October 6

Kim Jihyun siri

Epigram | Ikkimiz ham bir qayiqdamiz, qayiq esa faqat bir kishini kòtara oladi.. chòkib ketmasligimiz uchun kimdir òlishi kerak..

4-epizod

Erta tong
Qish bòlganligi sababli quyoshning nurlari zaif, ammo xonaga tushib, uxlayotgan odamni uyģota oladigan darajada kuchi ham bor. Ayolini baģridan turishi sababli uyģongan janob Kim soatga qaradi. Hali ishga borishga erta bòlganligi sababli yana biroz uxlamoqchi bòldi, ammo uyqusi kelmadi. Ayoli yuvinish xonasidan chiqishi bilanoq ayoliga kechagi gaplarni aytishni rejalashtira boshladi.

~Skiptime~

Kim xonim: Hayrli tong, azizim~ yaxshi dam oldingizmi? (Yuvinish xonasi eshigini yopayotib.
Janob Kim: Senga ham hayrli tong, sevgilim~ Ha, yaxshi dam oldim... Òzingchi? (Yotoqqa joylashayotgan ayolidan kòz uzmay gapirdi.
Kim xonim: Sizdek erim bilan yarim tungacha multfilm kòrib, keyin uxlaganimdan keyin albatta yaxshi dam olaman-da.
Janob Kim: Kinoyami bu? (Bitta qoshini kòtarib.
Kim xonim: Yòģe~ shunchaki maqtanyapman~
Janob Kim: Hmm~ Kichkintoylarimiz seni qiynashmayaptimi?
Kim xonim: Yòq, bizda hammasi joyida.
Janob Kim: Unda yaxshi.

Janob Kim ayolini kayfiyati yaxshi bòlganligi sababli uni kayfiyatini ertalabdan buzadigan gaplar aytgisi kelmay qoldi. Shu sababli òrtaga sukut chòmdi, ammo bu sukutni Kim xonim buzdi.

Kim xonim: Kecha... siz ertalab ishga borib kelganingizdan keyin menga shartnoma haqida aytmoqchi edingiz... ammo aytmadingiz. Men sòramoqchi edim... ammo... sizni hafa qilgim kelmadi. (Erining yuziga qaramay, yerga qarab gapirdi.
Janob Kim: Sen bekordan bekorga meni xotinimmassan-da. Doim ichimdagilarni bilasan. Hhh~ men ham senga shu mavzu bòyicha gapirmoqchi edim... (Ayolini baģriga yotqizayotib gapirdi.
Kim xonim: Hihihih~ (Kulib qòydi.
Janob Kim: Xullas...
Kim xonim: Tòxtang... menga oldin shartnomadagi qoidalarni qayta aytib bering~ (Erini gapini bòlib
Janob Kim: Xòshsh... demak, qoidalarni aytadigan bòlsam... (Yotoq yonida joylashgan stolcha ustidagi sumkasini olib, ichidan hujjatlarni chiqarayotib gapirdi.) Birinchi: Har bir oilada bittadan farzand bòlishi shart. Agar farzand bittadan kòp bòlsa, òsha farzand(lar) olib ketiladi va ularni òldirib, ichki a'zolaridan donor sifatida foydalaniladi yoki konga va boshqa joylarga olib borilib, turli oģir mehnatlarga majburan jalb etiladi. Bola òsha yerda òlgach, jasadi uyiga topshirilmaydi.
Ikkinchi: Har bir oila uchun yeyish, kiyish va shu kabilar uchun alohida davlat tomonidan narsalar ajratiladi. Undan ortiq ham emas, undan kam ham emas. Meyorida.
Kim Xonim: Bòldimi? (Janob Kim jimganidan gapirdi.
Janob Kim: Ha
Kim xonim: Ikkitagina ekan-ku. (Qoidalar ikkita ekanligidan xursand bòlgancha, erining qòlidan hujjatlarni olayotib gapirdi.
Janob Kim: Ha, ammo shu ikkitagina qoida ham hamma narsani barbod qila oladi.

Kim xonim hujjatlarga kòz yugurtirayotganida eshitgan gaplari sababli oģir xòrsindi va hujjatlarni òzi yotadigan tarafdagi, yotoq yonida joylashgan kichik stolchaga qòydi.

Kim xonim: Bitta narsa meni qiziqtirmoqda...
Janob Kim: Xòshshsh~ nima ekan u?
Kim xonim: Bolalar uyidagi bolalarga nima bòladi?
Janob Kim: Ular haqida yozilmagan, men ham bilmayman.
Kim xonim: Hmm~ tushunarli... Endi boya aytmoqchi bòlgan gaplaringizni ayting. Eshitishga tayyorman. (Yotoqqa yaxshilab joylashib.
Janob Kim: Senga nima bòldi? Negadir kayfiyating yaxshimi? (Ayolini kayfiyati erta tongdan yomon xabar eshitsa ham buzilmaganidan hayron bòlib sòradi.
Kim xonim: Ha, uyģongach kuchli ayol bòlishim kerakligi haqida òyladim.

~Flashback~

Dushga kiyadigan kiyimlarini olib kirgan Jisooni hayolida faqat òsha, kelajakda ularni kutib turgan muammolar aylanardi.

Pov Jisoo
Hozir chiqib Namjoondan shartnomaga òzgartirish kiritilganmi, yòqmi shuni sòrayman. Buni bilish menga juda qiziq.
Namjoon nima desa ham tushkunlikka tushmayman, chunki meni bundanda qiyin kunlar va bundanda yomon yangiliklar kutib turibdi. Namjoon tòģri aytyapti. Men bularning har biriga siqilaversam bolakaylarimni anchagina qiynab qòyaman. Endi men oilam: erim va farzandlarim uchun kuchli bòlishim shart. Hozir tezroq yuvinib chiqib, Namjoondan sòrayman. Tezroq bòlishim kerak.

U shu hayollarini òylab bòlgach, tezroq harakat qila boshladi.

~Comeback~

Janob Kim: Bundan xursandman.
Kim xonim: Balki... boya gapirmoqchi bòlgan gaplaringizni aytarsiz...
Janob Kim: Ugh... (Oģir xòrsindi) Yaxshi, bu gaplarimdan sòng ham òzingda xushchaqchaqlikni ushlab qola olasan degan umiddaman...

Kim xonim "Albatta" degandek kòz ochib-yumdi va bu harakatiga qòshimcha qilib bosh ham chayqadi.

Janob Kim: Xullas, kecha meni oldimga ya'ni kompaniyaga shartnoma asoschisi keldi. Uning ham menikiga òxshagan turdagi kompaniyasi, biznesi bor ekan. Shartnoma tuzgani kelibdi. Kòrinishidan va gaplaridan juda yaxshi inson. Tezda til topishib oldik. Kompaniyada biroz suhbat qurgach, janob Bangni qaxvaxonasiga bordik. U yerda ham anchagina gaplashdik. U yaxshi inson ekan. Unga boģlanib boshlaganimda, u shartnoma asoschisi ekanligi yodimga keldi va hislarim hammasi chalkash bòlib, cheksiz qiynoqlar girdobida qoldim. Uni yonida qolsam, unga yanada boģlanib qolishim yokida nafratim kuchayib ketib, unga zarar yetkazishim mumkin edi. Shu sababli yonimizga kelib òtirgan janob Bangga uni tanishtirdim-da majlisim borligini aytib, u yerdan ketdim.
Kim xonim: Shoshmang, shoshmang, shoshmang... uni kompaniyasi ham bormikan? Hihh~ nega bu odamdan qochganimiz sari bizga yanada yaqinlashyapti? Nomi nima ekan kompaniyasini? Xòsh, keyin siz rozi bòlib, shartnoma belgiladingizmi?
Janob Kim: Dior... Christian Dior Se...
Kim xonim: Oh~ nahotki (Qòllari bilan oģzini yopib) Siz nima qildingiz? Rozi bòlib, shartnoma imzoladingizmi?
Janob Kim: Shartnomaga hali qòl qòymadim... "Òylab kòraman" dedim.
Kim xonim: Haa~ unda yaxshi. U sizni qayerdan taniydi? Ya'ni nega siz bilan shartnoma tuzgani kelibdi, axir shuncha mashhur kompaniyalar bor-ku?!
Janob Kim: Bilmayman, balki... biz ishlab chiqaradigan narsalar unga maquldir.
Kim xonim: Hmm~ Menga qolsa shartnoma imzolamasangiz yaxshi bòlardi...
Janob Kim: ...

Namjoonni kayfiyati ayni damda havas qilarli darajada emas. Hayollari juda chalkashib ketgan. Nimadir qilsa, nimadandir ayriladi. U hozirgi vaqtda hammasi ortga qaytishini va shartnoma asoschisini shartnoma mavzusi ochilishidan oldin gumdon qilishni yoki uni bu fikridan qaytarishni òylardi.

Kim xonim: Hoy, men sizga gapiryapman...

Kim xonimning turtishi sababli, chuqur kirishib ketgan hayollarida olamidan chiqdi va kechagi kuni "Majlisga boraman" deb sohil bòyiga borganini, u yerda yosh oilani uchratganini, Suhoni, hamma-hammasini aytib berdi.

Janob Kim Suhoni shirin qiliqlarini tòlib-toshib aytib berarkan, kòz oldida uni yoqimli qiliqlari gavdalana boshladi. Suho eslab biroz janob Kimning kayfiyati yaxshilandi.

Kim xonim: Tariflaringiz sababli Suhoni hozirni òzidayoq borib, kòrgim kelyapti. Onasi unga singil yoki uka dunyoga keltirayotgan paytda uni parkka olib boraman dedingiz-ku, òsha kuni biznikiga ham olib keling, hòpmi? Uni kelishini intiqlik bilan kutaman.
Janob Kim: Hòp. Siz nima desangiz shu, Jisoo xonim. (Gapi oxirida har ikki inson ham kulib yubordi.

Ularning kòp vaqt birga bòlmaganliklari janob Kimga juda xush keldi. Chunki u bilan bòlsa òzini yaxshi his qilmaydi. Uchinchi kunini esa ayoliga baģshida qildi. Kuni bòyi ayoli bilan vaqt òtkazdi. Doktorga borib, kòrikdan òtishdi. Farzandlari soģlom rivojlanayotganligini bilishgach kayfiyatlari yanada kòtarildi. Doktordan qaytishayotganlarida shirin paxta yeyishdi, òynab kulishdi, qisqa qilib aytadigan bòlsak hayotdan zavq olishdi. Kim xonim ham anchagina dadillashgandek, ya'ni hayotga qaytgandek bòldi. Janob Kim va Kim xonimning hayoti hozirda yaxshilanib bormoqda.

Oradan 3 kun òtdi. Birinchi kun odatdagi rangsiz kunlardek òtdi desam adashmagan bòlaman. Birinchi kunni Janob Kim shartnoma tuzish yoki tuzmaslik, tuzsa va tuzmasa uni oqibatlari haqida òylash bilan yakunladi. Ikkinchi kuni yurak yutib, shartnoma imzolashga qaror qildi va janob Stark bilan shartnoma tuzdi. Ikkinchi kuni ular biroz muddat birga bòlishdi. Sababi janob Starkning boshqa bir rejalari ham bor edi.

Ularning kòp vaqt birga bòlmaganliklari janob Kimga juda xush keldi. Chunki u bilan bòlsa òzini yaxshi his qilmaydi. Uchinchi kunini esa ayoliga baģshida qildi. Kuni bòyi ayoli bilan vaqt òtkazdi. Doktorga borib, kòrikdan òtishdi. Farzandlari soģlom rivojlanayotganligini bilishgach kayfiyatlari yanada kòtarildi. Doktordan qaytishayotganlarida shirin paxta yeyishdi, òynab kulishdi, qisqa qilib aytadigan bòlsak hayotdan zavq olishdi. Kim xonim ham anchagina dadillashgandek, ya'ni hayotga qaytgandek bòldi. Janob Kim va Kim xonimning hayoti hozirda yaxshilanib bormoqda.

Janob Kim bugun nimagadir doimgidan-da erta uyģondi. Hammasi yaxshi ketayotgan bòlsa-da, nimagadir janob Kimni kòngli ģash.

Pov Namjoon
Soat endigina 3:41 bòlibdi. Kecha rosa charchagandim va shunga yarasha kòproq uxlashim kerak edi, ammo negadir erta uyģondim. Uxlay desam ham uxlolmayapman. Kònglim ģash. Nima bòlsa ham tinchlik bòlsin.

Janob Kim uyoqqa burildi, buyoqqa burildi, ayoliga termulib yotdi, gòyoki ayoliga termulib yotsa, uxlab qoladigandek, ammo afsus uxlay olmadi. Òrnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yuzini muzdek suvga yuvdi va yuvinish xonasidan chiqdi. Òta sokin va ovozsiz harakat qildi, sababi Kim xonimni uyģotib yubormasligi uchun. Sekin va tovushsiz qadamlari bilan maqsadsiz ayvon tomon yurdi. Qish bòlganligi sababli ayvonga ochiladigan eshiklarni ochmadi. Agar ochsa xobaga sovuq havo kiradi. U ayolini va tuģilmagan farzandlarini juda ehtiyot qiladi. Janob Kim ayvon yonidagi derazani pardalarini biroz ochib, atrofga qaradi. Quyosh chiqmagan bòlsa-da, atrof qoronģu emas. Sababi oy atrofni quyoshning nurlari sababli biroz yoritib turibdi. Izģirin shamol tufayli, daraxtlar hadeb chayqalyapti. Osmonda oyni tòsmayotgan besh-oltita bulut suzib yuribdi. Janob Kim manzarani 10 daqiqacha kuzatib turdi, sòng ģash bòlgan kòngli battarlashgach yuvinish xonasiga kirib, vanna qabul qildi. Yuvinish xonasidan chiqqach, garderobga kirib ketdi.

~Skiptime~

Kim xonim: Yaxshi borib keling... (Bòyinboq boģlash barobarida.
Janob Kim: Kelayotganimda nima olib kelay?
Kim xonim: Hamma narsa bor. Òzingiz soģ-salomat kelsangiz bòldi. (Shirin tabassum qildi.

Janob Kim yuzida kulguni yaratib, ayolini yuzidan chimchilab qòydi va xona eshigi tomon yura boshladi.

Janob Kim: Hayr. (Bir qòli bilan eshik dastasini ushlab va yana bir qòli bilan "Hayr" ishorasini qilib.
Kim xonim: Kòrishguncha.

Janob Kim xonani tark etgach, Kim xonim endigina uyģonganligi sababli yuvinish xonasiga kirib ketdi.

~Flashback~

Janob Kim: Azizam, men ketyapman... (Oyna oldida kòylagi tugmalarini òtkazayotib.
Kim xonim: Soat... soat nech... voyyyyy... soat 7:40 bòlibdi-ku. Nega meni ertaroq uyģotmadingiz.
Janob Kim: Qayergadir borishing kerakmidi? (Ayolini xarxashasidan tezda ortiga ògirildi.
Kim xonim: Yòq, ammo juda kech uyģondim... (Lablarini chòchchaytirib.
Janob Kim: Hmm~ Hech qisi yòq, azizam. Menga yordam berib yubor.
Kim xonim: Bòyinboq?
Janon Kim: Ha. (Ayolini tezda tushungach, gapirish barobarida bosh silkidi.
Kim xonim: Hozir... (Òrnidan turib, qòllarini keng yozdi.

~Comeback~

Xonasida qandaydir hujjatlarni kòzdan kechirib òtirgan janob Kimni e'tiborini eshikni noodatiy taqqillashi buzdi va hayratlantirdi ham. "Kiring" deyishi bilan xonaga otilib kirgan kotib Leeni kòrgach hayrati battar oshdi. Sababi kotib Lee hecham bunday qilmasdi.

Kotib Lee: Hayrli kun janob Kim. (Boshini biroz egib.
Janob Kim: Hayrli kun. Namuncha shoshilmasangiz. Tinchlikmi? (Ğashlanib turgan yuragi kotib Leeni birinchi bor bunday kòrgani uchun battar ģashlanishni boshlagandi.
Kotib Lee: Shartnoma butun yer yuziga oshkora qilindi. Ha aytgancha, siz menga aytgan òsha sohil bòyidagi oilada kecha bir qizaloq tuģildi.

Janob Kimni òrnidan turib, kompaniyadan chiqib ketishiga kotib Leeni shu ikki gapi yetarli bòldi. Kompaniyadan tezlik bilan chiqib ketar ekan, ortidan kotib Lee ham borardi. Janob Kim mashina eshigi yoniga kelganida ortiga burildi va kotib Leega gapirdi.

Janob Kim: Uyimga boring. Ayolimni ogohlantiring. Men uyga qaytmagunimcha uyimdan bir qadam ham siljimang. Qòriqchilar yanada sergak tursin. Qòriqchilar sonini kòpaytiring. Nimadir yuz bersa, tezda mengpi xabardor qiling.
Kotib Lee: Hop. (Kòp gapirmay tezda mashina tomon yura boshladi.
Janob Kim: Qachon shartnoma haqida ovoza qilindi?
Kotib Lee: Hozirgina.

Janob Kim boshini "Tushunarli" degandek bir egdi-yu mashinaga òtirdi. Janob Kim mingan mashinani yonida joylashgan yana bir mashinaga kotib Lee òtirdi. Har ikkala mashina ham kompaniyaning mashina turagohidan zumda ģoyib bòldi.

*

Mashinaga mingach kerakli manzilni aytib òsha joyga tezroq borishni buyurgan janob Kimni hayolida juda kòp savollar aylanardi.

Pov Namjoon
Hozir kotib Lee borib, hammasini òz qòliga oladi. Har ehtimolga qarshi uyimda xavfsizlik uchun hammasini qildirib qòyishim shart edi. Kotib Lee hammasini qiladi. Yaxshiyam u bor. Uyim-ku ishonchli qòllarda, ammo janob Hanni uyida nimalar bòlyapti ekan. U yerga ham qòriqchi jònattirishim kerakdir balkim... yòq har ikki uy òrtasida yugurib yurguncha, ularni ham meni uyimga olib keldiraman. Meni bir savol qiynayapti... nega? NEGA? NEGA, ular farzandli bòlishganlarini menga aytishmadi? Qònģiroq qilaman deyishgandi-ku, axir. Suhoga qarashga odam kerak bòladi, òshanda sizga Suhoni parkka aylantirib kelishingiz uchun beramiz deyishgandi. Ammo nega? NEGA? Hozir nima qilishyapti ekan-a? Ular òzi uyidamikin? Kecha farzandli bòlishgan bòlsa... balki... shifoxonadadir... uffff... nimalar bòlyapti?!

Shu hayollari bilan ovvora bòlib, janob Hanni uyiga ham kelib qolishdi.

Haydovchi Im: Janob, biz yetib keldik.
Janob Kim: Nimalar bòlyapti bu yerda?! (Suholarni qòshni uyini hovlisida zòrlab olib ketilayotgan bir qizqloqni kòrib, tezda mashinadan tushdi.

Yugurib borib, u yerda nimalar bòlayotganini tushundi. Ularni kòrib, juda azoblandi, hattoki ular begona bòlsalar-da. Birdan hayolidan tuģilmagan ikki qizi va Suho òtdi. Ularni biroz kuzatdi va boshqa kuzatib turgisi kelmay Suholarni uyi tomon qadam qòydi. Ularni uzoqdan kuzatib turgan haydovchi Im joyida qotib qolgan. Chunki bu holat u uchun kutilmagan holat edi. Bir ayol majburlab olib ketilayotgan qizini qòllarini ushlab tortardi. Otasi esa qizini ushlab olgan odamni qòllarini bòshatish uchun harakat qilardi. Eshik tutqichini ushlab nima bòlayotganini tushunmay, kòzida yosh aylanayotgan, yoshi chamasi 4 yoshli qiz ularni kuzatib turardi. Ishchilar ikki kishi bòlganligi sababli, qizchani ushlab olgan ishchining hamksabi boyagi qizaloqlarning otasini hamkasbi yonidan olib, yerga yiqitdi va yosh bolalarning kòz òngida otib tashladi. Bu holatdan karaxt axvolga kelgan ayol birdan endi ovozini battarroq kòtarib, baqira boshladi. Uni ham otib tashlamoqchi bòlib, tòpponchani òqlagan ham ediki haydovchi Im borib qoldi.

Haydovchi Im: Bas qiling. Uni otmang. (Haydovchi Im boyagi tòpponchali erkakning qòlini ushlab gapirdi.

Ishchi esa hech narsa demadi. Birdan harakatga kelib, haydovchi Imning oyoģidan chalib, yerga yiqitdi. Tòpponchani uni peshonasiga tiraganida, janob Kim kelib qoldi.

~Flashback~

Endigina eshikni taqillatib, uy ichiga kirmoqchi bòlgan janob Kimni òq ovozi ortga qaytishga majbur qildi va kelgan joyiga yugurib, qayta boshladi.

Pov Namjoon
La'nati..! Nega aynan yaqin qolganimda bunday bòldi. Uffff~ Shibal!

~Comeback~

Janob Kim: Hoy... bòldi! Bas qiling. Kechirasiz... uni bu yerga aloqasi yòq. Uni ma'zur tuting. Qaxramonlik qilmoqchi bòldi. Uni qòyib yuboring, u shunaqa birovlarning ishiga burun tiqishni yaxshi kòradi. Uni òzim jazolayman. Ma'zur tutasiz.

Uni gaplari tugagach maxsus qotil uni ustidan turdi va bir oģiz sòz aytdi.

Maxsus qotil: Boshqa ishimizga aralashmasin! Ishimizga aralashgan va bizga qarshi chiqqanni yòq qilish buyurilgan.
Janob Kim: Hop. (Haydovchisini qòlidan ushlab, turģazish barobarida.

Ular bu yerdan tezlikda keta boshlashdi. Haydovchi Im ortiga bir bira qarab qòydi. Ortiga qaragan paytida, unga najot kòzlari bilan qarab turgan ayolni kòrdi-yu, ammk hech narsa qilolmadi.

Janob Kim: U yerga qarashni bas qil! Yòqsa òlasan! (Hovlining ochiq turgan eshigidan ichkariga kirayotib.

Haydovchi Im oģir xòrsindi va "Hòp" dedi.

Janob Kim eshikni taqillatib, biroz kutdi, eshik ochilib ichkarida janob Han kòrinish berdi. Janob Han eshikni ochdi-yu, ularni tezroq kirishini aytdi.

*

Kotib Lee: Hamma xavfsizlik ishlarini qildim. Siz xavotir olmang, hammasi joyida bòladi.

Kim xonim: Q...qannaqasiga... yaxshi bòlishi mumkin? Namjoon qani? U qayerda? Nega kelmayapti? Axir bunday paytda oilasini oldida bòlishi kerak-ku! Qani u? Unga nimadir bòldimi?
Kotib Lee: U Suholarni uyiga ketdi. Òzingiz ham bilasiz. Suho va u yerda yana bir farzdand bor. Ularni qutqarish uchun ketdi.
Kim xonim: A...ammo... u qutqaraman deganda... unga nimadir bòlsachi..? Iltimos... unga qònģiroq qiling..? Iltimos... (Mexmonxona divanidan zòrģa turib.
Kotib Lee: Òtiring... unga hozir qònģiroq qilsak, unga halal berarmiz. Balkim u òsha odamlar bilan Suhoni olib ketmasliklarini gaplashayotgandir va biz hozir qònģiroq qilsak, hammasini barbod qilarmiz... Janob Kim hozir nima qilayotganini bilmayman. Hech narsa demadi menga. Sizni oldingizga kelishimni va u kelmaguncha hech qayerga ketmasligimni aytdi, xolos. Iltimos, tinchlaning...

Kim xonim nima qilishini bilmay, u yerdan bu yerga yura boshladi. Kotib Lee esa uni òtirishini, òylanib òzini ham farzandlarini ham qiynashini aytishiga qaramay u tinchlana olmasdi.