July 17, 2020

Tim Berners-Lee: The father of the “World Wide Web”

Oramizda Internetdan foydalanmaydigan bola bo’lmasa kerak deb o’ylayman, hatto biz bazi o’rinlarda bu ishni ota-onalarimizdan ham yaxshiroq uddalaymiz. Bo’lmasa ular bizdan yordam so’rashardimi?

Siz, shu www (“World Wide Web”) yordamida ishlaydigan tizim ixtirchisi haqida hech o’ylab ko’rgamisiz? Unda postni oxirgacha o’qing va Internetning ixtirochisi va otasi bo’lgan Tim Berners- Lee haqida bilib oling.Buyuk Britaniya kompyuter olimi, Umumjahon internet kashfiyotchisi bo’lgan Tim Berners-Lee 1955-yil 8-iyunda Angliyaning London shahrida tug’iladi. 2004-yilda u o’z ximatlari uchun Angliya qirolichasi Yelizaveta II tomonidan ritserlik mukofoti va Finlandiya Texnologiya mukofoti fondi tomonidan “Millennium Technology Prize” mukofoti yani 1 million yevro bizni pul bilan hisoblaganda 11,6 milliard pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Xo’sh, u bu natijalarga qanday erishdi? Keling, birgalikda ko’rib chiqamiz!

Timning ota-onasi komyutershunos olimlar bo’lib, ular ilk shaxsiy kompyuter ustida ish olib borishgan. Komyutershunoslik bu Timga meros bo’lgan kasb bo’lib, u yoshligidan shunday muhitda o’sgan. Tim bolaligidan elektronikga juda qiziqgan va kichik bo’lishiga qaramay elektrinika haqida hamma narsani bilgan. Maktabni bitirgach Berners-Li uch yil davomida Oksford universitetiga, Queen's Collegedagi o'qishga kirdi va 1976-yilda fizika bo'yicha birinchi darajali diplom oldi.

1976 yilda Oksford universitetini bitirgach, Berners-Li Angliyaning Dorset shahri, Pool shahrida joylashgan Plessey Telekommunikatsiya Ltd kompaniyasida ikki yil davomida kompyuter dasturlarini yaratdi. 1980-yildan boshlab u Yevropa Yadro Tadqiqotlar Tashkilotida (CERN) mustaqil dastur muhandisi bo’lib ishlaydi. U o’sha yerda ma’lumotlarni oson almashish va yangilash uchun hipertext* asosida loyiha taklif qiladi. Hozirgi internet gipermatnli aloqa tizimini ishlab chiqishda unga 1983-yilda Vinton Serif tomonidan email* tizimini yaratilishi katta turtki bo’ldi. Endi u hamma uchun foydalanish imkoniyati mavjud bo’lgan tizim yaratishni maqsad qildi. Va nihoyat 1989-yil mart oyida Berners-Lee email xizmatidan foydalanmasdan turib ham global ravishda ma’lumot almashinish tizimini ishga tushurdi. Ushbu tizim World Wide Web (“Butun dunyo o’rgamchak to’ri”) nomi bilan ish boshladi va Berners-Lee u yordamida ishlaydigan birinchi web-browser*ni yaratdi.

Birinchi web sayt ham CERNda ishlab chiqilgan bo’lib, u 1991-yil 6-avgustda o’z faoliyatini boshlagan. Uning manzili info.cern.ch bo’lib, bir vaqtning o’zida u ham web server* va web site* vazifasini bajargan.Birinchi veb-sayt Berners-Li loyihasi haqida ma'lumotni o'z ichiga olgan bo'lib, ular gipermatn (HTTP*) haqida ma'lumot olishlari va veb-sahifalarni yaratishlari haqida bilishlari mumkin edi.1992-yilga kelib, butun dunyoda 50 ta server mavjud edi va 1994 yilga kelib, 2 milliondan ortiq foydalanuvchilar bor edi, har oyda 150 000 yangi foydalanuvchilar qo'shilib borildi. 1994-yilda Berners-Lee AQShning Massachusets Texnologiya Institutining Informatika laboratoriyasida Butunjahon Internet (W3) Consortiumi tashkil qildi. Consortium boshqalar bilan maslahatlashgan holda Internetni va standartlarni ishlab chiqishni nazorat qiladi. Berners-Lee shunday beri ushnu tashkilotning direktori bo’lib ishlab kelmoqda. 

The World Wide Web Today: Tim Berners-Lee loyihasi asosida ishlaydigan interet foydalanuvchilari soni 2020-yil aprel oyidagi ma’lumotlarga qaraganda 4,57 milliardni tashkil qiladi va bu butun dunyo aholisining 59% bildiradi. Har daqiqada 570 dan ortiq yangi veb-saytlar yaratilmoqda. 1997-yilda birinchi marta tijorat uchun foydalanilgan internet tizimidan 2019-yildagi birgina reklamalr orqali aylangan foyda summasi $124,6 milliardni tashkil qilgan. 
Yuroqidagi ma’lumotlar PDP Kids Team a’zolari tomonida internet manbalari asosida tayyorlandi. Siz uchun foydali bo’ldi deb o’ylaymiz. Asosiy texnologik atamalarni tarjima qilmadik balki ularni kanalimizda ma’nolarini tushunib olishingiz uchun maxsus lug’at tarzida berib borishga qaror qildik. Iltimos fikr va mulohazalaringizni komentariyalar yordamida qoldirishingizni so’rab qolamiz.