Big Hit's Treasure
Jimin Big Hit yo‘laklarida yurib ketayotgandi, to‘satdan BTSning “Boy With Luv” qo‘shig‘ini eshitib qoldi.
U ovoz kelayotgan tomonga yuradi va ularning qo‘shig‘iga raqs tushayotgan bir qizni ko‘rdi.
U jilmaydi, raqs tushayotgan qizni tanidi va sekin eshikni ochdi, lekin qiz uning borligini payqamasdi.
U qizning mashq qilishini tomosha qildi, qiz uning qismini mukammal bajarganda ham jilmayib turdi. Qo‘shiq tugagach, xonada faqat qizning tez nafas olishi eshitilardi.
— Yaxshi ishlading, Kyung, — dedi u. Bu so‘z qizni cho‘chitdi va u ortga o‘girilib, Jiminga qaradi.
— Oppa, bu yerda nima qilyapsiz? — dedi u, terini sochiq bilan artib.
— Men shunchaki shu yerdan o‘tayotgandim, keyin “Boy With Luv”ni eshitdim. Xoreografiyani juda yaxshi bajarding, — dedi Jimin unga yaqinlashib, sochini yengilgina silab.
— Men shunchaki yaxshi chiqishini va qattiq mehnat qilishni xohlayman. 2015-yildan beri Big Hit’dagi birinchi ayol idolman va men… — u to‘xtadi, boshini egib oldi.
Baxtiga, Jimin uning nimani o‘ylayotganini tushundi va uni quchoqladi.
— Hechqisi yo‘q… sen hech qachon umidsiz bo'lma. Ishonaman sen uddalaysan — dedi u, qizning sochlarini silab
— Kyung—, dedi u, ammo shu payt xonaga yana kimdir kirdi. U tezda Kyung tomon yugurdi, Jimin esa ularga joy berish uchun orqaga chekinib turdi.
— Nima bo‘ldi, Kyung? Gapir, akang shu yerda, — dedi u va qizning peshonasidan o‘pdi. Kyung esa uni quchoqlab, yuzini uning ko‘ksiga yashirdi.
Jimin ularni ko‘rib jilmaydi. U ikkovini yolg‘iz qoldirishga qaror qildi.
— mayli Aka-singillar sizlarga halaqit bermay — dedi u chiqib ketarkan.
Time skip ⏩
Traineelar qizning raqs studiyasi yonidan o‘tib ketar, ba’zilari esa to‘xtab, uni kuzatib turar, keyin binodan chiqib ketardi.
Qiz bunga parvo qilmasdi va mashg‘ulotni davom ettirar, chunki u Big Hit’dagi yagona qiz trainee ekanini yaxshi bilardi.
Big Hit odatda faqat ERKAK trainee’lar uchun tanlov o‘tkazishi bilan tanilgan va bu juda yomon, lekin Kyung bu yerga akasi tufayli kirgan edi.
U ortiqcha gap-so‘z bo‘lishini istamagani uchun muloyimlik bilan rad etmoqchi bo‘ldi, lekin akasi allaqachon Bang Si Hyuk’ga uni qabul qilishni aytib bo‘lgan edi.
Boshqacha aytganda, akasi uni majburlagan va uning Kyung uchun hamma narsani qilishini bilgan qizning boshqa iloji qolmagan edi.
Big Hit ayol trainee’larni qabul qilmagani uchun va odamlar shikoyat qilayotgani sababli, bu holat uchun u albatta ko‘p tanqid eshitadi.
U buni tan olardi — shunchaki omadi kelgan edi.
— Kyungie? — Eshik ochildi va ichkariga akasi kirdi. Qiz raqsni to‘xtatib, unga qaradi.
— Uyga ketaylik… — dedi u, unga bir shisha suv uzatib, sochlarini silarkan.
— Oppa… Nega meni Big Hit’da trainee bo‘lishga majbur qilding? Bilasan-ku, bu uchun juda ko‘p heyt olishimni.
--Bilasan, Big Hit ayol trainee’larni qabul qilmaydi, odamlar ham shunga jahli chiqadi.
Unda nega bunday qilding? — dedi u akasiga tik qarab. Ammo akasi faqat chuqur xo‘rsindi va kurtkasini yechdi.
U qizga yaqinlashib, kurtkasini uning yelkasiga yopdi va peshonasidan o‘pdi.
— Chunki sen orzuyingni qanchalik sevishingni bilaman. Sen boshqa kompaniyalarga tanlovga borsang, ular senga boshqacha munosabat qilishadi…
Qolaversa, sen Big Hit’da uch yildan beri mashq qilyapsan va juda ajoyib bo‘lib ketding. Hatto Bang PD ham sen juda ajoyib ekaningni tan oldi.
Men shunchaki juda yaxshi ko‘radigan singlimga yaqin bo‘lishni ham xohlayman. Men seni juda-juda yaxshi ko‘raman, — dedi u, uni quchoqlab. Qizning ko‘zlariga yosh to‘la boshladi.
U ham akasini quchoqladi, qolgan a’zolar esa aka-singilning mehrini tomosha qilishardi.
— Men ham uyga borib, singlimni quchoqlagim kelyapti, — dedi bir a’zo labini cho‘chchaytirib, ammo katta yoshli a’zodan yengilgina shapaloq yedi.
— Qo‘y, ular bo‘la qolsin… u akasini ish jadvalidan qancha sog‘inganini ko‘ryapsan-ku. Ertaga yana jo‘nab ketamiz.
Yana ajralishadi, — dedi katta a’zo, ularni kuzatib.
— O‘zimni yomon his qilyapman… uni yolg‘iz qoldiramiz. U deyarli bizning singlimiz bo‘lib qolgan. Hattoki biz bilan birga yashaydi…
— Aniqrog‘i, bir xil uy binosida yashaydi, lekin u akasi bilan birga kvartirada turadi, — dedi ular.
Kyung stuldan turdi va akasining safarga oladigan poyabzallarini tayyorlayotganini kuzatdi.
— Tour qachon tugaydi? — deb so‘radi u, boshini yon tomonga egib, akasiga yig‘ishtirishda yordam berarkan.
— Iyulda, balki. Agar xohlasang, bilet olib beraman, — dedi u jilmayib. Qiz esa faqat kulib, boshini chayqadi.
— Men qattiq mashq qilaman, shunda sen qaytganingda va men allaqachon debyut qilgan bo'laman ,keyin birga sahnaga chiqamiz, — dedi u. Bu so‘z akasini kuldirib, sochlarini yengil siladi.
— Seni kutaman, kichkina singlim, — dedi u.
Budilnik sabab ertalab erta uyg‘ondim. Yotoqdan turib, chuqur xo‘rsindim — bugun ham, keyingi bir necha oy davomida ham yolg‘iz bo‘lishimni bilardim.
Tezda dush qabul qildim, so‘ng jins shim, oq futbolka va Jungkookning shkafidan olingan keng kurtkani kiyib oldim.
Sochimni tepadan qilib yigdim , sumkamni tayyorlab, kvartiradan chiqdim. Tashqarida qo‘riqchilar bilan salomlashib, oldinda allaqachon kutib turgan mashinani ko‘rdim.
Ichkariga kirishim bilan haydovchi mashinani harakatga keltirdi.
— Bugun ham mashg‘ulot bilan bandmisan? — deb so‘radi u. Men bosh irg‘adim.
— Har doimgidek. Axir buni qo‘yib yuborolmayman, — dedim. U kulimsiradi va meni Big Hit binosi oldiga tushirib qoldirdi. Ichkariga kirib, xodimlar salomini qabul qildim.
— Xayrli tong, — degan tanish ovozni eshitdim va ortimga qarasam, Soobin edi. Men unga jilmaydim.
— erta tongdan mashq qilmoqchimisan? — deb so‘radi u. Men bosh irg‘adim.
— Ha, katta kun uchun mashq qilyapman. Menga yordam berishni xohlamaysanmi? — dedim. U kulib yubordi va rozi bo‘ldi.
Biz mashq xonasiga yo‘l oldik, yo‘lda yoqtiradigan narsalarimiz yoki yoqtirmaydigan narsalarimiz haqida gaplashdik.
Xonaga kirganimizda men sumkamni yerga qo‘ydim, Soobin esa kepkasini yechib, stol ustiga qo‘ydi.
— Nima mashq qilamiz endi? — dedi u, cho‘zilish harakatlarini boshlarkan. Men labimni cho‘chchaytirib, qaysi qo‘shiqni tanlashni o‘yladim.
— Xohlasang, yangi xoreografiya tuzishimiz mumkin, — dedim. Shu zahoti uning yuzi yorishib, katta tabassum bilan rozi bo‘ldi.
Men va Soobin polga qulab tushib, nafasimizni rostlay olmay yotdik.
— Hech bo‘lmasa, qo‘shiqning yarmini qildik, — dedi u. Men kuldim va o‘tirib, unga qaradim.
— Soobin… — dedim uning ismini chaqirib, so‘ng oynaga qaradim. Shu payt u ham o‘tirib, menga qarab turganini ko‘rdim.
— Bang PD-nim aytishicha, bugun soat 3 da meni ommaga tanishtirarkan, — dedim. Soobinning yuzi yana katta tabassum bilan yorishdi.
— Zo‘r-ku bu! Demak, sen debyutga bir kun yaqinlashding,— dedi u, lekin mening yuz ifodamni ko‘rib, gapini to‘xtatdi.
U qoshlarini chimirib, qarshimga o‘tirdi. Ikki qo‘lini yuzimga qo‘yib, menga va ko‘zlariga qarashimga majbur qildi.
— Hamma seni yaxshi ko‘radi. Sen juda ajoyibsan, men ko‘rgan eng yaxshi ayol trainee’san. Ehtimol, debyut qilganingda haqiqiy idol bo‘lasan, — dedi u va barmoqlarimizni bir-biriga chirmadi.
— Seni tanishtirish marosimida men ham, boshqa TXT a’zolari ham yoningda bo‘lamiz, — dedi u, peshonamdan o‘pib, o‘rnimdan turishimga yordam berarkan.
— Endi esa seni keyingi ommaviy tanishtirishing uchun tayyorlaymiz!
BIG HIT xodimlari Kyung’ni birinchi ommaviy chiqishi uchun tayyorlashardi. Kyung titrardi, juda hayajonlangan edi.
U yirtiq ko‘k jinsi shortik, ichiga qistirib kiyilgan pushti ipak uzun yengli ko‘ylak kiygan edi.
U qora Gucci kamar taqdi, so‘ng baland poshnali to‘piqdan keladigan botinkalarini kiyib oldi. Sochini to‘lqin qilib tarashdi va pushti lab bo‘yog‘i surtishdi, ustidan esa yaltir-yaltir lip gloss bilan yakunlashdi.
— Annyeonghaseyo… — dedi u, nigohini eshikka burib, ichkariga TXT kirib kelayotganini ko‘rdi.
— Vaaah, juda chiroyli, — dedi Yeonjun, unga yaqinlasharkan.
Xodimlar nihoyat uning bo‘yanish va sochini tugatishdi, so‘ng umumiy obrazini yakunlash uchun bir nechta aksessuarlarni taqib qo‘yishdi.
— Bu shunchaki ommaviy chiqishmi? U uchinchi qaytishiga chiqayotgandek ko‘rinadi-ku, — dedi Beomgyu hayrat bilan, bu esa Kyungni kuldirib yubordi.
— Rostini aytsam, men ham unga qo‘shilaman, — dedi Soobin. Barchasi kulishdi, xodimlar esa ularning qanday tez til topishib ketganidan mamnun jilmayishdi.
— Jungkyung, vaqt bo‘ldi, — dedi Bang PD xonaga kirib, hammaga jilmayib. Kyung chuqur nafas olib, uning ortidan ergashdi.
Ular sahnaga chiqqach, sahna ortidan kelayotgan paytlaridayoq jurnalistlar va sayt muxbirlari ularning suratlarini ola boshlashdi.
Bang PD unga joyini topishda yordam berdi, so‘ng o‘z o‘rniga o‘tirdi.
— Annyeonghaseyo. Ishonchim komil, sizlarning bu yerga kelish sababinggiz — men yaqinda debyut qiladigan yangi trainee’ni tanishtirishim haqida eshitganingiz…
— Odatda men trainee’larimni teaserlar yoki videolar orqali tanishtiraman, lekin yonimda turgan trainee men uchun juda maxsus, — dedi u, unga muloyim jilmayib qarab, so‘ng yana tomoshabinlarga yuzlandi.
— U 2015-yildan beri tanishtiriladigan birinchi ayol trainee va kelajakdagi idol. Men uni shaxsan o‘zim tanishtirmoqchiman, — dedi u va mikrofonni unga uzatdi.
Kyung unga minnatdorchilik bildirib, mikrofonni olib, tomoshabinlarga yuzlandi. Shu zahoti ular suratga olishni boshlashdi.
— Annyeonghaseyo. Mening ismim Jeon JungKyung va men Big Hit’da uch yildan beri trainee bo‘lib kelmoqdaman, bu esa bir inson tufayli amalga oshdi. Men 19 yoshdaman va 3-sentabr kuni tug‘ilganman, — dedi u, yengilgina egilib ta’zim qilib.
— JungKyung, 2015-yildan beri Big Hit’dagi birinchi ayol trainee va kelajakdagi artist bo‘lganing uchun o‘zingni omadli his qilgan paytlaring bo‘lganmi? — deb so‘radi kimdir. Kyung esa Bang PD’ga qaradi.
U bosh irg‘ab, unga fikrini aytishga ruxsat berdi.
— Ha, tan olaman, o‘zimni omadli his qilaman. Chunki 3 yil avval Big Hit ayol trainee’larni qabul qilmasdi. Shu inson tufayli men Big Hit’ga kira oldim.
— Men bu haqda ancha o‘yladim va bu adolatsizlik ekanini bilaman. Chunki san’atkor bo‘lishni va tanlovdan o‘tishni xohlaydigan qancha-qancha qizlar borligini bilaman.
Lekin men shunchaki bir inson tufayli Big Hit’ga kira olgan omadli qizman, xolos, — dedi u ochiqchasiga. Bang PD esa faqat faxr bilan jilmaydi.
— Debyut qilganingdan keyin TXT va BTS kabi mashhur bo‘la olaman deb o‘ylaysanmi!?
— Hammani umidini oqlay olasanmi!?
— Agar debyut qilganingda odamlar sendan ko‘ngli qolsa-chi? —
Ular tinmay savollar bera boshlashdi, hatto Bang PD ham bularni boshqarib bo‘lmadi. U mikrofonni Kyung’dan olishga chog‘lanayotgan edi, lekin qizning yuzidagi qarash uni to‘xtatdi.
— Bu odamlarning men haqimda nima o‘ylashiga bog‘liq. Men doim boshimda ming xil narsani o‘ylayman va bu ham shularning biri.
Men ko‘p bor o‘zimga shuni aytaman va o‘ylayman: debyutim tufayli hammani ko‘nglini qoldirishim ehtimoli katta.
Va butun kompaniyadagi yagona ayol san’atkor bo‘lishim, odamlarning meni ustozlarim kabi mashhur bo‘lishimga shubha qilishi tabiiy.
— Lekin sizga ishontirib aytamanki, odamlar shunday o‘ylaydi deb men sizlarni ko‘nglingizni qoldirmayman. Mashhurlij kelishi mumkin, lekin u qolishi ham, ketishi ham mumkin.
Agar bu men bilan sodir bo‘lsa, men oladigan natijani qabul qilaman. O‘zimdan ham rozi bo‘lishim, ham hafsalasizlanishim mumkin.
Mashhur bo‘lamanmi yo‘qmi, katta bo‘lamanmi yo‘qmi, hit bo‘lamanmi yo‘qmi — men har doim o‘zim bo‘lib qolaman va qo‘limdagisidan baxt topaman. Rahmat, — dedi u va hammani jim qoldirdi.
U mikrofonni hayratdan qotib qolgan Bang PD’ga qaytardi. U esa boshini chayqadi.
— Jungkyung BTS va TXT kabi mashhur bo‘ladimi, degan savollarga javoban shuni aytaman: men san’atkorlarimni bir-biriga solishtirmayman.
Bir narsaga aminman: BTS — Big Hit’ning quroli, TXT — Big Hit’ning qalqoni, JungKyung esa… bizning xazinamiz.
Shu bugun uchun yetarli. Kelinglar uchun rahmat, — dedi u. Ikkovlari o‘rnidan turib, minnatdorchilik bildirishdi va sahnadan chiqib ketishdi.
Orqa tarafga kirishlari bilan Soobin darrov Kyung’ni quchoqladi.
— Men sen bilan juda faxrlanaman! U yerda aytganlaring meni chinakamiga ilhomlantirdi! Haqiqatan ham sen kompaniyaning xazinasisan! — dedi u.
1- qism tugadi. Bu fanfic boyicha fikrlaringizni kutaman. Shunga qarab 2- qism chiqadi.