August 12, 2025

Bad boy in love

Avtor: Park Seoyun

Kanal: rubyjanefanfic

Bad boy in love

Oradan uch kun o‘tdi.
Bu vaqt ichida Yoongi Seoyunni Koreyaga qaytarib olib kelgan edi. Uning o‘qishini vaqtincha yig‘ishtirib, ota-onasi nazorati ostida bo‘lishi kerak degan qarorga kelishdi. Va hozir aynan shunday bo‘lyapti.

Yoongi Seoyunni Busandagi uyiga olib kelib, ota-onasi bilan suhbatlashdi.
U biroz sukut qilib, nihoyat gap boshladi:

— Amaki, xola... meni to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman... — deya so‘zini yarimta qilib tugatdi.

Seoyunning otasi jiddiy ohangda bosh irg‘adi:
— Yaxshi, tushunarli.

Onasi esa ko‘zida xavotir bilan so‘radi:
— Lekin... nega Seoyunni qattiq nazorat qilishimizni aytayapsan? Yoki... nimadir bo‘ldimi unga?

Yoongi bir lahzaga to‘xtab, o‘zini tutishga harakat qildi:
— Haligi... shunchaki, qiz bola nazoratda bo‘lgani yaxshi, deb o‘yladim. — dedi, jilmayishga uringancha.

Ota-ona yana hech narsa so‘ramadi. Yoongi ishlarni shu tarzda hal qilgach, Seulga qaytib ketdi.

Ammo Seoyun...
U uchun bu kunlar o‘ta og‘ir edi. Kun bo‘yi xonasidan chiqmas, ovqatga ham qo‘l urmadi. Ko‘zi doim shishgan, yuzida esa hayot nuri so‘ngandek edi. Onasi qizining bu holatini kuzatib, tobora xavotirga tushardi.

Nihoyat bir kuni, u sabr qilolmay, sekin qizining xonasiga kirdi...

Onasi yumshoq ohangda qiziga yaqinlashdi:
— Seoyun, qizim... uyg‘ondingmi?

Seoyun shishgan ko‘zlarini ishqalab, asta onasiga qaradi:
— Ha, oyijon...

Onasi yoniga o‘tirdi, mehr bilan yuziga qarab:
— Senga nima bo‘lyapti? Chet eldan qaytganingdan beri shu to‘rt devor ichidan chiqmaysan... gapir, qizim.

Seoyun jim qoldi. Faqat mayus ko‘zlarini yerga tikib, labini tishladi.

Onasining ovozida xavotir aralashdi:
— Qizim, bu holing bilan bizni qo‘rqityapsan...

Shunda Seoyun onasining qo‘llarini ushlab, titroq ovozda dedi:
— Oyijon... menga biroz vaqt kerak. O‘zim kelishim kerak... hayollarimni to‘g‘rilab olishim kerak.

Onasi sekin xo‘rsindi:
— Unda hech bo‘lmasa tashqariga chiq, sayr qil. Toza havodan nafas ol, qizim. Kun bo‘yi xonangda qamalib o‘zingga kelishing qiyin bo‘ladi.

Seoyun boshini sekin irg‘adi.

— Qani, tur orningdan... tur, — dedi onasi, uning qo‘llaridan ushlab. — Mana bu pulga bozorga bor, tofu bilan tteokbokki olib kel.

Seoyun chuqur nafas oldi. So‘ng, asta qadam tashlab, uyidan chiqdi...

Busan ko‘chalarida Seoyun asta-sekin qadam tashlardi. Bu shahar havosini, ko‘chalarini, odamlarning shovqinini u juda sog‘ingan edi. Tez orada bozorga yetib keldi. Atrof gavjum, har tomondan savdogarlarning chaqirig‘i eshitilardi.

U shoshilmasdan tofu, tteokbokki va bir dona muzqaymoq sotib oldi. Orqaga qaytayotib, muzqaymoqdan bir luqma olib, sekin tabassum qildi. Chuqur nafas olib atrofga qaradi — ichidagi og‘irlik go‘yo bir oz yengillashgandek bo‘ldi.

Yo‘lda dengiz bo‘yiga yetib qoldi va to‘xtab, bir skameykaga o‘tirdi. Ko‘z o‘ngida mayin shamolda tebranayotgan to‘lqinlar, uzoqda esa qayiq motorlarining xira ovozi eshitilardi. Atrof tinch, hatto osmon ham xotirjam ko‘rinardi.

Lekin shu payt bu osoyishtalikni bir qizning yig‘i ovozi buzdi. Seoyun boshini ko‘tarib, atrofga alangladi. Ovozni kuzatib, biroz narida skameykada o‘tirgan o‘smir qizni ko‘rdi. Uning yelkasi qaltirab, yuzidan yosh oqardi.

Seoyun asta o‘rnidan turib, qiz yoniga bordi va qo‘lidagi muzqaymoqni uzatdi. Qiz boshini ko‘tarib, hayron qaradi:
— Siz... kimsiz?

Seoyun yengil jilmaydi:
— Menmi? Oddiy bir qiz...

Osha qiz

— Yoshiz nechida? — dedi qiz burnini tortib.

— O‘n to‘qqizda, — dedi Seoyun.

Qiz sekin qo‘lidagi muzqaymoqni oldi.

— Nega yig‘layapsan? — so‘radi Seoyun ohista.

Qiz ko‘z yoshlarini artib:
— Siz menga yordam bera olasizmi?..

— Harakat qilaman, — dedi Seoyun.

— Oyim kasal bo‘lib qoldi... Men esa nima qilishni bilmayapman, — dedi qizning ovozi titrab.

— Oyingmi?.. U hozir qayerda? — dedi Seoyun tashvish bilan.

Qiz o‘rnidan turib, yo‘lga qaradi:
— Uyimda.

Shunday deb, Seoyunga yo‘l ko‘rsata boshladi...
Ular uzoq vaqt yurishdi. Seoyun bilmagan, tor va jimjit ko‘chalarga kirib borishardi. Qiz esa shoshilgan holda qadam tashlar, uyga yetish ilinjida tez-tez yurardi. Seoyun esa atrofga qarab, tobora ichida bir g‘alati xavotirni his eta boshladi.

U to‘satdan qizning qo‘lidan ushlab qoldi:
— Qayerga ketayapmiz o‘zi?

Qiz, ortiga bir qarab:
— Uyim... biroz uzoqroqda, — dedi va yana yurishda davom etdi.

Seoyun indamay orqasidan ergashdi, biroq yurak urishi tezlashganini his qildi. Yo‘lda borarkan, telefonini chiqarib, onasiga tezda xabar yozdi:

"Oyijon, aytgan narsalaringizni oldim, lekin uyga biroz kech boraman. Havotir olmang."

Ular nihoyat bir eski mahallaga yetib kelishdi. Bu yer anchayin huvillab qolgan, devorlari singan, oynalari chang bosgan uylar bilan to‘la edi. Qizning “uyi” ham shu ko‘rinishda edi — hatto uzoqdan ham odam yashamasligi bilinardi.

Qiz to‘xtadi va Seoyunga qaradi:
— Muzqaymoq uchun rahmat...

Seoyun hayronlik bilan bosh chayqadi. Qiz esa ortga qarab, yengil jilmaydi:
— Iltimos, mendan hafa bo‘lmang.

Seoyun yuragidagi bezovtalik kuchayib, qizning qo‘lini mahkam ushladi:
— Sen nima deyapsan? Qayerdamiz o‘zi? Bu uyda hech kim yashamaydiganga o‘xshaydi...

Qizning lablarida sovuq bir kulgi paydo bo‘ldi:
— Opajon... oldinlari Busan odamlari juda sodda deyishganda ishonmasdim. Lekin endi asta-sekin bunga ishona boshlayapman...

Seoyunning ko‘zlari kattalashib, qo‘rquv tomirlari bo‘ylab yugurdi. U ortga burilib, qochishga ulgurmay qoldi — to‘satdan kimdir orqasidan kelib, boshiga qalin qora qopni tortib soldi.

Atrof zulmatga cho‘mdi.

Seoyun tanasidan sovuq ter oqib, yana shu dahshatli holat takrorlanayotganini anglagach, butunlay izdan chiqdi. U bo‘g‘iq ovoz bilan yig‘lar, baqirib yordam so‘rardi. Ammo bahaybat gavdali erkak uni hech qanday rahm-shafqat ko‘rsatmasdan qo‘llarini orqasiga qattiq bog‘lab, yerga itarib yubordi.

Hali ham boshiga kiydirilgan qalin qop ichidan nafas olish qiyin edi. Yuragi gursillab urar, ichida qo‘rquv to‘lqin-to‘lqin ko‘tarilardi.

Qizning sovuq va loqayd ovozi eshitildi:
— Nechta qiz bo‘ldi?

Erkak bo‘g‘iq ohangda javob berdi:
— Hozircha sakkizta... Lekin bu gal ishingni yaxshi qilmayapsan.

Qiz tishlarini g‘ijirlatib:
— Bu shaharchada qizlar juda kam ekan, jin ursin... — dedi.

Erkak dag‘dag‘ali ovozda:
— Qorong‘i tushguncha o‘n nafarga yetishi shart. Tezlash.

Qiz boshini qimirlatib, hech narsa demay ketdi.

Seoyun esa titrab, yana yig‘lab yubordi. Uning ovozi qop ichida bo‘g‘ilib, yordam so‘rashga uringani yanada ojizona eshitilardi.

Erkak uni yerdan ko‘tarib, qaysidir mashina tomon olib bordi. Temir eshikning “g‘ijir” etib ochilishi bilan ichkaridan boshqa qizlarning yig‘isi va bo‘g‘iq nola ovozlari eshitildi.

Seoyunni mashinaga itarib solishdi. U joyidan siljishga ham ulgurmay, atrofdagi qizlarning qo‘rquvdan titragan ovozlarini eshitdi: “Yordam bering!”

Erkak g‘azabli ohangda g‘o‘ldiradi:
— Ovozlaringni ochir! Agar yana bir marta baqirsalaring, shu yerning o‘zida o‘ldiraman...

Mashina ichida dahshatli sukunat hukm surdi. Faqat yuraklarning tez urishi va titroq nafaslar eshitilardi.
Seoyun yuragidagi qo‘rquv shu qadar kuchayib ketdiki, butun tanasi muzlab qoldi. Nafasi qisilib, quloqlarida faqat yurak urishining gursillashi yangrardi. Atrofdagi dahshatli tovushlar asta-sekin uzoqlashayotgandek tuyuldi. Ko‘zlari qorong‘ilashib, tanasi bo‘shashdi va u butunlay hushidan ketdi.