May 29

MINOR ft. Farhod - Do'stlar bor... (Project_1) Alchemy (*inside)

1
Berganda ol, urganda qoch, urilib surilib topib quvonch
Nima derlar, bu naql kimgadir berganmikin quvonch?
Kattalar bilar? A? Nima derlar? A?
Bari oson, kimga oson - ma'suliyatni doimo ushlaganga
Kimga oson? ma'sulyat ushlaganing kim bopti? Bari yaratganga oson

2
Do'stlik yo'q, muhabbat yo'q, faqat o'rganib qolish bor, obyektiv bo'l
Batafsil tushuntirib o'tirmiman, chunki, bu uchun Youtube da subyektiv bor
Erta bahor - gormonlar fasli, ayanchli kuz - nega ayriliq fasli?
Beg'ubor yoz va g'amgin qish, o'xshidi a? lekin unaqamas asli.

3
Do'stlar bor, so'zlari yo'q
Go'yo, nomlari bor lekin o'zlari yo'q
Balki sanga aytgani so'zlari yo'q
Balki turqini ko'rgani ko'zlari yo'q

4
No do'stlar bor, lekin nega
Do'sti qiyomat haqidagi hitlar yo'q
Do'stlar bor, lekin nega "do'st"
Deb atashga ularni umidlar yo'q

5
"Do'stlar bor" mish, qanchalar jarangsiz
So'z bu do'st, o'ylab ko'r
Orqangdan qanchalik ko'p gap topasan
Duhing yetsa bir kovlab ko'r

6
Do'stlar bor, civilizatciyadan
Uzoq joydadir barchasi balki
Do'stlar bor, qattanam bilamiz
Foizda % bo'lsa ham qanchasi haqiqiy

7
Do'stlar bor, ishonamiz bir kun
Topiladi baribir haqiqiy do'st deb
Do'stlar bor, shunchaki "do'st bor"
Degan gap ham umid qilamiz rost deb

8
Do'stlar bor, doimo o'ylashgan
Bir birini faqat hikoyalarda
Do'stlar bor, balki ular ham
Do'st oxtarib sarson soyalarda

9
Do'stlar bor, bir biriga aka-ukadek
Misoli uzukka ko'zdek
Ovunamiz deb shunchaki
Bizlani do'stligimizga tekkan ko'z deb

10
Do'stlar bor, asti shubha yo'q
Chunki bu haqida filmlar olishgan
Do'stlar bor, gaplani gapirib
Shunchaki keyin, gapidan tonishgan

11
Do'stlar bor, lekin achinarlisi
Do'stlani ham o'z do'stlari bor
Oshna og'ayni, yo hamtovoq yana
Qanaqadir ma'nodosh so'zlar bor

12
Do'stlar bor, shubha qimimiz
"Do'st" so'zini jiddiy qabul qimimiz
Do'stlar bor, ertami kechmi
Kun kelib ularni do'stim dmimiz

13
Do'stlar bor, negativ bomimiz
Adovat yo'q, lekin uveren bomimiz
Do'stlar bor, xazinadek do'st
topsak hech qachon e'lon qimimiz

14
Do'stlar bor, chunki do'stlani
Anglatuvchi bu so'zlar bor
Do'stlar bor, chunki bu do'stlani
Qayerdadir ko'rgan ko'zlar bor

15
Do'stlar bor, faqat isboti yo'q
Do'stlar bor, faqat isnoti yo'q
Ko'zlar bor, do'stni ko'rmagan
Do'stlar bor, do'stni bilmagan

16
Do'stlar bor, "yaxshimisan?"
- "Ha" degandan keyin gaplari tugagan
Do'stlar bor, tushunib yetishgan
Shunchaki do'stlik og'ir yuk ekan

17
Do'stlar bor, hech qachon do'stini
Sotmagan degan gaplar bor
Do'stlar bor, toki do'stlar bor ekan
Doim oldi qochdi gaplar bor

18
Do'stlar bor, bolalikdan
"Birga bo'lamiz" deb va'da qilishgan
Lekin bu taqdirni yo'llarida
Tushdanam ko'ra tez unutishgan

19
Do'stlar bor, lekin achinarlisi
Do'stlani ham o'z do'stlari bor
Do'stlar bor, qaytaraman
Unutma do'stingni do'stlari bor

20
Erta bahor, ekilgan nihol
Ertami kechmi ko'tarsa viqor
Qanchalar mehr bermasin quyosh
Bir kuni bargidan ayiradi qor

21
Do'stlar bor, hamisha daromad
Sohibi bo'lasan do'stlar bor
O'zlari sani izlab topa olishar
Orelada buzilmagan mostlar bor

22
Yoshku nodon, koshki nodon
Kun kelib aqlini yig'sa nodon
Do'st haqida bir kichik fikr
Baribir yaxshiroq do'st yo'q onadan

23
Do'stlani ko'rdik, qanchasini
Do'stlani bildik, barchasini
Vaqt ayamasakan hech nimani
Do'stlikni qadri ancha sinibdi

24
Eh mani yuragim beor
Kimlani o'yladi bedor
Do'stlikni so'nggi bu devor
Do'stlikni boylik yevorgandek

25
Hello wassup! Gapirsa gap tugamasa - tugamasdek orzular go'yo
Yolg'iz bo'lishni hechkim tanlamas, garchi orzulari bo'lsada ro'yo
Bari oson, kimga oson? Doim yuragini yopiq ushlaganga oson
Kimga oson? Aslida bu hayotda do'st kimligini bilmaganga oson

26
Do'stlar bor, bir biriga aka ukadek bo'lib o'rganib qolishgan
Do'stlar bor, hatto qizni deb bir birin urishgan, yorishgan, solishgan
Do'stlar bor, bu dunyo tor, hali barcha og'riqlar bo'lar bekor
Do'stlar bor, toki do'stlar bor ekan, doim oldi qochdi gaplar bor