March 23, 2025

Revenge tragedies đź—ˇ

-Salom, Men Daya. Juda yoqimtoy qizman bilaman. Bilaszlarmi bugun mening yakkayu yagona ukajonimni tug'ilgan kuni va men afsuski uni bu safar ijtimoiy tarmoqdan tabriklayman. Chunki u boshqa shaharga o'qish uchun ketgan. Men esa aynan u uchun hozirda ishlayapman. Unga qiyin bo'lmasin deb barcha og'ir yumushlarni o'z bo'ynimga olib uni o'qitishga qaror qilganman. Ishonaman u albatta mening ishonchimni oqlaydi. Aytgancha men 18 yoshdaman.

O'sha kundan 5-6 kun o'tgan bo'lsa-da ukasi bilan bog'lana olmagan qiz endi o'zini u o'qiyapti yoki ishlari bordir degan o'ylar bilan xotirjam qila olmasligini bilib ukasi o'qish uchun ketgan shahar - Seul tomon yo'l oldi.

U yerga poyezd orqali ketarkan miyasini turli xil yomon xayollar chulg'ab oldi. Ko'p bo'lmasa ham boshida og'riq paydo bo'la boshladi.

Qalbida « Unga hech nima bo'lmagan bo'lsin» degan o'ylar bilan qanday qilib Seulga yetib kelganini ham anglamay qoldi.Seul ko'chalariga qadamlari tegishi bilan maxsus internat maktabiga qarab yura boshladi. Chunki u ortiqcha harajat qila olmasdi. Ko'cha to'la odamlar hech kim yon-atrofdagilarga eʼtibor bermaydi. Hamma o'z istagi yoki majburiyati orqasidan ildam harakatlanmoqda. Daya bir zum bunday katta shaharda anchadan beri bo'lmagani sabab bu qanday hissiyot bildirishini ham unutib qo'ygam edi. Axiyri internat qarshisida paydo bo'lgan qiz yon-atrofdagi bolalardan Suho ismli bolani so'rarkan ularning barchasi «yo'q» yoki nima «qilmoqchisiz» deya yuzlanardi unga.

Daya: hoy yigitcha menga qarab yubora olasanmi- deya bir yigitni yelkasidan ushlab to'xtatdi.

Yigit: Salom xonim deya boshini biroz egib javob berdi

Daya: Mabodo sen Suho ismli bolani tanimaysanmi.?

Yigit: Xonim bu yerda judayam ko'p Suholar bor qaysi biri kerak szga

Daya: Aa..a mengami menga Kim Suho degani kerak

Yigit: Lekin xonim u bola adashmasam 1 haftacha oldin yo'qolgan edi

Daya: tushunmadim qanaqasiga yo'qoladi aqling joyidami seni

Yigit: Xonim o'lay agar barcha gaplarim rost. Shu so'zlaridan keyin atrofga alanglab qizga biroz yaqinlashgan holda pichirladi «Aytishlaricha uni mafialar o'g'irlab ketishgan ekan. Chunki u bola o'ta qiziqqon bo'lgan va bir kuni bitta ovloq joyda tasodifan mafialarning kattasi va militsiya boshlig'i bilan qilayotgan suhbatini eshitib qolgan emish» shu gaplarni aytgach yana uzoqlashib «shuning uchun ham undan 1 haftadan beri darak yo'q. Menimcha uni allaqachon o'ldirib yuborishgan»

Daya: yooo.ooqqq... yo'q... Bunday bo'lishi mumkin emas. Sen aldayapsan dedi lekin oyoqlari o'ziga bo'ysunmay yerga tizzalab qoldi.

Yonidagi yigit esa ex xudoyim deya uning qo'llaridan ushlab turg'azdi. O'zi tomonga engashtirib yo'l chetidagi skameykaga olib borib qo'liga suv tutqazdi va so'radi

Yigit: Siz unga kim bo'lasiz o'zi

Daya: O.....oopasiman..

Yigit xayolida* Yooo xudooo ayw bekor aytibmana tilim qursin tilim deya*o'zini koyigancha ketishga shaylandi. Lekin uning qo'llariga qizning qo'llari bogʻlandi.
Ozgina suv ichib o'zini tiklagan Daya unga savol berdi.

Daya: Sen bu haqida qayerdan bilding

Yigit: Menmi..? Men bu yerdagi ko'p narsalarni bilaman hamda bu butun internatda muhokama qilinyapti deya ketib qoldi.......

Davomi bor..!
Author: Kim Daya
Daya's legends kanali uchun yozildi....