April 24, 2025

O'limim sen bo'l yoxud ajalim bo'lishingni xohlayman

#Bundan keyingi har bir voqea 1 oy oldin sodir bo'lganlaridir...

Muhammadali Iskandarovich ismli bu 25 yoshdagi yigit hozirda mamlakatidagi boy insonlardan biri.

Yarim soat avval do'sti bilan gaplashgandan so'ng uning yoniga borish uchun mashinasini katta yo'lda harakatlantirayotgan yigit aksiga olib har bir svetaforda qizilga tushayotganligidan g'azablanayotgandi. Manzilga yetishiga oz qolganda yo'lidan chiqqan svetafor hamda undagi yana bir qizil chiroq yigitning xafsalasi yana bir bor pir bo'lishiga sabab bo'ldi. Shaharda unchalik ham e'tiborga tushmaslik uchun o'zining «Malibu 2» rusumli qop-qora avtomobilini boshqargan yigit sekinlik bilan svetafor qarshisida mashinasini harakatdan to'xtatdi. Svetafordan uncha uzoq bo'lmagan piyodalar o'tish yo'lagiga ko'zi tushar ekan, yo'lni kesib o'tayotganlarga xafsalasiz tikilayotgan yigit ular orasidan shoshgancha biroq o'ziga bo'lgan ishonch bilan yurayotgan ustiga qop qora plach va qora rangdagi bryuk, oyog'ida usti qora past qismi oq rangda bo'lgan oyoq kiyimda, Yomg'ir biroz o'z hunarini ko'rsatayotgani sabab plachining orqa shapkasini boshiga kiyib olgan quloqlariga ilib olgan simsiz naushnikdan taralayotgan musiqadan zavqlangancha o'tib ketayotgan qizni ham e'tiboridan chetda qoldirmadi.
Taqib olgan sumkasidan bu qizaloq maktab o'quvchisi ekanligini tushungan yigit bo'lsa bir necha daqiqa unga termuldi hamda orqasidan chalinayotgan mashina signallari ta'sirida yo'lida davom etdi.

Muhammadali tilidan...
Do'stimni yoniga bordim. U bilan ish masalasida ancha suhbat qurdik. So'ng uni kelinoyim chaqirib qoldilar. Aytishlaricha mening bu so'qqabosh jigarim uylanarmush yaqinda. Kimga desam sir bu o'g'lim sen ham keyinroq bilasan va hamma qatori o'sha paytda hayron qolasan dedilar. Do'stimdan so'rasam men ham xali bilmayman onam menga yomon qiz topmasa kerak deb aralashmadim deydi.

Aslida taxminlarim bo'yicha uni ko'ngliga yoqadigan biri bor edi. Bir paytlar o'zi aytgandi shekilli, men uni sevaman lekin aytolmayman menimcha u meni yoqtirmasa kerak deb...
Xullas gaplaridan mano qidirsak u onasining istagini rad eta olmayotganidan unga qiz topishlariga ruxsat bergan.

Mening o'ylashimcha esa bu notoʻgʻri chunki inson turmush qurayotgan insoni bilan hech yo'q 2-3 marta uchrashib ko'rishi kerak. Lekin bilmadm balki mening onam ham shunday desa qarshilik bildirormasman....

Do'stim ketgandan so'ng esa ishga bordim. ( Qayerda ishlashi va boshqalar keyingi qismda to'liq ochib beriladi) Chamasi 1.5 soatlar o'tirdim va menga bizning kichik shayton qo'ng'iroq qildi. U doim xursand doim shod bo'lib yuradi. Bu safar ham asablarimni buzmoqchimi.

Telefon qo'ng'irog'i...
Ali: Alo shaytoncham nima deysan yana qanday qilib meni lol qoldirmoqchisam} dedi mazxaratomuz ohangda

Narigi tomondan esa kichik shovqinlar va 1-2 burun tortib qo'yishlar eshitildi.

Ali: Hoy ahmoq yana tomosha qo'ymoqchimisan bu safar o'tmaydi aniq o'tmaydi

Shaxina: A...a..aka} yig'lagan ovoz eshitildi

Bundan o'takasi yorilib ketgan Muhammadali esa

Ali: Nima bo'ldi kim. Kim seni xafa qildi....Aa

Shaxina: Akajon....} Haliham yig'lagan ohangda

Ali: Go'zal singlim meni nma bo'ldi senga ayt. O'zim hal qilaman meni ham yuragimni siqmada tezroq ayt} dedi mehrli ammo ko'zlarida sovuqlik ufurib turgan tarzda

Shaxina: Aka meni ularga berib yubormaysiz-a. A..Anavi do'stingizni uyidan sov...sovchilar kelishdi hozir Dadamlar meni unashtirib qo'yaylik deyishyapti ayting ularga unday qilishmasin. Men...men tegmayman unga axir qanday ko'zingiz qiyadi aka hali... hali endi 16 yosh boʻlsam. Ularga ayting ayting ularga berishmasin meni aka.} bir necha nafasda gapirib tashlagan qiz ahiyri nafasini ushlagancha burnini tortib qo'ydi

Ali bo'lsa shunchaki barcha ma'lumotlarni miyasida analiz qila boshladi: kelinoyisining undan sir saqlagani, uylariga serqadamligi, doim singlisiga buyumlar olib kelishi bejiz emas shundaymi? Shahzodchi u ham bilarmidi bularni - yo'q, bilmayman dedi-ku. Singlim degan so'z hayoliga kelishi bilan esa ust kiyimi va kalitlarini olgancha uy tomon yo'l oldi. Telefon qo'ng'irog'i esa allaqachon Shaxina tomonidan tugatilgan edi. Ali uygacha bo'lgam masofani bosib o'tish oralig'ida bir necha bor singliga qo'ng'iroq qildi lekin aloqa yo'q....

Author: Dili