Bad boy in love
Seoyun tomning eng yuqori qismiga chiqdi. Shamol sochlarini uchirib, ko‘zlariga yopishib tushayotgan edi. Pastda esa allaqachon odamalr to'planishgan edi.U sekin bir qadam oldinga tashladi, pastga qaradi — shahar chiroqlari yaltirab turardi, ammo yuragidagi zulmat ularni yutib yuborayotgandek edi.
Shu payt ortidan tanish, biroz bo‘g‘iq ovoz eshitildi:
Seoyun shoshib ortiga qaradi. Bu Taehyung edi. U tomning chetida, panjara yonida sigaret tutib, yuziga beparvo ifoda bilan unga qarab o‘tirgan edi.
— Isming Seoyun edi, adashmasam? — dedi u xotirjamlik bilan.
Seoyun hayrat aralash jahl bilan so‘radi:
— Siz bu yerda nima qilyapsiz?
Taehyung kulimsirab javob berdi:
— Senga hisob berishim shartmi?
— Ha... yo‘q... — Seoyun gap topa olmay qotdi.
Taehyung sigaretini yerga tashlab, oyoqlari bilan bosib o‘chirdi. So‘ng boshini egib, yelkasini qisdi:
— Shunday qilib... sen homiladorsan... va o‘zingni shu yerdan tashlamoqchimisan? Homila... kimdan?
Seoyun biroz jim turdi. Nafasi qisilgan edi. So‘ng boshini egib, ovozini pastlatib javob berdi:
Bu javobni eshitgan Taehyung qah-qah otib kulib yubordi:
— Qizaloq... shunchaki homila uchun o‘zingni o‘ldirmoqchimisan? Aqlingni yig'...
— Bu sizlar uchun oddiy hol bo‘lishi mumkin. Lekin nomusli qizlar uchun bu... bu o‘lim bilan barobar!
Taehyungning yuzi birdan sovuq tortdi. U chuqur xo‘rsinib, kulimsiradi:
— Menga qara, "nomusli qiz", o‘zi bu bino ham sensiz yetarlicha muammoga to‘la. Agar yashashni istamasang, boshqa balandroq binoni tanla.
Seoyun oldinga qarab yurdi. Pastlikka tikildi. Shamol yuziga urildi. Nafasi og‘irlashdi, yuragi tez ura boshladi. Oyoqlari qaltirab ketdi. Ammo qancha urinmasin — tashlay olmadi.
Shu payt Taehyung achchiq kinoya bilan dedi:
— Yana qancha vaqt "tomosha ko'rsatmoqcisan? Sakramoqchi bo‘lsang — sakra!
Seoyun ko‘zlarini yumdi. Ichida nima borligini hech kim tushunmayotgandek edi. U bir qadam oldinga yurdi. Endi atigi bitta qadam qolgan edi...
To‘satdan orqadagi eshik sharaqlab ochildi.
— To‘xta, Seoyun! — degan ovoz eshitildi.
Seoyun tezda ortiga qaradi, vahima aralash:
Yoongi biror nima demoqchi edi, ammo nigohi Taehyungga tushdi. Uning beparvo turishi, yuzidagi kulgu, butun bu vaziyatdan zavqlanayotgandek edi.
— Ahh... qanday tasirli sahna... — dedi Taehyung, yelkasini qisib.
Yoongi hech ikkilanmadi. U belidan to‘pponchasini chiqarib, Taehyungga to‘g‘riladi.
Yoongi:
--Ertagacha sabrlaring yetmadimi?
Taehyung:
--Nima?
Yoongi:
--Biz lanati jungkook biilan ertaga gaplashishga kelishgandik.
Seoyun jungkookning ismini eshitishi bilan :
--Jungkook? Sen u bilan ko'rishmoqchimsan?
Taehyung:
--Nima deyapsan? aqldan ozdingmi?
— Unda nega uni o‘ldirmoqchisan?
Taehyung kulimsirab, yelkasini qisdi:
— Uni o‘ldirsam, nima o‘zgaradi? Hamma narsa battar bo‘ladi, xolos.
Yoongi charchoq bilan, lekin baribir qat’iylik bilan dedi:
— Agar unga bir nima qilgan bo‘lsang... men seni o‘zim yo‘q qilaman.
Taehyung qo‘lini ko‘tarib, himoyadek gapirdi:
— Tinchlan. Bu qiz o‘zi o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi. Men faqat tomoshabinman
Yoongi darrov Seoyunga yuzlandi:
Seoyun boshini chayqadi. Ko‘zlarida yosh, yuzida esa og‘ir charchoq aks etardi:
— Yoongi... men charchadim. Yashagim kelmayapti.
Yoongi endi ohangini balandroq qildi:
Uning ovozidagi keskinlikdan cho‘chigan Seoyun asta, sekin orqaga yurib tom chetidan pastga tushdi.
Yoongi darrov yoniga bordi. Qurolini yerga tashlab, chuqur nafas oldi. So‘ng, yengil baqirib yubordi:
— Nima qilmoqchi eding, a? Tentak qiz!
U yelkasidan ushlab, biroz titrab turardi.
— Nega bunday qilding? Hayotda hamma narsa bo‘ladi, Seoyun. Bu kabi og‘ir holatlar ham o‘tadi. Arzimagan hodisalar sababli o'zingni o'ldirish bu axmoqllik
Bu vaqtda Taehyung orqaga yurib, sekin tomdan chiqib ketdi. Yoongi bunga e’tibor ham bermadi.
Seoyun jim. So‘ng nigohini yerga tikdi va sekin, lekin aniq so‘zladi:
— "Arzimagan holatlar" dedingmi?
U chuqur nafas oldi va yo‘g‘on yutindi:
— Men voyaga yetmasimdan og‘irlab ketilganman. Qanchalik og‘ir bo‘lganini bilmayapsiz. Sizlar uchun bu oddiy hodisadir. Men uchun esa...
Yoongi unga tik qarab turdi.
--Lekin seni qutqardim. Hamma narsa ortda qoldi.
— "Qutqardim" deysanmi? — dedi Seoyun yengil kinoya bilan, — lekin men o‘sha kuni... nomusimdan ayrildim.
Yoongining yuzi birdan o‘zgarib ketdi. So‘z topolmadi.
Seoyun boshqa gapirmadi. Faqat ko‘zlarini yerdan uzmasdan, jim qoldi.
Seoyun javob bermadi. Faqat lablarini mahkam tishlab, birdan qattiq yig‘lab yubordi. Nafasi tezlashib, ko‘zlaridan yosh to‘kilib, butun vujudi titray boshladi.
Yoongi:
— Senga kim tegdi?! Jungkookmi?! Gapir!
U qattiq hayajonda edi, ovozi titrardi. Ammo Seoyun hech nima demadi. So‘ng birdan... hushini yo‘qotdi.
Yoongi dahshatga tushib, ko‘zlarini katta ochdi.
U darhol Seoyunni bag‘riga oldi, og‘ir nafas olib, ehtiyotlik bilan ko‘tarib pastga yugurdi. Zinadan tushayotganida yuragi gupillab urardi. Birinchi qavatga tushganda mehmonxona oldida odamlar to‘planib qolgan edi.
Ularning hammasi Seoyunni ko‘rib, g‘iybat aralash shovqin ko‘tardi:
— Nima bo‘ldi?!
— O‘zini tashlaganmi?
— Bu kim o‘zi?..
Yoongi:
— Qoch hammang! Yo‘lni bo‘shat!
Uning dag‘alligi va ko‘rinishidagi jiddiylikdan hamma asta chekinib, yo‘l ochdi. Yoongi Seoyunni mashinaga joylab, tezlikda shifoxonaga haydadi.
O‘sha paytda Jungkook tungi klubdan mast holatda qaytayotgan edi. Boshini ko‘tarolmas, yurishdan ojiz edi. Uni qoriqchisi yelkasidan ushlab, uyga olib kirayotgan edi.
Ular eshikdan kirgan zahoti, zalda kutib turgan bir odamga ko‘zlari tushdi. Bu — Mr. Joen, Jungkookning otasi edi.
Qoriqchi:
— Janob... Salom. Kechirasiz...
Mr. Joen ularni sovuq nigoh bilan qarshi oldi.
Mr. Joen:
— Uni divanga qo‘y. Keyin chiqib ketaver.
Qoriqchi bosh irg‘ab, Jungkookni divanga ehtiyotlab qo‘ydi va darhol chiqib ketdi.
Mr. Joen esa oshxonaga o‘tib, muzdek suvli stakan olib keldi. U stakandagi suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jungkookning yuziga sepdi.
Jungkook (seskanib):
— Hoy, aqldan ozdingizmi?!
Mr. Joen (jiddiy va sovuq ohangda):
— Sen lanati bola. Qachongacha shunaqa yurmoqchisan, ha?
Jungkook (ko‘zlarini uqalab):
— Uff, yana boshladikmi?
Mr. Joen:
— Tentak bola. Men ham qaridim. Endi oldinda katta masala turibdi — meros. Sen agar uylanmasang, men senga hech narsa qoldirolmayman. Tushunayapsanmi?
Jungkook (ko‘zlarini devorga tikkancha):
— Menga sizning merosiz kerak emas... Tinch qo‘ying meni.
Mr. Joen:
— Menga qara. Senga bir hafta muhlat. Keyin amakingnikiga borasan. U yerda o‘zingga mos biror qizni tanlaysan.
Men senga bir oy beraman. O‘ylab ko‘r. Agar aytganimni qilmasang — oqibati yaxshi bo‘lmaydi.
Shu gaplarni aytib, u o‘g‘lining javobini kutmasdan o‘z xonasiga chiqib ketdi.
Jungkook esa orqaga cho‘zildi, g‘azabdan qattiq oh tortdi. Ammo ichganligi sababli ko‘zlarini yuma-yuma, oxirida hushini yo‘qotdi va uxlab qoldi.
Yoongi vahima bilan shifoxonaning kirish eshigidan yugurib kirdi. Seoyunni quchog‘ida ushlab, yordam so‘rab atrofga qaradi. Buni ko‘rgan hamshira zudlik bilan yoniga yugurdi.
— Tezda aravacha keltiring! — dedi u boshqa hamshiraga.
Seoyunni sekinlik bilan aravachaga yotqizishdi va zudlik bilan uni tekshiruv xonasiga olib kirishdi.
Yoongi esa tashqarida harakat qilib tura olmadi. Uning yuragi gupillab urardi, qo‘llari qaltirardi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Seoyunni operatsiya xonasiga olib kirishayotgani ko‘z oldida sodir bo‘ldi.
— Nega uni operatsiya xonasiga olib ketyapsiz? — dedi u shoshilib, chiqib kelgan doktorga yuzlanib.
Doktor chuqur nafas olib, jiddiy ohangda javob berdi:
— Afsuski, kuchli stress sabab bemor homilasini yo‘qotdi.
Yoongining yuzidagi ifoda o‘zgardi. Bir lahzaga ko‘zlari kattalashdi.
— Homila?.. Necha haftalik edi?
— Taxminan yetti haftalik homila, — dedi doktor.
Yoongi hech nima deya olmadi. Sekin yerga cho‘kdi.
Taxminan ikki soatlik og‘ir operatsiyadan so‘ng, shifokorlar nihoyat Seoyunni operatsiya xonasidan chiqarishdi. Uni asta-sekin asosiy palataga ko‘chirishayotganda, Taehyung shifoxona yo‘laklarida yurakni ezadigan sukunatga g‘arq bo‘lib turgandi. Har bir daqiqa unga butunlay boshqa dunyodagidek tuyulardi.
Seoyunning ortidan chiqqan doktorning qo‘lida oq matoga o‘ralgan kichkinagina jasad bor edi. Taehyung buni ko‘rishi bilan yuragi siqilib ketdi, nafas ololmay qoldi. Jasadga bir qarash bilan hammasini anglagandek bo‘ldi.
Doktor sokin yurib Taehyungga yaqinlashdi:
Taehyung beixtiyor boshini chayqadi va xira ovozda shivirladi:
— Men... men nima qilaman buni?
— Qabristonga olib borib dafn eting. Bolaning ruhi tinch bo‘lishi kerak.
Taehyung muzlab qolgandek qotib qoldi. Qo‘llari titrardi. U bu jasadga teginishga ham jur'at eta olmasdi. U faqat doktorga yuraksiz nigoh bilan boqdi:
— Iltimos... siz... siz o‘zingiz ko‘mib keling. Men... men qila olmayman.
Doktor bir lahza ikkilanib turdi, lekin bu paytda Yoongi cho‘ntagidan pul to‘la konvertni chiqarib, sokin harakat bilan uni doktorning cho‘ntagiga solib qo‘ydi:
— Bolani dafn eting... va iltimos, bu haqda Seoyunga bir og‘iz ham aytmang. Unga o‘zim tushuntiraman, hozircha ruhiy jihatdan bardosh bera olmaydi.
Doktor chuqur xo‘rsindi. Yuzida og‘irlik va rahm-shafqat aralashib ketgan edi. U boshini qimirlatib rozi bo‘ldi va sekin ketib qoldi.
Taehyung esa o‘sha joyda jim qotib qoldi. Go‘yoki butun dunyo uning ustiga qulab tushgandek edi. Miyasi g‘ala-g‘ovur fikrlar bilan to‘lib-toshgan:
— Nega bunday bo‘ldi?
— Endi Seoyunning ota-onasiga nima deyman?
— Seoyunning taqdiri nima bo‘ladi?
Birdan, palata eshigi ochilib, undan hamshira chiqdi. Taehyung yuragini bir oz bosib, unga yaqinlashdi:
— Kechirasiz... Seoyunning oldiga kirsam bo‘ladimi?
Hamshira yumshoq ohangda javob berdi:
— Hozircha iloji yo‘q, u uxlayapti. Bemor dam olishi kerak. Iltimos, uyga boring, ertalabgacha biz unga g‘amxo‘rlik qilamiz. Havotir olmang.
Taehyung hech narsa demadi. Faqat boshini qo‘llari orasiga olib, uzoq vaqt jim turdi. Ichida esa yuragini parcha-parcha qilayotgan savollar va his-tuyg‘ular to‘lqin kabi urilardi.