Dark night
Yana bahor qaytadimi, sen qaytmasang
Quyosh nurlari charaqlab chiqib butun borliqni yoritib turardi. Chamasi toʻqqizlar atrofida Sua uygʻonib ketdi. Koʻzlarini ochgan qiz atrofga alanglab qarab qoldi, huddi hozir oʻz xonasida uygʻonmoqchidek tuyuldi, ammo oʻziga begona boʻlgan xonada uygʻondi. Birdan boshlangan ogʻriq sababli tanasi burishib qoldi. Qorin sohasida ogʻriq kuchayib borar ekan yotiq ustida turgan matoni gʻijimlay boshladi. Oʻrnidan turib yurmoqchi boʻlganda bir qadam tashladi hamki yerga yiqildi. Koʻzlaridan yoshlar otilib chiqar ekan qornini ushlab ogʻriq oʻtib ketishini kutdi. Ammo u yoʻqolmadi aksincha soniya sayin ortib borayotgandek goʻyo. Eshik taqilladi uni ortidagi inson kimligini uni bir zum oʻylantirib qoʻydi. Hayoliga Jungkook boʻlsa-chi degan fikr kelishi bilan oʻrnidan turib yurishga harakat qildi. Eshik ochilib uni ortidan bu uyning ancha yillardan beri hizmat qilayotgan ayol edi. Uning qoʻlida nonushta va dorilar bor edi. Aftidan Jungkook buyurib ketgan degan hayol keldi qizga. Tezda nonushta tayyorlangan patnisni stol ustiga qoʻyib qizga yaqinlashdi.
- Ahvolingiz yaxshimi kichik Jeon honim.. qachon uygʻundinggiz. Nonushta qilib oling~ deya ketma ket savollarni bera boshaldi.
- Men biroz avval uygʻondim.. shart emas nonushta qilmayman~
- Iltimos nonushta qilib oling janob Jeon buyrugʻi.. jahllari chiqarmang~ deb qizni qoʻlidan ushlab stol atrofdagi oʻrindiqqa oʻtirgʻizdi.
- Doringizni ichib oling.. ogʻriqlaringiz qoladi~
- Buni ham Jungkook tayinladimi? ~ javobini bilsa ham savol berdi.
- Albatta janob aytdilar.. hozir kelib qoladilar, kelgunlarigacha nonushta qilib oling~ deya xonani tark etdi.
Dori ichishga odatlanmagan qiz hatto turli xil ignalardan qoʻrqardi. Yoshligidan beri dori ichmagan qiz huddi yosh bolaga oʻxshab uni achchiqligi sababi qabul qilmagan. Uy atrofida toʻxtagan Bmw rusumli avtomobildan tushgan yigit uy ichiga kira boshladi. Qoʻriqchilar uni ta'zim qilib kutib olishar ekan uy ichkarida ham huddi shunday jarayonlar takrorlanardi. Lee xonim Jungkookni kelganini koʻrib tezda uni yoniga keldi. Avval ta'zim qilib hayrli kuni tiladi.
- Sua uygʻondimi? ~ uning hozir hayollari qizda edi.
- Ha janob.. siz aytganingizdek nonushta va qabul qilishlari kerak boʻlgan dorini olib kirib berdim. Menimcha hozir nonushta qilayaptilar~
- Yaxshi~ yigit zinalardan koʻtarilayotganda ham hizmatchi uning ortidan taʼzim qilib turdi. Uning qorasi koʻrinmay qolgach u ham oʻz ishini davom ettirish uchun oshxona tomon yoʻl oldi.
Xonani eshigi birdan ochilganligi sababli yotoqda yotgan qiz choʻchib ketdi. Qizni yotoqda ekanligini koʻrib qoshlarini chimirdi. Taomlarga qoʻlini ham tekkizmagan hattoki dori ham oʻsha yerda turardi. Boʻyinbogʻini asabiy boʻshatgan yigit kostyumini yechib uni oʻrindiqqa tashladi. Oʻzi esa yotoqqa yaqinlashidi. Qiz qoʻrqib hozir yigit unga nima qilishi haqida oʻylab qoʻrqib ketdi. Koʻzlarini chirt yumib olib koʻrpani yuziga berkitib oldi. Buni koʻrgan Jungkook ayyorona tabassum qildi. Suani birinchi kundan qoʻrqitgisi kelamdi shunchaki unga yumshoqroq boʻlishga harakat qildi.. sababi qiz Jungkookdan juda qoʻrqardi.
- Kichkintoy bu nima qiliq.. yosh bolaga oʻxshashni bas qil~ yuzidan koʻrpani olib tashlaganini sezib Sua yigitga qaradi. Jungkook unga juda yaqin turganligi sababli oʻzini noqulay his qildi.. shu sababli oʻrnidan turib yotoqda oʻtirib oldi.
- Tezda turib nonushta qil.. men chiqgunimgacha bir qoʻshiq ovqat qolmasin. Doringni ich agar men qaytganimda ham shunday turgan boʻlsa oʻzim burningdan quyaman..~
Yuvinish xonasiga kirib ketgan yigit ortidan qarab qolgan qiz ogʻriqlariga qaramay dori ichishni istamadi. Yana yotoqga joylashib ogʻriqlarini uyqu yordamida yengmoqchi boʻldi. Oradan ancha vaqt oʻtdi yuvinish xonasidan suv ovozi eshitilmay qoldi. Ohir oqibat oʻrnidan turib stol ustida joylashgan stakandagi suvni olib uni yonidagi bir donagina boʻlgan dorini qoʻliga oldi. Yotoqning bir burchagiga oʻtirib uni ichishga shaylangan ham ediki Jungkook qadam tovushlari eshitildi. Qiz stakanni yotoqning yonida joylashgan javon ustiga qoʻyib.. dorini yostigʻi tagiga berkitdi. Oʻzi esa tezda yotoqda joylashib oldi. Jungkook chiqishi bilan birinchi oʻrinda hali ham qoʻl tekkizilmagan nonushtaga qaradi soʻng qizga. Chuqur uh tortib asabiylashmaslikka harakat qildi ammo bu befoyda. Nam sochlarini quritish uchun olib chiqqan sochigʻini asabiy gʻijimlab uni otib yubordi. Buni eshitgan qiz yotoqdan turdi va Jungkookga nazar tashladi.
- Sua meni asabiylashtiryapsan men senga nima degan edim.. doriningni ich, ovqatingni yegin demadimmi! ~ deya oʻshqirdi.
- Yolgʻon gapirma menga.. yostigʻim tagiga yashirib qoʻysam bilmaydi dedingmi. Qattiq adashasan Sua~
- Tur oʻrningdan~ qiz oʻrnidan jilmadi.
- Men senga nima dedim. Yana takrorlashimni istaysanmi?~ qiz oʻrnidan turib sekin Jungkookni oldiga keldi. Boshini yerdan uzmadi hatto yigitga qarashga ham qoʻrqdi.
Menga qara Sua~ qiz sekin Jungkookga qarar ekan uni koʻzlari bilan toʻqnash kelgan zahoti nigohini olib qochdi.
- Hozir nima qilishing kerak~ qizga kinoyali gapirdi. Sua biroz avval qoʻygan dorisini oldi, ikkinchi qoʻliga stakanni olib ichdi. Dorini yutishga qiynalgan qiz Jungkookning asabiy nigohlarini koʻrib yutib yubordi.
- Bu safar bunday boʻlmaydi oʻzim burningdan quyaman.. endi nonushtangni qil. Agar bu safar ham aytganimni qilmasang mendan yaxshilik kutma.. oʻzim boʻyningdan bogʻizlab ovqat yediraman.. tushundingmi?~
- Ha.a~ juda past ovozda gapirdi buni hatto Jubgkook eshitmadi.
- Ha.. tushunarli~ qiz ovqatlanish uchun oʻrindiqqa oʻtirdi. Buni koʻrgan yigit garderop tomon ketdi...
Doʻkon tashqarida joylashgan stollarning birida ikki yigit suhbat qurardi. Ulardan biri allaqachon mast boʻlishga ulgurgan, yana biri esa uni aytayotgan alamli soʻzlarini shunchaki tinglar edi. Mast holatda nimalar deyotganini hatto sezmasdi. Ohirgi stakandagi sojuni bir koʻtarishda ichgan yigit shu orqali butun vujudidagi azob uqubatlari..alamlarini chiqarib tashlamoqchi boʻlgandek goʻyo. Boʻshab qolgan soju idishiga qarab uni ichida yana ichimlik bordek stakanga qoʻymoqchi boʻldi ammo uni Hyunjin toʻxtatib qoldi.
- Mast boʻlib qolibsan Felix.. oʻrningdan tur uyga ketamiz~ yigitni oʻrnidan turgazib yoʻlga otlanishdi. Havo kechasi biroz sovuq.. bahorning salqin shamollari yengil- yelpi esib turardi. Koʻcha boʻylab ketayotgan ikki yigit biri koʻzlarini oydan uzmasdi, Hyunjin esa mast holatda boʻlgan Felixni qoʻlini yelkasiga qoʻyib yurishga qiynalayotgan yigitga yutishga yordam berar edi.
- Nega bunday boʻldi.. nega aynan oʻsha iflosga turmushga chiqdi. Ahr meni sevardi, men ham uni bor vujudim bilan sevaridm.. bilasanmi Hyunjin manavi yerim achishib ogʻriyapti. Bu ogʻriq meni tark hech ham tark etmayapti.. uni oʻylamay deyman lekin hayollarimda faqat u. Uni sogʻindim.. uni koʻrgim keladi oldiga bora olmayman. Jin ursin hammasini...~ deya yuragiga yetib gapirdi. Koshki endi yuragidagi ogʻriqlar shu bilan tugab qosla...~
Tashqari biroz sovuq boʻlishiga qaramay yupun kiyimda yotoqxonadagi balkondan oyga tikilib turgan qiz koʻzlaridagi yoshlarni artib tashladi. U hozir Felix haqida oʻylar ekan u bilan oʻtgan shirin damlarini yodga oldi. Biz zum hayolga choʻmgan qiz ortidan quchgan qoʻllar sababli qoʻrqib ketdi. Ortiga qaraganda charchoq hissi ufurib turgan Jungkookni koʻrib undan uzoqlashmoqchi boʻldi. Uni bellaridan quchib yelkasiga oyogʻini tirab olib qizni iforidan baxramand boʻlardi.
- Nimalar haqida oʻylayapsan kichkintoy hotto men kelganimni ham sezmading~ kesatiq.. biroz jahl aralash gapirdi.
- Hech narsa.. shunchaki hayol surib qolibman~ yelkasini olib qochmoqchi boʻldi.
Qizni bir koʻtarishda qoʻllariga olib yotoqga joylashtirdi. Qiz tipirchilab unga qarshilik koʻrsatardi. Qoʻllarini Suani qoʻllari bilan birlashtirib halaqit berayotgan qoʻllarini olib tashladi. Qiz qoʻllarida ogʻriqni his qildi chunki bir necha kun avval jarohatlab olgani uchun boʻlsa kerak. Jungkook buni tushunib uni qoʻllarini ozod qildi. Qizni boʻyin sohasidan oʻpib qizgʻish.. binafsha rangli izlar qoldirardi. Yorqin oy shuʼlasi yordamida xonada biroz boʻlsada yorugʻlik bor edi. Qayerdandir qushlar sayrab tinchimasdi.. itlar uvillashi eshitilar edi. Xullas bu tun sokinlik.. sukutdan iborat. Bugungi kecha yana qiz uchun qiyin kechadigan boʻldi...