October 23, 2024

Dark night

4- qism

Yana bahor qaytadimi, sen qaytmasang

Erta tong...

Sua/pov:

Zinalar boʻylab pastga tushar ekanman, oilaviy katta dasturxonda dadam, oyim va mitti malikam nonushta qilishardi. Bugun dam olish kuni boʻlsa ham juda erta uygʻongan edim. Ularga hayrli tong tilab oʻz oʻrnimga oʻtirdim. Ovqat yeyishni hech oʻylamasdim fikr- u hayolim boshqa narsalarda edi. Birdan oyimning bergan savoliga bor diqqatimni qaratdim

Yonhi xonim: Qizim nega ovqatingni yemayapsan yoki mazang yoʻqmi?

Javob tariqasida boshimni qimirlatib rad javobini berdim. Yana likopchadagi taomga qarab turib uni yeyishim kerakligini anglab, uni tanavvul qilishni boshladim.

Bir zumda yana hayollarga berilib ketganimni sezmagan edim qachonki dadam meng qarab gapirmagunlarigacha. Ularni hozir nafratlanardim ammo u mening otam. Gaplariga quloq solar ekanman gap men haqimda ekanligini anglab yetdim.

Jungsuu: Bir haftadan soʻng unashtiruv marosiming... bundan bu yogʻiga maktabga hatto.. koʻchaga ham chiqmaysan. Buni Jungkook buyurdi.

Bu gaplarni eshitishim bilanoq quloqlarimda kuchli ovozni eshitdim... borgan sari balandlashib borardi hech toʻxtamasdi. Nahotki, endi oʻsha razilni deb oʻz erkinligidan ham ayrilsam. Uni bunchalik surbet deb oʻylamagan edim.

Sua: Yoʻq.. yoʻq aslo unday boʻlmaydi. Men maktabga borishim kerak...~ boshqa hech qanday soʻzlarni tinglamadim huddi qulogʻim tom bitgandek goʻyo. Oʻrnimdan turib hech kimga e' tibor bermay zina tomon oshiqdim lekin otam ortimdan baqirgancha qolib ketdi

*

Xonamga kirishim bilan eshikni qulfladim, bilmadim nega bunday qilayotganim aqlimga sigʻmaydi. Eshikka oʻtirgancha suyanib yigʻlab yubordim. Koʻzlarimdan shashqator yoshlar tomar ekan oʻsha yerda qancha vaqt oʻtirganimga ahamiyat bermadim. Oʻzimni biroz yaxshi his qilganimdan soʻng oʻrnimdan turib hammomga kirayotganimda xonamning qaysidir burchagidan telefonim jiringlashini eshitdim. Telefon qoʻngʻirogʻiga javob berish uchun uni qoʻlimga oldim va notanish boʻlganligi sababli qizil tugmani bosdim. Oradan bir daqiqa oʻtmasdan yana shu raqamdan telefon keldi. Bu safar yashil tugmani bosib qoʻngʻiroq qilgan insonni gapirishini kutdim. Ammo yana oʻsha iflosni ovozini eshitishim bilan goʻshakni qoʻyib qoʻydim. Qayta va qayta qilinayotgan qoʻngʻiroqlarga javob bermasdim.

Biroz vaqtdan soʻng telefonimga xabar keldi. Ochib uni oʻqidim: ʼ Qoʻngʻiroqlarimga javob ber agar yana qayta qilganimda javob bermasang hoziroq uyingga borib oʻt qoʻyaman meni bilasan aytganimni qilmaguncha tinch yurmayman kichkintoy ʼ.

Qayta kelayotgan qoʻngʻiroqqa javob berishga biroz oʻylanib qoldim va qaltiroq qoʻllarim bilan unga javob berdim.

Jungkook: Keyingi safar kechirib oʻtirmayman, bu birinchi va oxirgisi boʻlsin kichkintoy tushunarlimi?

Sua: H.. ha

Jungkook: Uydan tashqariga chiqa koʻrma agar chiqgudek boʻlsang oyogʻingni oʻzim sindiraman. Sevgiling haqida oʻylashni bas qil. Uni tirik qolishini istasang undan uzoqlashganing muqul.

Bu gaplarni eshitar ekanman butkul tamom boʻldim. Felixni ismini eshitishim bilan yuragim sanchishni boshladi. Koʻzlaridagi yoshlarimni artib sevgilim haqida oʻylshni bas qilib Jungkookni savollariga javob berdim.

Jungkook: Meni tushunding degan umiddaman kichkintoy.

U bilan suhbatni tugatish maqsadida gaplarini tasdiqladim. Qizil tugmani bosib telefonimni oʻtib yubordim. Yotogʻim tomon borib uxlashni afzal koʻrdim, qani edi shunchaki hozir uxlab qaytib uygʻonmasam...


Seoulda quyosh botar vaqti xonasining derazasidan quyosh botishini kuzatib turargan qiz har doimgidek oʻyga choʻmgan. Hozirgi vaqtda unga yoqadigan yagona narsalardan biridek tuyuldi. Biroz vaqtdan soʻng atrofda qorongʻulik hukmronlik qila boshladi. Endi diqqatini osmondagi koʻplab yulduzlardan tortib, yagona boʻlgan oyga qarab termulib turardi. Bu Suaga yoqardi, shunchaki sababsiz tikilib turish.

Shunday turgancha qancha vaqt oʻtagini anglay olamay qoldi. Atrof yanada qorongʻulashgan edi. Birdan oʻzing ismini eshitib qoldi, uni kimdir chaqirayotganini eshitdi. Tashqariga alanglab qarar ekan koʻzi birdan Felixga tushdi. Unga qoʻl silkib tabassum qilar ekan, yigit ham unga javoban qoʻl silkidi. Qizning kayfiyatini koʻtarilishiga sababchi boʻlgan yigit qizni yoniga chaqirdi. Qiz derazani yopib pastga otlandi. Zinardan shiddat bilan tushardi lekin oyisining gaplarini eshitmasdi. Qiz hozir sevgilisi tomon oshiqmoqda. Darvoza tagida koʻplab qoʻriqchilar bor boʻlishiga qaramay ularni chetlab oʻtdi.

Bir amallab chiqishga muvaffaq boʻlgan Sua yigitni qidirishni boshladi. Ber chetda turgan Felixni koʻrib unga yaqinlashdi. Uning yoniga borgan zahoti qizni bagʻriga bosdi.

Felix: Seni sogʻindim Sua...

Shu uch soʻz qizni kayfiyatini maksimal darajada oshirib yubordi. Yigitga mayin tabassum qildi.

Sua: Men... ham

Felix: Nega telefon qoʻngʻiroqlarimga javob bermading?

Sua: men... telefonimni quvvati tugagan ...boʻlsa kerak

Felix: Ha shunday degin.. ochigʻi men senga bir gapni aytish uchun keladim.

Sua: Hoʻsh qanday?

Felix: Men bir xafta Seoulda boʻlmayman... shuni senga aytmoqchi edim telefon qilganimda javob bermading... sen bilan xayrlashgani keldim.

Sua: mayli... seni sogʻinaman

Yigitni bagʻriga bosdi..oʻzini biroz boʻlsada hotirjam his etidi. Birdan koʻchaga burulgan mashina uyni yonida toʻxtadi. Qiz yigitni quchogʻidan chiqib, u oʻylayotgan inson boʻlmasligi uchun duo qila boshladi. Tanasi oʻziga boʻysunmay, qoʻllari qaltirashni boshladi.

Felix: Nima boʻldi Sua ahvoling yaxshimi... nima boʻlyapti senga?

Jungkook: Buni sendan soʻrash kerak aslida!

Yigitning yoqasidan olib, bir zumda unga bir zarba berdi. Yerga yiqilgan Felix oʻrnidan turishga harakat qildi. Oʻzini oʻnglab olgan yigitni koʻrib yana uni urmoqchi boʻldi.

Sua: Jungkook... Jungkook unday qilmang iltimos.. urmang iltimos..