August 14

(TEXT) MINOR & UZTEERAN - 6/8


MINOR
1
Yaxshimisan? Hayotda orzularing qanaqa?
Balkida pul, kotta saroy, xalqqa ko'rsatib berish sadaqa,
Balki S-Class yoki Lambo ichida to'la qizlar bilan, balkida hype?
Lekin bu orzularinga yetish uchun nechta qadam tashading shuni ayt?

2
Hayotga chidash qiyin diyishadi bir soniya ham chidab ko'rmaganlar
Qaychiga qo'yishadi bu tilini kecha gapirishni o'rganvoganlar
O'zingni bos desa bosa olmagandek tutadi bosim nima ko'rmaganlar
Badal to'lashga taqdir taqamasdan biror martta yo'talib ko'rmaganlar bular

3
Asta kuzatib internetni qancha jirkanch odamlani uchratasan
Hayronman bular farzandiga qanaqa tarbiya beroladi o'ylasam
Maylida manga nima deging keladi, o'zidan kimlani yasavosa
Lekin bu hayot bir marta bo'ladi deb, kimlaga pox** yashavosa

4
Pulga qarab intiladi odam, pontga qarab intiladi odam
Lekin ko'pchilik bilmidi bu pont kibrni tarjimasiku, odam
Dohod qilamizu risqqa yarasha da million lab kunigamas
Og'zimiz to'ldirib gapiramiz no donaterlarimizi puligamas

5
Mashxurlikka intiladi odam, kimligini unutadi odam
Bu hayot matrica bo'lsa san bo'lmagin NPC ko'rinishidagi odam
Buni tushungani ponyatken soddami? Kimlaga namuna bo'lding odam?
Odam bo'lib keldik odam bop ketaylik degan ekan bitta yaxshi odam

6
Savolla bormi n? Savolla bor. Savodsizligini davola bor
San'atda hattoki sanga o'xshaganlar uchunam savodsiz navola bor
O'ylama tor, so'ylama tor, bu foniy dunyo deb aytmas bekorga
Kibrini ko'rsatib harakter shunaqa degani ham rost bekor gap

7
Kun kelib inson bo'lsa kasot, u bilan qoladi fisqi fasoti
Qolganinga inson ta'sirdamas, Hudo taqsimlasa rizqi va zotin
Kimlada bor, kimlada yo'q, savolni javobi ha yoki yo'q?
Yana noto'g'ri tushunma, tog'alar og'alar
Podelitsa layk aybi yooo

8
Masala - misol, bashara - visol, masxara qilishga chiqsada hisob
Bu dunyo o'tkinchi dunyo deyishadi, undan ko'ra yashab o'tib risol-
ladagidek, odamladagidek bo'lamiz kimlani aldagudek
Bir amallab yashab o'tib hayotni, reinkarnatsiya, yana go'dak


UZTEERAN
9
Sodda hayot, sodda bayon, soddaligimni qilaman ayon
Soddaligimdan foydalanib tortishga urinishadi har yon
Yuzingda g'amgin mimika bilan, hayotingda olib qilasan arz
Yoki hayotni o'zgartirasan yoki olasan ra-ta-ta-ta-ta-ta-dars

10
Odamlar bor, eshtseng o'zicha o'zidan kimlani yasavogan
Lekina hayotda o'zini tutishi to'g'ri kemediku nasabiga
Odamlar bor internetda gapiradi ilmagandek nazariga
Lekina po faktu qarasa bular javob bera olmidi bazariga


11
Balki noto'g'ri yo'ldamiz balki yoqmidigan tondamiz
Haqiqatni yoqimlisi bo'midi, subyektiv imtihondamiz
Odamga qarab tushunish qiyinmas farosat bor, farosat yo'q
Hamma bilganini qiladigan bu hayotiy marafondamiz


12
Odamni nafsi go'yoki lotto sarflisan lekin chto to ne to
Sharoiting qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar uni to'ydirish hato
Nafsini quliga aylanib boradi odamlar asli holati harob
Unutma eng ko'tta boylik bu erkinlik lekina kimladachi naoborot


13
Nafs ko'tarsa bunt, qoidayu tartibga ko'zingni yum
Tagingda to'rttalab diska balon aylanishi uchun asta tilingni yut
O'zinga o'xshaganlarni hurmatida bo'l, asl harakteringni unut
Sotasan chestingni, sanga nima? Puling bo'lsa yorqin kelajagingni kut

14
Huddi kitobda yozilganidek, ma'noli gapirasan qaytalab
Yoningda yurganlarni ishonchini qozon va soddaligidan foydalan
Yashash kereligidan bu darak, narxing oshsada uradi yurak
Kimdur adolat bilan gapirgandek boladi asabing bo'ladi tarang

15
Bosh fikrlash uchun beriladi tarelkala sindirish uchunmas
Buchi aslida muhim jihat, lekin kimlaga vashe muhimmas
Ponyatka unaqa ponyatka bunaqa diydigonlaga "pashel ti na..."
Mayli chuqurlashib o'tirmiman no, gaplarimi uqvoldina?

16
Balki noto'g'ri yo'ldamiz balki yoqmidigan tondamiz
Haqiqatni yoqimlisi bo'midi, subyektiv intizomdamiz
Odamga qarab tushunish qiyinmas farosat bor, farosat yo'q
Hamma bilganini qiladigan bu hayotiy marafondamiz

Odamni nafsi go'yoki lotto sarflisan lekin chto to ne to
Sharoiting qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar uni to'ydirish hato
Nafsini quliga aylanib boradi odamlar asli holati harob
Unutma eng ko'tta boylik bu erkinlik lekina kimladachi naoborot


📺 Pryamoy efirlarimiz: https://www.youtube.com/@minorlive ⏬⏬⏬

YOUTUBE: MINOR LIVE

✅ Bizning threads: https://www.threads.net/@m1nor_official

📱 Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/m1nor_official/

✔️ Telegram - https://t.me/l1ghtdream

✏️ Admin: tg: https://t.me/Ldm_adminka

💎 Bundanda ko'pro ko'proq kontentlar uchun inside (yopiq) kanalimizga obuna bo'ling. insider bo'lish uchun: https://t.me/Insider_Adminka