November 5, 2024

DESTINY

- EPISODE 1 -

Los-Angelesda erta tong.Shaharning jim-jit ko‘chalari asta sekin jonlanayotgandek. Daraxtlarning yaproqlarida uchqunlab qolgan shudring tomchilari quyosh nurlarida porlab, tongning ilk nafasi bilan uyg‘onayotgan shahar manzarasiga chiroy qo‘shdi. Qushlarning mayin sayrashi esa bu tongning sokin va tinchligini ta’kidlab, uning go‘zalligini butun borliq bilan his ettiradi.Xona ichiga tongning ilk nurlari kirib, devorlarda oltin rang soyani aks ettirardi. Quyoshning iliq nurlari Jungkookning yuziga tushdi, ammo u hali ham uyqu quchog‘idan chiqishni xohlamasdi. Budilnik ovozi esa, xuddi shovqinsiz tong sokinligini buzmoqchi bo‘lgandek, qayta-qayta jiringlay boshladi, ammo Jungkook uni o‘chirib, yana yostiqqa boshini qo‘ydi. Shu payt xonasi eshigi ochilib Jeon xonim kirib keldi

-Jungkook, tur o'rningdan. Nechchigacha uxlamoqchisan?

-Ona, ertalabdan nima bo'ldi?

-Ertalab qolibdimi, soat 10 boldi. Kecha uyga nechida kelding? Yana o'sha takasaltang do'stlaring bilanmiding? Dadangni senda gapi bor ekan, tezda pastga tush

Onasining gaplaridan so'ng Jungkook xafsalasizlik bilan o'rnidan turib yuvinish uchun kirib ketdi. Kiyinib pastga tushar ekan dadasi va onasi suhbatlashib o'tirganini ko'rdi

-Hayrli tong{Hech qanday yuz ifodasiz salom berdi}

-Afsuski hayrli emas{Janob Jeonning so'zlari va yuz tuzilishidan gazabda ekanligini bilish qiyin emas}

-Yana nimadur bo'ldimi? {hech narsa bo'lmagandek odatiy holatda gapirgan Jungkookning ovozini eahitib, Janob Jeon yanada asabiylashdi}

-Aslida sendan so'rah kerak, nima bo'lganini. Kecha nima qilding, Ertalab o'qituvching qo'ng'roq qildi?

Shu payt Jungkook kecha imtihonga kech qolganini esladi

Flashback

Sinfxonasida barcha o'quvchilar savollarni yechish bilan band, Test boshlanganiga 1 soatdan oshdi, ammo endigini kelgan yigit partaga bishini qo'ygan hol uxlamoqda.

-Jungkook, sen nega yotibsan? Testni kim yechadi? O'zi kech qolib kelding {O'qituvchi jon kuyiktirib gapirar ekan, buni Jungkook hatto parvoyiga ham ilmadi. Huddi o'qituvchini mensimagandek hali hamon boshi partada}

-Nima qilishimni kutgandingiz? Men bularni birortasiga ham tushunmadim! Va ishlashga majbur emasman

-Nega ekan, majbursan! Hamma o'quvchilar qatori sen ham buni ishlashga majbursan{O'qituvchining bu gaplarini eshitgan Jungkook miyig'ida kulib qo'ydi va boshi partadan ko'tardi}

-Men hamma emasman, Bu maktab dadamniki va men o'qishga majbur emasman. Meni hech kim bunga MAJ-BUR-LAY-OL-MAY-DI.{Oxirgi so'zni dona-dona qilib aytgan ko'yi turib sinf xonani tark etdi}

Flashback tamom

Jungkook/pov

Demak barchasini dadamga yetkazgan, hudfi bu biror narsani o'zgartiradiganday

-Men bir qarorga keldim... Seni bobongni oldiga Koreaga yuboraman{Janob Jeon qat'iy ohangda gapirdi}

-Dada, bu nima deganingiz?

-Nima debman? Korea bu ona vataning. O'zi ancha bo'lgan edi bormaganingga. O'qishingni o'sha yerda tamomlaysan