July 23, 2020

ClassDojo: One rule, be cool!

CoderDoje bu 7 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalar (Ninjalar) uchun tekin, ochiq dasturlash klublarini tashkillashtiruvchi global harakat hisoblanadi.  Bunda bolalar texnologiya olamini guruhdosh Ninjalar va ko’ngilli mentorlar yordamida o’rganishadi. CoderDojo harakati butun dunyo bolalariga dasturlashni ijtimoiy birlashgan holda xavfsiz muhitda o’rganish imkoniyatini yaratishni maqsad qilgan.

Ushbu harakat Jeyms Velton va Bill Liao asos solgan. Jeyms 18 yoshida o'z maktabida kodlash klubini yuritadigan dasturchi edi va Bill tadbirkor va xayriyachi bo'lib, Jeymsning ijobiy ta'sirini ko'rdi va uning loyihasini rivojlantirishni xohladi. Ular birgalikda ish olib borishdi va CoderDojoni yaratdilar va birinchi Dojoni 2011-yil 23-iyul kuni Korkda (Irlandiya) o'tkazdilar. 

Hozirda, CoderDojoning bepul dasturlashni o’rgatish modeli butun dunyo bo'ylab dasturlash harakatiga katta yordam berdi: deyarli 2000 ta Dojos 80 ta mamlakatda tarqalib ketdi va odamlar har kuni yangi Dojoslarni boshlaydilar!

CoderDojo qanday ishlaydi?

Dojo darslarida Ninjalar deb ataluvchi ishtirokchilar qanday qilib kodlashni, web-saytlar, ilovalar, dasturlar va o’yinlarni ishlab chiqishni va texnologiya sohasini qiziqarli va ijodiy usulda o’rganadilar. Ninzalar, darslar davomida tengdoshlari bilan uchrashadilar, ajoyib jamoa va individual tarzda loyihalar ustida ishlaydilar va o’z kelajaklari uchun eng muhim bo’lgan qobilyatlarini Dojo darslarda shakllantiradilar. 

Dojo darslari odatda chempion nomi bilan tanilgan, bitta yetakchi ko’ngilli tarafidan tashkillashtiriladi. Dojo Chempioni ushbu guruhning “loyiha menejeri” hisoblanib, o’z atrofida guruhni boshqarish uchun ko’ngillilar jamoasini yig’adi. Dojo ochiq manbaali harakat bo’lgani uchun, istalgan joyda ixtiyoriy ravishda ko’ngillilar tarafidan klub ochish mumkin. Bunda har bir Dojo noyob tarzda avtonom ishlaydi. Bu degani har bir Dojo ayni boshqasidan biroz bo’lsada farq qiladi. Lekin, barcha kurslar CoderDojo nizomi va odob-axloq qoidalariga binoan tashkil etiladi.

CoderDojo nega bolalar uchun juda ahamiyatli?

Dunyo miqyosida ko'plab sohalarda odamlar ish jarayonidagi kerakli ko'nikmalardagi bo'shliqdan aziyat chekmoqda. Ko'p hollarda muammo ish joylari etishmasligidadir, ammo mavjud ish uchun malakali kadrlar etishmasligi ham yetalicha topiladi. Dojo ishchi kuchli yangi etika rivojlanmoqda; hozirgi paytda deyarli har bir professional ishda ma'lum bir texnologik savodxonlik kutilgan bo'lsa ham, endi kompyuterdan foydalanishning o'zi ish jarayonida yetarli bo'lmaydi. Ish beruvchilar ham yuqori darajadagi ijodkorlik va rivojlanishni kutmoqdalar.

2020-yilga kelib birgina Yevropaning o'zida 900000 dan ortiq texnik malakali ishchilar yetishmasligi kutilmoqda. Buyuk Britaniyada shu yilga kelib texnologiyaga asoslangan ish uchun taxminan 249,000 ishchi yetishmasligi kutilmoqda. Ushbu kamchilikni bartaraf etishning yagona yo'li - yoshlarga bolaligida texnologiya yordamida qanday yaratishni o'rganish uchun ko'p imkoniyatlar berish. Ba'zi maktablar Buyuk Britaniya, Estoniya, Xitoy va AQSh kabi mamlakatlarda boshlang'ich bosqichda kodlashni joriy etishni boshladilar. CoderDojo loyihasi esa o'zgacha yondashuv va malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan darsliklar va resurslar yordamida bunday harakatni tezlatadi va bolalar uchun kelajakda har qanday kasbda talab etiladigan ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.