August 28, 2021
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Pedagogika va psixologiya fakultetida “Oliy ta’limda yangi mazmun va yangi sifat” mavzusida onlayn avgust kengashi bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ta’lim jarayonini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Pedagogika va psixologiya fakultetida 2021-2022-o‘quv yilining boshlanish arafasida “Oliy pedagogik ta’limda yangi mazmun va yangi sifat” mavzusidagi onlayn Avgust pedagogik kengashi tashkil etildi.
Mazkur onlayn Avgust pedagogik kengashi tashkil etilishidan asosiy maqsad – pedagogika va psixologiya yo’nalishidagi ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy yutuqlarni tahlil qilish maqsadida soha vakillari uchun muloqot maydonini yaratish, mazkur yo‘nalishga doir yangiliklar bilan tanishtirish, ta’lim mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo’lib, unda pedagogika va psixologiya yo’nalishida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun professional va jamoatchilik muhokamasi bo’lib o’tdi.
Anjumanda 2021-yilda pedagogika va psixologiya, maktab menejmenti ta’lim yo‘nalishlari hamda barcha bakalavriat bosqichlarida o‘qitiladigan pedagogika va psixologiya fanlarining mazmuni takomillashtirib, kiritilgan qator o‘zgarish hamda yangiliklar yuzasidan muhokamalar olib borildi hamda yangi o‘quv yili uchun pedagogika va psixologiya Metodik kengashining vazifalari, turdosh oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida maslahatlashib, aniq qarorlar qabul qilindi.
Mazkur Avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishida Buyurtmachi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov hamda turdosh oliy ta’lim muasssalari kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Pedagogika va psixologiya fakultetida o’tkazilgan Metodik kengashida bajariladigan vazifalar, turdosh oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida maslahatlashib, aniq qarorlar qabul qilindi va kutilgan natijaviylikka erishilindi.