August 31, 2023
Polvonnazar Bekberganov -
Oilangiz va tahsil olayotgan oliygohingiz haqida qisqacha to'xtalib o'tsangiz:
Men Bekberganov Polvonnazar Mahmud o'g'li Xorazm viloyati Urganch tumanida tug'ilganman. Yoshligimdan tibbiyot sohasiga qiziqishim katta bo'lgan, Urganch tumanidagi 38-sonli umumiy o'rta maktabini yakunlaganman. Oilada 5 kishimiz. Ota-onam va Opa-singlim. Bizning oilad hamma meditsina sohasiga qiziqadi negalikini bilmayman😅, Onam ham, opam ham, singlim ham meditsina sohadamiz. Hullas hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialida taqsil olaman. Bu yerda 4-kurs ga ko'chdim. Hozirda menda yutuqlarim kam ammo kelajakda ko'paytirish istagidaman, bunga erishish uchun harakatimni hozirdan boshladim. Men Anatomiya, Ichki kasalliklar propodevtika kabi fanlarda olimpiadalarda qatnashib faxrli o'rinlarni olganman, undan tashqari maqolalarim O'zbekiston Respublikasi, va dunyo miqyosida chop etilgan. Shulardan Buxoro viloyati jurnallarida, Rossiya jurnallarida, Qozog'iston kabilar shular jumlasidandir, "SCOPUS" jurnalida ham maqolam chop etilgan. Hozirda men Turkiyaning Izmir viloyatida- Ege University Tip fakultesi da( tibbiy amaliyot o'tayapman bu menga juda kuchli motivatsiya beryapti, o'ylaymanki bu yerda ko'rgan, o'rgangan narsalarimni o'zimizning yurtimizdagi men bilan birga o'qiyotgan talabalar bilan bilim almashaman. Kelajakda medal olishga harakat qilaman.