November 5, 2024

IT'S YOU

Los-Angelesda erta tong.Shaharning jim-jit ko‘chalari asta sekin jonlanayotgandek. Daraxtlarning yaproqlarida uchqunlab qolgan shudring tomchilari quyosh nurlarida porlab, tongning ilk nafasi bilan uyg‘onayotgan shahar manzarasiga chiroy qo‘shdi. Qushlarning mayin sayrashi esa bu tongning sokin va tinchligini ta’kidlab, uning go‘zalligini butun borliq bilan his ettiradi.Xona ichiga tongning ilk nurlari kirib, devorlarda oltin rang soyani aks ettirardi. Quyoshning iliq nurlari Jungkookning yuziga tushdi, ammo u hali ham uyqu quchog‘idan chiqishni xohlamasdi. Budilnik ovozi esa, xuddi shovqinsiz tong sokinligini buzmoqchi bo‘lgandek, qayta-qayta jiringlay boshladi, ammo Jungkook uni o‘chirib, yana yostiqqa boshini qo‘ydi. Shu payt xonasi eshigi ochilib Jeon xonim kirib keldi

-Jungkook, tur o'rningdan. Nechchigacha uxlamoqchisan?

-Ona, ertalabdan nima bo'ldi?

-Ertalab qolibdimi, soat 10 boldi. Kecha uyga nechida kelding? Yana o'sha takasaltang do'sylaring bilanmiding? Dadangni senda gapi bor ekan, tezda pastga tush

Onasining gaplaridan so'ng Jungkook xafsalasizlik bilan o'rnidan turib yuvinish uchun kirib ketdi. Kiyinib pastga tushar ekan dadasi va onasi suhbatlashib o'tirganini ko'rdi

-Hayrli tong{Hech qanday yuz ifodasiz salom berdi}

-Afsuski hayrli emas{Janob Jeonning so'zlari va yuz tuzilishidan gazabda ekanligini bilish qiyin emas}