Dark night
Yana bahor qaytadimi.. sen aaytmasang
Har doimgidek kun yorishgan boʻlsa ham hali uygʻonmagan qiz yotoqda bir oʻzi yotardi. Jungkook uyqudan uygʻonishga ulgurgan ammo qizni uygʻotishni istamadi. Dasturxon atrofida bir oʻzi nonushta qilardi. Xonada birdan telefon jiringlashi eshitildi. Bir marta qoʻngʻiroqdan soʻng hech kim javob bermagani uchun goʻshakni qoʻshib qoʻyishdi. Lekin yana bir bor jiringlay boshladi.. koʻzlarini hira shira ochgan qiz telefon qoʻngʻirogʻi kelayotganini angladi. Yotoqdan turib qayerdan jiringlayotganini tingladi. Avvaliga Jungkookning telefoni deb oʻyladi ammo bir soniyadan soʻng tanish ovozligini sezdi. Oʻzining telefoni qoʻngʻirogʻiga oʻxshatdi buni avval tush deb oʻyladi.. qidirishga tushib ketdi. Telefon qoʻyilmasidan oldin uni javob tortmasidan topib kim qoʻngʻiroq qilayotganini koʻrdi. Ekranga qarab yaqin insoni ekanligini koʻrib yashil tugmani bosdi. Javob berishi bilanoq telefon ortidagi inson shosha pisha gapira boshladi. Unga berilayotgan savollarga javob bera olmasdi. Koʻzlar bir zumda namlangan boʻlsa ham dugonasiga bildirmaslikka harakat qildi.
- Eshitaman Bona.. senmisan? ~ shu soʻzlarnigina gapira oldi holos.
- Ha men Bonaman.. nega telefonga javob berishing qiyin~
- Uhlayotgandim.. ochigʻi telefonim bu yerdaligini endi bildim sen telefon qilganingdan soʻng~
- Ha shunday degin ahvoling yaxshimi anavi iblis senga hech narsa qilmadimi.. u aslida ruhiy kasal~
- Nimalar deyapsan Bona.. meni ahvolim joyida hammasi yaxshi. Oʻzing.. oʻzingni ahvoling yaxshimi seni sogʻindim~
- Kim bilan gaplashyapsan Sua?~ birdan berilgan savoldan qizni kapalagi uchib ketti. Telefon ortidan Bona duganasiga savollar berardi, Sua esa bularni hech birini eshitmasdi.
- Men Bona bilan... men shunchaki~ qorqganidan tiliga soʻz kelmadi.
Qizni gaplarini yakunlashini kutmasdan qoʻlidagi telefonini yulib oldi. Qizning koʻzlari oʻzi bilmagan holda katta ochilib ketti. Yigitdan qoʻlidagi narsani olishga harakat qilib koʻrdi ammo Jungkookning qoʻliga yetmadi.
- Nega Suaga telefon qilding. Hoʻsh javob ber kim ruhiy kasal.. oʻylaymanki unga qaytib qoʻngʻiroq qilmaysan, keyingisida bu senga juda ogʻirlik qiladi~ Bona tilini yutib yuborgandek jim turardi. Qizni sukut saqlab turishini koʻrib sabrsizlik bilan qizil tugmani bosdi.
- Qani javob ber nega goʻshakni koʻtarding hoʻsh~
- Men Bona qilgani uchun olgandim..~ Jungkook qizga yaqin yura boshladi. Sua bilan tenglashib koʻzlari orqali uni qoʻrqitmoqchi boʻldi. Qiz atrofga qarab oʻzi chalgʻitgandek boʻldi.
- Mayli sen bilan keyin gaplashamiz hozir ishga kech qolyapman.. nonushtangni hozir olib kelishadi.. tushundingmi?~ Suaning telefonini tortma ichiga qayta joyladi.
- Ha tushunarli~ qoʻshimchasiga boshini ham chayqalib qoʻygan qiz Jungkookning hozir ishga kechga qolayotganidan xursand boʻldi. Boʻyinbogʻini toʻgʻirlab Suani xonada butunlay yolgʻiz qoldirdi. Bir zumda darvozadan chiqib ketayotganini koʻrgan qiz chuqur nafas oldi. Biroz avval nimalar boʻlishini hayol qildiyu soʻng oʻzini oʻnglab yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Maktab atrofida bir yigit oʻquvchilarni chiqishini kutib turardi. Chamasi kelganimga 30 daqiqadan oshgan ammo hali ham bir qizni kutib turardi. Oʻquvchilar birin ketin maktabni tark etishni boshlashdi.. yigit oʻquvchilar atorfidan oʻziga kerakli boʻlgan qizni izlardi. Vanihoyat koʻrinish bergan qiz Felixini koʻrib hayron qoldi. Tezda uni oldiga borib salomlashdi. Bona bugungi boʻlgan voqealarni shoshilmay yigitga aytdi.
- Felix men u bilan.. suhbatlashayotganimizda birdan u paydo boʻldi oʻsha iblis~
- Keyin nima boʻldi.. Suani ahvoli joyida ekanmi senga nimadir demadimi?~
- Ichimda qolib ketti unga aytmoqchi boʻlgan gaplarim.. unga telefon qilishga qoʻrqyapman yana anavi ruhiy kasal olsachi. Undan havotirlanayapman maxluq bilan qanday yashayapti ahr hatto menga ham hech narsa demadi shunchaki ahvolim joyida dedi lekin ovozidan bunday emas edi~ qiz koʻzlarida yosh bilan yigitga aytib berardi.
- Shunday degin.. boʻlmasam unga men telefon qilaman sen uyingga ketaver havotir olma u bilan oʻzim gaplashaman~
- Yoʻq unday qilma Jungkook seni tinch qoʻymaydi oʻtgan gal nimalar qilgani yodingda koʻtarildimi.. mayli men uyimga bora qolay kech tushayapti~
- Uyinggacha kuzatib qoʻyaymi.. xohlasang?~
- Yoʻq shart emas ovora boʻlma oʻzim yetib olaman.. koʻrishguncha Felix~
- Mayli unda yaxshi yetib ol.. agar Sua qoʻngʻiroq qilsa menga habar ber~ Bona yigitning gapini maʼqullab ortiga oʻgirilib uyi tomon ketdi
Ancha kech tushib qolgan ammo hali ham Bona uyiga yetib borganicha yoʻq. Qorongʻu koʻchalardan ketar ekan chiroqlar gʻira-shira yonib turardi. Oʻzini yomon his qilardi huddi ortidan kimdir kelayotgandek tuyulardi. Katta koʻchada hatto hech kim yoʻq edi bir oʻzi ketardi. Qoʻrgancha ketayotgan qiz bir oz avvalgi Felexni gapiga rozi boʻlmaganiga pushaymon boʻldi. Qadamlarini tezlashtirib ortidan izma iz kelayotgan qora mashinga koʻz qiri bilan qaradi. Bu avtomobil qizni kuzatib kelar ekan qiz buni bilib yanada tezlashdi. Ortiq sabri qolmagan ruldagi yigit mashina tezligini oshirib qizdan oldinga oʻtib uni toʻxtatdi. Buni koʻrgan qiz rangi oqarib ketti- yu yugurib mashinadan oʻtib ketaman deb yugurdi ammo avtomobildan yigit tushib qizni yoʻlini toʻsib qoʻydi. Bona atrofga qarab yordam soʻramochi boʻlib alangladi ammo uni qutqarishga hech kim yoʻq edi.
- Qayerga shoshyapsan qizaloq.. hozir senga hech kim yordam bera olmaydi~
- Sizga nima kerak nega meni.. taqib qilib yuribsiz?~ qoʻrqgancha shu soʻzlarni aytdi.
- Nimalar deyapsiz janob.. men uyga kech qolayapman oilam havotir olishadi. Yoʻlimdan qoching oʻtib ketay iltimos.. janob~
- Axaxaxaxa qanaqa oilang haqida gapiryapsan qarib qolgan bobong va buvingnimi~ qiz ortiq yigitni gapini eshitishni istamay yoʻlida davom etmoqchi edi lekin yigit unga toʻsqinlik qildi.
- Sen ketolmaysan. Yaxshilikcha oʻzing bilib mashinaga oʻtir kuch ishlatmoqchi emasman~
- Men uyga ketishim kerak.. y.yoʻlimdan qoching boʻlmas..sam palatasiga qoʻngʻiroq qilaman~ deya telefonini qoʻliga oldi. Yigit miyigʻida kulib qizni qoʻlidagi telefonini tortib oldi.
- Yaxshi gapni tushunmas ekansan qizaloq.. kuch ishlatishimga toʻgʻri keladi endi~ deya qizni koʻtarib majburan mashinaga soldi. Qiz tipirchilab "qoʻyib yuboring" deya baqirardi holos. Mashina eshigini qulflab qizni qoshiga yoʻl qoldirmay qoʻydi. Qiz eshikni qulfligini boʻlsa ham najot kutib ochishga urinardi. 1
- Tipirchilamay jim oʻtir tushundingmi ?~
- Qayerga olib ketyapsiz meni.. uyimga ketishni istayman janob.. janob iltimos qoʻyib yuboring~ mashina yigitning uyi tomon harakatlaradi.
Kattagina yotoqda uhlab yotgan qiz kechki ovqatni tanovul qilmasdan uhlab yubordi. Charchoq sabab uni hech qanday ovoz hattoki hizmatchilar ham uygʻotgisi kelmasdi. Qoʻrgʻon atrofida Jungkookning mashinasi kelib toʻxtadi. Uy tomon kirib borar ekan hizmatchilar taʼzim qilib kutib olishardi. Yuqori qavatga yani yotoqxona tomon ketgach barcha hizmatchilar bir birlariga termulib qolishdi. Chunki Jungkook odatda bunchalik erta kelmagan qolaversa kichik Jeon xonim ovqatlanmagan. Hizmatchilarning baʼzilar oshxona tomon boshqalari esa tozalanishi kerak boʻlgan xonaga kirib ketishdi. Zinalar boʻylab yuqoriga koʻtarilayotgan yigit telefon jiringlaganini yana eshitdi bu safar ham ovoz yotoqxonadan kelardi. Xonaga kirishi bilanoq yotoqda uxlab yotgan qizni koʻrdi. Yotoqxona boʻylab telefon ovozi yangrar ekan qiz hatto buni eshitmasdi ham. Suaning telefoni olgach notanish raqamdan qoʻngʻiroq boʻlayotganini koʻrgach qoshlarini chimirildi. Uxlayotgan qizga qarab goʻshakni koʻtardi.
- Eshitaman..kim bu ~ telefon ortidagi inson javob bermasdi.
- Alo kim bu meni xotinimga qoʻngʻiroq qiladigan.. javob ber~
- Sen l*anati nega Suaga qoʻngʻiroq qilasan.. endi uni eri bor agar bilsang shu paytgacha chidadim bu safar ayab oʻtirmayman. Sua qarshilik qilsa ham yerni tagidan boʻlsa ham seni topaman!~ bu orada qiz Jungkookning qichqirigʻidan uygʻonib ketdi. Qoʻrqib oʻrnidan turib yigitga yaqinlashdi nega jahl qilayotganini soʻramoqchi boʻldi...