroq hayda!

Taehyung:
— Javob ber.

Jungkook:
— Min Hwasa.

Taehyung:
— Qaysi Min Hwasa? Universitetdagimi?

Jungkook:
— Yo‘q, janob Parkning qizi.

Taehyung:
— Rostanmi?.. lekin u...