August 28, 2020

Nega muvaffaqiyatga erishish uchun MENTOR kerak?

Qadim zamonlardan uzoq manzilga otlangan kemalar uchun mayoqlar beqiyos o’ringa ega bo'lgan. Kema qaysi manzilga borishi kerakligini biladi, lekin u yerga qanday qilib borish mumkinligini bilmaydi. Manzil taraf yo'lni esa mayoq ko'rsatadi. Kema singari senga ham muvaffaqiyatga erishishing uchun yo'l ko'rsatib turuvchi mayoq kerak. Ana shu mayoq – Mentor bo'ladi.

Mentor qanday inson?

Inson mentor bo'lib tug'ilmaydi. Mentorlik uchun biror oliygohda o'qish shartmas. Bog'bon ham, korporatsiya rahbari ham kimdir uchun mentor bo'lishi mumkin. Faqat quyidagi sifatlarga ega bo'lsa bas

Mentorning sifatlari:

  • Muhim sifatlaridan biri bu sizga chin dildan yordam berishga tayyor ekanligi.
  • Oʻz bilim va tajribasini kelajak avlodga qoldirishga intilishi
  • Atroflicha oʻylab fikr bera olish qobiliyati (konstruktiv fikr bildira olishi)
  • Yaxshi tinglovchi
  • Yaxshi suhbatdosh
  • Insonlarni va jamiyatni yaxshi tushunadigan inson
  • Oʻz sohasida kuchli bilim va tajribaga ega
  • Oʻziga ishonchi yuqori, lekin shu bilan birga kamchiliklarini yaxshi tushungan inson

Shunday sifatga ega bo'lgan insonni taniysanmi? Unda tabriklayman! Bunday inson senga eng qorong'u kunlarda yo'l ko'rsatishi mumkin. Faqat do'stona munosabat o'rnata olsang bo'lgani.

Xalqimizda bir maqol bor: «Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar»

https://t.me/mytypewriter