Test sinovlari haqida
Bugungi kundagi dolzarb savollarga javoblar.
Savol: Test sinovlarini soddalashtirishtiriladimi?
✔️ DTM rahbari: Test sinovlarini soddalashtirish bo'yicha o'zgarishlar yaqin 10 kunda(12-maygacha) ma'lum qilinadi.
❓ Savol: Maktabni oltin medalga bitirayotganlarga o'qishga kirishda imtiyozlar beriladimi?
✔️Xalq ta'limi vaziri: Maktabni oltin yoki kumush medalga bitirganlarga OTM ga kirishda imtiyozlar berish ko'zda tutilmagan.
❓ Savol: Imtihonda fanlar kamaytirilishi mumkinmi?
✔️ Javob: 5 ta fandan iborat fanlar kesimi kamaytirilishi haqida takliflar kiritilgan. Takliflar ma’qullansa rasman xabar qilinadi.
❓ Savol: Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi?
✔️ Javob: Yo‘q. Kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan. Bu bo'yicha o'zgartirilish kiritish nazarda tutilmayabdi.
❓ Savol: Test topshiriqlari qanday soddalashtiriladi?
✔️ Javob: Har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda. (30 ta savol boʻlsa bor yoʻgʻi 10 tasi qiyinroq, qolganlari sodda va osonroq boʻladi demoqchi)
❓ Savol: Bu yil abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qanday bo‘ladi?
✔️ Javob: Bu borada ushbu tartiblar ko‘rib chiqilmoqda:
- ro‘yxatga olishda kiritiladigan ma’lumotlarni kamaytirish;
- abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni Davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali,
-Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn rejimda amalga oshirish;
- abituriyentga uyidan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratish.