Dark night
*Yana bahor qaytadimi, sen qaytmasang*
*Yana bahor qaytadimi, sen qaytmasang*
Tungi Seoul koʻchalari doimgidek sokin va jim jit. Bahorning mayin shabbodalari esar ekan bu tun suv quygandek jim edi. Barcha shirin uyquda baʼzilar esa tuni bilan uxlash niyati yoʻq edi goʻyo. Shaharning tashqarisida joylashgan qalin oʻrmon ham hozir uyquda. Nafaqat oʻrmon balki uning bagʻrida yashovchi mavjudodlar ham orom olmoqda. Oʻrmon soʻngida joylashgan kulbada esa hali ham chiroqlari yonggan holda turardi. Uning ichida esa hayoti va yashashi uchun kurashayotgan insonga bu kecha unchalik sokin emasdek tuyulardi. Butun oʻrmon boʻylab eshitilayotgan qichqiriqlar barini buzayotgandi. Qoʻllari bogʻlab qoʻyilgan erkakni tinmay urayotgan yigitlar hali beri toʻxtash niyati yoʻq. Vaqt oʻtgani sayin tepkilar soni va zarbi ortib borar ekan yarador erkakka rahm qilishmasdi.
Yoshi 30ga hali kirmagan ammo koʻrinishiga nisbatan ancha kelishgan va mahobatli boʻlgan yigitni ishorasi bilan barcha urushdan toʻxtab qoldi. Yigit sovuq nigohlari bilan hamma yeri qon boʻlib ketgan erkakka qarab iblisona jilmaydi.
Jungkook: Aqling kirdi shekilli, hoʻsh qachon yolgʻon gapirishni toʻxtatmoqchisan. Pullarimni qayerga yoʻqotding qani gapirchi agar yashirayotgan boʻlsang bu yerdan tirik chiqmasliginga oʻzim kafolat beraman.
Yigitning gapidan oʻylanib qolgan erkak nima deyishni bilmasdi. 200 million pullarni bir kechada ishlatib qarzidan qutulganini oʻylasa xato qilib qoʻyganini endi anglab yetdi. Bu qilmishini Jungkook aslo kechirmasligini unga hiyonat qilib, yolgʻon gapirayotganini sezsada yana unga imkon beradi. Balki bu yigitning ayyarona hiylasi boʻlishi mumkin, lekin Jungsuu buni hali tushunmadi.
Jungsuu: Men..men olmadim deyapman yana necha marta qaytarishim kerak.
Jungkook: Sen olmadingmi, qiziq unda kim oladi shuncha million pullarni~ deya ovozini biroz koʻtarib. Uning hayqirigʻi kulbadan ham nariga oʻtib ketdi.
Jungkook: Hali ham aqling kirmaptida.
Yigitning qoʻl ishorasi bilan qoʻriqchilardan biri toʻpponchani erkakka oʻqtaldi. Jungsuu qoʻrqqanidan yuragi tez urib, terlab ketdi. Shu tariqa oʻlishni istamadi shekilli gapirishga shaylandi. Endi bor haqiqatni yuzaga chiqarishni istadi. Bu hayotda yashab qolish eng muhimi narsa, taqdirining kutilmagan sinovlariga tayyor turish lozim.
Jungsuu: Men oldim hamma pullaringni, men.. oʻgʻirladim. Oʻsha pullaringni menga zarur edi, qarzlariga berdim barchasini... boshqa ilojim yoʻq edi meni kechir Jungkook hammasini qaytaraman.
Jungkook: Bu oson boʻlmaydi. Men seni osonlikcha qoʻyib yubormayman. Orqamdan ish qilganingga hali pushaymon qildiraman!
Jungsuu: Unday qilma men.. menga bir hafta muhlat ber.
Jungkook: Yoʻq, bir hafta juda koʻplik qiladi. Aytganimdek, sen hali barchasi uchun tovon toʻlaysan. 3 kun vaqt beraman agar qaytarmasang... mm qizingni menga berasan.
Jungsuu: Qizimni bu ishlarga aloqasi yoʻq. Men uni senga berib qoʻymayman!
Jungkook: 3 kundan song koʻrishguncha~ deya eshik tomon yoʻnalgan yigitni orqasidan qarab qolgan erkak endi nima qilishi haqida oʻylardi.
Butunlay yolgʻiz qolgan erkak oʻrnidan turdida tashqariga chiqdi. Chiqishi bilan hafsala bilan chuqur tin oldi. Mashinasi tomon borar ekan hali ham hayollari chalkash edi. Bir zumda mashinasiga oʻtirib uni harakatga keltirdi. Soniyalar oʻtib kulbadan uzoqlashgan mashina oʻrmon tomon oshiqdi...
Erta tongda quyosh nurlari Seoulni chiroq kabi yorqin boʻlib yoritib turardi. Hozir hamma oʻz ishi bilan ovora edi. Kimdir ishga yana kimdirlar bolalar bogʻchasi va maktabga, ba'zilar esa shunchaki ertalabki tiqilinch va shovqinli koʻcha boʻylab ketardi. Maktabga kech qolayotgan qiz hatto nonushtasini qilishga ham ulgurmagan. Maktabi tomon oshiqar ekan tez harakatlanishni boshladi. Bir zumda uyidan uzoqlashib boʻlgan qiz hayollari bilan band edi. Ustoziga nima deb bahona qilishni bilmayotgan qiz, qanday qilib piyodalar yoʻlakchasiga yetib kelib qolganini sezmadi. Barcha yashil chiroq yonishini kutar ekan, ammo qiz bunga etibor bermay yurib yubordi. Oʻrtacha tezlikda kelayotgan mashina birdan chiqib qolgan qizni koʻrib tezda tormozni bosdi. Butun koʻcha boʻylab qizni qichiqirigʻi va mashinani kuchli bosilgan tormozni ovozi yangradi. Hayriyatki qizni oldida toʻxtashga ulgurgan haydovchi hafsala bilan eshikni ochib mashinadan tushdi. Qiz qoʻrqqanidan oʻzini tutib turolmay oʻzi bilmagan holda yerga yiqildi. Tezlikda uni yoniga yaqinlashgan yigit unga jahl bilan gapirardi.
Qiz nima deyishni bilmasdi. Oʻrnidan turib unga jahl bilan qarab turgan yigitga tikildi. Uning koʻzlariga tikilib turar ekan bu koʻzlarga huddi choʻkib ketgandek boʻldi. Yigit hali ham unga qarab turgan qizni qoʻrqib ketganini tushundi shekilli unga avvalgidan sal muloyomroq gapirdi.
Suaning gapidan endi uning maktab formasiga qaradi. Hali maktab oʻquvchisi ekanligini bilgan yigit hafsala bilan uf tortdi. Uning hali bola ekanligi sababli yana ham hovuridan tushdi. U qizga zimdan qarab turar ekan, buni payqagan qiz hijolat boʻla boshladi. Tim qora koʻzlariga qarar ekan uning juda goʻzalligini payqadi. Bir onda uni oʻziniki qilishni istab qoldi...
Quyosh botishini kuzatayotgan qizni bugungi kuni uni tashvishga solar edi. Ertalabda yuz bergan voqea uni dilini xufton qilgandi. Koʻzlaridan chiqishga ulgurmagan yoshlarini artib tashladi. Bugungi voqealarni unutishga qaror qilib, koʻzlarini osmondan uzmasdan qarab turardi. Yulduzlar chiqgan boʻlsada hali ham shu yerda oʻtirgan qiz bu yerdan ketishni istamas edi. Soatga qaraganida sakkizga yaqinlashib qolganini koʻrsatdi. Yana nigohlarini yulduzlar bilan toʻlgan va yagona boʻlib turagan oyga qaradi. Oʻz hayollariga shuningdek ketganid ayni ortidan ismini aytib chaqirishgani eshitdi. Oʻz ismini eshitgan qiz ortiga oʻgirildi va unga tanish boʻlan insonni koʻrdi. Sevgan insonini koʻrib bir oz boʻlsa-da kayfiyati koʻtarildi. Unga yaqinlashayotgan yigitga qarab turar ekan, uning qoʻllarida u yoqtirgan bananli sutni koʻrdi va beixtiyor tabassum qildi. Yigit kelib qizga bananli sutni berdi va qiz bir necha soniya oldin qarab turgan osmonga tikildi.
Felix: Juda chiroyli toʻgʻrimi... huddi sen kabi~ deya qizni kayfiyatini koʻtarishga urindi. Qiz tabassumni yashirmay unga mayin va oʻziga tortuvchi tabassum qildi. Undan koʻzlarini uzolmagan yigit bir necha soniya qarab, oʻziga kelgach nigohlarini endi oyga qaratdi...
Felix: Nega kayfiyating yoʻq... yoki biron nima sodir boʻldimi?
Yigit bilar ediki, qizni kayfiyati tushib ketganda yoʻki oʻzini yaxshi his qilmaganda oʻz uyidek boʻlib qolgan, juda baland boʻlgan savdo markazining eng yuqori qismi yaʼni bino tomiga oshiqardi. Bu yerda butun boshli Seoulni tomosha qilar yoʻkida yulduzlar bilan toʻlgan osmonga tikilib turardi. Shu zaylda qancha vaqt turishi ahamiyatsiz, muhimi fikr-u hayollarini jamlab olishi lozim edi. Ayni damda ertalab sodir boʻlgan koʻngilsiz voqeani eslab, aqldan ozishga ulgurgan qiz endi nima qilishi haqida oʻylardi. Yigit qancha gapirsa ham eshitmasdi, oʻz hayolot dunyosida choʻkib ketgandek goʻyo. Felix taslim boʻlmasdan, qizga havotir bilan qarab nima boʻlayotgani haqida soʻrashda davom etdi. Javob kelmagach kutishdan charchab, qizni yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi va bir zumda uni bagʻriga oldi va quchogʻidagi mittigina qizga taskin berishni boshladi. Felixni yelkalariga boshi tegib turarkan, unga ichidagi bor gaplarni aytishni istardi ammo aytishga jurʼati yetmadi. Uni ham havotirga solishni istamadi, koʻzlaridagi yoshlari artib bugungi voqealarni yodga oldi...
Jungkook: Balki men bilan ketarsan~deya qizni qoʻlidan ushlagan yigit uni oʻziga tortdi. Soniya oʻtmay yigitni yonida paydo boʻlgan qiz nima boʻlayotgani haqida hali anglab yetmadi. Jungkookning nigohlari qizni sarosimaga soladigan darajada oʻynoqi edi. Qiz uni qoʻlidan chiqib ketishga urinar ekan, yigit bunga toʻsqinlik qilardi. Kuchli qoʻllar orasida ojizlik qilib qocha olmay koʻz yosh toʻkardi. Suani qoʻrqib ketganini anglab yetgach uni qoʻyib yubordi va qizni nima qilishini kuzatib turdi. Birdan yuziga kelib tushgan tarsaki ta'sirida yuzi boshqa tomonga burilgan yigit oʻziga kelgach qizga oʻtkir koʻzlari bilan qarab turardi. Qiz hansirab nafas olar ekan yurag urishi tezlashdi hattoki uning qoʻrqib ketgani shundoqqina bilinib turardi.
Sua: Siz..si...siz aqldan ozgan..misiz~ deb duduqlanib gapirdi.
Yigitning birdan kulib yubordi, bunga tushunmagan qiz huddi telbaga qaragandek tikilib turardi. Orqasiga oʻgirilib qochishga shaylandi hali yugurmasidan turib uni yigit yana siquvga oldi.
Jungkook: Juda katta xato qilding... ochigʻi meni hafa qilding qizaloq~ deb qizni qoʻlidan ushlab mashinasi tomon yura boshladi.
Qoʻrquvi yanada oshgan qiz avvalgidek qochishga harakat qilidi lekin buni uddasidan chiqa olmadi. Eshikni ochib qizni mashinaga joylab, oldi oʻrindiqqa oʻtirdi. Sua eshikka yopishar ekan qulflanganini koʻrib aqldan oʻzishni boshladi. Yana ochishga urinar ekan yigit ortiga qarab sarosimaga tushishga ulgurgan qizga gap boshladi.
Jungkook: Qochishga harakat ham qila koʻrma bari befoyda~ mashinani harakatga keltirar ekan qizga oynadan qarab koʻzini uzmadi. Barcha urinishlari samarasiz yakunlanar ekan yigʻidan oʻzini toʻxtata olmasdi.
Gapini ohiriga yetmasdan telefoni jirinlashini eshitib uni olishga shaylandi. Qoʻngʻiroq qilayotgan inson dadasi ekanini koʻrib endi goʻshakni olib gapiraman deganda yigit uni tortib oldi. Qoʻngʻiroqqa javob berilganini koʻrib uni qoʻyishni istamay, qoʻngʻiroq qilgan erkakning toʻxtovsiz berilayotgan savollarini eshitgach uni kim ekanini anglab yetdi. Hayot tasodiflardan iborat ekanligiga yana bir bor ishondi. Orqa oʻrindiqda oʻtirgan qizga yana bir bor qarab savollarga javob berishni boshladi
📲 Jungsuu: Nima... Jungkook senmisan...ablax..men senga undan uzoqroq yur demaganmidim, unga zinxor yaqinlasha koʻrma!
📲 Jungkook: Biz tasodifan uchrashib qoldik.. vahima qilma u seni qizing ekan.. mm unga tegmayman. Kelishganimizdek pullarni qaytar yoʻqsa qizing rostdan meniki boʻladi.
Goʻshakni qoʻyib qizga qaradi qiz nima boʻlayotganini tushunmasdi. Mashinadan tushib, eshikni ochib uni oldiga oʻtirdi. Telefonini berib unga yanada yaqinlashdi. Sua eshik ochiqligini sezib uni ochib tezlik bilan tushib ortiga qaramay qochdi. Bu safar qochishga muvaffaq boʻlgan qiz shunchalik tez yugurar ediki yigit unga yetib boʻlmasligini tushungach ortidan qarab qoldi.
Jungkook: Qizaloq bu safar qutulib qolding... keyingi safar aslo qoʻyib yubormayman~ telbanamo kulgancha mashinasiga oʻtirdi va mashinani harakatga keltirdi. Bir zumda koʻzdan gʻoyib boʻldi...
Rangli chiroqlar bilan toʻlgan koʻchada yolgʻiz ketayotgan bu juftlik hozir ikkisi ham oʻz hayollari bilan band. Kech tushganiga qaramay atrofda odamlar talaygina. Hali hamon sukut saqlab ketishar ekan, qiz koʻzini yerdan uzmasdi. Hayollari esa hali hamon oʻsha voqeani oʻylardi hech miyasidan chiqarib yubora olamadi. Huddi tildan qolgandek yigitning savollarini yana javobsiz qoldirdi. Hozir juda ham yolgʻiz qolishni istadi. Koʻcha boʻylab ketar ekan yigitni toʻxtab qolganini sezib ortiga qaradi. Jaxl bilan qarab turgan bir juft koʻzlar bilan toʻqnash kelganida oʻzini noqulay his etdi. Felix unga yaqinlashib kelardi, qiz joyidan jilmadi shunchaki uni harakatlarini kuzatib turdi.
Felix: Balki nima boʻlgani haqida aytib berarsan... seni sukut saqlashing meni aqldan ozdirayapti.. shunday jim yuraversang meni adoyi tamom qilasan, menga barini aytib ber oʻzingni qiynama~
Sua: Felix.. men.. yolgʻiz qolishni hohlayman.
Yigit Suaga yaqin kelib uni bagʻriga bosdi. Uni har quchganda qizga boʻlgan sevgisi yanada ortganini his qilardi. Hozir ham uni qoʻyib yuborgisi kelmasdi. Hayrli tun tilab qizni ketishini kuzatub turdi, u koʻzdan gʻoyib boʻlgach oʻz manzili tomon yoʻl oldi...
Oʻz xonasiga yetib kelgach oʻzini ancha hotirjam his etdi. Kiyimlarini almashtirib boʻlgach dars stoliga joylashdi. Kitobini ochgach dars qilishga kirishib ketdi. Butun xona boʻylab sukut hukuronlik qilardi. Ancha vaqt dars qilib charchagan qiz stolga boshini qoʻydi. Vazifalarini qilib oʻzini bir oz boʻlsa-da jalgʻitmoqchi boʻldi. Soat allaqachon yarim tundan oʻtganini koʻrsatdi. Bugun ancha narsani boshidan kechirgan qiz dars qilishdan charchab yotogʻi tomon harakatlandi. Endigina 18 ga toʻlgan qiz uchun bu narsalar unga ogʻirlik qilardi. Uxlashni maʼqul koʻrgan qiz yotogʻiga joylashdi. Xona derazasi ochiq boʻlganligi sabab xonaga bahorning mayin shamollari pardani yengil uchirib qoʻyardi. Biroz sovuq qotgan qiz ustiga koʻrpasini yopib uyquga ketdi...