January 4

Dark night

1-qism

Yana bahor qaytadimi sen qaytmasang

Tungi Seoul koʻchalari doimgidek sokin va jim jit. Bahorning mayin shabbodalari esar ekan bu tun suv quygandek jim edi. Barcha shirin uyquda baʼzilar esa tuni bilan uxlash niyati yoʻq edi goʻyo. Shaharning tashqarisida joylashgan qalin oʻrmon ham hozir uyquda. Nafaqat oʻrmon balki uning bagʻrida yashovchi mavjudodlar ham orom olmoqda. Oʻrmon soʻngida joylashgan kulbada esa hali ham chiroqlari yonggan holda turardi. Uning ichida esa hayoti va yashashi uchun kurashayotgan insonga bu kecha unchalik sokin emasdek tuyulardi. Butun oʻrmon boʻylab eshitilayotgan qichqiriqlar barini buzayotgandi. Qoʻllari bogʻlab qoʻyilgan erkakni tinmay urayotgan yigitlar hali beri toʻxtash niyati yoʻq. Vaqt oʻtgani sayin tepkilar soni va zarbi ortib borar ekan yarador erkakka rahm qilishmasdi.

Yoshi 30ga hali kirmagan ammo koʻrinishiga nisbatan ancha kelishgan va mahobatli boʻlgan yigitni ishorasi bilan barcha urushdan toʻxtab qoldi. Yigit sovuq nigohlari bilan hamma yeri qon boʻlib ketgan erkakka qarab iblisona jilmaydi.

Jungkook: Aqling kirdi shekilli, hoʻsh qachon yolgʻon gapirishni toʻxtatmoqchisan. Pullarimni qayerga yoʻqotding qani gapirchi agar yashirayotgan boʻlsang bu yerdan tirik chiqmasliginga oʻzim kafolat beraman.

Yigitning gapidan oʻylanib qolgan erkak nima deyishni bilmasdi. 200 million pullarni bir kechada ishlatib qarzidan qutulganini oʻylasa xato qilib qoʻyganini endi anglab yetdi. Bu qilmishini Jungkook aslo kechirmasligini unga hiyonat qilib, yolgʻon gapirayotganini sezsada yana unga imkon beradi. Balki bu yigitning ayyarona hiylasi boʻlishi mumkin, lekin Jungsuu buni hali tushunmadi.

Jungsuu: Men..men olmadim deyapman yana necha marta qaytarishim kerak.

Jungkook: Sen olmadingmi, qiziq unda kim oladi shuncha million pullarni~ deya ovozini biroz koʻtarib. Uning hayqirigʻi kulbadan ham nariga oʻtib ketdi.