DESTINY
Yomon hayollar, muzlagan qalb va qaynoq xotiralar. Faqatgina sendan qolgan ifor — ushbu zulmatni yoritib turgan yagona oydek. Taqdirning sovgʻasidir, balki bu...
Los-Angelesda erta tong.Shaharning jim-jit ko‘chalari asta sekin jonlanayotgandek. Daraxtlarning yaproqlarida uchqunlab qolgan shudring tomchilari quyosh nurlarida porlab, tongning ilk nafasi bilan uyg‘onayotgan shahar manzarasiga chiroy qo‘shdi. Qushlarning mayin sayrashi esa bu tongning sokin va tinchligini ta’kidlab, uning go‘zalligini butun borliq bilan his ettiradi.Xona ichiga tongning ilk nurlari kirib, devorlarda oltin rang soyani aks ettirardi. Quyoshning iliq nurlari Jungkookning yuziga tushdi, ammo u hali ham uxlayapti. Budilnik ovozi esa, xuddi shovqinsiz tong sokinligini buzmoqchi bo‘lgandek, qayta-qayta jiringlay boshladi, ammo Jungkook uni o‘chirib, yana yostiqqa boshini qo‘ydi. Biroz o'tib xonasi eshigi ochilib Jeon xonim kirib keldi
-Jungkook, tur o'rningdan. Nechchigacha uxlamoqchisan?
-Ertalab qolibdimi, soat 10 boldi. Kecha uyga nechida kelding? Yana o'sha takasaltang do'stlaring bilanmiding? Dadangni senda gapi bor ekan, tezda pastga tush
Onasining gaplaridan so'ng Jungkook xafsalasizlik bilan o'rnidan turib yuvinish uchun kirib ketdi. Kiyinib pastga tushar ekan dadasi va onasi suhbatlashib o'tirganini ko'rdi
-Hayrli tong{Hech qanday yuz ifodasiz salom berdi
-Afsuski hayrli emas{Janob Jeonning so'zlari va yuz tuzilishidan gazabda ekanligini bilish qiyin emas}
-Yana nimadur bo'ldimi? {hech narsa bo'lmagandek odatiy holatda gapirgan Jungkookning ovozini eahitib, Janob Jeon yanada asabiylashdi}
-Aslida sendan so'rash kerak, nima bo'lganini. Kecha nima qilding, ertalab o'qituvching qo'ng'roq qildi?
Shu payt Jungkook kecha imtihonga kech qolganini esladi
Sinfxonasida barcha o'quvchilar savollarni yechish bilan band, Test boshlanganiga 1 soatdan oshdi, ammo endigini kelgan yigit partaga boshini qo'ygan holda uxlamoqda.
-Jungkook, sen nega yotibsan? Testni kim yechadi? O'zi kech qolib kelding {O'qituvchi jon kuyiktirib gapirar ekan, buni Jungkook hatto parvoyiga ham ilmadi. Huddi o'qituvchini mensimagandek hali hamon boshi partada}
-Nima qilishimni kutgandingiz? Men bularni birortasiga ham tushunmadim! Va ishlashga majbur emasman
-Nega ekan, majbursan! Hamma o'quvchilar qatori sen ham buni ishlashga majbursan{O'qituvchining bu gaplarini eshitgan Jungkook miyig'ida kulib qo'ydi va boshi partadan ko'tardi}
-Men hamma emasman, Bu maktab dadamniki va men o'qishga majbur emasman. Meni hech kim bunga majburlay olmaydi.{Oxirgi so'zni dona-dona qilib aytgan ko'yi turib sinf xonani tark etdi}
Demak barchasini dadamga yetkazgan, huddi bu biror narsani o'zgartiradiganday...
-Bu nechanchisi? Jungkook, hech bir imtihonda yuqori bal olmagansan, ba'zilarida hatto qatnashmagansan! Endi bu oshib ketdi. Men bir qarorga keldi.. Seni bobongni oldiga Koreaga yuboraman{Janob Jeon qat'iy ohangda gapirdi}
-Nima debman? Korea bu ona vataning. O'zi ancha bo'lgan edi bormaganingga. O'qishingni o'sha yerda tamomlaysan
-Dada, lekin men hohlamayman{Jungkook yuz tuzilishi va ovozidan hohlamayotgani shunday bilinib turar edi}
-Shu paytgacha sen hohlagan ish bo'ldi. Endi seni hohishlaring emas meniki bo'ladi. Kechga samalyoting uchadi. Tayyorlan{Janob Jeon qat'iy gapirdi, huddi hech qanday e'tiroz qabul qilinmaydi deganday}
Jungkook uf tortgan holi xonasiga kirib ketdi. U hozir gap qaytarsa dadasini jahli chiqishini bilib, indamadi. Xonasiga chiqib telefonini oldi va do'stlariga ko'rishish haqida xabar yozdi.
"The Viber" clubi yonida to'xtagan sport mashinasidan tushgan yigit har bir qizning e'tiborini tortib ulgurdi.To'g'ri do‘stlarini oldiga borgan yigitni kayfiyati yo'qligini salomlashmaganidan ham bilish qiyin emas
-Nima bo'ldi, Jungkook? Avzoying buzuq{Do'stining kinoyali savoli yigitni yanada asbiylashtirdi va bo'lgan ishni aytib berdi}
- Sen hali hamon dadasini gapidan chiqmaydigan yosh bolamisan?!
-Sen dadamni bilmaysan u aytganini qildiradi. Ehh, senlar meni tushunishmaysan
-Nega, uni aytganini qilishga majbur emassanku, allaqachon voyaga yetgansan
-Ha, albatta, uni aytganini qilmayman va meni bir tiynsiz qoldiradi va merosdan mahrum qiladi
-Unda Koreaga borishga majbursan. Kel buguncha yayrab olShu bilan kechgacha ko'ngilxushlik qilgan Jungkook uyiga qaytdi va kirishda otasiga duch keldi
-Sen bola qayerda eding? Nega telefoning o'chiq?
-Nega vahima qilasiz? Mana keldimku!
-Bir soatdan so'ng samalyoting uchadi, narsalaringni tayyorlattirib qo'yganman. Ertaga seni buving kutib oladi. Hozir aeraportga bor, Tag'in kech qolma
-Uff, hop dada, hop. Men yosh bola emasmanku
Jungkook aeroportga borib, samalyotga chiqdi.
Retoranda meni uchrashuvga taklif qilgan, ammo oʻzi hali hamon koʻrinish bermagan bir ahmoqni kutish bilan 30 daqiqamni oʻtkazdim. Garchand, u mendan avval kelib meni kutib turish kerak boʻlsa-da, men kelib uni kutyapman, u esa naqd yarim soatga kechikdi.Meni kutirayotgan marhamatli "jentelmen"dan hali hamon darak yoʻq. Aslida, unga rozilik berganimning oʻzi ahmoqlik edi, bu yerda o'tirguncha, tinchgina oʻzimning kamtargina joyimda qolgan soʻnggi uch imtixonimga tayyorlansam boʻlmasdimi? Felix meni bir necha yillik sinfdoshim boʻlib, shundoq ham maktab davrimizda atrofimda girdi kapalak edi. Koʻp marta birga aylanishni taklif qilgan, ammo hamma umidlarini puchga chiqarardim, vanihoyat bitiruv arafasida ekanligimizni bahona qilib, soʻnggi marta xayrlashuv qilishimizni iltimos qilib meni koʻndirgan edi, rozi boʻlganimda, oʻzi yoʻq. Jahlim chiqa boshladi, toʻgʻri boshqa ishi chiqib qolgandir, ammo telefon qilib ogohlantirsa boʻlar edi-ku. Sabr kosam toʻlib, ortimga burildim-da, jahl bilan keta boshladim.Endi sen bilan uchrashuv tugul, gaplashmayman ham, Felix, deb oʻzimga vaʼda berdim. Restorandan chiqayotgan vaqtim tanish ovoz eshitildi.
-Felix, kelib bekorga ovora boʻlibsan, ertaga kelarding {dedi qiz kesatib u tomon qarar ekan} Men ketyapman, senga maroqli xordiq tilayman.
U birdan qoʻlimdan ushlab toʻxtatib qoldi, bu narsa menga zid boʻlgani uchun qoʻlimni tortib oldim. Negadir erkak kishini oʻzimga yaqinlashtirgim kelmaydi, balki bu oyimni doimiy tanish "do'stlari"lari tufaylidir. Xullas oʻzim yashaydigan hayotdan jirkanishimni juda yaxshi anglayman.
— Toʻxtasangchi Shinhye, meni eshit {u qizni ketishini istamay gapira boshladi} Ishim chiqib qoldi, shunga kechikdim
Qiz biroz xovuridan tushgan boʻlsa-da, alami hali ketmagan edi.
— Seni toʻgʻri tushunaman, Felix, lekin meni ham shaxsiy ishlarim bor, kechirasan ishim chiqib qoldi.
— Qoʻysangchi Shin {dedi unga mazahomuz kulib} Oʻzingni olishingga oʻlaymi? Ona bola nima ish qilishingiz hammaga ma'lumku, oying eng arzon foxisha boʻlsa...
Shinhye hayratdan qotib qoldi, unga doim xush muommolada boʻladigan sinfdoshi shumi? Hozir qarshisida huddi iblis turganga oʻxshaydi, yuzi ham allaqanday gʻalati. Uning soʻnggi gapi qizning ustiga sovuq suv agʻdargandek boʻldi.
— Sen ham nari borsa, onangdek ayol boʻlasan. Nima farqi bor, men nechanchisi boʻlishimni toʻgʻrimi?
Birdan qiz unga tarsaki tushirdi, yigit yuzini ushlab qizga nafrat bilan qaradi, yigit gapirib ulgurmay qiz g'azab bilan unga gapirdi:
— Tilim bor ekan deb istaganingcha gapirasanmi? Seni asl yuzingni koʻrganim yaxshi boʻldi. Odamni nozik nuqtasini bilaman, deb istaganingcha gapirar ekansan-da! Ozgina tilingni tiy, yoʻqsa men ham seni yig'latadigan gaplarini bilaman.
Qiz uyog'ini indamadi, Sababi odamlarning nozik joyidan foydalanishni yoqtirmas edi. Ammo shunda ham yigit bir narsalar deb bidirlar ekan, o'zining 2 qarich tilini tiyib turolmadi
— Felix, sen boshqalarni aybini aytguncha, uch marta erga tekkan onang haqida bilsang boʻlardimi? Onalarimiz bir birga juda oʻxshash shunday emasmi?
Shu zahoti tilimni tishladim, qarshimdan gʻazabdan qizarib ketayotgan yigit hozir meni oʻldirib qoʻymasdan juftakni rostlashim kerak koʻrinadi.
— Shunday ekan, avval oʻzingga boq, keyin nogʻora qoq! Endi esa daf boʻl, yoʻq, yaxshi oʻzim ketaman.
Restorandan chiqib to'g'ri yurib ketaverdim. Nega bilmayman, ammo qalbim og'riyapti. Men hech qachon onamga o'xshagan ayol bo'lmayman. Nega doim ota-onani aybi uchun farzand javob berishi kerak?! Men bunga qarshiman! Toʻsatdan kimdir ortimdan signal chalgandek boʻldi. Felix bilan bo'lgan voqeani o'ylab, naqd yo'lning oʻrtasiga chiqib, mashinaning yoʻlini toʻsib qoʻyibman.
— Bir yoʻla bosib ham ketmadingiz-da, amaki! {sekin yoʻlning chetiga oʻtib oʻziga oʻzi biddirlab qoʻydi.
Mashina oʻtib ketish oʻrniga oldida toʻxtab, oynasini oxirgacha tushirdi. Ichida yoshroq yigit koʻrindi}
— Birinchidan, yaxshi qiz, yoʻlning oʻrtasida quloqchin taqib ketmaslik kerak, chindan ham kimdir bosib ketadi! Ikkinchidan men amaki emasman, xudoga shukr.{Jungkook asabiy ohangda gapirdi}
Qiz nimadir deyishga ulgurmasidan Jungkook naqd odamni bosib ketay deb ketib qoldi.