June 19

MINOR - Love is... (Project_6)

1
Bilasanmi, bu hayotda vijdon-u intuitsiyaladan
Tashqari yana bir tuyg'u bor, "Sevgi" nomi
Yo'q, bu Vatanga yo oilaga sevgimas ehtimol
Aksincha yagona shaxsga ba'gishlangan mehr bor

2
Hayotda hechkim sevgiga obyektiv qaromidi
Sevgan shaxsini hech qachon ko'ksidan itaromidi
Sevgani boshqasi bilan bo'lsa hatto qaromidi
Va berkitib sevib yurishdan hechkim qutqaromidi

3
Hudo bergan anomaliya, yo jazo deb sana mayli
Hechkimni kechirmas inson bittani kechirdi mayli
"Hamma odamlar aldidiku" degan g'oya qani?
Beboshlikladan keyin "ishonch" degan qoya qani?

4
O'ylanaman, balki bariga sababchi filmlar?
Axir sevgi haqidaku ertag-u multfilmlar,
Hatto Romeo uchun olisda Julietta yig'lar,
Ishdagi ishq, Aladdin, Alita hatto Sindrella.

5
O'zgalar ko'ziga majnundek tasvirlanasan,
Ta'sirchang emas eding, no negadir ta'sirlanasan.
To'g'ri balki tashqariga chiqarmisan, bildirmisan
Va shundoq qolgani yaxshi, javobini o'zing bilasan

6
Hayron qolasan, insonlar munosabatda tezkor
Bugun yangi tanishlar, ertaga sevgi izhor
Berilgandi va'adalar va oxiri "do'stim bo'lib qol"
Hammaga do'st bo'lsa demak hechkimga do'stmas, bilvol

7
Qara sevgi bilan to'ldi, internet yoki media
Muhabbatga ta'rif berishga qiynalar wikipedia
Birinchi sevgini umrboddir ta'siri
Muhabbat ham insonlarni robotlardan bir siri

8
Lekin bu tuyg'uni hozir aytishadi "tagi soqqa" (pul)
Kimlarga hayot-mamot, a yosh bollar uchun risovka
Hammada har xil qarash va hamma o'zi uchun haq
Lekin doim birinchi bo'lib sevib qolganlar - nohaq

9
O'ylashimcha ko'pchilik sayoz qaridi bunga
Filmlar, orzular, qo'shiqlar kundan-kunga
Bular o'tkinchi deb ko'pchilik aytgan, bil.
Katta bo'lganingni pleylisting almashganida his qil

10
Muhabbatga skeptik bo'lib qarasam ayblama
Sevgini kuch deyishar, no ertakka vaqt sarflama
Kun keladi joningdan ham sal ortiqroq sevganing
Hech nima abadiymas deb ketadi, shu yeganing

11
Unda baxt qayerda? Da, o'rinli savol
Mobodo topib olsang manzilini bizga ham aytvor
Asrlar mobaynida izlashadi och-u to'q
Agar hamma izlasa, demak hechkimda baxt yo'q

12
Aytishadi baxt, hech "qachon tugamas pulda" deb
Kimdirlar aytadi "baxt doimo uyingda" deb
Hammada har xil bu baxt, shunchun so'rama hadeb
Kimdir topsa ham sanga ushatib qo'ymidi "Ma!" deb

13
O'zi inson g'alati mavjudod, lekin mukammal
Agar bag'ring keng bo'lsa hammaga bo'lasan lombard
Kechirasan, unutasan, hatto gapidan tonar
No san umrbod esda qolasan, bir marta bo'lsang nomard

14
Sevgini o'zgarmas jihatlaridan biri bu umid
O'ladi oxirgi bo'lib, no go'yo shunda ham tirik
Agar o'zing xohlamasang ham iching qiziydi,
Axir suvdan ko'ra qachondir qaynagan suv tez isiydi

15
Inson hayollari doim orzular bilan bog'liq
Huddi hamma matricada, faqat san bundan holi
Kunlab telefonga qarashmasa ham bu bahona
O'ylasang shu haqida, yozasan zo'r maqola

16
"Hayol" degani, qanchalar mantiqqa zidroq?
Oddiy bir she'r eshitsangu, tanangni bossa titroq
Go'yoki sanga tanishdek, har bitta iztirob
Bu ham taqdir hazili, taqdir hazili qaltisroq

[var3-dub2pro5]
17


18


19
Eskilar aytishgan "Jahl chiqqanda aql ketar"
Ketidan sabr toqat va hattoki rahim ketar
Xoxlamasang ham taqdir sani o'zi tebratar
Lekin hechkim qulog'ingga aytmidi - balki yetar? | 16


[var6-dub4pro5]
Baxtimsiz deyishar, baxtli bo'lamiz deyishar
To erishguncha yaxshi inson niqobin kiyishar
Shaxsiy baxtni qurish uchun boshqa shaxs huddi Lego
Demak bu sevgimas, buni nomi shunchaki Ego