August 13, 2020

PDP Kids: The Future is Ours!


O'z farzandining istiqbolli kelajagini maqsad qilgan har bir ota-ona uchun PDP Kids loyihasidan manfaatli taklif. Endilikda sizning farzandingiz biz bilan PDP Kids dasturlash kursida o'tilgan darslarni va shu bilan birgalikda Code.org, CoderDojo kabi butun jahon bolalar dasturlash maktablari resurslarini mutlaqo bepul o'zbek tilida o'zlashtirish imkoniyatiga egadirlar.

Bizning Maqsad

⚡️ Bolalarni IT sohasiga jalb qilish va ularni ushbu soha imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirish.

⚡️ Blokli, vizual dasturlash tillari va shu bilan bir qatorda dasturlash tushunchalari yordamida mustahkam fundament hosil qilish.

⚡️ Bolalarning o'z hayolot dunyolarini dasturlash yordamida jonlantirishga va ulardagi mantiqiy va ijodkorona fikrlash qobilyatini rivojlantirishga yordam berish.

⚡️ PDP Kids dasturiy ta'minot ishlab chiqarish va robototexnologiya hamjamiyatiga asos solish

⚡️"Hayotda har qanday maqsad to'g'ri tanlangan harakatlar ketma-ketligi" g'oyasi ostida bo'lajak IT liderlarni tarbiyalash

Loyihada ishtirok etish tartibi

Loyiha 7-15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun birdek mos keladi. Ushbu loyiha ishtirokchisiga aylanish uchun bizning PDP Kids telegram ijtimoiy tarmog'imizga a'zo bo'lib bizni kuzatib borishingiz kifoya qiladi. Agar siz loyihaning faol foydalanuvchisiga aylanishingiz va kurs so'nggida sertifikatga ega bo'lishingiz uchun quyidagi bosqichlardan o'tishingiz lozim bo'ladi.

✅ Bizning botimizga loyihada qatnashish istagini bildirib murojaat qiling.
✅ PDP Kids Formani o'zingizning haqiqiy ma'lumotlaringiz bilan to'ldiring
✅ Kanalda berib boriladigan vazifalarni o'z vaqtida bajarib, tekshirtirib boring
✅ Loyiha ishlaringizni PDP Kids kanalida do'stlaringiz bilan ulashing va ularning loyihalarini ham kuzatib fikr bildirib boring


Loyiha imtiyozlari

🌀 Bepul dasturlash video darslari
🌀 Dasturlash bo'yicha vazifa va topshiriqlar
🌀 Uyga vazifalarini tekshirtirish va vazifa yuzasidan izohlarga ega bo'lish
🌀 O'z loyiha ishlarini PDP Kids kanaliga chiqartirish
🌀 Online Zoom darslar va Live darslarda qatnashish imkoniyati
🌀 Kurs so'nggida sertifikatga ega bo'lish

📌 Diqqat! Ushbu bo'limdagi imtiyozlarga ega bo'lish uchun siz rasman PDP Kids loyihasida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz lozim.

Kurs so’nggida farzandingiz atrofidagi jarayonlarni bemalol tahlil qilgan holda uning kichik modelini ishlab chiqish, o’yinlarni loyihalash va dasturlash orqali animatsiyalar hosil qilish kabi jarayonlarni bemalol mustaqil olib borishlari mumkin bo’ladi. Programming for kids farzangiz kelajagi uchun eng maqbul tanlov.