Power of Magic 🪄
~Kunlarning birida galaktikaning qaysidir burchagida bir chaqaloq dunyoga keldi va unga cheksiz qudrat taqdim etildi. U ulg'aya borishi barobarida kuchi ham ortib borar bunga hamohang tarzda esa ko'nglidagi yovuzlik ham tobora o'sar edi. Uning kuchlari aql bovar qilmaydigan darajada kuchli ekanligini tahmin qilayotgan kohinlar esa uni yo'q qilish istagida edilar.
2 yoshli go'dakni o'ldirishni istab kelgan bir necha askarlarni to'htatib turgan shahzoda bolani qutqarishga jon jaxti ila kirishgandi. Ichkarida esa go'dagini qo'llari qaltiragancha bag'riga bosib turgan malika eshik ochilganidan so'ng sarosimaga tushib qoldi. Qarshisida bir necha barzangi askarlar tashqarida turmush o'rtog'i ikki askar tomonidan qurshovda qo'lidagi murg'ak bolakay esa o'lish arafasida.
Soqchilardan biri ko'zlari qonga to'lgancha malika tomon yaqinlasharkan qiz o'z kuchlarini ishlatib uni havoda muallaq ushlab qoldi va keskinlik bilan yon tomonga irg'itib yubordi. Shu tariqa bir necha askarlarni to'xtatgan malika holdan toya boshlar ekan atrofda soqchilar yanada ko'paya boshladi. Ko'zlarida xavotir yoxud ilinj bilan atrofga alanglagan qiz o'zi tomon uchib kelgan o'q tufayli yerga cho'kkalab qoldi. Lekin hali hamon bolasini qo'lidan tushirmagan qizning ko'zlarida ana endi yaqqol nafrat aks etayotgandi. Chunki u tushunib yetdi aslida bularning barchasi kimning qilmishlari ekanligini....
Bir zumda atrofni qorong'ulik qopladi. Xona to'liqligicha qora tutun bilan qoplandi, bunday xolatdan o'zlarida asabiylikni sezib ona va bolani qidirishga tushgan askarlarning barcha harakati behuda ketdi.
Go'yo poyonsizdek ko'rinayotgan sahroga tushib qolgan malika nimalar bo'layotganidan bexabar bolasini quchgancha o'tirardi. Bir qo'lida go'dak ikkinchi qo'li bilan yaralangan joyini ushlab og'riqdan ingragan qizning ko'z oldi qorong'ulashib sekinlik bilan yerga qulay boshladi. Ayni shu daqiqalarda qizning qarshisida paydo bo'lgan boshdan oyog'igacha qop qora kiyingan kishi unga shu gaplarni aytdi:
- Men bolangni saqlab qolaman....
⚡️ Flashback
Pov/Eduard:
- Bu bola uni topa olarmikan. Unga ishonib to'g'ri qildimmi..? Garchi o'zi bilmasada baribir birovning bolasi...
Shu payt saroy eshiklari ochildi. Qo'llari arqonga bog'lanib, sochlari to'zg'ib ketgan, ustidagi kiyimiga qarab ham bo'lmaydigan bir odam uzoqdan otilib qirol Eduardning oyoqlari ostiga kelib tushdi.
Bundan biroz hayratga tushgan bo'lsa-da o'zini hissizdek ko'rsatayotgan qirol oyoqlari ostidagi insonga ma'noli qarab qo'ydi.
Otilgan jasadning ortidan mag'rur va qo'rqinchli yuz bilan yurib Qirol huzuriga kirayotgan Jk sekinlik bilan qiroliga ta'zim qildi.
Jk kirishi bilan bevosita yuziga kulgu oralagan qirol gap boshladi.
Eduard: Ooouuuu mening suyukli o'g'ilginam kelibdi-ku
Jk: Xush ko'rdik Qirolim aytganingizdek bu odamni xuzuringizga olib keldim.- dedi yuzidagi jiddiylikni zarracha yo'qotmagan yigit.
Eduard: O'ylaymanki u yo'l davomida seni boshingni qotirishga urinmagan.
Jk: Aslo men unga gapirishiga imkon bermadim.
Eduard: Yaxshi o'g'lim unda ketishing mumkin.
Orqasiga o'girilmasdan taxt turgan xonani tark etgan Jk o'z xonasi tomon yo'l oldi.
Jungkook xonani tark etgan zahotiyoq Qirol yerds tizzalab o'tirgan odamga yuzlandi.
Eduard: Unga nimadir dedingmi..?
#: yo'...q. yo'o'q hech nima demadim.
Eduard: yaxshi unda o'ladigan vaqting bo'ldi.
(ayyorlik bilan kulgancha dedi)
#: Hoy siz unday qilolmaysiz... Ha.....ha qilolmaysiz aks ...aks holda men unga barchasini aytib beraman
(Deyishi barobarida ko'ksiga kelib sanchilgan qilich tufayli o'zini yo'qota boshladi)
Eduard: Sen yaramas kim bo'libsanki meni, Qirolni kimgadir nimanidir aytib berish bilan qo'rqitsang
(deya shundoq ham yerda yaralangan ko'ksini ushlagancha qonni to'xtatishga harakat qilayotgan odamga yana bir bora qurolini sanchdi)
Bu zarbadan so'ng batamom joni uzilgan odam tepasida turib telbalarcha kulayotgan qirol aslida kim ekanligi asta sekinlik bilan namoyon bo'layotgan edi....
Jungkook umuman olganda hech narsani bilmasdan turib biror ishga qo'l urmaydi. U biladi Qirol bu odamni bekorga aynan unga topib kelishni buyurmadi. Bularning barchasida allaqanday yovuzlik borligini ham ko'ngli sezib turibdi.
~Qirol huzuridan chiqib o'z xonasi tomon odimlagan Jungkook eshikdan kirishi bilanoq ko'zguga bir nimalarni barmoqlari bilan yoza boshladi. Barmoqlari tekkan chiziq bo'ylab nimadir yaltiray boshladi va ko'zguda Qirol Eduard va hozirgina uning yoniga olib borgan odamning jonsiz tanasi yaqqol aks etdi.
Bundan biroz bo'lsa-da asabiylashgan Jungkook qo'llari bilan ko'zguni yerga qaratib qo'ydi....
~~~Saroy
Qo'rong'ulik saltanatidagi ushbu saroy uzoqdan unchalik chiroyli ko'rinmas balki butun dunyo zulmati shu yerni qamrab olgandek tuyulib hech kim o'z xohishi bilan bu yerga kelishni istamas edi. Afsuski ularning istaklari o'zlaridan boshqa hech kimga qiziq emas Chunki ushbu olamning qiroli shu yerda yashaydi va hamma mavjudotlar aynan mana shu yerdan qo'nim topgan.
____________________________________________
Woo: Salom yangi olam. Axiyri qidirgan yerimni topdim. Otajon hali o'sha arzanda yetimchangiz bilan qilganlaringizga javob berasiz. Avval o'sha yashirin qurolingizni topib olay. O'ylaymanki bu unchalik ham qiyin bo'lmaydi } deya xandon otib kulgan Woo bu xaroba yerdan keta boshladi.
Information: Woo Qirol Eduardning to'ng'ich farzandi u Jungkookdan kuchsiz va otasining buyruqlariga bo'ysunmaganligi uchun o'z olamidan surgun qilingan. Lekin u Yerga yuborilmagan edi. Ketishidan oldin qirolning xonasida joylashgan sirli yerni topib olgan va aynan shuning uchun Qirol uni boshqa dunyoga surgun qilgan. Ammo Qirolning o'zi ham Woo bu xonadan nimani bilib olgani yoki ko'rganidan xabarzor emas........
Writer📝: Dayana
Channel: Glamour Fanfic