August 19, 2025

Bad boy in love

Avtor: Park seoyun

Kanal: rubyjanefanfic

Bad boy in love

Ayol Seoyunning sochidan qattiq tortib, uni uy tashqarisiga sudrab chiqayotgan edi. Og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetgach, Seoyunning ko‘zlari yoshga to‘lib, yuragi g‘azabga to‘ldi. Bir zumda jahli chiqib ketdi va u bor kuchi bilan ayolning oyog‘iga tepdi.

Uning oyoqlarida xizmatkorlar uchun berilgan uchli poshnali poyabzal bor edi. Zarba shu qadar kuchli bo‘ldiki, ayolning oyog‘i darhol qonab ketdi. Ayol qattiq qichqirib yubordi, og‘riqdan yuzlari burishib ketdi.

— Aaaahh! — deya baqirdi u.

Seoyun fursatdan foydalanib, tezda burildi va old eshik tomon yugurib ketdi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib, faqat qutulishni o‘ylardi. Lekin ayol o‘zini yo‘qotib, bor ovozi bilan qichqirdi:

— Uslanglar uni!

Eshik oldida turgan ikki qo‘riqchi birdan hushyor tortib, Seoyunni ko‘rib unga qarab yugurdi. Seoyun yo‘l topolmay qoldi, barcha chiqishlar to‘silib ketgandi. Bir zumda ikki qo‘riqchi uning qo‘lini qattiq ushlab, ortga sudrab ayolning oldiga olib kelishdi.

Ayolning ko‘zida g‘azab va nafrat uchqunlari chaqnardi. U Seoyunni yanada battar jazolashga ahd qilgandi. Shu zahoti qizning qo‘llarini bog‘lashdi, ko‘zlarini esa qora mato bilan o‘rab tashlashdi. Hech narsani ko‘rolmagan holda Seoyun notanish bir uyga olib borildi.

Ichkariga kirishgach, ayol bir erkak bilan sovuq ohangda gapira boshladi:

— O‘ylab ko‘r, bu qiz oddiy emas. Juda chiroyli, o‘ziga tortadigan, hatto sehrli kabi… shunaqa qizlarni topish qiyin.

Erkak jilmayib, ayolga sinovchan nigoh tashladi:
— Insofing bormi? Bir qizga ham shuncha narx qo‘yasanmi? Men oxirgi gapimni aytaman — 700 won.

Ayol labini tishlab, biroz jim qoldi. Keyin esa qoniqmagan ohangda shivirladi:
— 700… uff… yaxshi, kelishdik.

Shunday deb, erkak bilan muomalani tugatib, uy ichidan chiqib ketdi.

Seoyun esa burchakda bog‘langanicha o‘tirar, ko‘zlaridan yosh oqardi.
Jungkook / pov

🔇 Flashback — kechagi kun

Jungkook xonasiga chiqib, divanga charchoq bilan cho‘zildi. Telefonini chiqarib, bir narsalarni kuzatib qoldi. Birdan labida sovuq tabassum paydo bo‘ldi:

— Menimcha… bu juda yaxshi fikr… — dedi pichirlab. So‘ng jim qoldi, chuqur o‘yga cho‘mib.

Bir necha daqiqadan keyin o‘ziga kelib, asta sekin gapira boshladi:

— Agar men unga uylansam… undan foydalanib, Yoongidan yetarlicha qasos olsam bo‘ladi. Hattoki uni umrining oxirigacha qiynab yashashga majbur qilaman…

🔚 Flashback tugadi

🌅 Ertasi tong

Jungkook iliq dush qabul qilib, sochlarini sochiq bilan artdi. Yuziga qarab oynada bir muddat jim turdi, keyin hech nima bo‘lmagandek pastga — nonushta uchun oshxonaga tushdi.
Jungkook xizmatkorlar xonasining eshigi oldida bir muddat ikkilanib turdi. Nihoyat u eshikni taqillatdi. Oradan ozgina vaqt o‘tib, yoshi katta bir xizmatkor ayol ko‘rindi.

— Sizga nimadir kerakmi, janob? — dedi u.

Jungkook bir zum sukut qildi, keyin:
— Haligi… men bir ayolni qidiryapman, — dedi.

— Uni ismini aytsangiz, topish osonroq bo‘lardi, — dedi ayol.

— Ismini bilmayman, — Jungkook boshini egib javob berdi.

— Nima? — hayron bo‘ldi xizmatkor.

— Taxminan ellik yoshlarda edi… yo‘q, aslida men yangi kelgan qizlarni ko‘rmoqchiman. Ular qayerda?

Xizmatkor unga sinchiklab qarab oldi, so‘ngra ohista:
— Meni ortimdan yuring, janob, — dedi.

Ular uzun yo‘lakdan o‘tib, tor xonaga kirishdi. Xona ichida yig‘lab yoki jim o‘tirgan bir nechta qiz bor edi. Ko‘zlari qizarib ketgan, sochlari to‘zigan, go‘yoki kishanlangan mahbuslar kabi bir ahvolda edilar.

Jungkookning ko‘zlari qorong‘i xonada har tomonga qaradi. Bir muddat sukutdan keyin u o‘zicha gap chiqardi:
— Shuncha qizni olib kelib, nima qilasizlar?..

— Nima dedingiz? — xizmatkor unga shubha bilan qaradi.

— Yo‘q, hech narsa… shunchaki o‘zim bilan gaplashdim, — dedi Jungkook o‘zini qo‘lga olib.

U barcha qizlarni birma-bir kuzatdi, ammo u izlayotgan yuzni topa olmadi. Ko‘ngli cho‘kdi, taslim bo‘lib qaytishga hozirlanayotganida, birdan eshik ochildi. Ichkaridan o‘sha ayol chiqib keldi.

Kristina. U 52 yoshda edi. Yillar avval uni ham majburlab bu uyga olib kelishgan, oradan yigirma yil o‘tib ham hanuz shu yerda xizmatkor bo‘lib yashardi. Yuzida og‘ir hayot izlari aks etgan edi.

Jungkook uni ko‘rishi bilan darhol oldinga qadam tashladi:
— To‘xta… to‘xta, — dedi u shoshilgancha.

Ayol unga qarab to‘xtadi.
— Tinchlikmi, janob?

— Kechagi qiz qani? — Jungkookning ovozida sabrsizlik bor edi.

Kristina uning yuziga hayron qaradi:
— Qaysi qiz?

— Men bilan gaplashgan qiz… — dedi u qat’iy ohangda.

Kristina bir muddat jim qoldi, so‘ng boshini chayqadi:
— Siz bilan gaplashganmi? Uzr, janob, uni ko‘rmadim…
Afsuski, bu gal ham Jungkookning tuzgan rejasi ish bermadi. U g‘azab bilan labini tishlab, xonadan chiqishga hozirlanayotgan edi. Shunda birdaniga bitta yigit kirib keldi. U Kristinaning oldiga yaqinlashib, unga pul cho‘zdi:

— Mana, kechagi qizning puli. Janob aytdilar, agar keyingi safar yana qiz olib kelsangiz, iloji boricha unga zarar yetkazmasdan olib keling, — dedi u sokin ovozda.

Kristina pulni olib, ensasi qotgancha:

— Unga sotganim uchun rahmat desin, huh… — deya pulni sanay boshladi.

Jungkook esa shu lahzada toxtab qoldi. Ichidan birdan “Kecha Seoyun itoatsizlik qilgani uchun, ehtimol, uni jazolashgan bo‘lsa kerak…” degan o‘y o‘tdi. U yana bir bor urinib ko‘rishga qaror qildi.

Jk

Shoshilib, o‘sha yigitning orqasidan chiqib ketdi va tashqarida uni to‘xtatib qoldi.

— , to‘xta! — dedi Jungkook jahl aralash. — Xo‘jayining qayerda?

Yigit uni shubhali qarash bilan o‘lchadi:

— Siz kimsiz o‘zi? Qo‘yib yuboring qo‘limni!

Jungkook yon cho‘ntagidan pul chiqarib, yigitning qo‘liga tutqazdi. Yigit pulni ko‘rib, ko‘zlari kattalashib ketdi. Bu deyarli uning ikki oylik maoshiga teng edi.

— Endi ayt, xo‘jayining qayerda? — dedi Jungkook qat’iy ohangda.

Yigit biroz o‘ylanib turdi-da, asta jilmaydi:

— Yaxshi, janob… izimdan yuring, — dedi sekin ovozda.

U yo‘l ko‘rsata boshladi. Ular anchayin yo‘l yurishdi, har qadamda Jungkook hushyor bo‘lib, atrofga diqqat qilardi. Nihoyat, ularni baland devorlar bilan o‘ralgan, qorovullari sergak turgan ulkan hovliga olib kelishdi.

Yigit Jungkookni uyga olib kirdi va xo‘jayinining xonasiga yetakladi. Xona yarim qorong‘i, havo tutun va spirt hidiga to‘la edi. O‘rtada stol, uning ortida esa odamlar ustidan hukmronlik qilishga o‘rganib qolgan, beparvo bir erkak o‘tirardi.

Jungkook stol yoniga yaqinlashib, sovuq nigoh bilan unga qaradi:

— Kecha oldingga bir ayol kelganmi?

O‘sha odam stakandagi ichimligini asta aylantirib, bepisand ohangda javob qildi:

— Qaysi ayol? Bu yerga kuniga o‘nlab ayollar kirib-chiqadi.

Jungkook jag‘ini qisib, sabrini zo‘rg‘a ushlab turar edi.

— Ismi... Kristina.

O‘sha odam unga bir qarab qo‘ydi, keyin labining cheti bilan kulimsiradi:

— Ha, keldi.

— Senga bir qiz sotdimi? — Jungkookning ovozi keskin chiqdi.

— Ha, sotdi.

— U qiz qayerda? — Jungkook bir qadam oldinga tashladi.

O‘sha odam stakandagi ichimligidan bir ho‘plam olib, yelka qisdi:

— U qiz endi bu yerda emas.

Jungkookning ko‘zlari kattalashdi.

— Nima? Qanaqasiga “yo‘q”?

— Uni allaqachon boshqa odam sotib oldi, — dedi u bemalol.

Jungkook stolni musht bilan qattiq urdi, xonada shovqin taraldi.

— Kim?! Kim uni sotib oldi?!

O‘sha odam jilmayib bosh chayqadi:

— Biz mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilmaymiz.

Jungkook jahl bilan yon cho‘ntagidan katta miqdorda pul chiqarib stolga tashladi. Pulni ko‘rib odamning nigohi o‘zgardi, lekin baribir kulimsirab dedi:

— Shu pulga meni sotib olaman, deb o‘ylayapsanmi?

Jungkook indamay yana bir bog‘lam pul chiqardi. Keyin yana. Stol usti pullarga to‘ldi.

O‘sha odam asta qo‘lini cho‘zib, pullarni yig‘ib oldi. Bir muddat sukut saqladi, so‘ng qog‘oz olib bir manzil yozib berdi.

— Mana, shu yerga borasan. Lekin esda tut, u yerni topganing bilan ham hammasi senga oson bo‘lmaydi.

U qog‘ozni stol ustiga qo‘ydi. Jungkook sekin uni olib, ko‘zlarini qisdi.

Jungkook qog‘ozni qo‘liga oldi-da, tashqariga chiqib, manzilga ko‘z yugurtirdi. U Daegu ekanini ko‘rishi bilan o‘ziga zorlanib pichirladi:

— Jin ursin... bir qiz uchun bunchalik pulni sovurdimmi?

Shu ondayoq u o‘zini ortga qaytarolmasligini angladi. Endi boshlangan ishni oxiriga yetkazishga qat’iy qaror qildi.

U tezda amakisining uyiga qaytib bordi. Xonasiga kirib, chamadonini chiqarib, kerakli narsalarni yig‘a boshladi. Bir ozdan so‘ng telefonini qo‘liga olib, amakisiga qo‘ng‘iroq qildi:

— Salom, amaki.

— Ha, Jungkook, nima gap? — dedi amakisi.

— Men muhim ish bilan Daeguga ketmoqchiman.

— Nega birdaniga? — dedi amakisi hayron bo‘lib.

— Shunchaki... — qisqa javob berdi Jungkook, gapni cho‘zishni istamay.

Amakisi sukut qildi-da, oxiri:

— Xo‘p, yaxshi, — dedi.

Jungkook qo‘ng‘iroqni tugatib, chamadonini oldi. Uydan chiqib, mashinasiga o‘tirdi va gazni bosib, Daegu tomon yol oldi


48 soatlik uzoq va mashaqqatli safardan so‘ng Jungkook nihoyat Daeguga yetib keldi. U qog‘ozda yozilgan manzilni topib bordi. Qarshisida baland, hashamatli bir uy qad rostlagan edi. Atrofi oppoq, nafis devorlar bilan o‘ralgan, darvoza oldida esa qora kostyumli qo‘riqchilar tik turgan edi.

Jungkook uyni ko‘rishi bilan darrov tanidi. Bu joy unga begona emasdi — bir vaqtlar bu uy otasining eng yaqin do‘stiga tegishli bo‘lgan. Lekin endi o‘sha do‘stlik dushmanlikka aylangan, xotiralar esa achchiq tus olgan edi.

Janob park

Yoshligida Jungkook tez-tez shu uyga kelardi. O‘sha paytlarda otasining do‘stining qizi — Min Hwasa bilan ko‘p vaqt o‘tkazgan, ular juda yaqin bo‘lib ketishgandi. Oradan yigirma yil o‘tib, hammasi o‘zgarib ketgan edi.

Jungkook darvoza oldida biroz ikkilanib qoldi. Bu uyning ichiga qadam qo‘yishni istamasdi, qalbida qandaydir g‘alati og‘irlik paydo bo‘ldi. Lekin shuncha yo‘lni bosib kelib, endi quruq qo‘l bilan ortga qaytish ham mumkin emasdi.

U chuqur nafas olib, qo‘riqchilar oldiga bordi. Ularni sovuqqina nigoh bilan qarshi olishdi. Jungkook esa qisqa qilib shunday dedi:

— Janob Parkni kelganimni aytinglar- dedi


Qoriqchilardan niri tezda habar berdi va janib park kirishini aytdi.
Jk uyga kirar xotiralari eslay boshladi. Va janob parkni bogda korib qoldi. U bogning ortasida stulda otigan edi. Jk oldiga yaqinlashib sekingina yotalib qoydi.

Uyi janob parkning

Janob park ortiga qarab jkni kordi. Jungkook darxol tazim qildi:
Janob park:
--Oxo ancha katta yigit bolib qolibsan...
Jk:
--Yaxshimisiz
Janob park:
--Hosh bu yerga nega kelding? Yana otang kechiriahimni sorayaptimi?
Jk xorsinib:
--Yoq. Togrisi sizlarning orangizdan nima otgan buni bilmadimu lekin ozimning shaxsiy ishim bilan keldim.
Janob park:
--Shaxsiy ishing?
Jk:
--Siz jungwo degan odamdan qizlar sotib olgan ekansiz
Janob park:
--Qizlar dedingmi?
Jk:
--Ha.
Janob park:
--Bir qizni deb seouldan daeguga keldingmi?
Jk:
--Gap shundakiu qiz....meni sevgan qizim...
Janob park: kulib
--Sevgan qizing?. Tagi past qizlarni sevishingni bilmagan ekanman .
Jkning bu gapdan jahli chiqdi.
--Siz bilan tortishib otirga vaqtim yoq. Sotib olgan qizlaringizni korsating boldi
Janob park:
--qayerga shoshilyapsan yigitcha...osonlikcha sevgiga erishib bolmaydi.
Jk biroz jim qoldi. U hayolida bu qari chol nimadir oylaganini darrov sezdi. U ich ichidan ozini pastga urib bu yerga kelganidan afsuslandi. Janob park ornidan turib jkga qaradi:
--qani ortimdan yurchi.
Jk ham indamay ergashdi ular bir xonaga kirishdi. Janob park tortadi hashamatli stolga otiridi. Jk esa jouida turardi. Janob park:
--Kel otir --dedi
Jk biroz hayron qoldi:
-- keragi yoq.
Janob park kulimsirab qoriqchisini chaqirdi va:
--Kecha kelgan qizlarni olib kel. Dedi qoriqchi ham bosh egib qizlarni olib keldi. Taxminan ontacha qiz tizilib turardi. Bir biridan gozal qizlar edi. Ularning orasida seoyun ham bor edi. Jk qizlarga qarab chiqdi va kozi seoyunga tushdi:
--hosh sevganing qaysi biri?
Jk biroz jim turdida:
--Qora sochli qiz-- dedi. Seoyun jkning ovozini eshitshi bilan darhol boshini kotardi. Jkni korishi bilan xursand bolib ketdi. Jk ham uni koziga qara edi. Nigohlar toqnashdi.
Buni korgan janob park: kulib
--Ha shu qizmi? --dedi kulib--yaxshi unda boshlang - dedi. Qoriqchilar faqat seoyunni xonaga qoldirib qolgan qizlarni olib chiqib ketdi. Va xonaga 1 bahaybat erkak kitib keldi. Jk bir erkakga bir janob park ga qara edi.
Janob park-
--Qani otang senga nimalar orgatganini bir koraylikchi:
Jk:
--Men u bilan urishishim kerakmi.. siz hazillashyapsizmi?