April 22, 2025

O'limim sen bo'l yoxud ajalim bo'lishingni xohlayman

Author: Dili_

Bilib qo'y sen meniki ekansan seni o'zimdan bo'lak boshqa birov his qilishi tugul ko'z tashlashiga ham yo'l qo'ymayman..} deya baqirdi yigit qizning ikkala yelkasidan bosim bilan tutgancha

Men seniki emasman. Kim. ayt. kim aytdi senga. meni senga tegishli deb..} dedi qiz yigitning qo'llarini siltagancha qo'llari yordamida jigarrang sochlarini siqimlab.

Qattiq asabiylashganidan deyarli yerga o'tirib qolgan qizning yoniga cho'kkalagan yigit qo'llarini beixtiyor uning iyagiga olib bordi. Bosh va ko'rsatgich barmoqlari orasidagi bo'shliqqa suyuklisining iyagini joylagan yigit unga ayni damda xuddi telbadek ko'rinayotgan edi.

Sen. to'.la.qon.li. me.ni.ki.san. so'zlarini bo'g'inlab takrorlagan yigit o'z lablarini qizning lablariga ohista tekkizdi va o'rnidan turib dedi

Avval o'sha ukangning so'ng sening masalangni ko'rib chiqamiz deya xonani ohista qadamlar bilan tark etayotganda, yigitning qilgan ishidan biroz o'zini noqulay sezgan bo'lsa-da 1 oylik davomidagi tanishlik natijasida bunga oz-moz ko'nikkan qiz ohirgi so'zlarni eshitishi bilan yigitning oyoqlari ostiga borib

I..ilti..iltimos unga tegmang iltimos } deb yalina boshladi.

Xo'sh xo'sh xo'sh unda biz hozircha buni ukangga o'rgatgan inson bilan shug'ullanamiz va qaytganimdan so'ng sen ukangni qanchalar yaxshi ko'rishingni sinovdan o'tkazamiz.......

Yigit shu so'zlarni aytdi va eshikni ortidan berkitgan holda qizni butunlay yolg'iz qoldirdi ( vaqtinchaga)

Xonada birgina o'zi qolib ketgan qiz balki ukasiga va balki o'zining hayotiga achingan holda yig'lay boshladi. Qahvarang ko'zlaridan sizib chiqayotgan har tomchi yosh yuzida ajib issiqlikni hosil qilar, yig'lash davomida yuragi o'ng'aysizlanar ayni damda shunchaki qalbi anchadan beri istagan ish bu yerlardan abadiyga qochib ketishni xohlardi. Ammo aqli allaqachon bu ishni qilish mumkin emasligini yuragiga uqtirgan, bunday tuyg'ularni qilmaslik uchun go'yo qo'l oyoqlarini bloklagan edi.

Bundan bir necha oy oldingi o'zini eslagan qiz oyoqlarini quchgancha boshini tizzalariga qo'yib oldi. Lablari titragancha past ovozda so'zlay boshladi...
Ayting menga ayting qanaqa qiz edim men shularga loyiq nima qildim. Dada, dadajon men bu safar yaxshiroq o'qiyman, yaxshiroq harakat qilaman yoki Oyi, oyi siz mendan xafa bo'lganmidiz bu safar men sizga doim yordamlashaman, aytganlarizni hammasini qilaman, olib ketinglar meni bu yerdan. Axir...a..axir men o'qimoqchidim, jurnalist bo'lmoqchidim, boshqa davlatlarga bormoqchi edim.} So'zlarining shu joyida sabri tugagan qiz miyasida nega men sadosiz yig'lashim kerak nega men hech kim eshitmasin aaaaa so'zlari g'ujg'on urdiyu o'rnidan turib xonadagi bor buyumlarni irg'itgancha baqira boshladi.
Aslida aslida senga nima qilgandim men ayt senga nima qildim. Javob ber menga.

Oyna qarshisiga borib bir qancha parfyumlarni tushurib yubordi. So'ng oynaga qarab qoldi va bir lahza uni qo'li bilan urmoqchi bo'ldi ammo

Nega endi mening qo'lim zarar ko'rishi kerak ekan boshqa narsa kerak } deb qo'liga tushgan buyum bilan oynani sindirdi.

Bu ovozlarni pastdan eshitgan Shaxina ( uy xizmatchisi) va bir nechta qolgan xizmatchilar esa yuqoriga shiddat bilan ko'tarila boshlashdi. Eshik yoniga yetib kelganlaridan so'ng bir nafas chiqarib sekinlik bilan eshik tutqichini ushlashdi lekin eshik qulf.....

Flashback ( 1 oy oldin)

Muhammadali Iskandarovich ismli bu 25 yoshdagi yigit hozirda mamlakatidagi boy insonlardan biri.

Yarim soat avval do'sti bilan gaplashgandan so'ng biroz kayfiyati buzilgan jahl aralash mashinasini katta yo'lda harakatlantirayotgan yigit aksiga olib har bir svetaforda qizilga tushayotganligidan ham yetarlicha g'azablanayotgandi. Manzilga yetishiga oz qolganda yo'lidan chiqqan svetafor hamda undagi yana bir qizil chiroq yigitning xafsalasi yana bir bor pir bo'lishiga sabab bo'ldi. Shaharda unchalik ham e'tiborga tushmaslik uchun o'zining «Malibu 2» rusumli qop-qora avtomobilini boshqargan yigit sekinlik bilan piyodalar o'tish yo'lagi qarshisida to'xtadi.

Yo'lni kesib o'tayotganlarga xafsalasiz tikilayotgan yigit ular orasidan shoshgancha biroq o'ziga bo'lgan ishonch bilan yurayotgan ustiga qop qora plach va qora rangdagi bryuk, oyog'ida usti qora past qismi oq rangda bo'lgan oyoq kiyimda, plachining orqa shapkasini boshiga kiyib olgan quloqlariga ilib olgan simsiz naushnikdan taralayotgan musiqadan zavqlangancha o'tib ketayotgan qizni ham e'tiboridan chetda qoldirmadi.

Taqin olgan sumkasidan bu qizaloq maktab o'quvchisi ekanligini tushungan yigit bo'lsa bir necha daqiqa unga termuldi hamda orqasidan chalinayotgan mashina signallari ta'sirida yo'lida davom etdi.

Buni ko'rib xayolida ming xil yomon narsalarni tasavvur qilgan qiz endi eshikni qo'llari bilan sekin urib yolvora boshladi.

Dili Dili ayt nima qilyabsan. Nima qilayotgan boʻlsang ham to'xtati eshitdingmi} shunga o'xshash so'zlarni takrorlasa-da ichkaridan sas-sado eshitilmasdi.

Axiyri sabri tugagan Shaxina telefoni orqali Aliga bog'landi.

Shaxina: Aka Dili , unga nimadir boʻldi ketganingizdan so'ng xonadan narsalarning singan ovozi keldi biz chiqqunimizcha eshikni qulflabdi. Xatto menga ham eshikni ochmayabdi. Nimadir qiling iltimos unga nimadir bo'lsa kechirmayman sizni

Ali: Singiljon hecham tashvishlanma u tentak qiz shunchaki musiqa tinglab derazadan atrofni kuzatib o'tiribdi hech qanaqa tashvishlanarli narsa bo'lgani yo'q.

Shu so'zlarni aytib qizilni bosgan yigitning yuziga biroz jilmayish yugurdi

Ahhh bu qanday qiz bo'ldi- aaa qo'lim og'riydi boshqa narsa kerakmush. Ahmoq

O'shanda yaxshiyam seni ko'rib qolganman yo'qsa hozir ham xuddi avvalgiday bo'lib qolarmidim

Shu so'zlarni aytib shivirlash davomida telefoni orqali ko'rib turgan videokamera tasvirlarini o'chirib yana yo'lida davom etdi Muhammadali........

Oynani sindirgach esa tinchlanish uchun musiqa tinglashni xohlab naushnikni quloqlariga taqqan qiz endilikda derazaga yaqinlashgan holda oyoqlarini pastga qaratib shahar va yon atrofdagi bo'layotgan vaziyatlarga nazar sola boshladi.

Tashqarida bir necha oldin xavotirda turgan qizaloq ham hozir o'z xonasida o'zining mashg'ulotlari bilan shug'ullanayotgan edi

Author: Dili