𝓖'𝓪𝔂𝓻𝓲𝓸𝓭𝓭𝓲𝔂 𝓴𝓾𝓬𝓱 𝓽𝓪'𝓼𝓲𝓻𝓲𝓭𝓪⚡️
~Salom men Deysiman. Kim Deysi... Barcha meni o'ta xudbin va egoist deb hisoblaydi. Aslida ham shunday va men bunga o'tmishdagi voqealar sabab amin bo'ldim. Mening deyarli tarixga aylanib ketgan hikoyam szda o'ziga nisbatan ozgina bo'lsa ham qiziqish uyg'ota oladi degan umiddaman. Marhamat uni tinglang.....
Flashback 📸
Brief introduced - Men Deysi 18 yoshdaman. Shuni ham aytib o'tish kerakki men boy oila farzandiman. Turizm va tilga yo'naltirilgan universitetning 1-kurs talabasiman. Oyim yo'q. Aslo uni o'lgan degan xayolga bormang... u tirik. Aslida o'zim ham bundan yaqinda xabar topdim. Axir u nima qilsa ham oyim qo'lim hamma yerga yetib turgan vaziyatda nega u haqida surishtirmasligim kerak.
Shunday qilib men bir necha yillar davomida o'lgan deyayotgan oyim hozirgi kunda tirik boʻlib chiqdi. To'g'risini aytganda bundan anchagina ta'sirlardim. Lekin nima ham qila olardim, albatta bunga ko'nikdim.
Dadam esa judayam qattiqqoʻl odam. Umuman meni tinglamaydi, e'tibor bermaydi. Ammo bir necha kundan beri u o'zini men uchun jonini beradigan otaga o'xshab ko'rsatyapti. Va bular aynan otam shu kunlarda mendan o'zi uchun qandaydir fidokorlikni kutayapti degani....
~~~ Deysi erta tongdan o'rnidan turdi-yu universiteti tomon yo'l ola boshladi. Uning garderobi deyarli Old Money stilidagi kiyimlar bilan to'lgan. Va hozir ham xuddi shu stilda kiyingan edi...
O'zining mashinasida universitetiga yetib kelgan Deysi atrofdan o'zi uchun kerakli bir kishini qidira boshladi. Bundan farqli o'laroq uni topolmagach sekinlik bilan dars o'tiladigan xona tomon odimladi. U bugun biroz kechikkan lekin shunga qaramay darsga hech qanday qarshiliklarsiz kira oldi. Eng oxirgi partada o'tirgan qadirdon dugonasining yoniga yaqinlasharkan qizning yuzidan ziddiyatli o'ylari, xomushligini ilg'agan Deysi uning yoniga tezroq borishga harakat qildi.
Deysi: Y/n .... Xoy qiz senga nima bo'ldi o'zi? Qani kayfiyatni ko'tarchi mening ya'ni Kim Deysining dugonasiga bunchalar xomush o'tirish taqiqlangan. Kul yo'qsa seni o'zim o'ldiraman...
Deysining xazillarida yuzida xursandchilik tabassumi miltillagan y/n shunchaki bosh irg'adi va yana avvalgi holatiga qaytdi.
Bundan salgina bo'lsa ham ko'ngli joyiga tushgan Deysi u yolg'iz tinchlanib olishi kerak degan fikrga keldi va ortiq bir so'z ham demadi.
Y/n bo'lsa dars yarmida ustozdan ruxsat so'ragancha chiqib ketib qaytib kirmadi. Deysi bo'lsa bu holatdan biroz asabiylashdi va karidor bo'ylab y/nni qidira boshladi. Biroq buning biror foydasi bo'lmagach tanish qizlardan so'radi va uni institut orqasidagi tashlandiq joy tomonga ketganini bilgach o'sha yerga oshiqdi. Chunki Deysi biladi y/n bunday joylardan nafratlanadi. Buning tagida qandaydir gap borligini anglagan tarzda qadamlarini tezlata boshladi.
Tashlandiq hududga yetib kelgan qiz sekin belidagi qurolini chiqardi va ehtiyotkorlik bilan ichkariga qarab yura boshladi. Deysining qurol olib odati otasidan o'tgan chunki uning otasi doim o'zi bilan qurol olib yuradi. Deysi esa buni shunchaki qiziqish tufayli olib yursa-da shak-shubhasiz undan qanday foydalanishni ham bilardi. Shu tariqa tobora qorong'ulik tomonga yarim engashgan holda yurib ketayotgan qizning quloqlariga allaqanday ovozlar eshitila boshladi.
Notanish yigit y/nni bo'ynidan ushlagancha: Aytganlarimni bajardingmi?
Y/n:afsuski menda buncha pul yo'q
deya bo'ynini yigitning qo'lidan bo'shatishga urundi.
Yigit bo'lsa uni bu gapdan so'ng yerga irg'itib yubordi.
Yigit: yaxshi unda kel sen bilan boshqachasiga kelishamiz
Y/n: qanday
(Hissizlarcha)
Yigit: Yaqin dugonang Kim Deysi haqida barchasini bilmoqchiman. Ayniqsa shu kunlarda nima bilan band ekanligini....
Yigit gapini yakunlamasdan qo'lidagi qurolni yigitga o'qtalgancha devor ortidan chiqib kelgan Deysi tabiiyki bu ikki kishini qo'rqitib yubordi.
Deysi: xo'sh...xo'sh....bu bolakay men haqimda yana nimalarni bilmoqchi...aaa
Yigit: ooouuuuu qahramonning o'zi ham paydo bo'libdikuu!!!
Deysi: Afsus sen bilan pachakilashib o'tirolmayman. Y/nning yonidan uzoqlash
Parvosizlarcha qizning yonidan qo'llarini ko'targan holda nim tabassum bilan yiroqlashgan yigitning so'nggi gapi Deysini dugonasini tekshirishdan yana unga qarashiga sabab bo'ldi...
Yigit: Aslida menda ham sen bilan pachakilashish uchun vaqt yo'q. Unda eshit seni oying tirik edi.....
Deysi: xihhh bori shumi men buni bilaman
deya o'zini va dugonasini himoyalagan holda orqaga qadam bosa boshladi.
Writer📝: Deysi
Chanel: @Minhoficc