April 12, 2021
Xitoy o'z vaksinalarining samaradorligi past ekanini ma'lum qildi
Kasalliklarni nazorat qilish markazi direktori Gao Funing ma'lum qilishicha, Xitoyda tayyorlangan vaksinalar COVID-19 dan yuqori darajada himoya qila olmaydi, hukumat vaksinanining samaradorligini oshirish uchun turli xil vaksinalarni birlashtirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, vaksinalarni birlashtirish virusdan himoya samaradorligini oshirishi mumkin. Masalan, ingliz olimlari "Pfizer" va "AstraZeneca" vaksinalarni birlashtirish orqali emlash imkoniyatlarini ham o'rganmoqda.