November 18, 2024

Dark night

3 qism

Yana bahor qaytadimi, sen qaytmasang

Quyosh kattagina boʻlgan shaharni yoritib turar ekan osmonda bulutlar koʻrinmas edi. Erta tongda maktabga yoʻlga tushgan qiz ortidan kuzatib kelayotgan yigitni payqamadi. Koʻchalar boʻylab ketardi ammo hayollari umuman boshqa joylarda. Doim hayollari bilan band boʻlganligi sababli hech narsa eʼtibor qaratmay yoʻlida davom etardi. Atrofga alanglab qaradi barcha u kabi koʻchalar boʻylab ketardi. Qizga bir narsa shubhali koʻrindi. Notanish boʻlgan mashina uning harakatiga qarab yurayotganini sezib qoldi. Oʻzini sezmagandek yurishda davom etdi balki bu shunchaki tasodif boʻlishi mumkin deb oʻyladi. Ammo bu unday emasligini bilgach harakatini tezlashtirdi

Maktabga yaqin qolgan boʻlsada bu qizga juda uzun yoʻldek tuyuldi. Maktabga kirayotganda oʻzini ancha behavotirdek his qildi. Hamma oʻquvchilar maktab ostonasidan kirib ketishardi ularga qoʻshilib Sua ham darslari tomon yoʻl oldi

Jungkook: Bir oz sabr qil kichkintoy.. oz fursatdan soʻng meniki boʻlasan~ qizni kirib ketishini kuzatib turar ekan iblisona jilmaydi. Uning kirib ketishi koʻrgan zahoti mashinasini harakatga keltirdi

Yoʻl boʻylab ketar ekan birdan telefoni jiringlab qoldi. Ekranga qaradi va oʻylab oʻtirmay qoʻngʻiroqqa javob berdi.

📲 Jungkook: Eshitaman~deya sovuq ohangda gapirdi.

📲 kotib Kim: Hayrli tong janob Jeon.. men kecha siz aytgan qiz haqida maʼlumotlarni toʻpladim. U rostdan ham Jungsuuni katta qizi ekan.

📲 Jungkook: Hoʻsh Jungsuuni ikkinchi qizi haqida nimalarni aniqlading?

📲 kotib Kim: ismi Suna, yoshi sakkizda, Boshlangʻich maktab oʻquvchisi ekan.

📲 Jungkook: Jungsuuni kuzatib yuribsanmi.. u qayerdan pul topsa ham tezda u pullarni yoʻqot. Ortidan qolma, qizi uchun u bariga tayyor.

📲 kotib Kim: Tushunarli janob Jeon. Boshqa topshiriqlaringiz boʻlmasa men goʻshakni qoʻyaman... ~ deb qizil tugmani bosdi.

Ertasi kuni...

Sua sinfdoshlari bilan maktabdan uyga qaytar ekan, ular bilan suhbatlashib, miriqib kulardi. Doʻstlari bilan vaqt oʻtkazishni yoqtirardi. Ancha kech tushib qoligan lekin u hali ham uyda emas edi. Uyiga yaqin qolganda ular bilan hayrlashidi ammo uyi yaqinida bir qancha qora rangdagi mashinalar koʻrib nimalar boʻlayotganini tushunmadi.

Darvoza oldida tansoqchilar koʻpayganini koʻrib oilasidan havotirlana boshladi. Uy ichkarisiga kirib borar ekan, ota onasi va singlisi mehmonxonadagi ancha katta boʻlgan devanda oʻtirishardi. Oʻrtilarida esa toʻpponcha koʻtarib olgan tansoqchilarni koʻrib aqlidan aytildi. Hatto yosh qizcha boʻlishiga qaramay toʻpponcha tirab turishar edi. Sua yugurib borib yigʻlayotgan singlisini bagʻriga oldi. Yigʻidan toʻxtamayotgan singlisini ovota olmasdi.

Sua: Nimalar boʻl.. yapti... oyi.. dada

Endigina Jungkookni koʻrgan qiz unga qarab kulayotgan yigitni koʻrib butkul tamom boʻldi. Nima deyishni bilmasdi. Gapira olmaydigan darajada qoʻrqayotgandi. Qoʻriqchi qiz tomon kelib uni quchogʻidagi mittigina qizaloqni tortib olmoqchi boʻldi. Sua singlisini qoʻyib yubormadi.

Jungkook: Tegma!!

Jungkookning hayqirigʻi bilan qoʻriqchi joyida jim qotib qoldi va soniyalardan soʻng joyiga qayta turib oldi. Bu birgina soʻz uni hayotini barbod qilishi mumkin edi.

Sua: Siz bu yerda... nima qilyapsiz.

Jungkook: Seni olib ketgani keldim kichkintoy.

Sua: Siz nimalar deyapsiz... bu gapirayotgan gaplaringizni.. tushunyapsizmi.

Jungkook: Agar tushunmagan boʻlsang otangdan soʻra tushuntirib beradi~ Jungsuuga ishora qilib gapirdi.

Qiz dadasiga qarab turar ekan Jungsuu hech nima deya olmadi. Sua dadasini sukut saqlayotganini koʻrib koʻzlaridan yoshlar sizib chiqa boshladi. Qoʻllari bilan koʻzlaridagi yoshlarni alam bilan artib tashladi. Hali ham hech narsa demagan erkakka qarab baqirishni boshladi.

Sua: Nega jimsiz... dada.. yoll..gʻon gapiryapti deng. Seni berib yubor...mayman deng.

Jungsuu: Kechir.. qizim...

Shu ikki soʻz qizni hayotini barbod qildi. Suaning yosh qalbida dunyolar qulagandek boʻldi. Sunani ham unutgancha oʻtirgancha yigʻlardi. Yigit oʻrnidan turib qizga yaqinlashdi. Qizaloq qoʻrqqancha oyisini oldiga borib quchoqlab oldi.

Qiz oʻtirgancha yigʻlamaslikka harakat qilardi, hech narsaga etibor bermasdi huddi karaht boʻlib qolgandek. Yigitni kelganini sezgach biroz ortga surildi. Bu qiligʻi Jungkookka sira yoqmadi, qiz tomon egilib oldiga tushib turgan sochlarini qulogʻi ortiga oʻtkazidi. Qiz yana Jungkookdan bu safar ancha ortga chekindi. Buni kuzatib turgan ota- onasi hech narsa qilolmasdi. Oʻrnidan turgan zahoti Jungkookning odamlari otib yuborishi mumkin edi. Ammo Jungsuu oʻrnidan turishi bilanoq yelkasidan ushlangan kuchli qoʻllar bunga toʻsqinlik qildi.

Jungsuu: Unga yaqinlashma Jungkook!~ koʻz oʻngida boʻlayotgan voqealar sababli yana oʻrnidan turishga urindi. Bu safar boshiga tekkan sovuq qurol uni yuragini tez urishiga sababchi boʻldi.

Sua: Ularga teg.. mang iltimos... keting

Jungkook: Sensiz bu yerdan ketolmayman kichkintoy. Men bilan ketishing kerak agar ketmasang yaqinlaringdan ayrilishining mumkin.

Yigitning ishorasi bilan toʻpponcha oʻqlandi. Hali hamon boshiga tegib turgan qurol bir tepki orqali Jungsuu oʻlishi mumkin.

Jungkook: Boʻla qol kichkintoy.. javobingni kutyapman~ qizdan javob kelamagach ikkinchi toʻpponcha onasiga, hatto uni bagʻridagi mitti qizaloqni ajratib olib unga ham oʻqtalindi.

Jungkook: Hoʻsh endi javobing qanday~ deya iblisona jilmaygan yigit qizki javobini kutayotgandi.

Sua/ pov:

Bir nima deyishdan qoʻrqyapman. Agar rozi boʻlmasam ota onamdan ayrilaman, rozi boʻlsam sevgilimdan ayrilaman. Nima qilishni bilmayapman, qaysi tanlovni qilishni anglolmayapman....

Sevgilim meni kechir.. seni tanlasam oilamni Jungkook tinch qoʻymaydi.. meni kechir... Felix.

*

Sua: Ularni qoʻyib yu.. boring. Men.. men roziman. Odam..laringiz oilamdan uzoqroq... turishsin.

Gaplarini yakunlab boʻlishi bilanoq yigit yana avvalgidek jilmaydi. Qoʻl ishorasi bilan barcha qoʻriqchilar xonani tark etishdi. Yigit qilgan ishidan mamnun boʻlib qayta yana joyiga oʻtirdi. Qiz nimalar qilib qoʻyganini hali tushunmadi. Birdan kimdir uni qaynoq quchogʻiga oldi. Oyisini u ham quchib yigʻlardi. Oʻz hayotini barbod qilgan qiz sevgilisini oʻylardi. Unga endi qay koʻz bilan qarashini oʻylasa unga dunyolar qulagandek tuyulardi.

3- qism tamom...